Tashkil etish
www.scientificprogress.uz
Download 411.76 Kb. Pdf ko'rish
|
lug-at-ustida-ishlash-mashg-ulotlarida-mustaqil-ishlarni-tashkil-etish
www.scientificprogress.uz
Page 1342 Matndagi biror so‘zning ma’nosini tushunmaslik shu darsdan ko‘zda tutilgan maqsadlarning to‘laqonli amalga oshishiga to‘siq bo‘ladi. Ma’nosi tushunarsiz so‘z matn uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lsa, uning mazmunini to‘la tushunmaslik, bu bilan bog‘liq holda asar g‘oyasini tushunmaslikka olib keladi yoki o‘qish darsining o‘quvchilarni so‘z boyligini oshirish maqsadi amalga oshmaydi. O‘qish darsliklaridagi izohtalab so‘zlar ma’nosini o‘rganishda alohida tayyorgarlik ishlarini olib borish o‘quvchilar uchun talay afzalliklarga ega: 1) borliq va undagi hodisalar xususidagi tasavvuri kengayadi; 2) so‘z boyligi ortadi; 3) talaffuz imkoniyati kengayadi; 4) muayyan so‘zning imlosi bilan tanishadilar; 5) adabiy til me’yorlaridan to‘g‘ri foydalana oladilar; 6) so‘zlarni ma’nodosh, ziddiga ko‘ra izohlay oladilar; 7) o‘tkaziladigan ta’limiy va tekshiruv diktantlarida lug‘at ishida o‘rganilgan ma’lumotlarni amaliy qo‘llay oladilar; 8) boshqa tillarni oson o‘zlashtirishga zamin yaratiladi. 1) o‘quvchilar kichik guruhlarga biriktiriladi; 2) o‘quvchilarning yangi mavzu bo‘yicha tushunchalarga egalik darajasi o‘rganiladi; 3) o‘quvchilar tomonidan qayd etilgan tushunchalar loyihaning 1-bandiga yozib boriladi; 4) o‘quvchilarning yangi mavzu bo‘yicha mavjud bilimlarini boyitishga bo‘lgan ehtiyojlari o‘rganiladi; 5) o‘quvchilarning ehtiyojlari sifatida bayon etilgan tushunchalar loyihaning 2-bandiga yozib qo‘yiladi; 6) o‘qituvchi yangi mavzuga oid umumiy ma’lumotlardan o‘quvchilarni xabardor qiladi; 7) o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilgan yangi tushunchalar aniqlanadi; 8) bayon etilgan yangi tushunchalar loyihaning 3-bandiga yozib qo‘yiladi; 9) mashg‘ulot yakunida yagona loyiha yaratiladi SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 ǀ ISSUE 6 ǀ 2021 ISSN: 2181-1601 Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 1343 REFERENCES 1. Qosimova K., Matchonov S. va boshq. Ona tili o‘qitish metodikasi. – Toshkent: Noshir, 2009. – 352 b. 2. Umumiy o‘rta ta’limning o‘quv dasturi. O‘qish. – Toshkent, 2018. 3. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. – Toshkent: OME, 2006-2008. – 5 tomli. 4. Muhamedov X. O‘. va boshq. Ta’limni tashkil etishda zamonaviy interfaol metodlar / T., 2016. – 45 b.; 5. G‘afforova T. Boshlang‘ich ta’limda zamonaviy pedagogik texnologiyalar / Toshkent: Tafakkur, 2011. – 160 b. Download 411.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling