Tibbiy bilim asoslari


Gipotireoz - qalqonsimon bez funksiyasining pasayishi yoki butunlay yo‘qolishi bilan kechadigan tug`ma kasallik. Gipotoniya -


Download 156.32 Kb.
bet47/54
Sana10.11.2023
Hajmi156.32 Kb.
#1761133
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   54
Bog'liq
TBA Amaliy qo\'llanma

Gipotireoz - qalqonsimon bez funksiyasining pasayishi yoki butunlay yo‘qolishi bilan kechadigan tug`ma kasallik.
Gipotoniya - arterial qon bosimining me’yorga nisbatan pasayishi.
Gipotrofiya – bola tana vaznining kamayishi (oriqlanishi), jismoniy rivojlanishining normadan orqada qolishi.
Giyohvandda abstinensiya holati - o`rgangan narkotikni qabul qilmaslik natijasida giyohvandning xumori tutadi.
Giyohvandlik - turli xil giyoh moddalari ya‘ni, narkotiklar ta‘siriga odam organizmining o`rganib qolishi natijasida yuzaga keladigan og`ir kasallikdir.
Giyohvandlik kasalligining birinchi davri- odam organizmi reaktivligining o`zgarishi, ya‘ni odamning narkotik moddaga moslashishi bilan, ikkinchi davri - giyohvandning narkotikka ruhiy bog`lanishi, ya‘ni ruhiy mu‘teligining yuzaga kelishi bilan, uchinchi davri - giyohvandning narkotikka nisbatan nafaqat ruhiy, balki jismoniy jihatdan mu‘teligining oshishi bilan xarakterlanadi.
Giyohvandlikning sabablari – birinchisi o`smirlarning ulfatbozlikka ishqiboz bo`lishi, ikkinchisi odam o`zining kundalik hayotida (oilada), o`qish joyida, ish joyida sodir bo`lgan ruhiy va moddiy qiyinchiliklar tufayli buzilgan kayfiyatini giyoh modda yordamida ko`tarishga intilish va shu moddani bir necha kun qabul qilishi natijasida unga o`rganib qolishidir.
Gorchichnik - mahalliy ta'sir ko'rsatuvchi muolaja bo’lib, isituvchi xususiyatga ega. O'pka va nafas yo'llari shamollaganda, bel og'rig'i (radikulit)da qo'llanadi.
Gripp - varaja qilish, yuz, ko'zlar qizarishi, bosh og`rishi, tananing hamma muskullari, qo'1-oyoqlar, bel zirqirab og'rishi, umumiy darmonsizlik, ko'p terlash, ish qobiliyatining pasayishi kuzatiladigan yuqumli kasallik.
Ichak tugilishi (invaginatsiya) – bir yoshgacha bo`lgan bolalarda ko`proq, kattalarda nisbatan kam uchraydigan, ichakning bir qismi, ikkinchi qismini ichiga kirib qolishi va ichak bo`shlig`ining to`silib qolishi tufayli vujudga keladigan o`tkir jarrohlik kasallikdir.

Download 156.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling