Tilshunoslik


Download 1.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/104
Sana13.09.2023
Hajmi1.99 Mb.
#1677000
TuriУчебник
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   104
Bog'liq
Tilshunoslik nazariyasi

6-§. Intralingvistika 
Intralingvistikani ichki lingvistika deb ham tushunsak 
bo‘ladi. Intralingvistika til birliklarining sistem aloqasini, 
munosabatini tashqi lingvistikaga bog‘liq bo‘lmagan holda 
o‘rganadi. Ichki lingvistikaning o‘rganish ob’ekti fonologiya
leksikologiya va grammatika sanaladi. Tovushlar birikib 
sistem aloqa hosil qilishi jarayoni tadqiq qilinadi. Har qanday 
tovush to‘g‘ri kelgan ikiknchi tovush bilan birika olmaydi. Bu 


27 
yerda ham ma’lum qonuniyatlar mavjud bo‘lib, bu 
qonuniyatlar ichki lingvistikada o‘rganiladi. 
7-§. Ekstralingvistika 
Ekstralingvistikani tashqi lingvistika deb ham ataymiz. 
Tashqi lingvistika tilning taraqqiyoti va vazifasini ijtimoiy-
siyosiy, ijtimoiy-tarixiy, etnik, jo‘g‘rofiy kabi faktorlar bilan 
bog‘liq tarzda o‘rganadi. Shunga ko‘ra, ushbu lingvistika tilni 
ijtimoiy hodisa sifatida o‘rganadi. Til juda murakkab ijtimoiy 
hodisa bo‘lib, bugungi taraqqiyot bosqichiga kelguncha 
ko‘plab faktorlar ta’sirida bo‘ldi. Ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-
tarixiy, etnik, jo‘g‘rofiy kabi faktorlar tilning rivojlanishi 
uchun muhim vazifani bajaradi.
Nazorat uchun savollar: 
1.Tilshunoslik bilimi nazariyasining o‘rganish ob’eti 
haqida nimalarni bilasiz? 
2.Tilshunoslikka kirish fanining asosiy tekshiruv ob’ekti 
nimalardan iborat? 
3.Umumiy tilshunoslikda qanday masalalar o‘rganiladi?
4.Mikro va makrolingvistikalar haqida ma’lumot bering. 
5.Til sistemasi va uning asosiy unsurlari nimalardan 
iborat? 
6.Semotika deganda qaysi sohani tushunasiz? Til belgisi 
deganda -chi? 
7.Jamiyat taraqqiyoti va insonlarning ongli harakati, o‘zaro 
munosabatida til-nutq va yozuvning muhim o‘rni haqida 
nimalarni bilasiz? 
8. Til qanday fanlar bilan uzviy aloqador? 
9.Tilning jamiyatdagi vazifasi nimadan iborat? 
10.Tilning material asosini nima tashkil etadi? 


28 
11.Ferdinand do‘ Sossyur va Vilgelm fon Gumboldtlarning 
til va tilshunoslik fanini o‘rganish sohasidagi fikrlarini aytib
bering? 
12.Komporativistikaning asoschilari kimlardan iborat? 
13.Frans Boppning qiyosiy – tarixiy tilshunoslik sohasidagi 
xizmatlari nimalardan iborat? 
14.Rasmus Raskning qiyosiy – tarixiy tilshunoslik 
sohasidagi xizmatlarini sanang? 
15.Yakov Grimning qiyosiy – tarixiy tilshunoslik 
sohasidagi xizmatlari haqida gapiring? 
16.Aleksandr Vostokovning qiyosiy – tarixiy tilshunoslik 
sohasidagi xizmatlari haqida nimalarni bilasiz? 
17.Tilshunoslik fani bilan til tarixi fani tushunchasi hamda 
tilning ijtimoiy hodisaligi haqida “Yosh grammatikachilar “ 
fikrlarini izohlang? 

Download 1.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling