Ishlatilishi (Usage)
1. O’tgan zamonda ancha oldin boshlangan, ancha vaqt davom etgan va hozirgina tugagan, lekin natijasi hozir bilan bog’liq bo’lgan ish-harakatlar uchun shu zamon ishlatiladi: 1) - Your clothes are so dirty. – Yes, We have been fighting. - Kiyimlaringiz juda iflos. Ha, Biz urshib kelyapmiz. 2) You are out of breath. – Yes, I have been running. Sen qattiq-qattiq nafas olayapsan. Ha, men yugurib keldim. 3) It has been raining. Yomg’ir yog’ib o’tgan.
2. O’tgan zamonda boshlangan ancha vaqt davom etgan va hozirda ham davom etayotgan ish-harakatlar uchun shu zamon ishlatiladi. Bu qoidaga tegishli gaplarda “since” va “for” (buyon) so’zlari ishlatiladi: I have been studying English since November. Men Noyabrdan buyon inglizcha o’rganyapman. He has been playing chess for two hours. U ikki soatdan buyon shaxmat o’ynayapti. It has been raining since yesterday. Kechadan buyon yomg’ir yog’ayapti.
Do'stlaringiz bilan baham: |