Tashqi iqtisodiy faoliyat resurslarini rejalashtirishni optimallashtirish


Download 44.89 Kb.
bet6/7
Sana07.05.2023
Hajmi44.89 Kb.
#1437680
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
of uz

8. FORS-MAJOR HOLATLARI
8.1. Tomonlar shartnoma tuzilgandan keyin yengilmas kuch holatlari (fors-major holatlari) oqibatida yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlar natijasida, bunday vaziyatlarni Tomonlar na oldindan ko’ra olganlar, na ularning oldini olish uchun oqilona chora-tadbirlar ko’rganlar va Tomonlar o'z majburiyatlarini to'g'ri bajarish uchun barcha mumkin bo'lgan va ularga bog'liq choralarni ko'rganliklari va o’z majburiyatlarini bajarmaganliklari yoki lozim darajada bajarmaganliklarini isbotlasalar, javobgar bo'lmaydilar. Fors-major holatlariga, xususan: harbiy harakatlar, tabiat kuchlarining ta'siri (zilzila, suv toshqini va boshqalar), davlat organlarining qarorlari kiradi.
8.2. Tomonlar fors-major holatlari yuzaga kelgan paytdan boshlab 3 (uch) ish kuni ichida bir-birlarini elektron aloqa vositasi orqali xabardor qilishlari shart.
8.3. Fors-major holatlari yuzaga kelgan hollarda, majburiyatlarni bajarish muddati ushbu holatlar va ularning oqibatlari amalda bo'lgan davrga ko’chiriladi.
8.4. Agar bir Tomon ushbu ofertaning 8.2-bandida belgilangan talablarni bajarmasa, u fors-major holatlarining yuzaga kelishiga murojaat qilish va javobgarlikdan ozod qilishni talab qilishga haqli emas.
8.5. Agar fors-major holatlari 30 (o'ttiz) kalendar kundan ortiq davom etsa, u holda Tomonlarning har biri o'z majburiyatlarini kelgusida bajarishni rad etish huquqiga ega va ushbu holatda Tomonlarning hech biri boshqa Tomondan ushbu oferta shartnomasi bekor qilinishi natijasida yetkazilgan zararni qoplab berishni talab qilishga haqli emas.
8.6. Fors-major holatlari tugagandan keyin, bir Tomon boshqa Tomonni ushbu oferta shartnomasining 8.2-bandida ko'rsatilganga o’xshash tartibda xabardor qilishi shart.
9. OFERTA SHARTNOMASINING AMAL QILISH MUDDATI
9.1. Tomonlarning munosabatlari Ommaviy oferta shartnomasi (1.2.-band) qabul qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi.
9.2. Ushbu Oferta shartnomasining amal qilishi quyidagi hollarda to’xtatiladi:
9.2.1. Tomonlarning kelishuvi bilan;
9.2.2. O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq muddatidan oldin bekor qilinganda, shuningdek Tomonlardan birining o‘z majburiyatlarini bajarishdan bir tomonlama bosh tortgan hollarda. Shu bilan birga, bunday tashabbus bilan chiqqan Tomon boshqa Tomonni "EXIMERP" Avtomatlashtirilgan Interfaol Tizimdan foydalanish huquqini taqdim etish muddati tugashidan 15 kalendar kun oldin xabardor qilishi shart.

Download 44.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling