Texnologiyasi


Chigitni ekishga tayyorlash


Download 16 Kb.
Pdf ko'rish
bet63/153
Sana31.01.2024
Hajmi16 Kb.
#1818593
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   153
Bog'liq
Tarmopqlar texnologiyasi. Abdurasulov G`

Chigitni ekishga tayyorlash
Chigitni ekishga tayyorlash ishlari paxta zavodlarida markazlash- 
gan holda bajariladi. Xo'jaliklarda ham chigitlarni ekishga tayyorlash 
ishlari amalga oshiriladi.
Urug' tayyorlash uchun zavodda chigitlar toladan ajratiladi, so;ngra 
tuksizlantiriladi, kasallik va zararkunandalarga qarshi dorilanadi va dona­
dor qilinadi.
Seyalkada ekish qulay bo'lishi uchun chigit ikki xil yo'l bilan 
tuksizlantiriladi.
1. Mexanik tuksizlantirish. Bu usulda SOM-3 va SOM-4 rusumli 
mashinalardan foydalaniladi, ya’ni chigit tuki mexanik yo'l bilan ajra­
tiladi. Biroq bunda chigitlaming bir qismi shikastlanib qolishi mumkin.
2. Kimyoviy tuksizlantirish. Bunday usulda sulfat kislota yordamida 
chigit sirtidagi tuklar eritib tushiriladi. Chigitni tukidan ajratishda sulfat 
kislota bug'idan foydalanish ham yaxshi natija beradi. Jumladan, sul­
fat kislota bug'i chigit tukiga ta ’sir ettirilsa, tuklar chigit po'stidan 
qisman ajraladi, keyin ulaming tuklari cho'tka yoki havo yordamida 
tuksizlantiriladi. Ushbu usul ancha samaralidir.
Chigitni zararkunanda va kasalliklarga qarshi dorilanishi muhimdir. 
Bu ish urug' tayyorlanayotgan zavodlarda bajariladi. Maxsus dorilash 
m ashinalari bilan 20%li trixlorfenolyat (txfm) yoki fentiuram
preparatlari chigitga singdiriladi.
So'nggi yillarda chigitni «Panoktin 35», «Vitavaks» 200 FF, 
«Orten» kabi samarali preparatlar bilan dorilash yaxshi natija beryapti1.
75% li «Orten» preparati bilan paxta o'simligi turli shira, tripslar 
bilan zararlanmasligi uchun chigitga dori singdiriladi. 1 tonna chigitga
4,0 kg «Orten» ishlatiladi.
«Vitavaks» 200 FF preparati bilan esa g'o'za niholining ildiz chirish 
kasalligiga uchramasligi uchun chigit dorilanadi.
«Panoktin 35» preparati bilan esa, o'simlikning xavfli kasalligi 
bo'lgan gommoz va ildiz chirish kasalliklariga qarshi chigit dorilanadi. 
Bunda 20 litr suvga 4-5 Utr preparat solib aralashtirilib olinadi. Ushbu
1 Andijon viloyati xo'jaliklarida o'tkazilgan tajriba xulosalardan.
109


aralashma 1 tonna chigitni dorilashga sarflanadi. Dorilash chigitni 
ekishdan kamida ikki hafta oldin bajarilishi kerak.

Download 16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling