Talim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti
Download 1.41 Mb. Pdf ko'rish
|
Жахон тарихи. (Қадимги дунё тарихи). У.Абдуллаев
asrdagi falsafiy asarlarda davlatni idora qilish tamoyillari vujudga keladi hamda alg‘ov-dalg‘ovlar davridan keyin mustabid tuzumni tiklash zarurligi ko‘rsatiladi. Masalan, faylasuf Men - Szi dehqonchilik ustidan davlat nazorati o‘rnatilishini tavsiya qiladi. Jumladan, qishloq xo‘jaligini yuksaltirish uchun imperatorlarga irrigatsiya choralarini ko‘rish xususida ko‘rsatma beradi. Miloddan avvalgi IV asrda Sin shohligi boshqa barcha katta podsholiklar orasida eng kuchli podsholik bo‘lib qoldi. Sin shohligi hukmdorlari butun Xitoyga hokimlik uchun bir asr mobaynida qattiq kurash olib bordilar. Sin hukmdori Chjen barcha qolgan shohliklarni bo‘ysundirib, butun Xitoyni o‘z hokimiyatiga birlashtirib, Sin Shixuandi (miloddan avvalgi 221-210 yillar) unvoniga ega bo‘ldi. Uning hukmronligi davrida yagona va markazlashgan Xitoy davlati tiklandi. Avvalgi mustaqil shohliklar o‘z mustaqilligini yo‘qotdilar. Shu tariqa Chjou xonligi tugatilib, o‘rniga yangi markazlashgan Sin shohligi tashkil topdi. 270 Miloddan avvalgi IV asr va III asr boshlarida Xitoyning tobora parchalanib borish jarayoni mamlakatda ishlab chiqaruvchi kuchlarning va ayirboshlashning rivojlanishiga to‘siq bo‘ldi. Butun mamlakatda yagona sug‘orish tarmoqlarini vujudga keltirish, daryo suvlarini muntazam taqsimlab turish ishi barcha o‘lkalar birlashuvini taqozo etgan. Ammo maydalashuv Sharoitida buning iloji bo‘lmagan. Shunday hodisalar yuz berganki, bir tumanda boshqalari bilan kelishmay turib, to‘g‘on qurilishi tabiiy ofat keltirib chiqargan. Ikkinchi tomondan, o‘zaro dushman bo‘lgan shohliklarning chegaralarida o‘rnatilgan bojxona g‘ovlari xo‘jalik sohasidagi o‘zaro munosabatlar taraqqiyotiga to‘sqinlik qilgan. Shuni ham nazarda tutish kerakki, sinfiy kurashning keskinlashuvi va ko‘chmanchilar tomonidan solingan xavf hukmdor tabaqalarda mamlakat birligini tiklashga intilish paydo qilgan. Ichki va tashqi dushmanlarni yengish uchun quldorlar markazlashtirilgan hokimiyatni mustahkamlashga muhtoj edilar. Mamlakatni yangidan birlashtirishda Xitoyning g‘arbiy tumanlarini o‘z ichiga olgan va hukmronligini janubdan Yanszi qirg‘oqlarigacha o‘rnatgan Sin shohligi asosiy o‘rin tutdi. Miloddan avvalgi IV asrda Sin shohligida Shan Yan nomli katta mansabdorning tashabbusi bilan muhim islohotlar o‘tkazilgan. Bu islohotchi davlat xizmatidagi oqsuyaklarga va savdogar-sudxo‘rlar doirasiga tayanib, patriarxal oila va qishloq jamoalariga qat'iy zarba bergan. Yer islohoti shundan iborat ediki, yerni istagancha xususiy mulk qilib olish hamda yerni erkin tarzda sotish va sotib olish mumkin bo‘lgan. Shan Yan katta oilalarning parchalanib, mulklari bo‘linishiga xayrixoh, shuningdek, jamoadagi chek yerlarni sotishga ijozat bergan. Soliq zulmi kuchaytirilgan. Sin hukmdorlari shu yo‘l bilan g‘oyat katta mablag‘ to‘plaganlar. Bu mablag‘ ularga qo‘shinni qayta tashkil etishda yordam bergan. Bronza qurol-yaroq o‘rnini temir qurollar egallagan. Qo‘shinda yanada qattiqroq intizom, rag‘batlantirish va mukofotlash tartibi o‘rnatilgan. Shan Yan islohotlari tufayli Sin podsholigi qo‘shini o‘z jangovarligi bilan boshqa shohliklarning qo‘shinlaridan ustun bo‘lgan. Miloddan avvalgi III asrning birinchi yarmida Sin podsholari Miloddan avvalgi III asr boshlarida Xitoyda Sin sulolasi davri. 271 barcha dushmanlarini tor-mor qildi. Chjou sulolasi miloddan avvalgi III asr o‘rtalarida hokimiyatni qo‘lidan boy berdi. In Chjen o‘z shohligi davrida (miloddan avvalgi 246-210 yillar) butun hududdagi barcha mamlakatlarni o‘ziga bo‘ysundirdi. Miloddan avvalgi 221 yilda u imperator (xuandi) unvonini olib, Sin Shixuandi (Sinning birinchi imperatori) degan nom oldi. U shimolda xunnlar, janubda (Yanszi) Yue mamlakati bilan (hozirgi Guandun va Guansi viloyatlari hududi ham shu mamlakat tarkibiga kirgan) bir necha bor muvaffaqiyatli urush qilgan. Shimoliy ko‘chmanchilardan mamlakatni himoya qilish uchun Buyuk Xitoy devori (Saddi Chini) qurilgan. Bu tuproq tepalar, tosh va g‘ishtdan ishlangan devor va minoralardan iborat murakkab istehkom bo‘lib, uning uzunligi 4000 kilometr, balandligi 10 metrga teng. Devor shu qadar qalinki, uning ustida yonma-yon oltita otliq bemalol yura oladi. Bu istehkom qurilayotganda avvalgi istehkomlar ham Buyuk Xitoy devoriga qo‘shilib ketgan. Bu istehkom qurilishida salkam ikki million kishi (asosan harbiy asirlar va hukm qilingan jinoyatchilar) mehnat qilgan. Sin Shixuandi o‘zining ichki siyosatida Shan Yan qonun- qoidalariga amal qilgan. Butun davlat 36 viloyatga bo‘linib, bu viloyatlar shoh amaldorlari tomonidan idora qilingan. Avvalgi zodagonlar boshqarish ishlaridan chetlashtirilib, qattiq nazorat ostiga olingan. Xitoyda markazlashtirish jarayoni avj oldi. Bir-biriga tayanch bo‘lib, bir-birini qo‘llab-quvvatlamasligi uchun imperator Vey daryosi shimoliy sohilidagi yangi poytaxt - Syanyan shahriga aslzoda oilalarni ko‘chirib kelgan. Ular o‘zlarining avvalgi mahalliy urug‘- qabilalaridan uzoqlashib, poytaxtda hech qanday tayanch va kuchga ega bo‘la olmaganlar. Vassallarning mahalliy etnik ism bilan atalishi ma'n etilib, oddiy aholi “qoraboshlar” nomini olgan. Sin Shixuandi tadbirlari qattiqqo‘llik bilan o‘tkazilgani tufayli, nafaqat oddiy xalq, balki zodagonlarning ham qarshiligiga uchradi. Sin Shixuandi davrida Xitoyning barcha tumanlarida qo‘zg‘olonlar ko‘tarilib, ular ayovsiz bostirilgan. Imperator hayotiga to‘xtovsiz suiqasdlar uyushtirilgani sababli, u o‘z makonini doimo o‘zgartirib turgan. Sin Shixuandi miloddan avvalgi 210 yilda asab kasalligidan 272 vafot etgan. Uning hukmdorlik davridan nishona sifatida Buyuk Xitoy Devori qoldi, xolos. Sin Shixuandi o‘limidan so‘ng dehqonlarning ommaviy qo‘zg‘olonlari ko‘tarilib, unga qullar ham qo‘shilganlar. Ayniqsa, bu harakat yo‘lboshchilaridan biri Lyu Ban ismli qishloq oqsoqoli nom qozondi. U xalq ommasigina emas, balki Sin Shixuandi vaqtida tor- mor bo‘lgan zodagonlarni ham o‘ziga og‘dirib, raqiblarini davlat boshqaruvidan chetlashtirgan. Miloddan avvalgi 206-yilda u Sin sulolasining so‘nggi vakilini ag‘darib, birinchi, ya'ni Katta Xan sulolasi deb nom olgan yangi sulolaga asos soldi. Qadimgi Xitoy Xan sulolasi davrida (miloddan avvalgi 206- milodiy 220 yillar). Sin sulolasi hukmdori Sin Shixuandi hokimiyatiga qarshi dehqonlarning noroziligi ortib, ular ko‘plab qo‘zg‘olon ko‘tardilar. Miloddan avvalgi 206yili qo‘zg‘olonchi dehqonlar yo‘l boshchilaridan biri Lyu Ban taxtni egallab, Sin sulolasi hukmronligiga yakun yasadi va yangi davlatga asos soldi. Bu qo‘zg‘olon natijasida dehqonlarning iqtisodiy ahvoli birmuncha yaxshilanib, soliqlar kamaytirildi va davlat mehnat majburiyatlari yengillashtirildi. Ammo hokimiyat quldor zodagonlar qo‘lida qolaverdi. Ular, dastlab, dehqonlarga bir oz yon bergan bo‘lsalar ham, vaqt o‘tishi bilan Sharoit yana ilgarigi ahvoliga qaytdi. Mehnatkashlar ommasining xonavayron bo‘lishi quldorlikni yanada o‘sishi va mamlakatda qullar sonining ortishiga sabab bo‘ldi. Nochor ahvolda qolib, amal-taqal tirikchilik qilgan kambag‘allar ko‘pincha bolalarini qul qilib sotishga majbur bo‘lganlar. Urush yillarida mamlakat xo‘jalik hayoti izdan chiqib, hukumat qo‘shimcha soliqlar solar edi. Xan sulolasi davrida odatiy soliqlardan tashqari, hosilga qarab natural soliq joriy qilingan bo‘lib, u yeri bor odamlardan olingan. Shu bilan birga aholidan olinadigan pul solig‘i joriy qilingan. U-di hukmronligi davri xazina tushumini oshirish maqsadida tuz va temirga monopoliya joriy qilingan. Qul savdosi rivojlanib, maxsus qul bozorlari vujudga kelgan. Qullar soni ko‘payganligiga qaramay, ularning mehnati u qadar foyda bermay qo‘ydi. Qullar mehnatining unumini oshirish maqsadida qullarga kichikroq yer berilib, shaxsiy xo‘jalik yuritishga ruxsat etilgan. 273 Ayni vaqtda ijara munosabatlari ham taraqqiy eta borib, dehqonlar boylar yerini hosilning 50% evaziga ijaraga olganlar. Ijara haqining Yuqoriligi tufayli ko‘plab dehqonlar asoratga tushganlar. Xan davrida Xitoyning tashqi savdosi o‘sib, istilochilik siyosati keng ko‘lamda yuritildi. Xitoyliklar miloddan avvalgi II asr oxirlarida, imperator U-di davrida (miloddan avvalgi 140 - 87 yillar) g‘arbning uzoq joylari, O‘rta Osiyogacha, “G‘arbiy chet joy” (Si yuy) deb atalgan mamlakatga qadar kirib borganlar. Xitoy karvonlari Sharqiy Turkiston orqali Amudaryo va Sirdaryo oralig‘idagi o‘lkalarga yetib borgan. Xitoyliklar, ayniqsa, Farg‘ona bilan savdo munosabatini o‘rnatganlar. Xitoy mollarini Eron savdogarlari bu yerdan Suriya, Eron, hatto Rim imperiyasigacha olib borganlar. Muhim savdo yo‘li - “Buyuk Ipak yo‘lini” qo‘lga kiritishga intilish istilochilik siyosatining davom etishiga sabab bo‘ldi. Xitoylik sarkarda va diplomat Ban Chao (miloddan avvalgi 32 - 102 yillar) Sharqiy Turkistonga bir necha marta qo‘shin tortib borgan va istilo qilgan. Xitoyliklar Sharqda Koreya, Hindi-Xitoyning ayrim hududlariga ham kirib borib, Hindistonga yo‘l ochmoqchi bo‘lganlar. Tashqi savdo va istilochilik siyosati kengayib borishi oqibatida zodagonlar yanada boyiganlar. Xan davrida Xitoy davlati qudratining oshishi madaniyatning yuksalishida ham o‘z ifodasini topgan. Manbalarda ko‘rsatilishicha, bu vaqtda akademiya, kutubxona tashkil qilingan, davlat yozuvchilarga homiylik qilgan, ochiq imtihonlar o‘tkazib, amaldorlarning malakasini oshirgan. Ammo mehnatkash xalq ahvoli og‘ir bo‘lib qolavergan. Ijtimoiy ziddiyatlarni kamaytirish maqsadida Dun Chjunshu, Van Chun va Van Man islohotlar o‘tkazishga harakat qilganlar. Dun Chjun - katta yer-mulklarning bir kishi qo‘lida bo‘lishini ta'qiqlash, tuz va temir monopoliyasi, “quldorlarning o‘z qullarini qatl etish huquqini bekor qilib, quldorlikka barham berish”, soliqlarni kamaytirish, harbiy va mehnat majburiyatlarini yengillashtirishni taklif etgan. Xitoyda o‘tkazilgan islohotlar kutilgan natija bermagan. Pirovardida kambag‘allar ocharchilik natijasida ko‘targan qo‘zg‘olonlari tobora kuchayib bordi. Fan Chun boshchiligida 18-yilda ko‘tarilgan “qizil qoshlilar” qo‘zg‘olonida Shandun aholisining ko‘p qismi ishtirok etdi. Van Man 274 islohotlaridan norozi ayrim zodagonlar ham qo‘zg‘olonga qo‘shildilar. Fan Chun rahbarligidagi 10 ming kishilik qo‘zg‘olonchilar lashkari Van Man qo‘shinini mag‘lub etdi. 23-yili Van Man qo‘shini batamol tor-mor etilib, poytaxtni qo‘zg‘olonchilar egallab olishdi. Lekin 27- yilda “qizil qoshlilar” orasiga kirib olgan zodagonlar qo‘zg‘olonchilardan ustun kelib, ularni tor-mor keltirganlar va avvalgi tartibni qayta tiklaganlar. 184-yilda yana bir katta qo‘zg‘olon ro‘y berdi. Bu Chjan Szyao rahbarligidagi “sariq ro‘molliklar” qo‘zg‘oloni bo‘ldi. Qo‘zg‘olonchilarning qo‘shini bir necha yuz ming kishiga yetgandi va ko‘p sonli qullardan iborat alohida bo‘linmalari ham bor edi. Bu ommaviy, haqiqiy xalq harakati keng tus olganiga qaramay, qo‘zg‘olon bostirilgan. Biroq Xan sulolasi hokimiyatni o‘z qo‘lida saqlab qola olmadi. Ko‘pdan-ko‘p qo‘zg‘olonlar Xan davlatini holdan toydirib, davlatni parokanda bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 1. Chjou qabilalari qayerlarda yashagan va Chjou davlatini qanday tashkil qilganlar? 2. Chjou davlatining ijtimoiy va siyosiy tuzumi qanday bo‘lgan? Chjou shohligi inqirozining asosiy sabablari nimalardan iborat edi? 1. Shan Yan islohotlari nima maqsadda o‘tqazilgan? 2. Xitoyda markazlashtirish jarayoni qanday to‘siqlarga duch keldi? 3. Nima uchun Sin Shixuandi konfutsiychilar ta'limotini ta'qiqlab qo‘ydi? 4. Xan sulolasi hukmronligi o‘rnatilganidan so‘ng, hokimiyatni mustahkamlash uchun qanday tadbirlar amalga oshirilgan? 5. Xan davlatida yirik qo‘zg‘olonlar ko‘tarilishi sabablari nimalardan iborat? 275 15-mavzu. Qadimgi Xitoy manbashunosligi va tarixnavisligi. Van Man islohotlari. Qadimgi Xitoy madaniyati. Reja: 1. Chjou davlati (miloddan avvalgi XII - VIII asrlar) 2. Chjou davlatining xo‘jaligi va ijtimoiy tuzumi. 3. Chjou podsholigining inqirozga uchrashi 4. Miloddan avvalgi III asr boshlarida Xitoyda Sin sulolasi davri. Tayanch iboralar: fetishizm, totemizm, Konfutsiy, Lao-szi, matriarxat, “Qo‘shiqlar kitobi”, Shan Yan, manevrli suvoriylar, In Chjen, Xuandi, Sin Shi, xunnlar, Saddi Chin, konfutsiychilar, Lyu Ban, Katta Xan sulolasi Xitoyning to‘rt ming yillik yozma tarixi bizga qadar yetib kelgan. Tarixchilar xitoy xalqining eng qadimgi hayot yo‘lini so‘nggi davrlargacha saqlangan va bir qadar o‘zgargan tarixiy an'analar asosida emas, balki qadimgi yozma yodgorliklari asosida o‘rgandilar. Arxeologiya manbalari qadimgi Xitoy iqtisodi va taraqqiyotini qisman yoritsa ham, ammo Xitoyning eng qadimgi tarixi to‘liq manzarasini bermaydi. Eng qadim hujjatlar, jumladan, miloddan avvalgi II ming yillikka oid hamda toshbaqa kosalaridagi yozuvlar tarix uchun muayyan ahamiyatga molik. Miloddan avvalgi Shan In davlatiga oid qisqa ma'lumotlarni Yuqoridagi manbalardan olish mumkin. Qadimgi Xitoy tarixiy an'analari klassik adabiyot asarlarida o‘z aksini topadi, uning tarkibiga tarixiy, diniy-falsafiy va badiiy asarlar kiradi. Biroq qadimgi Xitoy klassik adabiyoti asarlari miloddan avvalgi V - III asrlarda bir muncha tahrirdan o‘tgan. Ba'zi klassik kitoblar ma'lum bir davrda hukmron ijtimoiy-siyosiy va diniy-falsafiy nazariyalar ta'sirida butkul qayta ishlangan va shu tufayli matnlar ancha o‘zgargan. Masalan: Lu xonligining tahrir qilingan, tuzatilgan solnomasi Chun Syu - “Bahor va kuz” kitobida Lu hokimlaridan to‘rt nafari qatl qilingani, bittasi haydab yuborilgani, yana biri dushman tomonidan o‘ldirilgani haqida hech qanday ma'lumot yo‘q. Xitoyning turli viloyatlari xalq qo‘shiqlarini yig‘ish natijasida mashhur “Qo‘shiqlar kitobi” - “Shitszin” yuzaga kelgan bo‘lib, Qadimgi Xitoy davlatlari tashkil topishi 276 ulardagi mifologik ohanglar qadimgi tarixiy voqyealar to‘g‘risida xalq yodida saqlanib qolgan xotiralar bilan chambarchas bog‘liq. Mazkur kitobdagi muqaddas qo‘shiqlarda qadimgi xitoyliklarning ota-bobolari ilohiylashtirilgan qahramonliklari haqida kuylanadi. Qadimgi Xitoy klassik adabiyotiga kirgan tarixiy kitoblar orasida “Hujjatlar kitobi” ni, “tarixiy kitob” - “Shutszin”ni alohida ta'kidlab o‘tish lozim. Bu kitobda qadimgi hukmdorlar yoki ularning maslahatchilariga qarashli nutq, nasihatlar va farmonlar keltirilgan. Undan mamlakatning topografiyasi va boshqarish tizimiga doir qiziqarli ma'lumotlarni topish mumkin. Biroq “Hujjatlar kitobi”ni Konfutsiy qayta ishlagan va natijada u diniy va siyosiy an'analar bilan omuxta bo‘lib, nasihatlar to‘plamiga aylanib qolgan. Xitoy tarixining to‘laqonli ravishda poydevorini yaratgan shaxs Sima Syan hisoblanadi. U mashhur tarixchi bo‘lib, miloddan avvalgi II - I asrlarda Xitoyda yashab o‘tgan. Sima Syanning “Tarixiy xotiralar” deb nomlangan asari qadimgi Xitoy tarixiga oid manba hisoblanadi. Muallif bu asarida Xitoyning qadimgi tarixini tartibga soladi. Sima Syanning bir qadar siyosiy axloqiy va tarixiy asari Xitoy tarixshunosligi rivojiga katta ta'sir ko‘rsatdi. Keyinchalik Xitoy tarixnavisligida barcha sulolalar tarixi haqida kitoblar saqlanib qolgan. “Yuan tarixi”, “Min tarixi”, “Sin tarixi” asarlari shular jumlasidandir. Ularda saroy tantanalari haqida ma'lumot beriladi. Bundan tashqari, har bir imperator va u yuritgan tashqi siyosat haqida aytib o‘tiladi. Marko Poloning “Mo‘'jizalar kitobi”, Plan Kornining “Sharqqa sayohat” hamda Rubruk asarlaridan ushbu mamlakat va uning tarixiga oid ko‘plab qiziqarli ma'lumotlar olish mumkin. Xitoy tarixiga bag‘ishlangan dastlabki asarlardan biri - Mendozaning “Buyuk Xitoy shohligi tarixi”dir. Bu asar 1585-yili nashr etilgan. 1618-yili missioner Goesning Xitoyga qilgan sayohati haqidagi kitob chop etildi. XVIII asrda ko‘plab yevropaliklar Xitoyga missioner sifatida tashrif buyuradilar. Ular Xitoy adabiyoti va klassik yozuvi haqida bir qancha ma'lumotlar yozib qoldiradilar. Fransuzlar Abel Remyuza va Shovoni Sima Szyanning “Tarixiy xotiralar” asarini birinchi marta fransuz tiliga tarjima qilib, Yevropani Xitoy tarixi bilan tanishtiradilar. 277 Xitoy tarixini o‘rganishda rus olimlarining asarlari qimmatli manbalardan biridir. Rus sayohatchilari va olimlari xitoy tili, tarixi va adabiyotini o‘rganish ishiga yirik hissa qo‘shdilar. Rossiya XVI asr boshlarida Xitoyga o‘z missionerlarini jo‘natadi. Ulardan V.Tyumenets, I.Petlin, I.Boykov, N.G.Spafariylar qimmatli ma'lumotlarni yozib qoldirganlar. Masalan, Spafariy “Xitoy baland devorlari” nomli asarini yozgan. XIX asrda taniqli rus xitoyshunosi I.Bichurin o‘zining o‘n yetti yil umrini Xitoyda o‘tkazadi. Uning “O‘rta Osiyoda eng qadimdan yashab kelgan xalqlar. Tibet va xunlar tarixi” nomli asari katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Bichurin Xitoy viloyatlari topografiyasini xaritalar bilan izohlab berdi. Uning asarlari nafaqat rus xitoyshunosligida, balki Yevropa sinologiyasining taraqqiy etishiga ham ta'sir ko‘rsatdi. Keyinchalik V.P.Vasilyev “O‘rta Osiyoning qadimgi tarixi” asarida ham ko‘p ma'lumotlarni bayon etgan. U Xitoyda budda dinining yoyilishi haqida “Xitoy xrestomatiyasi”, “Buddizm va uning tarixi” asarlarini yaratdi. Rus olimlari Potonin, Grum - Grjimaplo - Obruchev, Kozlovlar tomonidan boy materiallar to‘plandi. Qadimgi Xitoyning madaniyati va tarixini o‘rganishga mashhur xitoy olimi Gomo-Jo ham yirik hissa qo‘shdi. U Xitoy tarixining yirik tadqiqotchisi sifatida boy manbalar qoldirdi. Olimning “Qadimgi Xitoy jamoasi”, “Quldorlik davri” asarlari diqqatga sazovor. Van Man islohotlari. Sinfiy ziddiyatlarning keskinlashuvi hukmron sinf bo‘lmish zodagonlarning boyishiga jiddiy xavf tug‘dira boshlaydi. Ijtimoiy islohotlar o‘tkazishga urinishlar qattiq sinfiy kurashni kuchsizlantira olmaydi. Xan davrida Xitoy qay ahvolda bo‘lganligini Van Man islohotlari ochiq namoyish etdi. Van Man qishloq va shaharlarda yashagan o‘rta tabaqa aholining iqtisodiy ahvolini yaxshilashga va ijtimoiy ziddiyatlarni susaytirishga intilgan. Van Man shu o‘rta tabaqadan chiqqan degan farazlar mavjud. 8-yilda Van Man taxtga chiqib, yangi - Sin sulolasiga asos soldi. Shu davrda sinfiy ekspluatatsiyani susaytirishni maqsad qilgan nazariyalar tarqala boshladi. Keskin tus olgan ijtimoiy ziddiyatlarni bir qadar susaytirish orqali qo‘zg‘olonlarni bostirishga harakat qilindi. Bu jihatdan Dun Chjunshu va Van Chun g‘oyalari hamda Van Man islohotlari o‘ziga xos ahamiyatga egadir. 278 9 - 10 yillarda Van Man talay islohotlarni amalga oshirdi. Uning g‘oyalarida “Szintyan” tizimi, ya'ni qadimgi jamoa yer mulkini tiklash islohotlari e'lon qilindi: 1. Yer islohoti. Zodagonlarga qarashli yerlar musodara qilinib, davlatga tegishli hamma yer “hukmdor yeri” - “vantyan” deb e'lon qilingan. Shu bilan birga yer fondini qaytadan taqsimlashga hamda yer egaligini cheklab qo‘yishga harakat qilingan. 2. Yer va qul sotish ta'qiqlangan. Qullarni “shaxsiy qaramlar” - “si shu” deb nomlash qulchilikni bekor qilish yo‘lidagi ilk qadam bo‘lsa ajab emas. 3. Davlatning temir, tuz, vino va kon hunarmandchiligi ustidan monopoliyasi vaqtincha susaygan bo‘lsa ham, keyinchalik u yanada kuchaydi. 4. Ishlab chiqarish va savdoni tartibga solish maqsadida, mamlakat xo‘jalik hayoti ustidan qat'iy va amaliy nazorat o‘rnatishda davlat hokimiyatidan foydalanilgan. Lekin bu islohotlar Yuqori tabaqalar tomonidan qo‘llab- quvvatlanmagan. Van Man islohotlari muvaffaqqiyatsiz yakunlandi. 3 yildan keyin, 12 yilda yer islohoti bekor qilindi. Qul sotish va sotib olishga yana ruxsat berildi. Bu yarim islohotlar kutilgan natija bermadi. Ikkinchi tomondan, ular Yuqori tabaqalarning manfaatlariga zid bo‘lib, ular o‘rtasida norozilik keltirib chiqardi. I asrning Xan davridagi qadimgi Xitoy jamiyatida kambag‘al xalqning ahvoli tubdan o‘zgargani yo‘q. Kambag‘allarning qo‘zg‘olonlari, ijtimoiy harakatlari davom etib, tobora kuchayib bordi. Qadimgi Xitoy madaniyati. Xitoy madaniyati juda qadim zamonlardan mavjud. Eng qadimgi iyeroglif yozuvining paydo bo‘lishi dastlabki taraqqiyot jarayonlarini kuzatish imkonini beradi. Saqlanib qolgan adabiy manbalar, qadimgi Xitoyning klassik adabiyoti, Xitoy diniy falsafasi, huquqshunosligining qanday paydo bo‘lib rivojlanganini va juda qadimgi ijtimoiy-siyosiy tizimlarning taraqqiyotini kuzatishga imkon beradi. Bu jarayon ko‘p ming yillar davom etib kelgan. Yozuv. Qadimgi iyeroglif yozuvi mil.av.II m.y. paydo bo‘lgan va hech qachon unutilmagan. Zamonaviy xitoy tili ham kadimgi xitoy tiliga asoslanadi. Mil.av.II m.y. (Shan-In davri)da iyeroglif-belgilar soni 2000 bo‘lgan, Xan saltanati davrida ularning soni 18 minga 279 yetgan. Bizgacha ayrim matnlar hayvon suyaklarida va toshbaqa kosalarida yetib kelgan (mil.av. II m.y., Xan davri fol ochadigan Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling