Ovqat hazm trakti organlari rentgenologik tekshiruvi
Ovqat hazm trakti organlari rentgenologik tekshiruvi bo`sh (me’da,
qizilo`ngacha, ichaklar, o`t yo`llari) va parenximatoz (jigar, medaosti bezi) organlari
holatini baholash imkonini beradi. Rentgenokontrast moddasiz o`tkazilgan
rentgenologik va rentgenografik tekshiruvlar ichakda ovqat o`tmasligini yoki
medaning perforatsiyasida qo`llaniladi. Rentgenokontrst modda (bariy sulfat)
qo`llanilishi asosan hazm traktining motor funksiyasi va shilliq qavat joylashishi,
yara, o`sma, qisqarish va kengayish qismlarini aniqlashda qo`llaniladi.
Qizilo`ngach tekshiruvi. Rentgenologik tekshiruvga bemorni tayyorlash
ko`rsatmaga bog`liq bo`ladi.
Qizilo`ngachdagi yot tanani aniqlashda maxsus tayyorgarlik shart emas.
Qizilo`ngachning motor funksiyasi va uning konturini(qisqarish, kengayish
qismlarini va o`smani aniqlash) baholash uchun rentgenoskopiya yoki seriyali
rentgenografiya amalga oshiriladi; bunda bemorga ichish uchun rentgenokontrast
modda (150-200ml bariy sulfat)beriladi.
Diffensial diagnostika o`tkazish paytida tekshirishdan 15 daqiqa oldin
bemorga vrach tomonidan buyurilgan 1ml 0.1%li atropin eritmasi yuboriladi.
Qizilo`ngachning organik torayishida vrach ko`rsatmasiga binoan qalin zond
va noksimon rezina yordamida qizilo`ngachdan to`plangan suyuqliq so`rib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |