Tilshunoslikka kirish fanining predmeti


JAHON TILLARINI KLASSIFIKATSIYALASH


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/78
Sana19.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1787103
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   78
Bog'liq
majmua namangan

JAHON TILLARINI KLASSIFIKATSIYALASH 
 
Tilshunoslik fanida tillarni ikki nuqtai nazardan klassifikatsiyalash bar-
cha olimlar tamonidan tan olingan. Ulardan birinchisi G e n e o l o g i k
klassifikatsiyadir. 
Ushbu klassifikatsiya tillarning tarixi hamda ushbu tillarda so’zlovchi 
xalqlarning tarixi bilan uzviy boq’liq. Tillar eng avvalo leksik va fonetik 
jihatdan va nihoyat grammatik tamondan taqqoslanadi. 
Geneologik klassifikatsiya bo’yicha tillar oilalarga, oilalar guruhlariga, 
guruhlar esa guruhchalarga, guruhchalar qarindosh tillarga bo’linadi. Za-
monaviy tilshunoslar ma’lumotlariga ko’ra hozirgi kunda yigirmadan ortiq til 
oilalari mavjud.
Tillar oilasi deganda biror bobo tildan kelib chiqqan tillar yig’indisi 
nazarda tutiladi, masalan: xind-evropa tillari oilasi. 
Tilshunoslik tarixida tillarning geneologik klassifikatiyasi bilan ko’plab 
olimlar shug’unlanganlar. Bu uzoq tarixga ega. 
1. 1538 yilda Gvilelm Pastellusning “Tillarning qarindoshligi haqida” nomli 
asari vujudga keldi. 
2. Yuliy Tsezarning o’g’li Iosif Yustus Skaliger “Evropa tillari haqida 
mushohadalar” asarini yozdi. 
3. Mihail Vasilyevich Lomonosov 1755 yilda “Rossiya grammatikasi” nomli 
asarini e’lon qildi. 
Tilshunoslikning tarixiy metod namoyondalari tillarni geneologik 
klassifikatsiya qilish borasida ulkan ishlar qildilar. Ularga: 
- olmon olimi Frans Bopp (1791-1867); 
- daniyalik olim Rasmus Kristian Rask (1787-1832); 
- rus olimi Aleksandr Xristoforovich Vostokov (1781-1864); 
- olmon tilshunosi Yakob Grimm (1785-1863); 
- olmon olimi Avgust Shlayxer (1821-1868); 
- yosh grammatiklar, Avgust Shlayxerning o’quvchisi Gerhardt 
Paul; 
- rus olimi Fyodor Filipovich Fortunatov (1848-1914); 


33 
- shvetsariyalik olim Ferdinand de Sosyur (1857-1913); 
Geneologik klassifikatsiyaga ko’ra jahon tillari oila va guruhlarga bo’linadi. 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling