1. Shifobaxsh (davolovchi) ovqatlanishning asosiy tamoillari qaysilar?
2. Muvozanatlashgan oziqlanishformulasiqanday?
3. Xirurgik va terapevtik parhez stollari turlari haqida gapirib bering.
4. Yara kasalligida qaysi stol buyuriladi?
5. O’gir yotgan bemorlarni ovqatlantirish
NAFAS TIZIMI KASALLIKLARI BILAN KASALLANGAN
BEMORLARNI PARVARISHI VA ULARNING NAZORATI
Pulmonologiya (lot. pulmo –o’pka grek. logos- ta’limot) ichki kasalliklar
bo’limi bo’lib, nafas organlari kasalliklari tashhisi, davolanishiva profilaktik
tadbirlar o’tkazishni o’rganadi.
Nafas organlari kasalliklari bilan og’rigan bemorlarni ko’zdan kechirish va
parvarishi 2 yo’nlishda olib boriladi.
Umumiy tadbir- har qanday kasallik bilan kasallangan bemorlarda quydagi
parvarish va kuzatuv olib boriladi.
-bemorni umumiy ahvolini ko’zdan kechirish
-termometriya
-arterial qon bosimi va
puls nazorati
-harorat varaqasini to’ldirish
-bemorning shaxsiy gigeyanasiga
rioya qilish
-sudna qo’yish
Do'stlaringiz bilan baham: