Ishlatilishi (Usage)
1. Bu zamon o’tgan zamondagi aniq bir paytda davom etayotgan bo’lgan ish-harakatni ifodalaydi: I was reading a book at 9 o’clock yesterday. Men kecha soat 9da kitob o’qiyotgan edim. This time last year I was living in Brazil. O’tgan yili shu paytda men Brazilyada yashayotgan edim.
2. Bu zamon ish-harakatning qachon boshlanganligini yoki qachon tugallanishini ko’rsatmaydi, faqatgina aniq bir paytda davom etayotgan bo’lganligini ko’rsatadi xolos: Tom was cooking the dinner at 7 o’clock yesterday. Kecha soat 7da Tom kechki ovqatni pishirayotgan edi.
3. Davom etayotgan bir ish-harakatning o’rtasida sodir bo’lgan ikkinchi bir ish-harakatni ifodalash uchun “Past Continuous” zamoni bilan “Past Simple” zamoni bir gap tarkibida birga qo’llanilishi mumkin: When Tom was cooking, he burnt his hand. Tom ovqat pishirayotganda qo’lini kuydirib oldi. When I was working my brother came from Institute. Ishlayotganimda akam Institutdan keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |