Ta’limda axborot texnologiyalari


Internetning tarkibiy qismlari


Download 1.28 Mb.
bet52/114
Sana06.04.2023
Hajmi1.28 Mb.
#1334849
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   114
Bog'liq
topshiriq

Internetning tarkibiy qismlari. Internet o’z-o’zini shakllantiruvchi va boshqaruvchi murakkab tizim bo’lib, asosan uchta tarkibiy qismdan tashkil topgandir:

  • Texnik

  • Dasturiy

  • Informatsion Internetning xizmat turlari:

  • Veb sayt biror bir sohaga, faoliyatga, voqyea va xodisaga bag’ishlangan ma’lumotlarni o’zida jamlagan Internet sahifalar majmui.

  • Internet provayder – Internet tarmog’i xizmatlaridan foydalanishni ta’minlab beruvchi yuridik shaxs.

  • Elektron pochta – Internet tarmog’i orqali tezkor ma’lumotlar va xabarlar almashish tizimi

  • Chat – Internet tarmog’i orqali tezkor muloqotni yozishuv asosida tashkil qilish xizmati

  • Forum – Internet tarmog’i orqali turli toifadagi masalalarni o’zaro muhokama qilish tizimi

  • Internet konferensiya – Internet tarmog’i xizmatlari orqali turli anjumanlarni tashkil etish

  • Trafik - bu Internet aloqa kanallari orqali uzatilgan ma’lumotlar oqimi hajmi.

  • Internet manzil (URL) – Internet tarmog’ida joylashtirilgan axborot resurslarining murojaat manzillari.

  • Internet qidiruv tizimlaridan foydalanish

  • Internet o’yinlar, madaniy xordiq, radio va televideniye

  • Internet do’konlar va boshqalar.


    1. Distansion (masofaviy) ta'lim texnologiyasi

Keyingi yillarda masofaviy ta’lim (lotincha distantia - masofa) uzluksiz ta’lim tizimida keng qo’llanilmoqda.


Masofaviy ta’lim – bu masofadan turib o’qitishning usullariga asoslangan holda aholining keng qatlamlariga taqdim etiluvchi zamonaviy ta’lim texnologiyasidir. U o’quv adabiyotlarining almashinish vositalari (Yer sun’iy yo’ldosh, televideniye, radio, kompyuter aloqa va boshqalar)ga tayanib, ixtisoslashtirilgan axborot muhiti yordamida masofadan mamlakat aholisining keng qatlamiga va xorijiy davlatlarga taqdim etiladigan ta’lim xizmatlar majmuidan iborat.
Masofaviy ta’lim tizimida bo’lajak mutaxassislarni tayyorlashning samaradorligini oshirishda ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi shaxsining muntazam aloqasini ta’minlash asosiy vazifa bo’lib hisoblansa quyidagi ta’limiy imkoniyatlarni qo’lga kiritish mumkin:

  • masofaviy ta’lim o’qishga ijobiy yondashuvni ta’minlaydi;

  • pedagogik jarayon maqsadi sifatida ta’lim oluvchiga yo’nalish berish imkoniyati bor;

  • metodologik, nazariy, uslubiy bilimlarni egallashga imkon yaratadi;

  • bilish faoliyatini mustaqil tashkil etish imkonini beradi;

  • ta’limning turli axborotlarini topish va o’zlashtirish imkonini beradi;

  • zamonaviy pedagogik texnologiya asosida tashkil etiladigan bilish faoliyatini amalga oshirish borasida samarali qo’llaniladi;

  • axborotlarga bo’lgan ehtiyojlarni qondirishda, axborot olish va undan foydalanish samaralarini hosil qilish borasidagi ishlanmalarni tayyorlashga keng imkoniyatlar yaratadi.

Masofaviy ta’lim pedagogik faoliyatning ijodiy xarakterini oshiradi, ya’ni zaruriy axborotlarni izlay bilish, tanlangan axborotlar bilan ishlay bilish va informatika vositalari yordamida odamlar bilan muloqotni samarali amalga oshira bilish yo’nalishlarini zamonaviy ta’lim talablariga mos holda ta’limni yanada optimallashtirib boraveradi.
Masofadan o’qitish uzluksiz ta’lim shakllaridan biri bo’lib, u insonning ta’lim va axborot olish huquqini ta’minlashga qaratiladi.
“Ta’lim” va “O’qitish” atamalaridan foydalanish bo’yicha bir qat’iy tavsiya yo’q. Ta’lim ham, jarayon ham natija sifatida ta’riflanadi. Keyingi vaqtlarda “masofadan o’qitish” atamasidan foydalanish odat tusini oladi. Bu masofadan o’qitishning jarayon ekanligini va uning o’qitish texnologiyasi bilan uzviy bog’liqligini ko’rsatadi.
Masofadan o’qitishning axborot – ta’lim muhitidan ma’lumotlarni uzatish vositalari, axborot resurslari, o’zaro muloqot bayonlari, foydalanuvchilarning ta’lim olishga bo’ligan ehtiyojlarini qondirishga yo’naltirilgan apparat – dasturiy, tashkiliy – uslubiy ta’minot va boshqalarning tizimiy – tashkiliy majmualarini hosil qilishda keng foydalaniladi.

Download 1.28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling