Talim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
miloddan avvalgi III asrdan
Download 1.41 Mb. Pdf ko'rish
|
Жахон тарихи. (Қадимги дунё тарихи). У.Абдуллаев
miloddan avvalgi III asrdan boshlab mamlakatda yozuv keng yoyilgan. Ammo, yozuvning bir necha asr oldin ham mavjud bo‘lganligi shubhasiz. Talay buddaviy asarlarda maktub jo‘natish, Mauriylar davrida madaniyat. 231 podsho farmonlarini tarqatish, kotiblarga maktabda yozuv o‘rgatish haqida so‘z boradi. Panini grammatikasida 1 “kotib”, “mirzo” tushunchasini anglatgan iboralar uchraydi. Ashoka farmonlarida brahmi, oromiy va boshqa yozuvlar qayd etilgan. Yunon tarixchisi Nearxning ma'lumotlariga ko‘ra, Makedoniyalik Iskandar Hindistonga qilgan yurishidan so‘ng, bitiklar ip-gazlamaga tushiriladigan bo‘lgan. Odatda yozish uchun palma barglari ishlatilgan. Biroq namgarchilik tufayli bunday yozuvlar bizga qadar yetib kelmagan. O‘sha davr yozuv san'atining yagona guvohi qoya toshlardir. Miloddan avvalgi III asrda brahmi asosiy yozuv tizimiga aylandi. Olimlar orasida brahmi tilining kelib chiqishi haqida turli farazlar mavjud. Uni Xarappa, janubiy arab yozuvi, hatto yunon yozuvi bilan bog‘lashadi. Miloddan avvalgi II asrga oid yozuvlar bir necha xil bo‘lgan. Budda hayotiga bag‘ishlangan «Lalita vistara 2 » asarida (milodiy I asr boshida) mahalliy hind va o‘zgacha 64 xil yozuv haqida aytib o‘tiladi. Ilm-fan taraqqiy etishi. Mauriylar davrida ilm - fan rivojlandi. Bu davrda astronomiya, geologiya, handasa, adabiyot kabi fanlar ravnaq topdi. Buddizm va jaynizmga oid juda katta adabiy asarlar yaratildi. Miloddan avvalgi V-IV asrlarda sanskrit tili grammatikasi haqida yozgan mashhur hind olimi Panini yashab ijod etdi. Miloddan avvalgi II asrda yana bir hind olimi Patanjali sanskritning yangi grammatikasini yaratdi. Bu ikkala tilshunos olim mahalliy lahjalarni yaxshi o‘rgandilar. Patanjali asarida prakrit tiliga oid ma'lumotlar keltirilgan. Ular asarlariga ko‘ra o‘sha davrda dramatik asarlar ham yozilgan. Mazkur asarlarda aktyorlar, sahna va musiqa asboblari haqida bayon etiladi. Me'morchilik va haykaltaroshlik. Bu davrdagi me'morchilik inshootlarining aksariyati yog‘ochdan qurilganligi sababli, ular bizga qadar butun holda yetib kelmagan. Vaqt o‘tishi bilan bunday inshootlar qurilishida tosh ham ishlatila boshlandi. Pataliputra qazishmalaridan shoh saroyi va ustunli qasr qoldiqlari topilgan. Miloddan avvalgi III - II asrlarga oid Sanga va Bxarxutdagi 1 World and Global History : Research and Teaching / edited by Seija Jalagin, Susanna Tavera, Andrew Dilley- Pisa: Plus-Pisa University Press, 2011 2 Monmonier M., Rhumb Lines and Map Wars. A Social History of the Mercator Projection, Chicago 2004. 232 buddaviy supalar qiziqish uyg‘otadi. Ashoka farmonlari o‘yib yozilgan ustunlarning tepa qismi ajoyib san'at yodgorliklaridan biridir. Mauriylar davri diniy oqimlari. Jaynizm ta'limoti. Bu ta'limot miloddan avvalgi VI asrda paydo bo‘lib, unga vidaxi (hozirgi Bihar) kshatriylaridan bo‘lgan Vardxamana asos soldi. 28 yoshida u o‘gay ota xonadonini tashlab ketib, o‘rmonda umr kechirdi va tarki dunyo qilib, haqiqatga erishishga intildi. U oddiy hayot tarzidan voz kechib, o‘zini azob-uqubatlarga duchor qilib, ochlik va tashnalik bilan badanini chiniqtirdi. Hindiston viloyatlarida targ‘ibot ishlarini yuritdi va atrofiga ko‘plab muridlar to‘pladi. Hindistonning uzoq o‘lkalarida ham uning ta'limot markazlari paydo bo‘ldi. U 80 yil yashadi. Yangi ta'limot asoschisini Maxavira, ya'ni “buyuk qahramon” yoki Jina - «g‘olib» deb atay boshladilar. Bunday faxriy unvon alohida hurmat- e'tiborga sazovor bo‘lgan diniy murabbiylarga berilardi. Yangi ta'limot nomi - jaynizm jina iborasidan kelib chiqdi. Rohiblar kabi hayot kechirgan yangi din namoyondalari qatoriga ko‘p sonli oddiy hayot kechiruvchilar, ya'ni mol-mulki va oilasidan judo bo‘lmagan, jaynizm rasm-rusumlariga amal qiluvchilar qo‘shildilar. Vaqt o‘tishi bilan bu ta'limot Hindistonning nafaqat madaniy, balki ijtimoiy hayotidagi muhim hodisaga aylandi. Dunyoda keng tarqalgan buddizm dinining kelib chiqishi Gautama nomi bilan bog‘liq. U avvalo oddiy fuqaro sifatida hayot kechirgan bo‘lsa, so‘ng tarki dunyo qilib, asketlar turmush tarzini qabul kiladi. Hayotni kuzatish, o‘rganish va chuqur mushohada qilish oqibatida u Budda, ya'ni «bilimli», «ma'rifatli» nomini oladi. Gautama - Budda o‘z tarafdorlarini to‘rt muqaddas haqiqatni anglashga da'vat etib, unga erishish yo‘llarini bayon qiladi. Ya'ni u e'tiqod, to‘g‘ri fikr, to‘g‘ri so‘zlash, to‘g‘ri xatti- harakat, halol yo‘l bilan tirikchilik qilishni tashviq etgan. Buddizm boshqa diniy-falsafiy ta'limotlar singari shimoliy- Sharqiy Hindistonga, avvalo, Magadxaga yoyildi. Og‘ir kasta cheklashlariga qarshi chiqqan, tug‘ilishidan boshlab insonlar orasida tenglikka chaqirgan bu din yangi ijtimoiy pillapoyaning quyiroq pog‘onasini egallagan savdogar va badavlat vayshiylarga ma'qul bo‘ldi. Buddizm kshatriylar uchun ham mos edi. Sidxartxa Gautama Budda nomi bilan tanildi. Aslida, u qudratli Shakya qabilasi boshlig‘ining o‘g‘li bo‘lib, dunyo lazzatlaridan voz Ilk buddizm va uning asoslari. 233 kechib, darveshlarcha hayot kechirgan. Budda miloddan avvalgi 563 yilda tug‘ilib, 483 yilda vafot etdi. Mauriylar imperiyasining so‘nggi davrini o‘rganishda Ashoka haqida buddaviy rivoyatlar muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, Ashokaning umri oxirida hokimiyatdan chetlashtirilishiga oid ma'lumot ko‘p asarlarda saqlangan. Ashoka bu vaqtga kelib xazinani sovura boshlagan. Manbalarda ta'kidlanishicha, Ashoka umrining oxirida Budda ta'limotini yanada kengroq yoyish maqsadida buddaviy rohiblariga ko‘plab sovg‘a-salomlar jo‘natgan. Buning natijasida davlat xazinasi ancha bo‘shab qolgan. Podsho a'yonlari taxt vorisi - nevarasi Sampadiga imperatorning haddan tashqari katta xayr- ehsonlar qilayotganini yetkazganlar va bu holga chek qo‘yishni talab qilganlar. Sampadi buyrug‘iga ko‘ra, Ashoka farmonlarini bajarmay qo‘yishadi. Davlatni boshqarish huquqi Sampadiga o‘tib, Ashoka o‘z g‘oyalarini oxirigacha amalga oshira olmaydi. Buddizm asoschisi shahzoda Siddharta Gautama bo`lib, Hindistonning shimolidagi Shakyamuni qabilasiga mansub aslzoda bo`lgan ! Manbalarga qaraganda, Ashokaning buddaviylarga yon bosishi braxman va jaynlar noroziligini kuchaytiradi. Jaynizm tarafdori bo‘lgan Sampadi esa, yirik amaldorlar tarafidan qo‘llab-quvvatlanadi. Bu vaqtda mamlakatda og‘ir moliyaviy vaziyat vujudga keladi. Qo‘zg‘olonlar ko‘tarilib, buddizmga qarshi bo‘lgan imperatorning rafiqasi malika Tsharakshita ham shoh dushmanlariga qo‘shiladi. Budda rivoyatlariga ko‘ra, u xasta imperatordan taxtdan voz kechishini talab qiladi. Miloddan avvalgi I asr - milodiy I asrda Shimoliy-G‘arbiy Hindiston. Mauriylar davrining oxiridayoq, shimoliy-g‘arbiy Hindiston viloyatlarining ko‘pchiligi amalda markazdan ajralib bo‘lgandi. Keyinroq bu viloyatlar yunonlar ta'siriga tushib qoldi. Ko‘plab hind-yunon hukmdorlari orasida podsho Menandr (hind an'anaviy manbalarida - Milinda) ajralib turardi. Chamasi bu hukmdor Budda dinini qabul qilgan yoki unga homiylik ko‘rsatgan. Davlat poytaxti Shakala - hozirgi Sialkat shahri bo‘lgan. Uning hukmdorligi Gandxara, Araxosiya, Panjobning ba'zi tumanlariga yoyilgandi. 234 Miloddan avvalgi I asrda Markaziy Osiyodan shimoliy-g‘arbiy Hindistonga Xitoy manbalarida Se qabilalari deb nomlangan sak qabilalari kirib keldi. Saklar avval hind-yunon sulolalari bilan to‘qnashib, ular qo‘l ostiga o‘tgan bo‘lsalar, keyinchalik o‘z hind-sak davlatini barpo qildilar. Ulardan eng mashhuri, Maues chamasi miloddan avvalgi birinchi asr o‘rtalarida hukm surgan bo‘lib, Gandxara, Svat vodiysi va taxminan Kashmirning bir qismi uning qo‘l ostida edi. Uning vorisi Az «shohlar shohi» nomiga sazovor bo‘ldi. Uning davlatiga Araxosiya ham kirar edi. Milodiy birinchi asrda maydonga hind-parfiya sulolalari chiqib, shiddatli kurashlar boshlanib ketdi. Ulardan Gondofor Gandxara, Araxosiya (hozirgi Afg‘onistonning bir qismi) hamda Sakaston, ya'ni saklar mamlakati (hozirgi Seyiston) nomi bilan ma'lum bo‘lgan Drangiananing bir qismini qo‘lga kiritdi. Miloddan avvalgi II asrda yashab hukmronlik qilgan Appolodot davri tangalaridagi chakra tasviri ushbu hukmdor budda dinini qabul qilgani yoki unga xayrixohlik qilganidan darak beradi. Milinda hukmronligi davrida yunon qo‘shinlari Sharqiy Hindistonga yurish qilganlar. Hind tarixchilari N.K.Sinxa va A.Ch.Banerji yozishicha, Menandr qudratli hukmdor bo‘lgan. U zarb etgan tangalar g‘arbda to Qobulgacha, Sharqda Matxura, hatto Bundelkxandgacha yetib borgan. Xuddi shu asrda hukmronlik qilgan yunon shohi Demetr yerlari Hind vohasi bilan cheklanib, «hindlar hukmdori» nomi bilan mashhur bo‘lgan. U tangalarni ikki - yunon va hind-kxorashtxi tilida zarb etgan dastlabki hukmdordir. Mamlakat shimoliy-g‘arbidagi so‘nggi yunon hukmdori kushonlar shohi Kadfiz I tomonidan (miloddan avvalgi I asr) taxtdan tushirilgan. Dramaturgiya va adabiyot. Kanishka davrida mashhur hind faylasufi, dramaturg Ashvagxosi yashab o‘tgan. Uning bizgacha yetib kelgan «Buddaxacharita» («Buddaning hayoti»), «Saundrananda va Nanda» va «Shariputraprakana» (Shariputrakananing budda dinini qabul qilishi haqidagi drama) asarlari ma'lum. Bu asarlar qadimgi hind dramaturgiyasi uchun asos bo‘ldi. Tadqiqotchilar Bxasa asarlari ham hind tragediyasining qadim namunalaridan deb faraz qiladilar. Yana bir - «Loydan yasalgan aravacha» deb nomlangan asarda (muallifi Kushonlar va Guptalar davri madaniyati. 235 Shudraka) xonavayron bo‘lgan savdogar bilan joriya muhabbati hikoya qilinadi. Qadimgi hind madaniyatiga hissa qo‘shgan adiblardan yana biri - Kalidasa. Bizga uning uchta asari ma'lum: «Shakuntala» («Uzuk orqali tanilgan Shakuntala»), «Malyavikagnimitra» («Malyavika va Agnimitra»), «Vikramarvashi» («Urvashining jasorati»). Bundan tashqari, uning «Megxudata» («Bulut - darakchi») dostoni va ikki epik: «Kumarsambavaxa» («Kumaraning tug‘ilishi»), «Ragxuvansha» («Ragxu avlodi») dostonlari saqlangan 1 . Ilm - fan. Bu davrda ilm-fan tez taraqqiy etdi. Matematika, falakiyot, tibbiyot, handasa kabi ilmlar rivojlandi. Mashhur matematiklar - Aryabxata, Braxmagupta va Varamixiralarning kashfiyotlari fanga katta yangiliklarni olib kirdi. O‘sha davrdayoq Hindistonda Pifagor teoremasi ma'lum bo‘lgan. Aryabxata ikki noma'lum chiziqli tenglamaning o‘ziga xos yechimini kashf etdi. Ular 1, 2,… sonlarini ochib, sanoq tizimini soddalashtirdilar. Keyinchalik bu sonlar arablar tomonidan o‘zlashtirildi. Shu sababli bu sonlar butun olamda arab raqamlari sifatida ma'lum bo‘ldi. Braxmagupta qator tenglamalarni yechish usullarini topdi. Falakiyot ilmiga oid asarlar ham bu davrga kelib ko‘paydi va taraqqiy etdi. Guptalar davrida olimlar osmon yoritgichlarining harakati, Quyosh va Oy tutilishi sabablarini yaxshi bilganlar. Aryabxata Yer o‘z o‘qi atrofida aylanishini isbotladi. Braxmagupta ingliz olimi Nyutondan bir necha asr avval Yerning tortish kuchini aniqlagan. Varaxamixiraning «Bixatsamxita» asarida falakiyot, jo‘g‘rofiya va mineralogiyaga oid muhim faktlar keltirilgan. Me'morchilik. Bu davr me'morchiligi yangi bosqichga qadam qo‘ydi. Birinchi asr boshlarida Bombey yaqinidagi qoyalarda ibodatxonalar majmui barpo etildi. Hindistondagi eng ulkan - Gayya ehromining uzunligi 38 metr, kengligi va balandligi 14 metr bo‘lgan. G‘or ichidagi eng katta zalda ustunlar, supa va turli tosh haykalchalar joylashgan. G‘or ichiga yorug‘lik maxsus yog‘och panjaralar orqali tushgan. Undagi barcha tasvirlar monolit qoyalardan tashkil topgan. Ularning hajmi kishini hayratga soladi. Ajanta ehromlari guptalar davrida me'morchilik naqadar yuksak darajaga ko‘tarilganini 1 World and Global History : Research and Teaching / edited by Seija Jalagin, Susanna Tavera, Andrew Dilley- Pisa: Plus-Pisa University Press, 2011 236 ko‘rsatadi. V asrda bunyod etilgan Sangi ibodatxonasi devorlarida Ashoka ustunlaridagi kabi sherlar tasviri tushirilgan. Bu hind me'morchiligining eng yaxshi an'analaridan hisoblanadi. Poydevori hozirgacha saqlanib qolgan Nalandada ulkan universitet bo‘lib, unda ko‘plab talabalar tahsil olganlar. IV asrda Budx - Gayyada hashamatli ehrom qurilishi boshlanib, bosh minorasi balandligi 58 metrga yetgan. U Osiyodagi eng baland budda dini ehromidir. Muhtasham me'moriy obidalar Shimoliy Hindistonda ham ko‘plab bunyod etilgan. Qurilishi II asrda boshlangan Taksila va Dxarmarajika ibodatxonasi V asrga kelib mahobatli inshootga aylandi. Tasviriy san'at. Bu davrda tasviriy san'at va haykaltaroshlikning bir necha yo‘nalishlari vujudga keldi. Agar Markaziy Osiyoda, Baqtriya davlatida dunyoviy g‘oyalar hukmron bo‘lgan bo‘lsa, Shimoliy Hindistonda gandxara, Gang vodiysida - matxura, janubda esa andxra maktablari mavjud edi. Gandxara maktabida budda ta'siri kuchli bo‘lib, gandxara haykaltaroshligida Budda tasviri paydo bo‘ldi. Bu davrga qadar Buddaning qiyofasi Shartli belgilar yordamida ifodalangan. Gandxaraning haykaltaroshlik an'analari uzoq va yaqin mamlakatlar san'atiga ham ta'sir ko‘rsatdi. Buddaviy haykaltaroshlik bilan birga dunyoviy haykaltaroshlik, ya'ni matxura san'ati o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Bunda Kushon hokimlari va oddiy fuqarolar haykallari yasalgan. Matxura haykaltaroshlik maktabi guptalar davrida Shimoliy hind an'analari ta'sirida yuzaga keldi. Bunda Budda tasvirida oddiylik va odmilik ko‘zga yaqqol tashlanadi. Hindu dinining tiklanishi ham haykaltaroshlikda o‘z ifodasini topdi. Vishnu va shiva diniga oid tasvirlar keng yoyildi. Guptalar davrida qadimgi hind rassomchilik san'ati muhim bosqich bo‘ldi. Ajantadagi mashhur devor naqshlari hind va jahon san'atining bebaho yodgorligidir. U yerda g‘ordagi suratlar syujeti juda xilma-xil: Budda hayoti, jatakalarga oid suratlar, buddaviy portretlar, odamlar tasviri, turli naqsh va bezaklar shular jumlasidan hisoblanadi. Shuningdek, tabiat manzaralari va oddiy hayotiy ko‘rinishlar ham ular qatoridan joy olgan. Mazkur rasmlar guptalargacha bo‘lgan davrlarda yaratilib, I asr davomida takomilga erishgan. Bu buyuk san'at durdonalari nafaqat hind, balki butun Sharq ma'naviyatida o‘ziga xos o‘rin tutadi. 237 Qadimgi Hindistonning tashqi aloqalari. Qadimgi Hindiston Sharq va G‘arb mamlakatlari bilan keng aloqalar o‘rnatgan. Bu munosabatlar yillar davomida shakllanib, har ikki mintaqa xalqlari madaniyatiga ta'sir etgan. Qadimgi Hindiston va Eron. Eron Hindistonning eng yaqin qo‘shnisi bo‘lib, u bilan madaniy va ma'rifiy aloqalar o‘rnatgan birinchi mamlakatlardan edi. Arxeologlar bu ikki mamlakat aloqalari neolit davridan boshlangan deb aytishadi. Har ikkala mamlakatda ham yuksak ziroatchilik mavjud bo‘lib, shahar sivilizatsiyasiga o‘tish jarayonlarini deyarli bir vaqtda boshdan kechirdi. Bu ikki mamlakat savdogarlarining o‘zaro oldi-sotdisi miloddan avvalgi IV-III asrda taraqqiy eta boshlagan. Xarappa sivilizatsiyasi davrida bu munosabatlar voqyea, rivoyat va dostonlarda saqlanib qoldi. Antik davr mualliflarining ma'lumotlariga ko‘ra, shimoliy hind o‘lkalari miloddan avvalgi 518 yilda Doro I tarafidan ishg‘ol etildi. Galileyadagi jangda Hind daryosining janubiy hududlarida yashovchi aholi forslar tarafida kurashdi. Ahamoniylar davrida Eron va Hindiston o‘rtasida savdo aloqalari mustahkamlandi. Suzadagi (Eron) saroy qurilishida Hindistondan keltirilgan qurilish materiallari ya'ni, Gandharadan temir daraxti va fil suyagi keltirilgani Doro yozuvlarida saqlanib qolgan. Miloddan avvalgi V asrgacha Bobilda topilgan hujjatlar va miloddan avvalgi V asr oxiri IV asrlarga oid Persepoldagi Elam matnlarida aytilishicha, Hindiston, Eron va Mesopotamiya viloyatlari bir imperiya bo‘lib birlashganidan so‘ng, savdo va madaniy aloqalar kuchaygan. Bobil hujjatlarini o‘rgangan hind Sharqshunoslari Nippur atrofida hind koloniyalari bo‘lganligini va ularning nomlarini aniqladilar. Ma'lum bo‘lishicha, hindlar tub aholi bilan yaxshi munosabatda bo‘lganlar, egallagan yerlari uchun ijara to‘lovi haqida Shartnomalar tuzganlar. Ular harbiy xizmatni ham ado etganlar. Persepol yozuvlari Erondan Hindistonga o‘tgan. Masalan, miloddan avvalgi 498-yilda Qarabbo ismli hindning 180 kishilik karvonga bosh bo‘lib, Hindistonga borganligi haqida ma'lumot beriladi. Ahmoniylar tarafidan hind yerlariga oromiy yozuvi kiritildi va bu tub aholi madaniyatiga ijobiy ta'sir ko‘rsatdi. Ba'zi tadqiqotchilar qoya toshlariga farmonlarni yozdirish forslardan kirib kelgan odat deb 238 ta'kidlaydilar. Madaniy jarayon uyg‘unlashib bordi. Sanskrit tilida forscha so‘zlar paydo bo‘ldi. Bilasizmi? “Maxabxarata”(“Bxarata avlodlari jangnomasi”)sanskrit tilida yozilgan b-b,100 ming baytni o‘z ichiga olgan 18 kitobdan iborat afsonaviy shoh Bxaratning avlodlaridan 2 toifa:kavravlar va nandavlarning o‘zaro adovatlari va urushlari tarixi talqin etiladi. Rus hindshunoslari G.M.Bongard-Levin va G.F.Ilin Hindistonning antik adabiyot davridan keyingi davrni «elchixonalar davri» deb ataydilar. Ular miloddan avvalgi VI asr oxiri - III asr boshini ana shu nom bilan belgiladilar. Deymaxning «Indika» asari deyarli saqlanib qolmagan bo‘lsa ham, u orqali Ashokaning shoh Antiox (Suriya), Antigen (Makedoniya), Eneolit (Epir) va Ptolemeyga (Misr) elchi yuborganligi ma'lum. Bu yozuvlar Hindistonning Yuqoridagi davlatlar bilan aloqasidan dalolat beradi. Rim imperiyasi bilan Hindiston o‘rtasida ham diplomatik aloqalar mavjud bo‘lgan. Antik manbalarda imperator Avgust (miloddan avvalgi 24-14 yillar), Trayan (98-117 yillar), Andrian (117-138 yillar) va yana qator hukmdorlar huzuriga hind elchilari yuborilgani haqida aytiladi. Yunon-Rim dunyosi Hindiston diniy-ma'rifiy manbalari va falsafasi bilan yaqindan tanishdi. III asrda yashab o‘tgan mashhur faylasuf Filostrat Hindistonga sayohat qilgani, u yerni o‘rgangani ma'lum. Megasfen Chandragupta hayoti haqida yozib, “shoh oshpazlari unga barcha hindlar iste'mol qiladigan sharobdan berishadi” deb ma'lumot keltiradi. Shubhasiz, sharob Yunonistondan keltirilar, qadimgi tamil shoiri ularning xushta'mligiga e'tibor qaratadi. Hindiston va G‘arb o‘rtasidagi savdo aloqalari o‘zaro madaniy aloqalarga ham muayyan hissa qo‘shgan. Hindistondan turli dorivor va ziravorlar, zeb-ziynat buyumlari, metall va yana boshqa qimmatbaho mahsulotlar olib keltirilar, o‘z navbatida O‘rta Yer dengizi mamlakatlaridan turli mahsulotlar keltirilib, savdo qilinardi. Shri-Lanka, Hindiston va Bangladesh bandargohlaridan topilgan Rim sopol idishlari va tangalari bu davlatlar o‘rtasidagi savdo-sotiq yaxshi 239 rivojlanganidan dalolat beradi. Hozirgi Putuchera yaqinida Arekamedura nomli Rim savdo faktoriyasi topilishi alohida ahamiyatga ega. Pompeydagi arxeologik qazilmalar chog‘ida topilgan fil suyagidan yasalgan Lakshmi ma'budasi haykali antik dunyo hind madaniyatini yaqindan bilganidan dalolat beradi. Qadimgi tamil yozuvlarida yavanlar haqida ko‘plab ma'lumotlar qolgan. Janubiy Hindistonda yunonlar va rimliklarni yavanlar nomi bilan ataganlar. Ularning ba'zilari bu yerlarda muqim yashar, ko‘pchiligi mahalliy shohlarga yollanib, ularning xizmatini qilardilar. Gandxara san'atining hind madaniyatida o‘ziga yarasha o‘rni bor. Bu yerda Ellin va Rim an'analari hind va budda dini an'analari bilan qorishib ketgan. Tadqiqotlar hindlar yunonlardan ko‘p narsa olganlar degan xulosaga olib keladi. Tangalar yunonlardan avval ham mavjud bo‘lgan, biroq keyinchalik ularning ta'siri yaqqol ko‘zga tashlandi. Sopol buyumlar yasash, metall eritish va mis quyishda ham antik dunyo ta'siri namoyon bo‘ladi. Hindistonda yunonlar boshqargan davlatlarning so‘nggi sulolalaridan so‘ng ham, davlat boshqarish tizimining ularga xos ma'muriy yo‘nalish va usullari ancha vaqtgacha saqlanib qoldi. Ba'zi joylarda Makedoniya taqvimi qo‘llanib, san'at va hunarmandchilikda ham yunon an'analari davom etdi. Hind mualliflari Markaziy Hindistondagi Ujayin astronomik rasadxonasi bilan Aleksandriya observatoriyasi o‘rtasida bog‘liqlik borligini qayd etdilar. Shuningdek, ayrim ko‘hna yunon kitoblarida hind ziyolilarining Suqrot bilan uchrashganligi ma'lum. Pifagorning hind falsafasiga ta'siri beqiyos. Professor X.Roulinson bu to‘g‘rida, «Pifagorchilar targ‘ib qilgan deyarli barcha falsafiy, matematik va boshqa ma'lumotlar miloddan avvalgi VI asrda Hindistonda ma'lum bo‘lgan» degan edi. Rudramona hukmdorligi davrida janubiy-Sharqiy mamlakatlarning ellinlar bilan aloqalari rivojlandi. Ilm-fanni yuksaltirgan Iskandariya bilan mustahkam aloqalar o‘rnatildi. 150- yillarda Yunon tilidan sanskrit tiliga astrologiyaga oid matnlar tarjima qilindi. Bizga qadar qadim «Yavanajaki» kitobi (269-270-yillar) yetib keldi. Olimlar Bumant bilan tanishgach, uning Iskandariyada yozilganini isbotladilar. Epigrafik ma'lumotlarga ko‘ra, Sharqiy kshatrap tumanlarida yunonlar yashaganlar. Ehtimol ular bu yerlarda bir vaqtlar yashagan yunonlar avlodi yoki savdogar yunonlar bo‘lishi 240 mumkin. Vaqt o‘tishi bilan Dekanda yavanlar hindlashib, ko‘pchiligi budda va brahmanlik dinini qabul qilganlar. Yunonlar va rimliklar hind hamda Bobil olimlarining ilmiy yutuqlarini o‘rganib, xususan, falakiyot ilmini o‘zlashtirganlar. Parfiyadan O‘rta Yer dengiziga o‘tadigan Buyuk ipak yo‘li vujudga kelgan davrdan boshlab Hindistonning Markaziy Osiyo, alalxusus, Sharqiy Turkiston bilan aloqalari yuksaldi. Qadimgi Turkiston aholisi ko‘pchilikni tashkil etmas edi. Kam sonli aholi sekin-asta shahar va qishloqlar barpo etib, yuksalish tomon qadam qo‘ya boshladi. Hind-Yevropa negizi miloddan avvalgi II ming Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling