Tense degan atama bilan ifodalanadi. Macmillian English Dictionary for Advanced Learners lug'atida zamon, ya'ni tense


Download 1.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/183
Sana22.04.2023
Hajmi1.71 Mb.
#1378878
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   183
Bog'liq
Hamdam Atajanov

Few (only a few) - sanaladigan koʻplikdagi otlar (salbiy)
Little (only a little) - sanalmaydigan otlar (salbiy )
A few - sanaladigan koʻplikdagi otlar (ijobiy)
A little - sanalmaydigan otlar ( ijobiy )
NO
/
NONE
/
NOBODY
/
NOTHING
Bu olmoshlar ingliz tilida inkor ma'nodagi soʻzlar hisoblanadi va ular gapda boʻlishli fe'l bilan keladi.
no - hech qancha, yoq degan ma'noda ot bilan qoʻllanishi lozim.

There is no tea in the cup. It's empty. (Chashkada choy yoʻq. U boʻsh.)

There were no cups in the cupboard.

There is no pencil.
none - hech qancha degan ma'noni bildiradi. Ot bilan toʻg'ridan toʻgri birikma hosil qilmaydi. Oldindan aniq
boʻlgan otga ishora qiladi va qayta takrorlanmasligi uchun qoʻllaniladi.

How much money have you got ? None. (Sizda qancha pul bor? -Hech qancha.)

All the tickets were sold and none was left.
none olmoshi none + of + [my / the /these]+noun qurilmasida qoʻllanishi mumkin.

None of my friends came to the party. (Doʻstlarimdan hech biri ziyofatga kelmadi.)

None of this money is mine. (Bu pulning hech qanchasi meniki emas.)
Yuqoridagi qurilmada ot koʻplikda boʻlsa, birlikdagi yoki koʻplikdagi fe'l qoʻllanishi mumkin.

None of the guests was/were enjoying the party. (Mehmonlarnig hech biri ziyofatdan
zavqlanmayotgan edi.)
Endi no soʻzidan yasalgan olmoshlarni koʻrib chiqamiz.
nobody/no-one - hech kim
nothing - hech narsa
nowhere - hech qayerga

Nobody is perfect. (Hech kim mukammal emas.)

Nothing was stolen, all the things were in their place. (Hech narsa oʻg'irlanmadi, hamma narsa oʻz
joyida edi.)

Where did you go for your holidays? Nowhere. I stayed at home. (Ta'tilga qayerga bording? Hech
qayerga. Uyda qoldim.)
Yuqoridagi soʻzlar inkor hisoblangani uchun ular gapda boʻlishli fe'l bilan qoʻllanishi lozim. Bu soʻzlar gapda
fe'ldan keyin (toʻldiruvchi, hol) boʻlib kelganida ularni not + any (body/one/thing /where ) soʻzlari bilan
almashtirib boʻladi .
Masalan:

I saw nobody in the room. (boʻlishli fe'l+nobody)- I didn't see anybody. (boʻlishsiz fe'l + anybody)

She took nothing with her. (boʻlishli fe'l+nothing)-She didn't take anything. (boʻlishsiz fe'l+anything)
Ammo bu soʻzlar (nobody, nothing) gapda ega vazifasida kelganlarida bunday oʻrniga qoʻyish mumkin
emas, bu holatda ma'no chiqmaydi.
Hamdam Atajanov


108


Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   183




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling