Tim majmua 2020-21


Download 0.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/135
Sana08.01.2022
Hajmi0.81 Mb.
#235439
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   135
Bog'liq
TIM MAJMUA 2020-21

«Maktab  –  o’qituvchi  rahbarligida  ta’lim  oluvchilarga  ta’lim  beradigan  va 
tarbiyaviy  ishlar  olib  boriladigan  o’quv-tarbiya  muassasi.  Maktablarni  shartli 
ravishda quyidagi turlarga ajratish mumkin: 
1. Beriladigan bilimlarning xarakteriga ko’ra – umumiy va kasbiy maktablar


 
104 
2. Beriladigan bilimlarning ko’lamiga ko’ra – boshlang’ich, o’rta, o’rta maxsus, 
oliy maktablar;  
3. Maktabning kim tomonidan ta’minlanishi va boshqarilishiga ko’ra – davlat, 
xususiy, jamoa maktablari;  
4.  Ta’lim  oluvchilarning  jinslariga  ko’ra  –  aralash  (ayollar  va  erkaklar),  faqat 
ayollar (Xotin-qizlar bilim yurtlari), va faqat erkaklar maktablari;  
5. Ta’lim oluvchilarning e’tiqodlariga ko’ra – dunyoviy va diniy maktablar;  
6.  Ta’lim  oluvchilarning  o’quv  muassasalarida  bo’lishiga  ko’ra  -  qatnab 
o’qiydigan va tunab qolinadigan (internat) maktablar. 
Bundan  tashqari  yo’nalishlar  (sohalar)  yoki  oqimlar  bo’yicha  maktablar 
bo’lishi mumkin. Masalan, O’zbekistondagi matematiklar maktabi, O’zbekistondagi 
kibernetiklar  maktabi,  ayrim  hollarda  buyuk  olimlar  –  akademiklar  maktablari 
(akademik V. K. Qobulov maktabi, akademik X.Abdullayev maktabi va h.k) – bular 
ilmiy  maktablar.  Ma’mun  akademiyasi,  Ulug’bek  rasadxonasidagi  faoliyatlar  ham 
ilmiy  maktablar  sirasiga  kiradi.  Ayniqsa,  buyuk  olimlarimizga  nisbatan  «Maktab 
yaratgan olim» degan ulug’ nom shular jumlasidandir. 

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling