Tibbiyot mikrobiologiyasi
Antibiotikka nisbatann mikroblarni chidamliligini bartaraf etish va oldini olish
Download 242.08 Kb.
|
Tibbiyot mikrobiologiyasi javob (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Инфекция ва инфекцион доза тушунчаси ва юқиш кўрсаткичлари.
Antibiotikka nisbatann mikroblarni chidamliligini bartaraf etish va oldini olish.
Antibiotikka nisbatann mikroblarni chidamliligini bartaraf etish va oldini olish.Ko'pgina antibiotiklar bilan davolanganda, antibiotikka sezuvchan mikroorganizmlarning chidamli shaklda aylanishi sodir bo ladi. Bakteriyalaring antibiotik orttirilgan chidamliligi yangi tugiladigan bakteriya hujayrasiga nasildan naslga o'tadi. Chidamlilikning hosil bo lish mexanizmi turlichadir. Ko'p holarda chidamlilik bakteriyalarning fermentlarni sintezlashiga, ma'lum antibiotik moddalarning parchalanish xossasiga bogliq bo ladi Masalan, stafilokokklarning penitsillinga chidamliligi, ularning antibiotik parchalovchi penitsillinaza fermentini hosil qilish xususiyati bilan asoslanadi. Ichak tayoqchasi, proteriya va boshqa ichak bakteriyalari oilasiga penitsillinaza konstitutiv (doimiy) ferment hisoblanadi, ular ning penitsillinga tabiiy ravishda chidamliligini yaratib beradi.Bakteriyalarning ko'pgina dorilarga chidamliligi aniqlangan, ya'ni bakteriya hujayrasi bir qancha antibiotiklarga chidamlilik xosasisga ega bo lishi mumkin. Antibiotik ta' sirida bakteriyaning morfologik, kultural. biologik xossalari o'zgaradi, ya'ni bakteriyaning «Lx shakli vuzaga keladi. Antibiotikoterapiyaning sifati bakteriyalarning qo llanilayotgan preparatning sezuvchanlik darajasiga bog liq. Shuning uchun davolashda, avval mikroblaming antibiotikka sezuvchanligi aniqlanadi. Инфекция ва инфекцион доза тушунчаси ва юқиш кўрсаткичлари. Инфекция ва инфекцион доза тушунчаси ва юқиш кўрсаткичлари. Infeksiya yoki infeksion jarayon (lotin. infectio - - yuqtiraman, ifloslantiraman) kasallik tug diruvchi mikroorganizmlarning kirishi va bo linib ko'pavishidan hosil bo'ladigan hamda rivojlanadigan belgilar yig'indisidir. Yuqumli doza (yuqumli doza, yuqumli doza, doza-ta'sir) bu patogenga sezgir bo'lgan organizmda infektsiyaning rivojlanishiga olib kelishi mumkin bo'lgan patogenning eng kichik miqdoridir Agar patogenning tanaga IDga qaraganda kamroq miqdori kirsa, kasallik umuman bo'lmasligi yoki engil shaklda paydo bo'lishi mumkin. Patogen identifikatordan kattaroq miqdorda kirsa, infektsiya ehtimoli keskin oshadi va kasallikning kursi odatda og'irroq bo'ladi. O'lchov odatda "50% yuqumli doza" (ID 50) dan foydalanadi - ya'ni eksperimental shaxslarning 50% yuqtiriladi. Bunday holda, odatda qo'llash usuli (infektsiya) ko'rsatiladi. Masalan, gripp viruslari Odamdan infeksiya o‘tish yo‘llari juda xilma-xil bo‘lishi mumkin. l. Alimentar yo‘l orqali — qo‘zg‘atuvchilar ichak ajratmasi bilan tashqi muhitga tushadi va oziq-ovqatlar mana shunday qo‘zg‘atuvchilar bilan ifloslanadi, bu oziq-ovqatlarni odam iste'mol qilishi natijasida kasallik yuqadi. Masalan, ich terlama, dizenteriya va h.k. 2. Havo orqali, ya'ni havo-tomchi yo‘li orqali — bemor orga- nizmida qo‘zg‘atuvchi nafas yo‘lida joylashadi va u aksirganda, yo‘tal- ganda va gaplashganda tashqi muhitga chiqaradi. Masalan, bo‘g‘ma, ko‘kyo‘tal, gripp va boshqalar. Bundan tashqari, havo changi orqali ham yuqadi, ya'ni chang bilan havoga ko‘tarilishi, hayvon juni qayta ishlanayotgan vaqtlarda havoga o‘tadi. Masalan, sil, kuydirgi, tulyaremiya va h.k. 3. Suv orqali — organizmdan ajralgan najas, siydik tarkibidagi qo‘zg‘atuvchilar suvga tushadi. Masalan, vabo, dizenteriya, ich terlama. 4. Kontakt yo‘l orqali — ya'ni to‘g‘ridan to‘g‘ri bemor bilan aloqaga o‘tganda, masalan, zaxm, so‘zak, OITS va boshqalar. Bundan tashqari, bemorning tevarak-atrofidagi narsalar (mebel, idish-tovoq, kiyim-kechak, o‘yinchoq va h.k.) orqali yuqadi. Masalan, gepatit, bo‘g‘ma, gripp. 5. Transmissiv yo‘l bilan — qon so‘ruvchi hasharotlar orqali (bit, kana, burga, chivin va b.), infeksiya mikrobi qonda bo‘lganda, shu usulda yuqadi. Bunga bezgakning Anofeles chivinlari orqali yuqishi, toshmali va qaytalama tiflarning bit orqali yuqishi misol bo‘la oladi. 6. Mexanik yo‘l — pashsha, suvaraklar orqali yuqishi. Ular o‘z oyoqlarida qo‘zg‘atuvchilarni tashiydi. Masalan, gepatit, dizenteriya va b. 7. Infeksiya tuproq orqali o‘tishi mumkin, masalan, qoqshol, gazli gangrena shu orqali tarqaladi. 8. Vertikal yo‘l orqali — ona homiladorlik vaqtida yuqumli kasallik bilan kasallansa, homila ham shu kasallik bilan kasallanishi mumkin, masalan, gepatit, sil, zaxm Download 242.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling