Talim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
Download 1.41 Mb. Pdf ko'rish
|
Жахон тарихи. (Қадимги дунё тарихи). У.Абдуллаев
1Doro islohotlari idora ishlarining murakkab byurokratik tizimi yordamida davlatni bir qadar markazlashtirishga olib kelsa-da, lekin mamlakatda, har holda, qadimgi qabilachilik ittifoqining o‘ta ibtidoiy ko‘rinishi saqlanib qoldi. Shoh yakka mustabid hukmdor bo‘lishiga qaramay, ba'zi masalalarda qadimgi urug‘-qabila zodagonlaridan chiqqan oliynasab vakillar ta'sirida bo‘lgan. Masalan, Gerodot yozishicha, Doro yetti eng ulug‘ Eron zodagonlari kengashida shoh etib saylanib, bu odamlar shoh huzuriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish huquqiga ega bo‘lganlar. Shu bilan birga, shoh ana shu zodagonlardan birining qiziga uylanishi Shart edi. Behistun yozuvi matnida, Doro I Gaumatani o‘ldirishda va hokimiyatni qo‘lga kiritishda yordam bergan bu eroniylarning nomlarini sanab ko‘rsatib, bo‘lg‘usi Eron hukmdorlariga “Sen, zamona zayli bilan shoh bo‘lsang, bu zotlar avlodini ehtiyot qil” deb murojaat qilgan. Gerodotning so‘ziga qaraganda, hatto Kserks ham yunonlarga qarshi yurishdan avval bu masalani shu oliy zot vakillari kengashida muhokama qilishga majbur bo‘lgan. Biroq zamon o‘tishi bilan qabilalarning avvalgi ittifoqi qadimgi Sharq klassik despotiyasi shaklini ola borgan. Shoh huzurida markaziy idoraning ayrim tarmoqlari, ya'ni xazina, sud va harbiy ishlar shoh nomidan Yuqori mansabli amaldorlar tomonidan bevosita boshqarilgan. Shoh boshliq markaziy hokimiyat mahalliy idora ishlarining barcha sohalariga faol aralashgan. Chunonchi, shoh fuqarolar, masalan, birorta ibodatxona kohinlarining shikoyatlarini ko‘rib chiqqan, soliq masalalarida yengilliklar joriy qilgan, ibodatxona yoki shahar devorlari qurish to‘g‘risida farmoyish chiqargan. Shoh muhri bosilgan har bir farmon qonun bo‘lib, bajarilishi Shart bo‘lgan. Davlatni idora qilish tizimi ko‘plab amaldorlar tomonidan yuritilgan. Shoh amaldorlar bilan maxsus noma (xatlar) orqali bog‘langan. Shoh mahkamalari va saroyda yozuv-chizuv ishlari e'tibor bilan olib borilgan. Barcha farmoyishlar alohida bayonnoma va kundalik daftarlarga oromiy tilida yozib borilgan. Bilasizmi? Ahamoniylar davlatni 40 ta satraplikka bo`lib idora qilishgan. Uning tarkibida Markaziy Osiyo hududidan 4 ta satraplik kirgan 251 Asta-sekin oromiy tili Eron davlat tiliga aylangan. Oliy davlat noziri (“hukmdor ko‘zu qulog‘i”) markazlashgan davlatning mustahkamlanishiga yordam bergan, u shoh topshirig‘i bilan oliy nazorat qilish kabi ma'suliyatli vazifani bajargan. Ajrim ishlarining shoh va alohida “shoh hakamlari” qo‘lida bo‘lishi markaziy hokimiyatni yanada mustahkamlagan. O‘sha davr tilida aytganda, “huquqshunoslar” faoliyatida cheklanmagan shoh hokimiyatini asos qilib olganlar. Bu “shoh hakamlari” ning vazifasi barcha mojaroli masalalarda hukmdorga maslahat berishdan iborat bo‘lgan. Hakamlar umrbod tayinlanib, jinoyatga qo‘l urgan yoki poraxo‘rlikda ayblangan hakamlar vazifasidan mahrum etilgan. “Shoh hakami” vazifasi ba'zan otadan o‘g‘ilga meros sifatida o‘tgan. Hakamlar nafaqat Eron, balki uning tarkibidagi boshqa mamlakatlarda ham adolatpeshalik qilganlar. Tavrotdagi ma'lumotlar hamda eronliklar hukmronligi davriga oid Bobil hujjatlari (ular Nippurdan topilgan) shundan dalolat beradi. Boshqa qadimgi Sharq mamlakatlari singari, Eronda ham natural xo‘jalik hukm surgan. Qishloq jamoalarida yetishtirilgan mahsulotlar shu joyning o‘zida iste'mol qilingan. Yetishtirilgan mahsulotning ortiqcha qismi bozorga chiqarilgan. Qadimgi natural xo‘jalik qoidalariga muvofiq, tovarlar muayyan qiymatga ega bo‘lgan. Masalan, Persepoldagi yollanma xodimlar ish haqi sifatida mahsulot, ya'ni non, yog‘, baliq olganlar. Mahsulot shaklida to‘lanadigan ish haqi “shak” ibora bilan ifodalangan. Persepoldan topilgan va keyingi davrga oid hujjatlarda ish haqi sifatida qo‘y va sharob to‘langanligi qayd etilgan. Biroq savdo ishlari rivojlanib borgan sari bahoning bu ibtidoiy tovar ekvivalentini dastlab og‘ir metall pul, so‘ngra esa zarb qilingan tanga tobora siqib chiqargan. Tashqi savdo ancha taraqqiy etgan Lidiyada miloddan avvalgi VI asrda zarb qilingan tanga paydo bo‘lib, u Bobilning eng qadimgi pul og‘irlik o‘lchovi tizimidan foydalanish asosida kelib chiqqan. Eronda pul tizimi Kayxisrav zamonida tashkil topgan. Kayxisrav Suza, Sarda va Bobilda oltin tangalar zarb qildirib, bu tanga “darik” nomini olgan (dari so‘zi qadimda eroniy “oltin” so‘zidan olingan bo‘lsa kerak). Eronning g‘arbida savdoda pul ishlatish rasm bo‘lib, bu yerda Bobil kabi ko‘hna savdo markazlari ravnaq topgan. Sharqiy o‘lkalar, jumladan, O‘rta Osiyoda, asosan, qadoq tilla ishlatilgan. 252 Biroq Eron tangasi bu yerga ham yetib kelgan. Afrosiyob (hozirgi Samarqand yaqini) va eski Termiz xarobalaridan Eron dariklari topilgan. Doro I zamonida Eronda savdo taraqqiy etganligini shohning Suzada qurilgan saroyi misolida ko‘rish mumkin. Bizga qadar yetib kelgan yozuvda saroyni qurish uchun turli mamlakatlardan keltirilgan qurilish materiallari ro‘yxati mufassal bayon qilinadi. Masalan, kedra daraxti Livan tog‘laridan, oltin - Sarda va Baqtriyadan, lojuvard (lazurit) va qizil tosh - So‘g‘diyonadan, feruza - Xorazmdan, kumush va bronza - Misrdan, fil suyagi - Efiopiya, Hindiston va Araxoziyadan (hozirgi Afg‘onistonda) keltirilgan. G‘oyat keng hududdan iborat bo‘lgan Eron imperiyasi birligini saqlash, uning poyonsiz chegaralarini qo‘riqlash va mamlakat ichidagi qo‘zg‘olonlarni bostirish uchun qo‘shin, umuman, harbiy ishlarni tashkil qilish zarur edi. Tinchlik vaqtida muntazam qo‘shin eroniylar bilan midiyaliklardan iborat bo‘lib, ular asosiy kuchni tashkil qilgan. Shoh sara qo‘shini (gvardiyasi) otliq aslzodalar bilan 10 ming kishilik “o‘lmas” piyodadan tuzilgan. Eron shohining 10 ming kishilik shaxsiy soqchilari bo‘lgan. Eron davlatini ichidan mustahkamlash uchun mahalliy boshqarmaning muntazam tizimini tashkil qilish talab etilgan. Kayxisrav zamonida bo‘ysundirilgan mamlakatlar yirik o‘lkalarga birlashtirilib, ularni alohida hokimlar idora qilgan. Bu hokimlar satrap deb atalgan (satrap forscha - “xshatrapavan” - “mamlakat mutasaddilari”). Satraplar shohning o‘ziga xos noiblari bo‘lib, ular o‘lkadagi barcha idora ishlarini o‘z qo‘llarida markazlashtirganlar. Ular o‘lkalarda tartib o‘rnatib, ro‘y bergan qo‘zg‘olonlarni bostirganlar. Satraplar mahalliy hakamga ham rahbarlik qilganlar, kerak bo‘lganda ular jinoiy va fuqarolik ishlari bo‘yicha hukm chiqarganlar. Satraplar o‘lkadagi qo‘shinga qo‘mondonlik qilib, harbiy ta'minot ishlarini yuritganlar, hatto shaxsiy gvardiya saqlash huquqiga ham ega bo‘lganlar. Masalan, Lidiya satrapi Oroytning ming soqchidan iborat shaxsiy gvardiyasi bo‘lgan. Doro I zamonida Eron shohligi 25 taga yaqin satraplikka bo‘linib, ular nomi Behistun, Naqshi Rustam va Suvaysh yozuvlarida keltirilgan. Bu o‘lkalarning shohga to‘laydigan soliq miqdori Gerodot asarlarida berilgan. Biroq bir-biriga nomuvofiq bu ro‘yxatlarni 253 ma'muriy ahamiyatga ega deb bo‘lmaydi. Satrapliklar o‘zboshimchaligiga chek qo‘yish maqsadida shohlarning chora ko‘rishiga qaramay, satraplar erkinliklarni uzoq vaqt qo‘llarida saqlab qolganlar. Ayrim satrapliklarda (Bobil, Misr, YAhudiya) mahalliy huquq, mahalliy og‘irlik va uzunlik o‘lchovlari, ma'muriy bo‘linish (Misrning nomlarga bo‘linishi), ibodatxona va kohinlarning soliqlardan ozod qilinganligi va boshqa imtiyozlari saqlanib qolgan. Shoh qo‘li ostida ma'muriy va harbiy jihatdan yagona kuchli davlatga birlashgan G‘arbiy eron qabilalari davlat asosini tashkil qilganlar. Eroniylar imtiyozli mavqyega ega bo‘lganlar. Ular barcha soliqlardan ozod qilinganligi sababli, soliqlar og‘irligi bo‘ysundirilgan xalqlar yelkasiga tushgan. Eron shohlari eroniylarning “xizmat va qadr-qimmatlari”, shuningdek, hukmron mavqey egallaganliklarini yozuvlarida doim uqtirib kelganlar. Doro I qabri ustiga qo‘yiladigan toshga: “Sen shoh Doroga qanchadan-qancha mamlakatlar bo‘ysunganligini o‘ylab ko‘rsang, taxtni ko‘tarib turgan odamlarning tasviriga qara: shunda sen Eron askarining nayzasi uzoq mamlakatlargacha borib yetganini hamda Erondan uzoqda ham dushmanini yenganini anglaysan” deb yozdirgan. Eroniylarni yagona til va din, xususan, oliy Xudo - Axuramazdaga bo‘lgan e'tiqod birlashtirgan.Biroq o‘sha davrda dunyoga hokimlik qilishga intilgan Eron shohlarining da'volarini ham asoslaydigan yagona mafkura paydo bo‘la boshladi. Shoh “mamlakatlar shohi” yoki “shahanshoh” yoki ”kun chiqardan kun botargacha mamlakatlar ahlining sultoni” nomini olgan. Shoh hokimiyatini mustahkamlash uchun qadimgi eron dinidan ham foydalanilgan. Ya'ni mazkur diniy qarashlar Eron davlati tarkibiga kirgan xalqlar, jumladan, O‘rta Osiyo xalqlaridan olingan. Ahamoniylar shohligida qaror topgan bu siyosiy-diniy nazariyaga ko‘ra, osmon bilan yerni yaratgan oliy xudo - Axuramazda Eron shohini “bu bepoyon yer yuzining hokimi, birdan-bir hukmdori”, “dengizning u va bu tomonidagi tog‘ va tekisliklar, har ikki tarafdagi cho‘lning yagona egasi” etib tayinlagan. Eron shohlarining Persepoldagi saroyi devoriga dunyoning har tomonidan Eron shohiga 254 turli xiroj va qimmatli tortiqlar keltirgan odamlar surati tushirilgan. Doro I o‘z davlatining qudrati haqida oltin va kumush lavhalarda qisqa va ma'noli tarzda bayon etadi: “Doro buyuk shoh, shahanshoh, mamlakatlar shohi, Kashtosib o‘g‘li Ahamoniydir. Shoh Doro “So‘g‘diyonaning ortidagi saklar mamlakatidan to Kushga qadar (ya'ni Efiopiyagacha), Hindistondan Sardagacha shohlikni menga ulug‘ xudo Axuramazda ato etgan. Axuramazda yurtimni o‘z panohida asrasin”. Ahmoniylar davlatida satrapliklar va savdo - sotiq. Eronda Ahamoniylar davlatini ichidan mustahkamlash uchun muntazam mahalliy boshqarma tizimini tashkil etish talab qilingan. Kayxisrav (Kir) davrida bo‘ysundirilgan mamlakatlardan iborat yirik o‘lkalarni hokimlar idora qilgan. Ular “satrap” deb atalgan. Satraplar shoh noiblari hisoblanib, o‘lkalarda idora, boshqaruv ishlarini o‘z qo‘llarida markazlashtirgan. Ular o‘lkalarda tartib o‘rnatib, qo‘zg‘olonlarni bostirgan. Shuningdek, satraplar qo‘shinga qo‘mondonlik qilib, harbiy ta'minot ishlarini olib borgan va shaxsiy gvardiyani saqlash huquqiga ham ega bo‘lgan. Moliya - soliq ishlari, ya'ni, aholidan soliq yig‘ish, yangi soliqlar joriy etish va soliq orqali tushgan boyliklarni shoh xazinasiga topshirish satraplar qo‘lida edi. Bundan tashqari, ular o‘lkaning xo‘jalik hayotini, jumladan, dehqonchilik ishlarini borishini ham kuzatib borganlar. Nihoyat, o‘lka amaldorlarini tayinlash va xizmatdan chetlatish, ularning ishini nazorat qilish huquqiga ham ega edilar. Shunday qilib, satraplar katta vakolatlarga ega bo‘lib, o‘z saroyi va saroy ahliga ega mahalliy hukmdor bo‘lganlar. Ahmoniylar boshchiligidagi Eron shohligining ba'zi o‘lkalari o‘rtasida aloqalarni yo‘qligi Qambiz shohligining oxiri - Doro I hukmdorligining boshida avj olgan. Qo‘zg‘olonlar va ijtimoiy ziddiyatlar islohotlarni talab qilgan, chunki ular Eron davlatining ichki ahvolini mustahkamlashi kerak edi. Ahmoniylar hukmronligi davrida savdo-sotiq ishlari ham ancha rivoj topdi. Qadimgi savdo yo‘llari Eronni Mesopotamiya va Kavkazorti o‘lkalari bilan bog‘lagan. Bronza qurollarini tayyorlashda zarur qo‘rg‘oshin va qalay Erondan Mesopotamiyaga olib borilgan. O‘rta Osiyo va Erondan boshlangan boshqa savdo yo‘llari Sharqqa - Xitoyga va janubi-Sharqiy Hindistonga olib borgan. Jumladan, miloddan avvalgi I ming yillik o‘rtalarida Baqtriya va Hindiston 255 muhim savdo markaziga aylangan. Savdo-sotiq taraqqiy etishi bilan qadimgi qal'alar iqtisodiy markazga aylana bordi. Xorazmning ayrim shaharlari, Baqtriyada Balx, So‘g‘diyonada Marokanda, Eron g‘arbida Suza, Midiyada Ekbatana, shuningdek Bobil kabi shaharlar muhim savdo markazlariga aylandi. Doro I davrida Eronda savdo ishi taraqqiy etganligi Suzadan topilgan yozuvda nomoyon bo‘ladi. Bu yozuvda Suzada qurilgan saroy haqida ma'lumot keltirilgan. Shuningdek, shoh saroyini qurish uchun turli mamlakatlardan materiallar keltirilganligi haqida ma'lumotlar bor. Masalan, kedr daraxti Livan tog‘laridan, oltin - Sarda va Baqtriyadan, lojuvard va qizil tosh - So‘g‘diyonadan, feruza - Xorazmdan, kumush va bronza - Misrdan, fil suyagi - Efiopiya, Hindiston va Araxosiyadan keltirilgan. Eronda savdo-sotiq ishlarini yanada rivojlantirish, davlatning ayrim xududlari o‘rtasida iqtisodiy aloqalarni yanada mustahkamlash uchun yagona pul birligini kiritish zarur edi. Shu maqsadda Doro I pul islohotini amalga oshirdi. Mamlakat hududi bo‘ylab yagona oltin tanga - darik (8, 416 gr) joriy qilindi. Eng Yuqori qadoq va tanga birligi - Eron talanti 3 ming darikdan iborat bo‘lgan. Oltin tangalarni zarb qilish huquqi faqat markaziy hokimiyat qo‘lida bo‘lgan. Satrapliklarda esa satraplarga faqat mis va kumush tangalarni zarb qilish huquqi berilgan. Mayda chaqa o‘rnida eroncha “shekel” deb atalgan kumush pul bo‘lib, u darikning yigirmadan biriga (5,6 gr. kumushga) teng bo‘lgan. Savdo - sotiqni rivojlantirishda va, umuman, xo‘jalikni yuritishda qurilish ishlari va aloqa xizmatini keng suratda yo‘lga qo‘yish katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Bu masalada eronliklar qadimgi xettlar va ossuriyaliklar tomonidan qurilgan yo‘llardan foydalanib, bu yo‘llarni savdo karvonlari, pochta xizmati uchun va qo‘shinlarni olib yurish uchun moslashtirgan. Shu bilan birga, bir qancha yangi yo‘llar ham qurilgan. Ahamoniylar davrida Kichik Osiyodan to Hindistongacha bo‘lgan hududda muhim savdo yo‘llari mavjud bo‘lgan. Doro I ning tashqi siyosati. Doro o‘zidan oldingi shohlar - Kayxisrav va Qambiz siyosatini davom ettirib, Eronni boshqa mamlakatlar ustidan hukmron bo‘lgan qudratli davlatga aylantirishni maqsad qilib qo‘ydi. Kayxisrav Hindikush atrofi va Qobul vodiysida yashagan hind qabilalari, jumladan, qandahor qabilasini 256 bo‘ysundirgan. Eron davlati tarkibiga kirgan qabila va o‘lkalar orasida ushbu qabila ham bo‘lganini o‘zining mashhur Behistun yozuvida eslatib o‘tadi. Doro Sulaymon tog‘larining etaklaridan to Hind daryosiga qadar tekislikni alohida o‘lkaga aylantirgan. Dengiz yo‘llari muammosi Doroning tashqi siyosatida muhim o‘rin tutgan. Doro dengiz yo‘li orqali Misrni Mesopatamiya va Eron bilan bog‘lash uchun fir'avn Nexoning Nil daryosidan to Qizil dengizgacha kanal qazish bo‘yicha boshlagan ishini tamomlaydi. Toshga o‘yib yozilgan xatida Doroning shunday so‘zlari bitilgan: “Men forsdan chiqqan eroniyman... Misrni olgach, kanal qazdirishga buyruq berdim, kanal Pirava (ya'ni Nil) daryosidan chiqib Misrning ichidan to Erondan boshlanadigan dengizgacha boradi, bu kanal men aytgan kabi qazildi va Misrdan chiqqan kemalar bu kanal orqali mening irodamga ko‘ra Eronga qarab yuradigan bo‘ldi.” Doroni, ayniqsa, Eron shimolida joylashgan mamlakatlar qiziqtirgan. Kayxisrav ham baqtriyaliklar va saklarga qarshi kurash olib borgan. Nihoyat, u O‘rta Osiyodagi massaget qabilalari bilan jang chog‘ida Yaksart (Sirdaryo) daryosi bo‘yida halok bo‘lgan. Saklar yashagan ba'zi o‘lkalar avval, ya'ni Doro davrida egallangan bo‘lsa kerak. Doro I zamonidagi Eron tarkibiga kirgan o‘lkalardan - Xorazm, Baqtriya, So‘g‘diyona va sak qabilalari yodga olingan. Eron davlatini mustahkamlash uchun Doro I miloddan avvalgi 517 yilda saklarga qarshi katta yurish qilgan deb faraz qilinadi. Behistun yozuvining so‘nggi qismida Doro I buni quyidagicha tasvirlaydi: “Doro aytadi: saklar qo‘shini bilan birga men saklar yurtiga bostirib kirdim. Ul saklar yurti daryoning narigi tomonida bo‘lib, alarning o‘zi cho‘qqi qalpoq kiyib yurur edilar. Alqissa, men daryoda kemalardan ko‘prik qilib o‘shal ko‘prik orqali saklar yurti ichkarisiga kirib bordim va ularni yer bilan yakson qildim. Saklar qo‘shini boshliqlaridan birini asir oldim. Boshqalarining qo‘llarini bog‘lab, huzurimga keltirdilar. Ular orasida boshliq - Skunxa ismli odamni ham qo‘l-oyog‘ini bog‘lab, huzurimga keltirdilar. Men o‘z amrim bilan saklar yurtiga yangi hukmdor tayin qildim. Shundan so‘ng mamlakat mening qo‘limga kirdi”. Doro I g‘arbga qilgan yurishlarida yirik yutuqlarga erishdi. U Egey dengizining yunon qabilalari joylashgan viloyatlarga yaqinlashib 257 borib, ularni batamom istilo qilish maqsadida yana g‘arbga qarab yurishga tayyorgarlik ko‘ra boshlagan. Doro I Demokred boshchiligida Yunonistonga ekspeditsiya yo‘llaydi. Bu ekspeditsiya Yunonistonga, hatto Tarentga qadar yetib bordi. Doro I janubiy chegaralarni mustahkamlash maqsadida Barkani istilo etadi. Bu bilan Shimoliy Afrikaning Liviya bo‘yida hamda Shimolda skiflar bilan kurash boshlab, Frakiyada mustahkamlanib olgan. Doro I yunonlar bilan urush natijasida Frakiya, Vizantiya, Samos va boshqa bir qancha orollarni istilo qilib, Egey dengizi bo‘yigacha borgan. Doro I ning vorisi Kserks (miloddan avvalgi 486 - 465 yillar) tashqi siyosatda jahonga hukmdorlik to‘g‘risidagi orzusini amalga oshirmoqchi bo‘lgan. U barcha yunon qabilalarini bo‘ysundirish va O‘rta yer dengizining yerlarida tanho hukmronlik qilishga intildi. Gerodot Kserks tilidan so‘zlab, shunday deydi: “Agar afinaliklar hamda ularga qo‘shni Frigiyani, Pelop tuprog‘ida yashovchi xalqni bo‘ysundirsak, Eron yerini Zevs osmoni kabi kengaytirgan bo‘lar edik. Quyosh bundan keyin bizning yerimizdan boshqa joyga o‘z nurini sochmas edi. Men sizlar bilan butun Yevropani kezib, bu yerlarni birlashtiraman. Agar biz bu xalqlarni bo‘ysundirsak, u holda odamlar aytganicha, bundan keyin bironta shahar, xalq bizga qarshi kurashishga jur'at eta olmaydi. Shunday qilib, biz gunohkorlarning ham gunohsizlarning ham bo‘yniga asorat zanjirini osamiz”. Asosiy maqsadi harbiy bosqinchilik va boylikdan iborat bo‘lgan Kserksning bu so‘zlari Eron quldorlik siyosatini ochiq ifodalagan. Biroq dunyoga hokim bo‘lish uchun yuritilgan bu siyosat Eronni halokatga eltdi. Yunonlar birlashib, Eronga qaqshatqich zarba berdilar. Tarixchilarning, qadimgi Eron madaniyati Mesopatamiyadagi xalqlar madaniyati bilan chatishuvi o‘ziga xos Eron madaniyatining orqaga ketishiga va qudratli Eron davlatining kuchsizlanishiga olib keldi, degan fikri asossiz. Aksincha, Eron qabilalari mixsimon xatni, (mixxat yozuvi) moddiy va ma'naviy madaniyatning ko‘pgina yutuqlarini, shuningdek, davlat tashkilotini ossur-bobilliklardan o‘rganganliklarini biz yaxshi bilamiz. Ahamoniylar davrida qadimgi fors tilida yozilgan mixxatlar, madaniy Qadimgi Eron dini va madaniyati. 258 yodgorliklarda aks ettirilgan turli suratlar, tasvirlar hamda ba'zi yunon tarixchilari yozib qoldirgan ma'lumotlar, shuningdek, “Avesto”ga asoslanib, qadimgi forslarning dini haqida tasavvurga ega bo‘lish mumkin. Qadimgi Sharq - Eron, Markaziy Osiyo xalqlarining urf-odatlari, rasm-rusmlar to‘plami va diniy kitobi hisoblangan “Avesto” qadimgi afsonalar asosida tuzilgan. “Avesto” asari ezgulik xudosi - Axuramazda bilan yovuzlik xudosi Axrimanning o‘zaro kurashi bayoni asosiga qurilgan. Unda goh ezgulik, goh yomonlik kuchlari g‘olib chiqib, o‘z hukmronliklarini o‘rnatadilar. “Avesto”ning qadimgi qismlari - “Gatlar” (muqaddas ashulalar, kuylar) forslarning ahamoniylar davriga qadar qadimiy dinlarini ifoda etgan. Eng qadimgi forslarning dunyoqarashi oddiyligi bilan ajralib turadi. Boshqa Sharq xalqlari singari forslar muqaddas suvlarga sig‘inishgan. Forslarda oliy tangrining o‘g‘li bo‘lmish olov alohida e'zozlangan. Olovga sig‘inish odati eronliklarda keng rasm bo‘lib, uzoq vaqtgacha saqlanib qolgan. Eng qadimgi zamonlarda muqaddas jonivorlar: buqa, qoramol, ot va itga e'tiqod mavjud edi. O‘sha vaqtda Axuramazda Oliy xudo deb e'lon qilinadi. Doro I davridagi qabr toshlarida “Axuramazda Doroni, osmonni, yerni, insonni yaratgan. Doroni shoh etib, unga shohlik qilishni topshirgan” deyiladi. Shunday qilib, Oliy xudo - yaratguvchi Axuramazda shohlar hukmdori - osmon xudosi sifatida tasvirlanadi. Forslarning dinida shohlarning ilohiy kelib chiqishi har tomonlama uqtiriladi. Eron shohlarining dunyoga hukmronlik qilish g‘oyasi keng targ‘ib qilinadi. Oliy xudo Axuramazda ezgulik, yorug‘lik, nur timsoli hisoblansa, unga qarama-qarshi qora kuchlar homiysi Ahriman o‘lim, zulmat va yovuzlik timsoli sifatida tasvirlanadi. Ana shu diniy dualizmga asosan insonlardan vijdonlilik, kamtarlik, saxovat, adolat va insonparvarlik kabi fazilatlar talab etilgan. Tarkibida ko‘p mamlakat va elatlarni birlashtirgan yirik Eron davlati shohlardan yagona davlat dini, yagona Oliy xudoni joriy qilishni talab etgan. Shundagina ulkan davlatni boshqarish, idora qilish oson bo‘lgan. Shuning uchun Kserksning shohlik davridan boshlab qadimgi “dayv”larni quvg‘in qilish boshlandi. Ular zolim ruhlar deb e'lon 259 qilindi. O‘sha davrdagi yozuvlarning birida Kserksning: ”Axuramazda irodasi bilan men “dayv”lar turgan joylarni vayron qildim, toki ularga bundan buyon hech kim ishonmasin” degan so‘zlari bitilgan. Shunday qilib, Eronda yagona oliy shohning himoyachisi, o‘lim kuchlari ustidan g‘olib kelgan Axuramazdaga e'tiqod joriy qilindi. Qadimgi Eron diniga Ossuriya - Bobil dinlari ham ta'sir ko‘rsatgan. Ahamoniy hukmdorlar Axuramazda siymosini uning yerdagi noibi - shoh bilan bog‘laydilar va o‘z nomlariga “saoshiant” - “insoniyatning xaloskori, homiysi” nisbatini qo‘shadilar. Eron xalqi diniga oid tushunchalar Gerodot, Strabon, Ksenofont, Sitseron va boshqa antik mualliflarning asarlarida keltirilgan. Ahamoniylar davrida forslar tabiat xudolari Mitra (quyosh va nur xudosi), Anaxita (suv va hosildorlik xudosi)ga e'tiqod qilganlar. Qadimgi Eron tarixi va madaniyatini o‘rganishda 1933 - 1937 Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling