Talim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
Miloddan avvalgi I ming yillikning 1-yarmida
Download 1.41 Mb. Pdf ko'rish
|
Жахон тарихи. (Қадимги дунё тарихи). У.Абдуллаев
Miloddan avvalgi I ming yillikning 1-yarmida Finikiya madaniyati. Finikiya madaniyati miloddan avvalgi IV-I ming yilliklarda Finikiya va uning mustamlakalari xududida vujudga kelgan. Uning rivojiga misrliklar, shuningdek Ossuriya, Bobil, Xett, Egey va yunon madaniyatlari katta ta'sir ko‘rsatdi. Finikiyaliklarning eng katta yutuqlaridan biri - miloddan avvalgi II ming yillikda bu yerda undosh harflarning kashf etilishidir. Bu kashfiyot keyinchalik barcha harf - tovush tizimidagi xatlarda ishlatiladigan bo‘ldi. Tarixchilarning fikriga ko‘ra, Finikiya yozuvi bibl “psevdoiyeroglifik” yozuv, ya'ni so‘zlardan tarkib topgan xat yoki Sinay yozuvi va uning ilk Falastin variantlaridan kelib chiqqan. Finikiya adabiyotining eng qadimgi namunalari Ugarit mifologik matnlari va Finikiya shohlarining yozishmalari (Bibllik Axiram va Iyeximilk, Sidonlik Eshmunazar va boshqalar) dan iborat. Finikiya adabiy va tarixiy asarlari bizgacha yetib kelmagan, lekin so‘nggi (hozirgacha uning haqiqatdan ham mavjudligi aniq emas) yozuvlardan biri - Sanxotiaton maktublari zamonamizgacha yetib kelgan. Finikiyaning madaniy ta'siri bu davrda finikiya alifbosi O‘rta dengiz davlatlarida keng tarqalganligida namoyon bo‘ldi. Ushbu madaniyatga ulkan ta'sir ko‘rsatgan omillar din va mifologiya bo‘ldi. Lekin bu sohalar manbalar tanqisligi va finikiya xudolarining ismlarini aytish taqiqlanganligi sababli yaxshi o‘rganilmagan. 175 Ma'lumki, Finikiyada oliy xudo El deb atalgan. Buning ma'nosi - “xudo”, uning rafiqasi Elat yoki Asherat (dengiz ruhi). Qolgan xudolar - shohlar (malk) yoki sohiblar (ball, vall), shu bilan birga, osmon xudosi - Baalshamem, quyosh xudosi (issiqlik egasi) - Baalxammon, shuningdek alohida joy, daryolar xudolari bo‘lgan. Finikiya shaharlarining tanlangan xudolari bo‘lgan, masalan Tirda - Melkart (shahar hokimi), Sidonda - Eshmun (tabib - davolash xudosi), Beritda - Buyuk Berit egasi, Biblda - (Finikiya umumiy xudolaridan biri) sevgi va hosildorlik xudosi Ashtarta (Astarta). Finikiyada ayniqsa hosildorlik xudosiga keng e'tiqod qilingan 1 . Ras Shamradan topilgan mifologik dostonlarda yerpani sug‘orish, tok novdalarini ekish vaqtida qilinadigan qadimgi diniy urf - odatlar ta'riflangan. Xudo Mot yoz oxirida ma'buda Anat o‘rog‘i bilan qirqiluvchi “yetilgan boshoq” shaklida tasvirlanadi. Qadimgi finikiyaliklarning diniy qarashlarida o‘lib - qayta tiriluvchi tabiat xudosi Ball va uning o‘g‘li Aliyyan obrazi alohida o‘rin tutgan. Aliyyan to‘g‘risidagi afsonada bu xudoga e'tiqod qilish, yil fasllari almashuvining “sirli ma'no”si ham diniy, ham shoirona tarzda izohlab berilgan. Bu diniy tasavvurlar Ras - Shamradagi qazish ishlari davrida topilgan mifologik dostonlarda o‘z ifodasini topgan. Ball va Aliyyan haqidagi dostonda aytilishicha, xudo Ball uchun hashamatli ibodatxona qurilgan. Bu ibodatxonada Ball o‘lim xudosi Mot (Motom) ustidan g‘alaba qozonganini ma'lum qiladi. Biroq Ballga o‘lim hamla qiladi va u o‘g‘li bilan birga narigi dunyoga ketadi. Bundan keyin marhum xudolar sharafiga ado etiladigan motam marosimlari, hosil ma'budasi (ayrim manbalarda urush xudosi) Anatning o‘lim xudosi Mot bilan kurashi, o‘lgan xudolarni izlash, nihoyat Ballning Mot ustidan g‘alaba qozonishi va tirilishi haqida hikoya qilinadi. Bu qadimgi afsona hamda tabiat xudosiga e'tiqod qilish keyinchalik xudo Adonisga sig‘inishga asos bo‘lib, so‘ng bu e'tiqod Suriya va Finikiyada keng tarqaladi. Finikiyalik rassomlar Misr, Xet - xurrit va Bobil san'ati mavzularida asarlar yaratganlar. Shu bilan birga ular o‘ziga xos yo‘nalishlarga ham ega bo‘lgan. Ayniqsa 1 История Востока. Восток в древности. Москва Издательская фирма «Восточная литература» РАН 2002 Qadimgi Finikiya madaniyati 176 o‘sha davrda Finikiya hunarmandlari yasagan buyumlar Yuqori baholangan. Ugaritning mashhur ikki epik asari - Keret va Danela haqidagi dostonlar - faqat diniy asar bo‘lmay, balki dunyoviy ahamiyatga ega bo‘lganligi ehtimoldan holi emas. Keyingi davrlarda paydo bo‘lib, ko‘pincha qisqa matndan iborat bo‘lgan qabrtosh yozuvlarini esa Shartli ravishda yozma asar sifatida qabul qilish mumkin. Finikiyaliklarning eng katta yutuqlaridan biri alifboning ixtiro qilinishi bo‘ldi. Finikiya hattotlari misrliklar kashfiyotini mantiqiy jihatdan nihoyasiga yetkazishdi. Ma'lumki, Misrda 24 ta undosh belgidan iborat alifbo yaratilgan. Lekin to‘liq tushunchani ifodalovchi yuzlab bo‘g‘in - belgi va belgilar saqlab qolingan edi. Din. Finikiyaning siyosiy tarqoqligi uning, Bobildagi kabi, afsonalar tizimini bilmasligiga olib keldi. Shahar kohinlari Misrda Fiva hukmronligi davrida Fiva xudosi Amonni “xudolar shohi” deb e'lon qilgani kabi, o‘z xudosini “xudolar shohi” darajasiga ko‘tara olmas edilar. Osmon xudosi Finikiya shaharlarida bosh tangri hisoblanib, u o‘z ismi bilan emas, balki turli nomlar bilan atalgan. U oddiygina “ega” (Vaal), “shahar shohi” (Melkart), “hokimiyat” (Molox) yoki “xudo”(El) deb atalgan. Suriyaning jo‘g‘rofiy jihatdan parchalanishi, uning ayrim qismlari bir - biridan ajralganligi, butun mamlakatni tarixiy va madaniy jihatdan birlashtiradigan yirik daryolarning yo‘qligi sababli qudratli davlatni barpo etadigan qulay Sharoit bo‘lmagan. Qadimgi Suriya har tomondan qudratli davlatlar bilan o‘ralgan. Undan janubi - g‘arbda Misr, Sharqda Bobil va Ossuriya, shimoli - Sharqda Mitanni, shimolda Xett davlati joydashgan edi. Mazkur davlatlar Suriyaga madaniy jixatdan kamroq ta'sir ko‘rsatgan. Shimoliy Suriya Sharqiy O‘rta yer dengizi xududida ilk sivilizatsiya markazlaridan biri bo‘lgan. So‘nggi yillarda olib borilgan arxeologik qazishmalar natijalari (XX asrning 80-yillari boshida) shundan dalolat berib turibdi. Suriyaning shimoli - g‘arbiy qismida miloddan avvalgi III ming yillikda mahalliy sivilizatsiya paydo bo‘lganligi va unga Shumer sivilizatsiyasi madaniy ta'sir ko‘rsatganligi aniqlandi. Ushbu sivilizatsiya ulkan qazish ishlari natijasida (Tell-Mardix shahar Qadimgi Suriya madaniyati 177 harobalarida) qadimgi Xalpa shahridan topildi 1 (hozirgi Xaleb shahridan 50 km narida). Arxeloglar Tell - Mardixning quyi, eng qadimgi qatlamlarini ochishga muvaffaq bo‘lganlar. Ushbu qatlamlardan Tell - Mardix tarixining ikki bosqichi aniqlandi: Xalpaning Yaxmad davlatiga qaramligi davri (miloddan avvalgi 1900-1600 yillar) va Xalpa tarixining mustaqillik davri (milollan avvalgi XXVI-XXIII asrlar). Ushbu madaniyatning eng katta yutug‘i bo‘lmish Xalpa matnlari aynan shumer yozuvida yaratilgan. Xalpa alifbesining vujudga kelishiga ham shumer yozuvi katta ta'sir ko‘rsatgan. Matnning 90 % shumer alifbosi belgilarida bitilgan. Xalpa-shumer alifbosi belgilari tashqi ko‘rinishidan Janubiy Shumerning an'anaviy yozuvlariga o‘xshab ketadi (Lagash, Ur, Uruk yodgorliklaridan). Ammo olimlarning fikricha 2 , bu tizim shimoliy (ya'ni Kish) xududlarida vujudga kelgan (miloddan avvalgi 2500 yil). Tell-Mardixda ham shumer - xalpa qomuslari topilgan. Shunday qilib, bu yerdan topilgan xat namunalari alohida ahamiyatga ega bo‘lib, oddiy Ossuriya - Bobil yozuvidan ancha farq qiladi. Eron yassi tekisligida tashkil topgan qadimgi davlatlardan faqat Midiya saltanati haqida ozmi - ko‘pmi aniq ma'lumotga egamiz. Midiya podsholigi hozirgi Eronning shimoli - g‘arbiy va Ozarbayjon hududida joylashgan edi. Sharqshunos olim V.I. Avdiyev “Qadimgi Sharq tarixi” darsligida “Midiya Zagrosning tog‘li o‘lkalarini va undan Sharqda joylashgan hosildor yerlarni o‘z ichiga olgan” deb yozadi. Ossur yozuvlarida miloddan avvalgi IX asrda maday qabilalari haqida ham aytilib, ular ossuriyaliklar bilan shiddatli janglar olib borganligi haqida so‘z yuritiladi. Ossuriyaliklar bilan madaylar o‘rtasida savdo-sotiq aloqalari asosida Midiyaga ossur - bobil madaniyati elementlari kirib kelganligi aniqlangan. Midiya haqidagi dastlabki ma'lumotlar miloddan avvalgi X-IX asrlarga oid bo‘lib, ularga ko‘ra mahalliy axoli ko‘chmanchi va o‘troqlashgan tarzda chorvachilik bilan shug‘ullangan. Shu bilan 1 Enteen, Gorn, Kern, Soviet cit., p. 54, note 10. These decrees were phrased relatively early, at the turn of 1920s to 1930s, but were published for the first time in 1936. 2 Всемирная история. Энсиклопедия. Том 1. Под ред. Ю.Н.Франсева. М., 2000 г Midiya madaniyati 178 birga, ular dehqonchilik ham qilganlar. Midiya shohligi bu davrda rivojlangan sinfiy davlat emas, balkim bir nechta qabilalar birlashmasidan (konfederatsiya) iborat edi. Gerodot asarlarida ular olti qabiladan tashkil topganligi eslatiladi. Muallif ulardan to‘rttasini “nomadlar” deb ataydi 1 . Miloddan avvalgi IX-VIII asrlardayoq midiyaliklar jamoasida urug‘chilik tuzumining yemirilish jarayoni boshlangan va ijtimoiy tabaqalanish yuzaga kelgan. Bir tomondan, urug‘doshlar orasidan zodagonlar ajralib chiqqan bo‘lsa, ikkinchi tomondan esa dehqonchilik va o‘troq chorvachilikning rivojlanishi bilan bir qatorda qulolchilik ham paydo bo‘lgan. Miloddan avvalgi IX-VIII asrlarda ossuriyaliklarni midiyaliklar bosqinidan muntazam ravishda muhofaza qilish uchun qulchilik muhim o‘rin tutgan. Bu hol midiyaliklarni qabila ittifoqiga birlashishini va Midiya quldorlik davlatini tashkil topishini tezlashtirdi. Bunga mulkiy tengsizlik hamda qullar sonining oshib borishi ham sabab bo‘lgan. Lekin shunga qaramay, bu davlat endigina shakllanayotgan edi. Ossur yozuvlari va boshqa manbalarda qayd etilishicha, Midiya davlatini shohlar boshqargan. Miloddan avvalgi VII asrda Midiya shohligi Sharqda eng kuchli saltanatga aylanadi. Uning markazi Ekbatana (hozirgi Hamadon) shahri bo‘lgan. Midiya poytaxtiga oid nisbatan to‘liq ma'lumotlar saqlanib qolgan va ularni boshqa manbalar bilan qiyoslab o‘rganganda, ularning haqiqatga yaqin ekanligi aniqlangan. Bu davrda Midiya qabila ittifoqini o‘zida jamlagan va unda, qadimgi harbiy demokratiya an'analariga ko‘ra, shoh jamoa majlisida saylangan. 1 Boynazarov F. Qadimgi Dunyo tarixi. Darslik. 2004. 179 11-mavzu. Qadimgi Hindindistonda sivilizatsiyaning paydo bo‘lishi. Xarappa madaniyati. Reja: 1. Sivilizatsiyaning paydo bo‘lishi. 2. Savdo va tashqi aloqalar. 3. Shimoliy Hindistondagi qadimiy sulola va davlatlar. 4. Mauriylar imperiyasining tashkil topishi. 5. Ashoka imperiyasi. 6. Yunon-baqtriylarning Hindistonga bosqini. 7. Kushon imperiyasi. 8. Qadimgi Hindistonda iqtisodiy taraqqiyot. 9. Guptalar imperiyasi. Tayanch iboralar: Xarappa, Moxenjo-Daro, «O‘liklar tepaligi», Sutkagendoro, Saurashtra, Dekan, Oriylar, «dasyu», Varna, “Purushasakta”, roja, braxman, kshatriy, vayshiylar, «ikki marta tug‘ilganlar», «Bxaratvarsha», Dakshinapatxa, «Oriy», «das», “chakra”, “Rigveda”, “Atxarvaveda”, “Samaveda”, “Yajurveda”, “Rigveda”, Veda, «Mahabxarata», «Ramayana», «buyuk davlat», Panchali, Shurasena, Avanti, Gandxara, «Atxarvaveda», “Braxman”, “Araniyaka”, Magadxa, Ajatashatru, «Kironediye», Takshashila, Charasadda, Po‘ru, Plutarx. Xarappa madaniyati. Xarappa madaniyatiga qadar ayrim olimlar Hindistonda madaniyat boshqa Sharq mamlakatlaridan keyin vujudga kelgan, boshqalari esa Hindistonga madaniyatni oriy qabilalari olib kelgan degan fikrda edilar. Yana bir xil mutaxassislar qadimgi hind madaniyati Sharqning boshqa madaniyatlaridan orqada qolib, ulardan ajralib qolgan degan mulohazani ilgari suradilar. XX asrning 20-yillarida Xarappa madaniyatining kashf etilishi va uni tadqiq etish qadimgi hind sivilizatsiyasining boy, yuksak darajada taraqqiy etganini isbotlaydi. Xarappa madaniyatini Hind vodiysi yoki protohind sivilizatsiyasi deb ham ataydilar. Ushbu madaniyat yodgorliklarini qazib olish ishlari hamon davom etmoqda. Sivilizatsiyaning paydo bo`lishi 180 Protohind sivilizatsiyasi muammolariga bag‘ishlangan asarlar soni 1971-yilda 1500 dan oshib ketdi. Uni o‘rganishning avvalgi bosqichi Xarappa va Moxenjo-Daro yodgorliklarining ochilishi bilan bog‘liq. 1856-yili ingliz arxeologi Montgomeri Kaningax (hozirgi Pokiston, Sahival shahri) shahridan 27 km janubi-Sharqda joylashgan Xarappa yaqinidagi tepaliklardan noma'lum yozuvli muhr va bir necha kremniy plastinka likopchalar topdi. Oradan bir qancha vaqt o‘tib, 1921-yili hind arxeologi R.B.Saxni Xarappa tepaliklarida dastlabki qazish ishlarini boshladi. Ana shu yil fanda Xarappa sivilizatsiyasining ochilish yili deb e'tirof etildi. 1923-1925 va 1926-1934-yillarda bu ishlarni olim M.S. Vats davom ettirdi. Xarappa madaniyati kashf etilishi bilan bir vaqtda, ya'ni 1922-yili boshqa hind olimi R.D.Banerji Shimoliy Sindning Larkan shahri yaqinidagi Moxenjo- Daroda dastlabki metall davri madaniyatining qoldiqlarini topdi 1 . Moxenjo-Daro sindxi tilida «O‘liklar tepaligi» ma'nosini beradi. R.D.Banerji 1922-yildan 1927-yilgacha, keyingi davrda esa M.S. Vats va K.N.Dikshit bu yerda tadqiqotlar olib bordilar. Ushbu materiallarni chop ettirgan mashhur arxeolog Djon Marshall qazish ishlariga rahbarlik qildi. Undan tashqari, tadqiqotlarda hind olimi N.Majumdor ham ishtirok etdi. Hindiston va Pokiston mustaqillikka erishganidan keyin Xarappa madaniyatini o‘rganishda yangi bosqich boshlandi. Pokistonlik arxeologlar boshqa yodgorliklarni ham o‘rgandilar. Shulardan 1955- 1957-yillarda tadqiqotchi olim F.A.Xon Moxenjo-Darodan (Hind daryosi vohasi) 41 km naridagi Kot-Dijida qazishma ishlarini olib bordi. Birinchi bor Xarappa qatlamlarida Kot-Diji shahrining aylana devorlari va qo‘rg‘on qoldiqlari topildi. Xuddi shunday holatda Amrida 1959-1961-yillarda fransuz arxeologlari qazilmalar olib bordilar. Bu yillarda Xarappa madaniyatiga oid yodgorliklar topildi. XX asr 70-yillarning o‘rtalarida amerikalik V.A.Ferservis ekspeditsiyasi Karachidan 40 km uzoqlikdagi Allohdinoda qazilmalar 1 Z. Romek, Cenzura a nauki historyczne w Polsce 1944-1970 [Censorship and Historical Science in Po- land 1944-1970], Warsaw 2010. The author devoted his whole work to the analysis of implementation of Soviet model of history writing in Poland, with special emphasis put on the role of censorship. 181 amalga oshirdi 1 . Ilk marotaba 2800 kv.m. maydonda turar joylar aniqlanib, ochildi. Hozirgi vaqtga kelib yuzlab manzilgohlar xaritaga kiritilishi mumkin. Qazish ishlari keng maydonda olib borildi. Kalibangan, Latxal, Rangpur, Xarappa madaniyatini ochish va o‘rganish favqulotda muhim ilmiy ahamiyatga ega. 4000 yil avval bu yerda butun dunyo sivilizatsiyasi Mesopotamiya va qadimgi Misr kabi taraqqiy etgan madaniyat o‘choqlaridan qolishmaydigan va ba'zi jihatlari ulardan ustun bo‘lgan madaniyat mavjud edi. Shunday qilib, Hindiston Eron, O‘rta Osiyo, Markaziy Osiyo, Mesopotamiya, Misr kabi sivilizatsiyasi rivojlangan o‘lkalardan biri bo‘lgan. Hind vodiysidagi qazilmalar mamlakatda hind - oriy qabilalarining kelishiga qadar yuzaga kelgan hind madaniyatining o‘ziga xos va qadimiyligini ko‘rsatadi. Bu bilan sivilizatsiyani oriylar kelishi bilan bog‘lagan mualliflarning nazariyasi shubha ostiga olinadi. Xarappa madaniyati u davrga qadar mavjud bo‘lganligini isbotlaydigan qator dalillar bor. Qadimshunoslar mazkur madaniyatning o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berdilar. Jumladan, Xarappadan topilgan muhr, yozuv, bezakli sopol idish va boshqa buyumlar so‘zimizning yorqin dalilidir. Avvalgi qishloq madaniyatidan farqli o‘laroq, Xarappa shahar madaniyatiga mansub bo‘lgan. Bu madaniyatning Hind daryosi vodiysida vujudga kelishi ham tabiiy holdir. Shuni ta'kidlash lozimki, Xarappa madaniyati faqat bu shahar bilan chegaralanmay, ancha keng hududga yoyilgan edi. Masalan, u Gang va Yamuna (Jamna) daryolariga qadar yerlarni egalagan. Qishloq xo‘jaligi, kosibchilik, savdoni rivojlantirish maqsadida Xarappa aholisi yangi-yangi hududlarni o‘zlashtira borgan. Keyingi yillardagi arxeologik kashfiyotlar Xarappa madaniyatiga berilgan noto‘g‘ri va bir tomonlama bahoni rad etib, bu sivilizatsiya to‘satdan paydo bo‘lib, chuqur ildizlariga ega emas degan fikrni puchga chiqardi. J.Marshall Xarappa madaniyati miloddan avvalgi 3250-2750 yillarga to‘g‘ri keladi deb fikr bildiradi. Mesopotamiya muhrlarining ko‘pi Sargon hukmronligi - miloddan avvalgi 2316-2261 yillar 1 World and Global History : Research and Teaching / edited by Seija Jalagin, Susanna Tavera, Andrew Dilley- Pisa: Plus-Pisa University Press, 2011 182 hamda Isni miloddan avvalgi 2017-1794 va Larsa-miloddan avvalgi 2025-1763 yillar bilan bog‘liq ekanligi ma'lum bo‘ladi. Bu aloqalar Hindiston va Mesopotamiya o‘rtasida miloddan avvalgi XXIV- XVIII asrlarda yuzaga kelgan degan xulosaga olib keladi. Olimlar zamonaviy tadqiqot usullari yordamida tadqoqot olib borganda, qishloq va shaharlarning yoshini aniqlik bilan o‘lchash imkoni tug‘ildi. Masalan, karbon taxlili usuli bilan Kot-Dijidagi ilk Xarappa qishloqlarining yoshi aniqlandi. Bu miloddan avvalgi taxminan 3155-2590 yoki 2700-2600 yillarga to‘g‘ri keladi. Taraqqiy etgan Xarappa madaniyatini Kalibanganda miloddan avvalgi 2165-1955 va 2135-1925 va Lotxalda miloddan avvalgi 2120-1600 va 2125-1895 yillarda rivoj topgan deb belgilaydilar. Xarappa madaniyatining Hind vodiysidagi asosiy markazlari inqirozga yuz tutganidan so‘ng ham boshqa shaharlar gullab yashnayvergan. Hind olimlarining Panjob va Xarappadagi qazish ishlari ham buni tasdiqlaydi. Xarappada topilgan muhrlar miloddan avvalgi uch minginchi yil oxiri ikki minginchi yil boshlariga to‘g‘ri keladi deb taxmin etiladi. Xarappa madaniyati avvaliga faqat Hind vodiysida, keyin shimoldan janubga va g‘arbdan Sharqqa tomon bo‘lgan ulkan hududda tarqalgan. Xarappa madaniyati yodgorliklari g‘arbda Sutkagendorodan (Makron) Sharqda Alamgirnurgacha (Uttar Pradesh), shimolda Sivalik tog‘laridan tortib, janubda Narbada va Tapti daryosining quyilishigacha mavjud bo‘lganligi ma'lum bo‘ldi. Ilk Hind sivilizatsiyasi hududi u bilan bir davrdagi Misr va Mesopotamiya sivilizatsiyalari maydonidan ikki marta katta bo‘lgan. Ko‘pchilik arxeologlarning fikricha, keyingi qazishlar Xarappa sivilizatsiyasi maydonini yanada kengaytirdi. Kathiyavar yarim orolidagi qazishlar shuni ko‘rsatadiki, aholi sekin-asta yerlarni o‘zlashtirib, janubga tomon siljib borgan. Arxeologlar Xarappa bilan birga Moxenjo-Daro shahri harobalarini ham topdilar. Bu shahar qadimda 265 kv km maydonni egallagan. Bu sivilizatsiya taraqqiyoti darajasi haqida olimlar qazilma natijalari asosida hukm chiqaradi. Agar avval Xarappa davri qazilmalar asosida Maxenjo-Daro va Xarappa o‘rganilgan bo‘lsa, hozir bu ro‘yxatni Kalibangan, Lotxal Surkata, Chanxu-Daro va Amri kabi shaharlar bilan davom ettirish mumkin. Ular qishloqlarga nisbatan yaxshi rivojlangan. 183 Hind sivilizatsiyasining yutuqlaridan biri shundaki, kanalizatsiya tizimini shahar boshqarmasi nazorat qilgan. Ingliz olimi A.Beshemning fikricha, qadimda biron sivilizatsiya, hatto Rim davlati ham bunday vodoprovod tizimiga ega bo‘lmagan. Xarappa va Moxenjo-Daro qo‘rg‘oni yaqinida arxeologlar bir xonali ishnoatlarni topdilar. Olimlarning fikricha, bunday xonalarda uy xizmatkorlari yashagan. Mashhur hind olimi, matematik, astronom, tarixchi, arxeolog, antrapolog D.Kosambi qadimgi Hindistonda shahar qurilishiga katta baho berib, shunday deb yozadi: “Tarixda boshqa bu qadar murakkab va takomillashgan shahar qurilishi tizimini uchratmaymiz. Hatto Misr shaharlari ham me'morchilik jihatidan bunchalar yetuk emas. Shumer, Aqqod va Bobilda ham g‘isht binolar bo‘lgan, lekin bunday qurilishlar u yerda nisbatan keyinroq boshlangan”. J.Neru shunday deb yozadi 1 : “Paxta faqat Hindistonda yetishtirilib, 2-3 ming yil o‘tganidan so‘ng boshqa mamlakatlarga tarqalgan. Qadimda hatto Misr, Mesopotamiya yoki G‘arbiy Osiyoning boshqa mamlakatida ham Moxenjo-Darodagi kabi uy-joy yoki hammomlar qura olmaganlar. Bu mamlakatda pul ehromlar, maqbara va shohona saroylar qurishga sarflangan. Oddiy halq esa tuproq uylarda yashagan. Hind vodiysida aksincha, binolar xalqqa qulaylik yaratish maqsadida qurilgan”. Hind vodiysi Sharqdagi eng qadimgi dehqonchilik markazlaridan biri bo‘lib, bu yerlik aholining aksariyat qismi dehqonchilik bilan shug‘ullangan. Ular turli boshoqli o‘simliklar yetishtirganlar. Topilmalardan ma'lum bo‘lishicha, bu yerda 2 xil bug‘doy navi, arpa, no‘xot, kunjut, paxta va qovun ekilgan. Xarappa, Moxenjo-Daro va Chanxu-Daroda asosan bug‘doy va arpa yetishtirilgan. Vodiy aholisi ekinzorlarni charxpalak yordamida sug‘organlar. Xarappa shaharlari quruqlik va dengiz yo‘li orqali olib borilgan savdo markazlari rolini o‘tagan. Xarappaga qimmatbaho toshlar Hindiston janubidan keltirilgan. Mahalliy halqning Janubiy 1 World and Global History : Research and Teaching / edited by Seija Jalagin, Susanna Tavera, Andrew Dilley- Pisa: Plus-Pisa University Press, 2011 Aholining kundalik hayoti Savdo va tashqi aloqalar 184 Turkmaniston aholisi bilan ham savdo-sotiq ishlari olib borganligi Oltintepadagi qazish ishlaridan ma'lum bo‘ldi. Vodiy aholisi Belujiston bilan savdo aloqalari o‘rnatgan bo‘lishi kerak. Saurashtra va Dekandan bu yerga bezak sifatida chig‘anoq va ba'zi tosh turlari, Erondan kumush va feruza keltirilgan. Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling