Texnologiyasi


Download 16 Kb.
Pdf ko'rish
bet64/153
Sana31.01.2024
Hajmi16 Kb.
#1818593
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   153
Bog'liq
Tarmopqlar texnologiyasi. Abdurasulov G`

Nazorat savollari
1. Chigitning sifat ko‘rsatkichlari nimalardan iborat?
2. Chigit urug‘ini ekish oldidan tayyorlashda nimalarga e’tibor beriladi?
3. Chigit uaig‘ining tozaligi 90-94% ni tashkil etsa, qaysi sinfga 
mansub urug' hisoblanadi?
4. Chigit qanday tuksizlantiriladi?
5. Chigit urug'lari nega dorilanadi?
6. Chigit ekishda qanday agrotexnik tadbirlar o ‘tkaziladi?
7. Chigit ekish sxemalarini bilasizmi?
8. Qo‘shqator urug‘ ekishni tushuntirib bering.
33-§. Chigit ekish
Chigitni sifatli, muddatida ekish barvaqt mo‘l va yuqori hosil olishga 
mustahkam zamin yaratadi. Agar chigit sifatli tekislangan, qizigan va 
namligi yetarli tuproqqa ekilsa, barvaqt unib chiqishi bilan birga tekis 
ko‘chat yaratish mumkin.
Chigit ekish muddati ko‘p jihatdan zonaning iqlim sharoiti, ba­
hor ob-havosiga bog‘liqdir. Chigit ekilgandan so‘ng 6-7 kunda qiyg‘os 
unib chiqsa, vegetatsiya davri tezlashadi. Chigit juda erta ekilganda, 
havo harorati past, ortiqcha nam bo‘lib, chigit unib chiqa olmay, 
tuproq ostida uzoq vaqt qolib chiriydi. Kech ekilganda esa, havo haro­
rati ko'tarilib ketib, tuproq nami qurib ketadi, bunda ham chigit 
to ‘liq unib chiqa olmay qoladi.
Sho'rlangan tuproqlarda chigit ekishni mutlaqo kecliiktirib bolmaydi. 
Chunki harorat ko‘tarilishi bilan tuproqdagi namlik bug‘lanadi, bu 
bilan zararli tuzlar yuqoriga ko‘tariladi. Bunday holatda zararli tuzlar 
endi unib chiqayotgan niholni «siqib» qo‘yadi. Kech ekilganda, begona 
o‘t unib, o ‘sib ketadi va g‘o ‘za maysalarini ko‘karishi zararkunanda va 
kasalliklaming rivojlanish davriga to ‘g‘ri kelib qolib, g‘o ‘za zararlana- 
di. Ana shu holatlardan kelib chiqib, chigitni eng qulay muddatlarda 
ekib olish alohida ahamiyatga ega.
Chigit ekish uchun eng qulay muddat tuproqning 10 sm qatla- 
midagi harorat tuksiz chigit uchun 14-15° bo‘lishi kerak.
110


Bu davrda tuproq namligi yetarli va zararli tuzlar yuqoriga 
ko‘tarilmagan, zararkunandalar unchalik rivojlanmagan bo‘ladi. Chigit 
ana shunday muddatda ekilsa, o‘z vaqtida unib chiqib, baquvvat rivojla­
nadi, kasallik va zararkunandalarga chalinmaydi, tuproq namligidan 
to ‘liq foydalanadi.
0 ‘zbekistonning shimoliy, markaziy va janubiy zonalari uchun 
chigit ekish muddatlari quyidagicha:
0 ‘zbekistonning janubiy viloyatlarida 25 martdan 15 aprelgacha, 
markaziy zona viloyatlari uchun (Sirdaryo, Farg‘ona, Namangan
A ndijon, Jizzax, B uxoro,-T oshkent, Sam arqand viloyatlari) 5 
apreldan 15 aprelgacha va shimoliy zona — Qoraqalpog‘iston Respub­
likasi va Xorazm viloyati uchun 10 apreldan 25 aprelgacha chigitni 
ekish eng qulay muddat hisoblanadi. Tabiiy iqlim sharoitga, ba- 
horning kelishiga ko‘ra 3-5 kun avval yold keyin davom etishi mumkin.
Ushbu zonalarda chigit ekishni eng avval tez qiziydigan yengil 
tuproqda boshlab, so‘nggisi sekin qiziydigan mexanik tarkibi jihatidan 
og‘ir bo‘lgan o ‘tloq va o'tloq-botqoq tuproqlarda davom ettirilib, 
yakunlanmog'i darkor.
Chigit ekish usullarini qo‘llash bilan qator oralariga ishlov berish, 
o 'g ‘itlash, yumshatish, egat olish, hasharot va kasalliklarga qarshi 
kurash, o‘g‘itlash, defoliatsiya qilib bargini to ‘ktirish, paxtani terish 
ishlarini to liq mexanizatsiyalash nazarda tutiladi.
Chigit ekishda ko‘proq qator oralari 90 sm lik va 60 sm lik qilib 
qatorlab va qator uyalab, tuksizlantiriigan chigitlarni aniq miqdorda 
uyalab ekish usullari qo'llanilyapti. Qator orasini 90 sm lik qilib push- 
taga chigit ekish usuli amalda o‘zining afzalliklarini ko‘rsatdi. Chunki 
egati olib qo‘yilgan qatorlaming pushtalariga chigit ekilganda qatqaloq 
kamroq bo‘lishi, unib chiqqan nihollar yuza qism katta b o ‘lganidan 
issiqlikni ko'proq olishi, begona o ‘t kam bo'lishi kuzatilgan.
Chigit ekish oldidan egatlarga yaxob suvi (nam suvi) beriladi, 
yer yetilishi bilan borona qilinganda, urug‘i ungan begona o ‘tlar 
yo‘qoladi va kapillarlardan yuqoriga namlikni bug‘lanishi to'xtab qoladi. 
Bunday sharoit ekilgan chigitni tezroq unib chiqishini ta ’minlaydi.
T up ro q iq lim -sh aro itig a qarab, uyadagi k o ‘c h a tla r sonini 
ko‘paytirish, ozaytirish mumkin.
Masalan, 60x12x1, 60x24x2, 60x11x1, 60x22x2, 60x10x1, 60x20x2 
sxemada qatorlab ekilganda, har gektar maydondagi ko‘chat qalinligi 
sharoitga qarab 110 mingdan 150 mingtagacha ko‘chat saqlash mumkin.
i l l


Keng qatorlab, qator orasi 90 sm lik qilib ekishda ham tuproq- 
iqlim sharoitiga ko‘ra, saqlab qolinadigan ко‘chat soni 110 mingdan 
150 m ingtagacha b o ‘lishi mum kin. M asalan, 90x8x1, 90x16x2, 
90x7x1, 90x14x2, 90x6x1, 90x12x2 sxemalami qo‘llash mumkin.
60 sm lik, 90 sm lik usullarda 60 va 90 sm qator orasi, ikkinchi 
raqamlar uya orasi, uchinchi raqam har bir uyada saqlab qolinadigan 
ko‘chat soni bo‘ladi.

Download 16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling