Tаyyor mаhsulоt (tоvаr, ish, хizmаt)lаr sоtilishini hujjаtlаshtirish


Mahsulot (ish va xizmat) larni sotish hisobi


Download 1.29 Mb.
bet3/3
Sana13.02.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1193187
1   2   3
Bog'liq
Бух. хисоби. Презентация

Mahsulot (ish va xizmat) larni sotish hisobi:
  • 9010 -«Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar»
  • 9020 -«Tovarlarni sotishdan daromadlar»
  • 9030- «Ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatishdan daromadlar» schyotlarida yuritiladi. 
  • Bu schyotlarning kredit qoldiqlari moliyaviy natijani aniqlash maqsadida har oyning oxirida
  • 9910 -«Yakuniy moliyaviy natija» schyotiga o’tkazilib boriladi.
  • Hisoblash usulida mol oluvchilarga mahsulot yuklab jo’natilganda, sotilgan mahsulotning haqiqiy ishlab chiqarish tannarxiga quyidagicha buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi:
  • Dt 9110 -«Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi» schyoti, 
  • Kt 2810 -«Ombordagi tayyor mahsulotlar» schyoti.
  • Yuklab jo’natilgan mahsulotning shartnoma (sotish) qiymatiga, 
  • Dt 4010 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» schyoti, 
  • Kt 9010 «Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar» schyoti kabi yozuv amalga oshiriladi..

Yuklab jo’natilgan mahsulotlar harakatining hisobi 16- qaydnomaning II- bo’limida yuritiladi. Bu qaydnomaning ikkinchi bo’limida jo’natilgan, sotilgan mahsulotlar, moddiy qiymatliklar, xizmatlar va xaridorlar bilan hisoblashishlarning analitik va sintetik hisobi o’z ifodasini topgan. Jo’natilgan va sotilgan mahsulotlar analitik hisobi ularning natural ko’rinishdagi turlari bo’yicha yoki to’lov hujjatlari bo’yicha ikki bahoda – haqiqiy tannarxda va sotish narxida tashkil etiladi. Qaydnomaning II- bo’limini to’ldirish uchun oldingi oyning qaydnomasi (to’lanmagan mahsulotning oy boshiga qoldig’i), to’lov hujjatlari, hisobot oyida jo’natilgan mahsulotlarga buyruq – nakladnoylari, shuningdek, korxonaning hisob – kitob schyotidan olingan bankning ko’chirmalari asos bo’lib hisoblanadi. Mol oluvchi hisobidan chek bilan to’langan temir yo’l tarifi qaydnomada alohida ko’rsatiladi, chunki u mahsulot sotish hajmiga kiritilmaydi. Qaydnomaning II- bo’limida quyidagi ma’lumotlar o’z ifodasini topadi: oy davomida ombordan yuklab jo’natilgan mahsulotlarning assortimenti va qiymati bo’yicha miqdori; transport xarajatlari summasi; QQS summasi; schyot – to’lov hujjatlari bo’yicha olishga tegishli summa; xaridorlar bilan hisob – kitoblar holati; mahsulot uchun hisobot oyida tushgan summalar to’g’risidagi ma’lumotlar va transport xarajatlarini qoplanishi va boshqa ma’lumotlar. Qaydnomaning ko’rsatkichlari katta operativ ahamiyatga ega, chunki har kuni yuklab jo’natilgan, sotilgan mahsulotlar hajmi to’g’risida ma’lumotlar qayd etilgan bo’ladi. Bundan tashqari, shartnoma majburiyatlarini bajarilishi ham nazorat qilinadi.
Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling