Termiz davlat universiteti pedagogika fakul


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana21.05.2020
Hajmi0.69 Mb.
#108697
1   2   3   4   5
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy tuygularni shakillantirish


Xulosa va tavsiyalar

. 

Yosh  avlodga  milliy  g’urur  va  milliy  qadriyatlarni  singdirish  borasida 

qilayotgan  ishlarimiz  o’z  samarasini  berdi.  Maktabgacha  yoshdagi  bolalarda 

xalqimizning  qadriyatlari  urf-odatlarini  ardoqlashga,  ularga  amal  qilishga, 

millatimiz fidoiylari kabi jasur, vatanparvar bo’lish, Vatanimizning gerbi, bayrog’i, 

madhiyasi  bizning  faxrimiz,  g’ururimiz  ekanligi,  Konstitutsiyamizga  hurmat, 

Vatanni ardoqlash to’g’risidagi tushunchalari hosil bo’ldi. 

Maktabgacha  yoshdagi  bolalarda  buyuk  siymolar  bilan  tanishtirish  orqali 

bobolarimiz  ibratini  o’zlariga  singdirib  oladilar.  Bobolarimiz  qanchalar  xalq, 

manfaatini  ko’zlab  tutishganliklari,  ularga  o’xshash  inson  bo’lishga  harakat 

qilishlari kerakligini anglab yetadilar. 

Mashg’ulotlar  bolalarni  qiziqishlaridan  kelib  chiqqan  holda  ekskursiyalar, 

sayohatlar, suhbatlar, bahs-munozaralar, tarbiyaviy-tadbirlar uyushtirish orqali olib 

boriladi.  

Biz  maxsus  shakl  va  metodlardan  foydalanib,  “Bolajon”  tayanch  dasturiga 

asoslanib,  maktabgacha  ta’lim  muassasalari  tarbiyalanuvchilarida  milliy  туйғуni 

shakllantirish  bevosita  tarbiyachi-pedagoglarga  va  ota-onalarga  bog’liq,  ikki 

tomonlama harakat ekani tadqiqotlarimiz davomida ko’rindi. SHuning uchun ham 

tarbiyachi-pedagoglar va ota-onalar uchun quyidagi tavsiyalarni beramiz.  

- Tarbiyachi–pedagoglar muomala odobi, pedagogik bilimlari, hamda doimo 

o’z mahoratlarini oshirib borishlari muhimdir;   

-  Maktabgacha  yoshdagi  bolalarda  milliy  tuyg’ularni  shakllantirish 

jarayoniga  jiddiy  yondashib,  tarbiyalanuvchilarning  o’z  qobiliyatini  namoyish 

qilishiga e’tiborni qaratish kerak; 


 

51 


-  Maktabgacha  yoshdagi  bolalarda  milliy  tuyg’ularni  shakllantirish,  ularni 

baholashni  o’tkazish  jarayonda  bolalar  o’zini  erkin  tutishi  va  noqulay  his 

qilmasligiga imkoniyat yaratish kerak; 

-      Maktabgacha  ta’lim  muassasalari  tarbiyalanuvchilariga  beriladigan 

savollar va topshiriqlarning ta’lim-tarbiya maqsadi aniq belgilangan bo’lishi, ya’ni 

hajmi,  murakkabligi  jihatidan  belgilangan  ta’lim-tarbiya  mazmunlariga  javob 

berishi kerak; 

-  Maktabgacha  ta’lim  muassasalarida  o’tkaziladigan  tarbiyaviy-tadbirlar 

ham  bugungi  kun  talabi  asosida  yangiliklarga  boy  va  bolani  qiziqtira  oladigan 

darajada bo’lishi kerak; 

-      O’tkazilgan  mashg’ulotlar  bolalarni  qiziqishlaridan  kelib  chiqqan  holda 

ekskursiyalar,  sayohatlar,  suhbatlar,  bahs-munozaralar,  tarbiyaviy-tadbirlar 

uyushtirish orqali olib borilishi lozim. 

-    Maktabgacha  ta’lim  muasasalari  tarbiyalanuvchilarning  ota-onalari  bilan 

ham mafkuraviy ta’lim ishlarini olib borilishi maqsadga muvofiqdir; 

-  Har  bir  farzandi  bo’lgan  ota-onalarga  tarbiyachi-pedagog  sog’lom, 

barkamol,  milliy  g’ururli  komil  inson  bo’lib  yetishishlari  uchun  ota-onalar  bilan 

hamkorlikda  ishlash  uchun  o’quv  markazlarini  tashkish  etish  hamda  doimiy 

seminarlar o’tkazib borishlar maqsadga muvofiqdir;  

Yuqoridagi  fikrlarning  zamirida  maktabgacha  yoshdagi  bolalarda  milliy 

g’ururni  shakllantirish  orqali  ularni  jamiyatda  o’z  o’rnini  to’g’ri  topib,  ijtimoiy 

hayotga tayyorlash, Vatandan fahrlanib, unga xizmat qila oladigan, har tomonlama 

barkamol inson etib tarbiyalashdir. 

 

 



 

 

 

 

 

52 


       

Termiz Davlat Universiteti Pedagogika fakul’teti 

Maktabgacha ta’lim yo’nalishi talabasi Mardonayeva Saidaning “Maktabgacha 

yoshdagi bolalarda milliy tuyg’ularni shakllantirish” mavzusidagi  bitiruv 

malakaviy ishiga ilmiy rahbar   

XULOSASI 

O’zbekiston  Respublikasi  mustaqillikka  erishgandan  so’ng  ijtimoiy  taraqqiyotini 

ta’minlovchi  ustuvor  yo’nalishlardan  biri  sifatida  ta’lim  sohasi  e’tirof  etildi.  Ta’limni 

tubdan  yangilash,  uni  mazmunan  boyitish,  ta’lim  tizimiga  ilg’or  pedagogik 

texnologiyalarni  tadbiq  etish  va  rivojlangan ta’lim  darajasiga ko’tarish  mamlakatda olib 

borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning asosiy g’oyasi sanaladi.  

O‘zbekiston 

Respublikasining 

Prezidentining 

2017-yil 

30-sentabrdagi 

“Maktabgacha  ta’lim  tizimi  boshqaruvini  tubdan  takomillashtirish  chora-tadbirlari 

to‘g‘risida”gi  PF-5198-sonli  farmonida  keltirilgan  sharhida  ham  maktabgacha 

ta’limmuassasalarida  yosh  bolalarni  milliy  va  umuminsoniy  qadriyatlar,  insonparvarlik 

va  yuksak  ma’naviyat  ruhida  tarbiyalash,  ularning  qalbi  va  ongiga  mustaqillik,  milliy 

o‘zlikni  anglash  g‘oyalarni  yanada  chuqur  singdirish,  “ommaviy  madaniyat” 

ko‘rinishidagi  yot  g‘oyalarga  qarshi  immunitetni  mustahkamlashga  yo‘naltirilgan 

tadbirlarni amalga oshirish kabi fikrlar ilgari surilgan. 

Darhaqiqat,  yosh  avlodning  barkamol  inson  bo’lib  yetishishi  uchun  u  xalq,  vatan 

tarixi, ta’lim sohasidagi ajdodlar tajribasidan xabardor bo’lishiga zaruriyat seziladi. 

Maktabgacha  ta’lim  muassasalari  xalqning  boy  ma’naviy  va  intellektual  merosi 

hamda umumbashariy qadriyatlar asosida shaxs tarbiyasining insonparvarlik yo’nalishini 

joriy  qilishni  taqozo  qiladi.  Milliy  tuyg’ular,  g’urur,  milliy  qadriyat,  birdamlik  va 

hamjihatlik  tuyg’usi  zaminida  shakllangan  vatanparvarlikni  ham  o’z  ichiga  oladi.  Yosh 

avlodlarda  ona  zaminga  bo’lgan  muhabbat,  u  bilan  faxrlanish  qanchalik  kuchli  bo’lsa, 

Vatanni sevish, yuksak darajada e’zozlash kuchaysa, har bir inson o’z vatani tarixi, milliy 

qadriyatlari,  o’zining  ona  tili,  madaniyati,  milliy  urf-odatlari,  an’analarini 

mukammalbilsa,  millat  taqdiri  va  istiqboli  haqida  chuqur  tasavvurga  ega  bo’lsa, 

mustaqillik shunchalik mustahkam va barqaror bo’ladi. 

Bitiruv  malakaviy  ish  kirish,  3  bob,  6  paragraf,  umumiy  xulosa  va  tavsiyalar, 

foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan iborat. 


 

53 


I.bobda  maktabgacha  yoshdagi  bolalarda  milliy  tuyg’ularni  shakllantirishning 

nazariy  pedagogik  asoslari,  maktabgacha  yoshdagi  bolalarda  milliy  tuyg’ularni 

shakllantirish  pedagogik  muammo  sifatida,  milliy  tuyg‘ularni  maktabgacha  yoshdagi 

bolalar  tarbiyasidagi  ahamiyati,  maktabgacha  yoshdagi  bolalarda  milliy  tuyg’ularni 

shakllantirishning mavjud holati keng yoritilgan.  

II.bobda  maktabgacha  ta’lim  muassasalari  tarbiyalanuvchilarida  milliy  tuyg‘ularni 

shakllantirishda  pedagogik  vositalar  va  shakllardan  foydalanish  bo’lib,  maktabgacha 

ta’lim  muassasalari  tarbiyalanuvchilarida  milliy  tuyg‘ularni  shakllantirishda  pedagogik 

vositalar, maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy tuyg‘ularni tarkib 

toptirish shakllari ochib berilgan.

 

III.bobda  maktabgacha  ta’lim  muassasalari  tarbiyalanuvchilarida  milliy  tuyg‘ularni 



shakllantirishga  yo‘naltirilgan  tajriba-sinov  ishlari  bo‘lib,  maktabgacha  ta’lim 

muassasalari  tarbiyalanuvchilarida  milliy  tuyg‘ularni  shakllantirishda  tadbirlar 

texnologiyasi,  milliy  tuyg‘u  hissini  tarbiyalovchi  mashg’ulotlarni  amalga  oshirish 

texnologiyasi o‘rganilgan, hamda umumiy xulosalar va tavsiyalar berilgan. 

Mardonayeva  Saidaning  "Maktabgacha  yoshdagi  bolalarda  milliy  tuyg’ularni 

shakllantirish" mavzusidagi BMI tugallangan va uni himoya qilishga tavsiya etaman.

 

 

 

         Илмий раҳбар:     



 

 

 

 

o’q. SH.Qodirova 

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

54 


Pedagogika fakul’teti Maktabgacha ta’lim yo’nalishi 4-bosqich talabasi 

Mardonayeva Saidaning “Maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy tuyg’ularni 

shakllantirish” mavzusida tayyorlagan 

Bitiruv malakaviy ishiga 



                                                    

                                                       T A Q R I Z 

 

Insonning  shaxs  sifatida  kamol  topishida  maktabgacha  yosh  davri  alohida 



ahamiyat  kasb  etuvchi  davr  ekanligi  ko’plab  tadqiqotchilar  tomonidan  e’tirof 

etilgan.  Maktabgacha  davrning  3-bosqichi  hisoblangan  ilk  yoshda  o’z  “men”i 

anglash jarayonining kechishi va rivojlanishi shaxs shakllanishida muhim omildir. 

SHu  nuqtai  nazardan  yondoshganda,  maktabgacha  yoshdagi  bolalarda  milliy 

tuyg’ularni  shakllantirish  deb  nomlangan  ushbu  bitiruv  malakaviy  ish  mavzusi 

ayni davr uchun dolzarbdir. CHunki, “men” ini anglash barobarida erta yoshdanoq 

milliy g’urur va iftixor tuyg’usini shakllantirish vatanparvarlikni tarbiyalash omili 

hamdir.  

Bitiruv  malakaviy  ishning  kirish  qismida  mavzusining  dolzarbligi,  bitiruv 

malakaviy  ishning  ob’ekti  va  predmeti,  maqsadiga  ko’ra  vazifalari,  tajribani  olib 

borish uchun metodologik asoslar, tadribaning metodlari atroflicha yoritilgan.  

Ishning  I-бобида  “

Мaktabgacha  yoshdagi  bolalarda  milliy  tuyg’ularni 

shakllantirishning  nazariy  pedagogik

”  deb  nomlangan  бўлиб,  mavzuning 

pedagogik  muammo  sifatida  qaralganligi  va  bugungi  holatning  o’rganilganligi 

nazariy-amaliy  jihatdan  bayon  etilgan  ҳамда,  Maktabgacha  yoshdagi  bolalarda 

milliy  tuyg’ularni  shakllantirish  pedagogik  muammo  sifatida,  мilli  туйғуларni 

maktabgacha  yoshdagi  bolalar  tarbiyasidagi  ahamiyati,  мaktabgacha  yoshdagi 

bolalarda milliy tuyg’ularni shakllantirishнинг mavjud holati кенг ёритилган.  

II-bobda  maktabgacha  ta’lim  muassasalari  tarbiyalanuvchilarida  milliy 

tuyg‘ularni  shakllantirishda  pedagogik  vositalar  va  shakllardan  foydalanish, 

maktabgacha  ta’lim  muassasalari  tarbiyalanuvchilarida  milliy  tuyg‘ularni 

shakllantirishda 

pedagogik 

vositalar, 

maktabgacha  ta’lim  muassasalari 

tarbiyalanuvchilarida 

milliy  tuyg‘ularni  tarkib  toptirish  shakllari  haqida 

ma’lumotlarni keltirgan.  



 

55 


Shuningdek, 

III-bobda 

maktabgacha 

ta’lim 


muassasalari 

tarbiyalanuvchilarida milliy tuyg‘ularni shakllantirishga yunaltirilgan tajriba-sinov 

ishlari  keltirilgan  bo‘lib,  maktabgacha  ta’lim  muassasalari  tarbiyalanuvchilarida 

milliy  tuyg‘ularni  shakllantirishda  tadbirlar  texnologiyasi,  milliy  tuyg‘u  hissini 

tarbiyalovchi  mashg’ulotlarni  amalga  oshirish  texnologiyasi  keng  yoritilgan 

hamda,  xulosa  va  tavsiyalar,  foydalanilgan    adabiyotlar  ro’yxati,  ilovalar 

keltirilgan. Umuman olganda, bitiruv malakaviy ishga qo’yilgan vazifalar ketma-

ketlikda  bajarilganligi  va  maktabgacha  yoshda  bolalarda  milliy  tuyg’uni 

shakllantirish pedagogik muammo sifatida o’rganilganligini inobatga olib mazkur 

ishni ahamiyatliligini ijobiy baholash mumkin. 

 

Mazkur bitiruv  malakaviy ishi Nizom talablariga javob berishini hisobga 



olib,  ishning  to’la  yakunlanganligi  va  amaliy  qiymatga  egaligi  bois  malakaviy 

ishini  himoyaga  tavsiya  qilaman.  Ishning  tuzilishi,  hajmi  va  bajarilish  tartibi 

amaldagi bitiruv malakaviy ishning talablariga javob beradi. 

 

 



Maktabgacha ta’lim metodikasi 

 

 

 

 

M.Norbosheva 

katta o‘qituvchisi: 

 

 

 

 

 

                                                                                  

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

56 


 

Termiz Davlat Universiteti Pedagogika fakul’teti 

Maktabgacha ta’lim yo’nalishi talabasi Mardonayeva Saidaning 

“Maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy tuyg’ularni shakllantirish” mavzusidagi  

bitiruv malakaviy  ishiga 

 

TAQRIZ 



 

Mustaqil O’zbekiston kelajagi ko’p jihatdan barkamol intelektual salohiyatli 

avlod  va  unga  ta’lim  tarbiya  berish  sifatiga  bog’liq.  Shu  bois  vatanini,  xalqini 

sevadigan,  istiqlol  g’oyalariga  sadoqatli,  mustaqil  fikrlaydigan  ijodkor  shaxsni 

yetishtirish davlatning ta’lim sohasidagi siyosatning ustuvor yo’nalishining dolzarb 

mezonlaridan  biri  bo’lib,  bu  haqda  O’zbekiston  Respublikasining  “Ta’lim 

tog’risida“  gi  qonuni  va  “Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi“  da  ta’lim  tizimini 

tubdan  isloh  qilish,  ma’naviy  barkamol  shaxsni  yetishtirish  davlat  ahamiyatiga 

molik muhim vazifalardan biri ekanligi ko’rsatilgan.  

Shu  sababli  talaba  Mardonayeva  Saidaning  “Maktabgacha  yoshdagi 

bolalarda  milliy  tuyg’ularni  shakllantirish”  mavusidagi  bitiruv  malakaviy  ishi 

mavzusi  hozirgi  kunda  dolzarb  muammolardan  biridir.  Bitiruv  malakaviy  ishi 

kirish, nazariy qism, 3 bobdan iborat.  

1-bob,  2  paragraf,  bob  bo’yicha  xulosa,  2-bob,  2  paragraf,  bob  bo’yicha 

xulosa, 3-bob amaliy qism,  2 paragraf, bob bo’yicha xulosa, xulosa va tavsiyalar, 

foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati, slayd, ilovalardan iborat. 

Bitiruv  malakaviy  ishining  kirish  qismida  mavzuning  dolzarbligi,  maqsad 

vazifalari,  predmeti, ob’ekti  ilmiy  tadqiqot  metodlari,  metodologik  asoslari ochib 

berilgan.  Bitiruv  malakaviy  ishining  I-bobida  maktabgacha  yoshdagi  bolalarda 

milliy tuyg’ularni shakllantirish pedagogik muammo sifatida, milliy tuyg‘ularning 

maktabgacha  yoshdagi  bolalar  tarbiyasidagi  ahamiyati,  maktabgacha  yoshdagi 

bolalarda milliy tuyg’ularni shakllantirish mavjud holati yoritilgan.  

 Bitiruv  malakaviy  ishining  II-bobida  maktabgacha  ta’lim  muassasalari 

tarbiyalanuvchilarida  milliy  tuyg‘uni  shakllantirishда  педагогик  vositalar  ва 

shakllari ochib berilgan. 

III-bobida  Tajriba–sinov  ishlari  natijalari  va  tahlili,  umumiy  xulosalar  va 

tavsiyalar berilgan. Mazkur BMIni  amaldagi Nizom talablariga javob berishligini 

inobatga olib, himoyaga tavsiya etaman.   

 

 

Qumqo‘rg‘on tuman 21-MTM mudirasi:                               S.Rahimqulova 



 

 


 

57 


Foydalanilgan adabiyotlar. 

1. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – 

har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak.–T.:  “O‘zbekiston”.  – 

2017 yil.– 102b. 

2.  Mirziyoyev  Sh.M.  Buyuk  kelajagimizni  mard  va  olijanob  halqimiz  bilan  birga 

quramiz. – T.: “O‘zbekiston”, 2017 yil. – 488 b. 

3.  Mirziyoyev  Sh.M.  ”Erkin  va  faravon,  demokiratik  O’zbekiston  davlatini 

birgalikda barpo etamiz’’ T.O’zbekiston nashiriyoti 2016 yil  

4.  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  “2017-2021-yillarda  maktabgacha 

ta’lim  tizimini  yanada  takomillashtirish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida”gi  qarori.  T.:-

2016y. 29-dekabr. 

5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiнинг «2017 — 2021 yillarda  maktabgacha 

ta’lim  tizimini  yanada  takomillashtirish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida».  2016  yil  29 

dekabr PF - 2707 –sonli  qarori.



 

6. 


O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidenti

нинг


  “Maktabgacha  ta’lim  tizimi 

boshqaruvini  tubdan  takomillashtirish  chora-tadbirlari  to‘g‘risida”  2017-yil  30-

sentabrdagi PF–5198-sonli Farmoni

 

 



7.  O’zbekiston    Respublikasi  Prezidentiнинг  2017  yil  7-fevraldagi  PF-4947-sonli 

Farmoni xarakatlar strategiyasi 

8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 22 yanvardagi PF-5308-sonli 

Farmoni  ’’O’zbekiston  Respublikasini  rivojlantirishning  beshta  ustivor  yo’nalishi 

bo’yicha  Harakatlar  strategiyasini”  Faol  tadbirkorlik,  inovatsion  g’oyalar  va 

texnalogiyalarni qo’llab quvvatlash yili’’da amalga oshirishga oid davlat dasturi. 

9. Karimov I.A «Barkamol avlod-O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori» 1997 yil 

10.  Karimov  I.A  «Yusak  ma’naviyat  yengilmas  kuch».T:  “Ma’naviyat”                     

2008 yil,10-11b.  

11.  Karimov  I.A.  “Xalqimizning  otashqalb  farzandi”.  Toshkent.  “O‘zbekiston”, 

1992 y 28-bet 

12.  Karimov.  I.A.  “O‘zbekiston  Mustaqilikka  erishish  ostonasida”.  T.: 

“O‘zbekiston” nashriyoti 2011y. 


 

58 


13. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi Toshkent, 1997 yil 

14. O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni. Toshkent, 1997 yil  

15. "Bolajon" takomillashtirish dasturi Toshkent 2016 yil  

16. “Maktabgacha ta’limga qo’yiladigan davlat talablari” Toshkent.2017 yil. 

17. Maktabgacha ta’lim konsepsiyasi T., 2010 yil 

18. Sodiqova Sh. “Maktabgacha pedagogika” darslik. Toshkent.2017 yil. 

19. Ochilov M.” Muallim qalb me’mori”,Toshkent ”O’qituvchi” nashriyoti, 2001y,  

20. Yusuf Xos Hojib "Qutadg’u bilig" Toshkent "Yulduzcha"1999 yil.  

21. Xasanboeva O, “Maktabgacha tarbiya pedagogikasi”, Toshkent 2006 yil. 

22. Shodmonova Sh, “Maktabgacha pedagogika” Toshkent 2008 yil. 

23. Qurbonov N.M. Milliy tarbiya T.: Ma’naviyat, 2007 yil 

24.  “Milliy  istiqlol  g’oyasi:  asosiy  tushuncha  va  tamoyillar”  Toshkent, 

“O’zbekiston” 2000 yil. 

25.  Jumaboev M “O’zbek bolalar adabiyoti”,Toshkent ”O’zbekiston” 2002 y, 21b. 

26.  Maxmudov  Y.F,  Xudoyqulov  X.J.  “Milliy  g’urur-ma’naviy  komillik 

mezoni”.T, Dizayn-Press 2011.327b. 

27.  To‘raqulov  E.  „Abu  Rayhon  Beruniy  ruhiyat  va  ta’lim-tarbiya  haqida".  T., 

„O‘qituvchi", 1992, 39-b 

28. "Qadimiy hikmatlar", T., F. G‘ulom nomidagi Adabiyot nashriyoti, 1987,  

29.  Rahimova R. “Tarbiyachiga 1001 maslahat”., Toshkent.,2007 yil 

30. Sodiqova Sh. “Maktabgacha pedagogika” Toshkentyuyu., 2013 yil 

 

elektron ta’lim resurslari  

31 www. tdpu. uz 

32.www. pedagog. uz 

33. www. ziyonet. uz 

34. www. edu. uz 

 


 

59 


 

 

 

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling