Termik va kimyoviy shikastlanishlar. Reja: 1


Download 463.31 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/10
Sana08.01.2022
Hajmi463.31 Kb.
#250653
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
termik shikastlanishlar

         Kimyoviy kuyishlar. 

Teri  yoki  shilliq  pardalarga  kimyoviy  moddalar  – 

kislotalar  (azot,  sulfat,  xlorid,  margumush,  xrom,  karbol  kislotalari  va  boshq), 

so’ndirilmagan  oxak,  og’ir  metall  tuzlari  (kumush  nitrati,  sink  xloridi,  mis 

ko’porosi va boshq), ishqorlar (natriy  yoki kaliy  gidrookisi, amiak) ta’sirida  hosil 

bo’ladi. 

 

Kimyoviy  moddalar  tirik  to’qima  bilan  bevosita  aloqada  bo’lib,  xujayra 



protoplazmasi  oqsillari  bilan  birikma  hosil  qiladilar,  natijada  protoplazmaning 

normal kolloidli holati o’zgaradi va xujayralar o’ladi. Bunda kislota va og’ir metall 

tuzlari  oqsillardan  suvni  tortib  olib,  ularning  buzilishiga  olib  keladi:  ishqorlar  esa 

to’qimalarni suvsizlantirib, ularni suyuq holatga olib keladi. Kislota va og’ir metall 

tuzlari ta’sirida kuygan joyda jigarrang – qoramtir qoraqo’tir hosil bo’ladi. 

 

Ishqorlar  ta’sirida  nam    nekroz  rivojlanadi.  Bunday  kuyishda  zararlangan 



joyda  oqish    dog’  paydo  bo’ladi.  Ular  kislotali  qo’yishga  nisbatdan  sust  va  og’ir 

bitadi. 


          Davolash. 

Kimyoviy  moddalar  ta’siridan  qo’yishda  eng  asosiy 

vazifalardan  biri  kuydiruvchi  moddaning  konsentratsiyasini  pasaytirish  va 



neytrallashdir.  Shuning  uchun  kuygan  joy  suv  bilan  yuviladi  va  qarshi  ta’sir 

etuvchi moddalar qo’llanadi. 

 

Kislotali  qo’yishda  –  ishqorlar  (2–3  %  novshandil  spirti,  5–10  %    natriy 



bikarbonati, sut, bur kukuni, kul, kuygan magneziya va boshq) qo’llanadi. 

 

Ishqorli qo’yishda va so’ndirilmagan oxak ta’sirida – kislotalarning kuchsiz 



eritmalari  (2  %  sirka,  limon  yoki  bor  kislotasi)  ishlatiladi.  Asosiy  davolash 

muolajalari termik kuyishlardagiday o’tkaziladi. 




Download 463.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling