Tashqi iqtisodiy faoliyatning huquqiy tartibga solinishi Reja


Download 51.92 Kb.
bet2/7
Sana17.06.2023
Hajmi51.92 Kb.
#1529354
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
9 mavzu

Konsessiya – chet ellik investorga xo‘jalik faoliyatining muayyan turi bilan shug‘ullanish uchun davlat nomidan beriladigan ruxsatnoma, davlat chet ellik investorga konsessiya shartnomasi asosida mol-mulk, yer va yer osti uchastkalarini topshirishi

O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el investitsiya faoliyatini amalga oshirayotgan chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risida”gi Qonun bilan belgilangan.

Mahsulot taqsimotiga oid bitim – O‘zbekiston Respublikasi haq olish asosida va muayyan muddatga chet ellik investorga bitimda ko‘rsatilgan yer qa’ri uchastkasida konlarni aniqlash, qidirish va foydali qazilmalarni kavlab olish hamda shular bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni olib borish uchun mutlaq huquqlar berishi, investor esa mazkur ishlarni o‘z mablag‘lari hisobiga va tavakkal qilib amalga oshirish majburiyatini olishi

Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida”gi Qonunning 28-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasining hududida erkin iqtisodiy zonalar uchun tashqi iqtisodiy faoliyatning alohida tartibi (bojxona, valyuta, soliq va boshqalar) o‘rnatilishi mumkin bo‘lib, u erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi investitsiya faoliyati Qonunning 13-moddasiga muvofiq yo‘llar bilan amalga oshirilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasidan tashqaridagi investitsiya faoliyati xorijiy davlatning qonun hujjatlarida va O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa shakllarda ham amalga oshirilishi mumkin.
“O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari tomonidan chet elda tashkilotlar tashkil etish yoki ularning ustav fondi (kapitali)da ulush bilan ishtirok etish to‘g‘risida xabardor etish tartibi haqidagi Nizom”ga asosan O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari tomonidan chet elda tashkilotlar tashkil etish yoki ularning ustav fondi (kapitali)da ulush bilan ishtirok etishsa, bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligini belgilangan tartibda xabardor etishlari lozim.
Chet eldagi tashkilot davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin ta’sischi bir oy ichida TIAISVni ushbu haqida chet elda tashkil etilgan tashkilotning tasdiqlangan, O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi akkreditatsiyadan o‘tgan joyi bo‘yicha diplomatik vakolatxonasi yoki konsullik muassasasi yoxud O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik boshqarmasi tomonidan legalizatsiya qilingan ta’sis hujjatlarini tegishli tarjimasi bilan birga yuborgan holda xabardor qiladi.


Tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish usullari. Tashqi iqtisodiy faoliyatda kvotalash, litsenziyalash, tarif va notarif, soliqlar hamda valyuta orqali tartibga solinishi

Har bir davlat o‘z iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish maqsadida tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishning o‘ziga xos usullariga ega. Shu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish usullari


Download 51.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling