Yurak-tomir sistemasining funksional holatiini belgilash
Yurak ishlashi va tomirlar holatining ob’ektiv ko’rsatkichlari — puls va
arterial bosimdir. Arterial puls deb, tomirlar devorining yurak haydaydigan qon
harakati natijasida kelib chiqadigan turtkisimon tebranishlariga aytiladi. Salomatlik
holatini belgilash uchun pulsning tezligi va tarangligini aniqlashni bilish zarur.
Tezligi. Puls normada minutiga 60 dan 80 gacha o’zgarib turadi. Puls keng
chegaralarda o’zgarib turishi va uning tezligi yoshga, jinsga, tana va tashqi
haroratga, shuningdek jismoniy harakatga bog’liq. Ayollar pulsi erkaklarnikiga
nisbatan tezdir. Eng tez puls bola hayotining dastlabki yillarida qayd qilinadi. Tomir
sistemasi kasalliklari bo’lmaganda, 25 yoshdan 60 yoshgacha puls barqaror bo’lib
qoladi.
Ritm. Puls turtkilari bir xil vaqt ichida birin-ketin kelsa, to’g’ri ritm yoki
ritmik puls deyiladi. Aks xolda noto’g’ri — aritmik puls kuzatiladi. Sog’lom odamda
pulsning ko’pincha nafas olishda tezlashuvi va uning nafas chiqarishda sekinlashuvi
— nafas aritmiyasi qayd qilinadi; nafasni ushlab turish aritmiyaning bu turini
bartaraf qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |