Texnologiyasi


G ‘o ‘zaning namlikka b o ‘lgan talabi


Download 16 Kb.
Pdf ko'rish
bet58/153
Sana31.01.2024
Hajmi16 Kb.
#1818593
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   153
Bog'liq
Tarmopqlar texnologiyasi. Abdurasulov G`

G ‘o ‘zaning namlikka b o ‘lgan talabi
O'simlik hayotida namlik alohida o'rin egallaydi. O'simlik bargida 
yuz beradigan fotosintez jarayonining kechishi uchun ham suv zarur. 
Suvsiz organik modda tashkil bo'lmaydi. O'simlik hujayralarining kat- 
talasliishi, ko'payishi va hayot kechirishi uchun namlik kerak. Tash­
qi m uhitdan suv o'sim lik ildizi orqali hujayralarga o'tadi va hu- 
jayralar taranglashadi, bunga o'simlikning turgor holati deyiladi. 
O'simlik suvni tuproqdan olib, muntazam ravishda bargi orqali havoga 
bug'lantirib turadi, bu jarayon transpiratsiya deb ataladi. O'simlikning 
butun mavsum davomida bug'langan suv miqdorining unda hosil
102


bo‘lgan quruq moddalar miqdoriga nisbati transpiratsiya koeffitsiyenti 
deyiladi.
Tuproq qanchalik unumdor bo‘lsa, tuproq eritmasida oziq m od­
dalar shuncha ko‘p bo‘ladi. Bunday sharoitda g‘o ‘zaning transpiratsiya 
koeffitsiyenti va hosildorligi ko‘p bo'ladi. Demak, unum dor yerlarda 
g‘o ‘za m e’yorida sug‘orib turilsa, gektariga 40-50 s dan paxta hosili 
yetishtirilib, transpiratsiya koeffitsiyenti 400-500 atrofida bo'ladi, xolos. 
Unumdor yerlarda transpiratsiya koeffitsiyenti kam, unumdorligi past 
yerda yuqori — 800-1000 ga boradi. Unumdor yerda suv sarfi kam 
bo'ladi. Bu holat suv tanqis yillarda suvdan tejab-tergab foydalanish 
imkonini yaratadi.
G 'o 'z a rivojlanish davrlarida suvni turli miqdorda talab qiladi. 
Masalan, paxta dalasida sutkalik o'rtacha suv sarfi g'o'za gullaguncha 
35-40, yoppasiga gullashi va hosil tugislii davrida 60-90, hosil yetila 
boshlaganida gektariga 35-50 m3 ga teng bo'ladi.
Umuman, bir gektar maydondagi g'o'za o'simligi o'zining o'sishi 
va rivojlanishi davomida 5000-8000 m3 suv sarfiaydi. G 'o'zaning tez- 
pishar navlarida suv sarfi kamroq, kechpishar navlarida ko'proq bo'ladi.

Download 16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling