To sh k en t «0 ‘z b e k isto n»


MENGA YETIB  KELMAGAN  XAT


Download 5.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/12
Sana07.07.2020
Hajmi5.6 Mb.
#100002
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12

MENGA YETIB  KELMAGAN  XAT
(H assos  shoira, ja fo k a s h   inson 
S a ida  Z u n nunova  hayotidan  bir  shingil)
E llik   to ‘rtinchi  yili  Saidaxondan  bir  xat  oldim.  Unda 
avval  ham  xat  yuborganini  aytgan  edi.
«Bilmadim,  bu  yuborayotganim  xatmi,  hikoyami  yo 
boshimdan  o ‘tgan  savdolarmi?  0 ‘qigan  b o ‘lsangiz,  o ‘zingiz 
biron  nim a  deb  nomlarsiz...»
Saidaxon  aytgan  o ‘sha  xat  m enga  yetib  kelmagandi. 
«Boshimdan  o ‘tgan  savdolar»  deganidan  xat  yetib  kelmagani 
ayon  b o ‘ldi.
Qaytib  keldim.  Saidaxon  bilan  diydor  k o ‘rishdik.  Bir 
kuni  u  o ‘sha  xatdan  gap  boshladi.  Olmaganimni  aytdim.
-   Xatda  ancha  gap  bor  edi.  N im alar  yozganimni  hozir 
aytib  berolmayman.  Uyma-uy  ko‘chib  yurganim dan  xatning 
qoralamasi  ham  y o ‘qolib  ketgan.  Afsus,  yuragim dagi  butun 
dard-hasratlarim ni  qog‘ozga  to ‘kib,  k o ‘nglimni  b o ‘shatib 
olgan  edim...
Yaqinda  ish  kabinetimni  ta’m ir  qilish  uchun  kitoblam i, 
asarlarimiz 
bosilgan 
gazeta-j umal 1 am  i, 
q o ‘lyozmalami
ayvonga  olib  chiqdik.  Shunda  Saidaxon  k o ‘pdan  topolmay 
yurgan,  y o ‘qolib  ketgan  deb  gumon  qilingan  xatning  qora- 
lama  nusxasi  chiqib  qoldi.  Bundan  qirq  to ‘rt  yil  muqaddam 
yozilgan  bu  xat  ancha  xiralashib,  qora  qalam  bilan  yozilgani 
uchun  k o ‘p  joylari  o ‘chib  ketgan  edi.  M uk  tushib  o ‘qiy 
boshladim.
«...Men  uchun  ham ma  y o ‘llar  bekilgan.  Radio,  gazeta- 
jum allar,  nashriyotlarga  y o ‘l  y o ‘q.  Yozganlarimni  redak- 
siyalar  olmaydi. 
Radioda  bittagina  «Kokiling»  degan
216

q o ‘shig‘imni  b a’zan  eshittirib  turishardi.  U  ham  to ‘xtadi. 
Shu  q o ‘shiqning  kuyiga  U yg‘un  boshqa  she’r  yozib  beribdi. 
Ro‘zg ‘om ing  ham  tagi  ko‘rinib  qolgan.  Qaynona-kelin  bir- 
birimizga  qarab,  m ung‘ayib  o ‘tiramiz.  Biror joyga  ish  so‘rab 
boray  desam,  U yg‘un  ham ma  tashkilotlarga,  ishga  olmanglar, 
deb  xat  yuborib  q o ‘ygan.  N im a  qilishimni  bilmayman. 
0 ‘ylab-o‘ylab  15  yoshga  toMganimda  dadam   sovg‘a  qilgan 
tilla  soatimni  sotib,  bir  eski  yozuv  mashinkasini  oldim.
Nashriyotdagi 
m ashinistkalarga 
ko‘chirtirish 
uchun 
tez-tez  qo‘lyozm alar  olib  kelishadi. 
Lekin  o ‘zlarining 
ishlari  k o ‘p  b o ‘lganidan  gohida  qaytarib  berishardi.  Endi 
kelgan  qoMyozmalami  menga  yuborishyapti.  Sal  ishlarim 
yurishgandek  b o ‘ldi.  Oz  b o ‘lsa  ham  q o ‘lim  pul  k o ‘rdi.  Bir 
qismiga  ro‘zg ‘or  qilib,  yana  bir  qismiga  u-bu  olib,  sizga 
posilka  yuboraman.
Oyim   sahar  payti  bom dod  nam ozini  o ‘qishga  turadi. 
M eni  u y g ‘otib  yuborm aslik  uchun  joynam oz  ustida  past 
tovushda  Q u r’on  tilovat  qiladi.  Tilovatdan  so ‘ng  meni 
uzoq  duo  qiladi.  Yostiqdan  bosh  k o ‘tarib,  quloq  solaman. 
«Е  X udoyim ,  shu  m usofirginani  o ‘zing  q o ‘lla! 
Shu 
farishtaginaga  tikilganlam ing  yuzini  teskari  qil!  Bola 
bechora  kelin  b o ‘lib  nim a  halovat  k o ‘rdi...  Kelin  b o ‘lib 
yayrab-yashnam adi.  Borsa  kelm asda  bandi  zindon  b o ‘lib 
yurgan  bolam ning  m ushkulini  oson  qil!  Qahri  qattiq 
Istalinning  k o ‘ngliga  insof  solgin!  Kelin  b o ‘lib  ro ‘shnolik 
k o ‘rm agan,  o ‘ynab-kuladigan,  yayrab-yashnaydigan  payti- 
da  azoblarda  o ‘rtangan  shu  begunoh  kelinginam ning 
y o ‘llaridan  g ‘ovlam i  olib  tashla!  R o ‘shnolik  k o ‘rsin  shu 
bolaginam ...»
Oyimning  mayin,  xasta  ovoz  bilan  qilayotgan  iltijo- 
laridan  o ‘pkam  to ‘lib,  ko‘zlarim ga  yosh  qalqiydi.  Oyimni 
bag‘rim ga  bosib,  baqirib  y ig ‘lagim  keladi.  0 ‘zimni  bosaman. 
K o‘rpani  boshim ga  tortib,  ezilib-ezilib  yig‘layman.  K o‘zim 
to ‘la  yosh  bilan  uxlab  qolaman.  U yg‘onganimda  derazadan 
tushgan  oftob  stol  ustidagi  billur  ko‘zada  chaqm oqdek  yal-
217

yal  yonadi.  Uning  aksi  devorda  nurli  shkllar  paydo  qiladi. 
Oyim  kirib  peshonamni  silaydi.
-   Turing, 
bolam, 
choy 
damladim. 
Tamaddi 
qilib 
oling, -  deydi.
Andijondagi  hovlimiz  esimga  keladi.  Buvim  xuddi 
shunaqa  mahal  ariq  bo‘yida  piyola  yuvadi.  BannogNdagi 
uzugi  piyolaga  tekkanda  chiq-chiq  etib  ovoz  chiqazardi. 
Keyin  cho‘y  dam lab,  sochiqqa  o ‘rab  qo‘yadi.  Boshimga 
kelib:  «Tur,  tura  qol,  Saida»,  deb  boshim ni  silaydi.  Shu 
tobda  buvim  ham  choy  damlab,  singillarimni  uyg‘otyapti. 
Qandoq  beozor,  bearmon  kunlar  edi  Andijondagi  kunlarim! 
Meni  Toshkentga  nim a  bog‘lab  turibdi?  Shu  mehribon,  shu 
pokiza  kam pir  bilan  taqdirim iz  birlashib  ketganidanmi? 
Unga  behad  m ehr  qo‘yganimdanmi?  Ayriliq  dog‘ida  o ‘rtan- 
gan  shu  musichadek  beozor  xotinni  tashlab  ketish  menga 
xuddi  xiyonatdek  b o iib   tuyulishidanmi?  Shu  munglig‘,  kich­
kinagina  jussasida  tog‘dek  yukni  ingramay,  faryod  urmay 
ko‘tarib  yurgan  jannati  xotinni  tashlab  ketish  mumkinmi?  Biz 
oyim  bilan  ikkimiz  bitta  vujud  bo‘lib  ketganmiz,  axir!  Otilgan 
toshlar  ikkovimizga  barobar  tegadi.  Ovsinim  ham,  egachilarim 
ham  oyimni  mendan  qizg‘anishadi.  Bizni  Fotima-Zuhralar  deb 
piching  qilishadi.
Charchab, diqqat bo‘lib qolgan paytlarim da oyim:  «Yuring, 
ovsiningiznikiga  boramiz»,  deb  qoladi.  M ehmon  qiladilar. 
O shga  unnaydilar.  Shunda  ovsinim ning  biron  gapi  oyimga 
tegib  ketadi.  Anjancha  gapimni,  «г»  ni  aytolmasligim nimi 
ermak  qilsa,  oyim  darrov  o ‘m idan  turib,  tugunini  q o ‘lga 
oladi.  «Turing,  Saidaxon,  ketdik!»  deydi.  M eni  hech  kimga 
cho‘qittirib,  ermak  qildirib  qo‘ymaydi.  Eng  shirin  taomni 
oldiga  q o ‘yganda  ham,  «Yuring,  Saidaxon,  ketdik»,  derdi-da, 
y o ‘lga  tushib  ketaverardi.
-   Oyi,  bekor  qildingiz,  ovsinim  xafa  b o ‘lib  qol­
di, -  deym an  y o ‘l-yo‘lakay.
-   Xafa  b o ‘lsa  bo‘lar!  Tiliga  ehtiyot  bo‘lsin-da!  Bilib 
qo‘ying,  sizni  ularga  talatib  qo‘ymayman.  Siz  A ndijondek
218

shaham i,  onangizni,  bir  etak  ukalaringizni  tashlab,  yonimda 
g ‘am guzorlik  qilyapsiz.  Har  sahar  sizga  Xudodan  umr 
tilayman.  Bu  kunlar  ham  unut  b o ‘lar,  bolam  ham  kelib 
qolar.  Shunda  ikkovimiz  bir-birimizning  pinjimizga  suqilib 
yashaganimizni  ertakdek  eslab  yuramiz.
Biz 
uyga 
yetib 
kelganim izda 
ovsinim ning 
o‘g ‘li 
velosipedga  suyanib,  kutib  turgan  boMadi.  Ovsinim  oshni 
suzib,  bir  to g‘orachada  berib  yuboradi.
-   Katta  oyi,  birpasdan  keyin  adam  bilan  oyim   ke­
lishadi, -  deb  jiyaningiz  velosipediga  minib, j o ‘nab  ketadi.
Oyim  ginalami  unutib,  uy  yig‘ishtirishga  kirishadi.
-   Siz  samovarga  o ‘t  tashlang!  Piyolalam i  kul  bilan 
yuving.  Bilasiz-ku,  Zuhurxon  dog‘  b o ‘lgan  piyolada  choy 
ichmaydi, -  deydi lar.
Zuhurxon  akani  jud a  yaxshi  ko‘raman.  To‘g ‘riso‘z,  halol, 
birovni  yalab-yulqashni  bilmaydi.  Bor  gapni  tikka  betiga 
aytadi.
Bilib  turibman,  Zuhurxon  akam  bizning  arazlab  ket- 
ganimizdan  ranjigan.  Er-xotin jindek  cho‘qishib  olishgan.  Bu 
noxushlikni  tarqatish  uchun  er-xotin  kelishyapti.
Taxminim  to ‘g ‘ri  chiqdi.  Shayxontohur  bozorchasidan 
mayda-chuyda  xarid  qilib  kelishibdi.  Hech  narsa  bo‘lma- 
gandek  oyim   ulam i  xandon-xushon  kutib  oldi.  Alla- 
pallagacha  gaplashib,  o ‘tirib  ketishdi.
Kech  kirib,  o ‘z  xonam ga  kirdim.  Sizning  to ‘ningizni 
kiyib,  m ashinka  bosishga  o ‘tirdim.  A ziza  opa  degan  yaxshi 
bir  m ashinistka  bor  edi.  0 ‘ziga  olgan  qo‘lyozmalarining 
teng  yarmini  m enga  berardi.  Haq  berilsa,  barobar  b o ‘lishib 
olardik.  Yaqinda  u  M uxtor  Avezovning  «Abay»  romanini 
ko‘chirishga  olgandi.  Roman jud a  katta  hajmda  b o ‘lib,  Aziza 
opa:  «Hamm asini  o ‘zingiz  bosing,  qoMimda  ish  ko‘p»,  degan 
edi.  M en  ichkari  uyda  chiqillatib  m ashinka  bosaman.  Bir 
tom oniga  ip  bog‘langan  k o ‘zoynagini  taqib,  oyim  Huvaydo 
g ‘azallarini  ovoz  chiqarib  o ‘qiydi.  B a’zan  ishimni  to ‘xtatib, 
quloq  solaman.  Oyim  shikasta  ovoz  bilan  g ‘azallam i  juda
219

ravon,  mayin  o ‘qiydi.  G ohida  oldiga  chiqib,  pinjiga  suqilib 
eshitaman.  Oyim  Huvaydoni  negadir  ayol  kishi  deb  o ‘ylaydi.
-   Bolam,  bilasizmi,  Huvaydo  bu  g ‘azallam i  Xudoning 
jam oliga  oshiq  b o ‘lib  bitgan, -  derdi  oyim.
0 ‘zingiz  bilasiz,  uyda  oyim ning  to ‘rtta  kitobi  bor.  Biri 
Kalomi  Alloh.  Esingizdami,  uyimizni  tintuv  qilgan  tergovchi 
Q u r’onni  olib  ketayotganda  oyim  yig‘lab-yig‘lab  uning 
qo‘lidan  tortib  olgandi.  Fuzuliy,  M ashrab,  Huvaydo  g ‘azallari 
oyimning  ovunchog‘i.
Bir  kuni  ishlagim  kelmay,  dangasaligim   tutdi.  Oyimdan 
g ‘azal  eshitgim  keldi.  U  Fuzuliy  g ‘azallarini  o ‘qidi.  Bir 
joyda  to ‘xtab,  baytni  ikki-uch  marta  qaytardi.  M ag‘zini 
chaqqandan  keyin  m enga  tushuntira  boshladi.
-   Fuzuliy  chiroyli  ayollarga  bag‘ishlab  k o ‘p  oshiqona 
g ‘azallar  bitkan.  Manovi  baytni  eshiting:
«Mahshar  kuni  ко ‘ram  deram  ul sarvi  qomatin,
Gar  anda  ham  ко ‘rolmasam,  kel,  ко ‘r  qiyomatin».
Bilasizmi,  bu  nim a  degani?  Yorning  jam olini  qiyomatda 
ko‘raman,  agar  qiyom atda  ham  k o ‘rolmasam  qiyom atning 
ham  qiyomatini  chiqazaman,  degani!
Oyim  Mashrab  g bazallarini  kam  o ‘qiydi.  0 ‘qigan  taqdirda 
ham,  albatta:  «E  Xudo,  o ‘zingga  tavba!»  deb  qo‘yadi.
-   Nega  tavba  qilasiz? -  deb  so‘rayman.
-   Bolam,  shoh  M ashrab  sal  devonaroq  b o ‘lgan  ekanlar. 
B a’zan  o g ‘izlaridan  kufr  so ‘zlar  ham  chiqib  ketadi.  Hatto 
M akkayi  mukarramani  pisand  qilmagan  paytlari  b o ‘lgan. 
Bir  g ‘azallarida:  «Ibrohim dan  qolgan  u  eski  d o ‘konni  na 
qilay»,  deydilar.  Yoki  «Etagim ning  gardidan  yuz  ming  Xizr 
paydo  bo‘lur»  deydilar.  Shunaqa  baytlam i  o ‘qisam,  oxiratim 
k u ‘ymasin,  iymonim  susaymasin  deb, A llohga  tavba  qilaman.
Oyim  tasavvuf falsafasini  bilmaydi.  Uchala  kitobdagi  may 
to ‘g ‘risida  g ‘azallar  bor  bo‘lgan  sahifalarga  xatcho‘p  tashlab 
q o ‘ygan.  Shu  sahifalami  m enga ham  o ‘qib  bermaydi.  0 ‘qing, 
desam,  q o ‘ying,  bolam,  oxiratim iz  kuymasin,  deydilar.
220

Bundan 
tashqari, 
oyim 
bu 
qam a-qam alam i 
Stalin 
bilmaydi  deb  o ‘ylaydi.  «Stalin  bilsa,  ham ma  mahbuslami 
q o ‘yib  yuborardi»,  deb  umid  qiladi.  Stalin  o ‘lganda  oyim 
nihoyatda  xafa  bo‘ldi.  Skverdagi  haykali  atrofidan  bir  necha 
marta  aylanib  o ‘tdi.
Stalin  o ‘ldi,  Beriya  otildi.  Ammo  biron  yengillik  b o ‘- 
lishidan  darak  yo‘q.  Juda  diqqat  bo‘lib  ketdim.  Usmon 
Yusupov  M inistrlar  Sovetiga  rais  b o ‘lib  keldi,  oyimning 
nornidan  unga  ariza  yozdim.  Ahvolimizni  tushuntirdim.
-   Oyi,  manavi  arizani  Usmon  Yusupovga  olib  chiqib 
berasiz.  U  kishi  o ‘g ‘lingizni  yaxshi  taniydi, -  dedim.
-   Voy bolam ,  u  kishini  qaydan  topaman?!  Borsam,  oldiga 
kiritishm aydi.  Undan  ko‘ra,  o ‘zingiz  opchiqib  bersangiz 
yaxshi  b o ‘larmidi, -  deydi  oyim.
Jahlim  chiqib  ketdi.  Qaynona-kelin  o ‘rtasida  gap  qochdi.
Agar 
opchiqib 
bermasangiz, 
men 
Andijonga 
ketaman!  0 ‘g ‘lingizni  kutish  kerak  bo‘lsa,  Andijonda  ham 
kutaveraman  -   deb  shart  q o ‘ydim.
Oyim  m ung‘ayib  qoldi.  Ko‘zlarida  yosh  aylandi.  Unga 
ta’sir  qilish  uchun  yanada  qattiqroq  gapirdim.  0 ‘sha  gap- 
larimga  haligacha  pushaymon  qilaman.  0 ‘zimni  o ‘zim 
kechirolmayman.  Xullas,  oyim  rozi  bo‘ldi.  Ertalab  vaqtli 
ikkovimiz  «Qizil  m aydon»ga  borib,  daraxt  tagida  qimir- 
lamay  o ‘tirdik.  Soat  to ‘qqizlarda  Yusupovning  mashinasi 
uzoqdan  k o ‘rindi.
Arizani  oyim ning  qo‘liga  berdim.
-   Yuguring!  Anavi  m ilitsioner  turgan  eshikka  qarab 
yuguring!  -  dedim.
Oyim  qo‘lida  ariza  bilan  o ‘qdek  otilib  ketdi.  Yusupov 
mashinasidan  tushayotgan  payt  oyim  ancha  berida  edi.
Hoy  bolam!  Hoy,  Yusupov  b o la m ! - d e b   qichqirdi
oyim.
Ichkariga  kirmoqchi  b o 1 lib  turgan  Yusupov  orqasiga 
o ‘girilib  qaradi.  Bu  kam pir  kim  ekan  deb,  bir  ikki  qadam 
oyim  tom on  yurdi.
2 2 1

-   Keling,  aya.  Keling!
-   Men 
yozuvchi 
Said  A hmadning  onasiman. 
Shu 
qog‘ozni  sizga  olib  keldim.  Hamm a  gap  shunda  yozilgan. 
Adolat  qiling,  bolam!  Sizdan  boshqa  hech  kimdan  umidim 
y o ‘q.
Yusupov  qog‘ozni  olib,  bir  nim a  dedi.  Oyim  boshini 
tebratdi.
-   Qayerga  borasiz?  Ana,  m ashina  eltib  qo‘yadi.
-   Yo‘q-yo‘q!
Oyim  shunday  dedi-yu,  zudlik  bilan  orqasiga  qaytdi. 
Oyim  k o ‘zdan  yiroqlashguncha  Yusupov  orqasidan  qarab 
turdi.
Shu  voqeadan  o ‘n  kunlar  o ‘tib,  N avoiy  k o ‘chasida 
Sobir A bdullani  uchratib  qoldim.  Yusupov  bir  nechta  atoqli 
yozuvchilar  bilan  suhbat  o ‘tkazgan  ekan.  Shunda  Yusupov 
U yg‘unni  tikka  turg‘izib  q o ‘yib,  qattiq-qattiq  gapiribdi.
-   Yoshlami  turmaga  tayyorlaganmizmi?!  Qayoqqa  qarab 
o ‘tiribsan?!  Agar  Said  Ahmad  dushman  b o ‘lsa,  sen  bilan 
men  ham  dushmanman!  Chunki  uni  biz  tarbiyalaganmiz.
U yg‘un  javob  berolmay,  lavlagiday  qizarib-bo‘zarib, 
joyiga  o ‘tirib  qolibdi.
Bu  gaplami  Sobir  Abdulla  aytib  berdi.
Bilmadim,  Usmon  Yusupov  aralashdimi,  hartugul,  meni 
Birlashgan  nashriyotga  korrektor  qilib  ishga  olishdi.  Bu 
nashriyotda  asosan  siyosiy  adabiyotlar  bosiladi.  Plenum larda 
o ‘qilgan 
dokladlar 
ertalabgacha 
bosmadan 
chiqarilib, 
tarqatilishi  kerak.  Kechasi  soat  ikki-uchlargacha  ishda  qolib 
ketaman.  M uharrir  o ‘rinbosari  Rixsi  Sohiboyev,  0 ‘zTAG 
tarjimoni  Yahyo  Y o'ldoshevlar  bilan  qaytishim   kerak.  Ular 
sizning  uyingizda  yashayotganimni  bilib  qolm asinlar  deb, 
oldinroq  piyoda  uyga jo ‘nayman.  K o‘chalar  xavfli.  0 ‘g ‘rilar, 
y o ‘lto‘sarlar  k o ‘p.  Tongotarga  yaqin  uyga  yaqinlashganim da 
katta  ko‘chaning  boshida  oyim  qim irlam ay  kutib  turgan 
b o ‘ladi.
-   Ha,  ishingiz  ham  bor  bo‘lsin-a!
222

U  mening  sog‘-omonligimni  bilgach,  pildiragancha  ol­
dim ga  tushib  ketadi.  O rqasidan  hovliga  kiraman.  Das- 
turxonga  o ‘rab  q o ‘yilgan  iliq  ovqatni  oldimga  q o ‘yadi. 
M udrab-mudrab  bir-ikki  qoshiq  ovqat  yeym an-u,  yechin- 
masdan  ko‘rpacha  ustida  uxlab  qolaman.
Shu  uxlaganim cha  soat  o ‘nlarda  uyg‘onibman.  Choy  ichib 
o ‘tirgan  edik,  k o ‘cha  tom ondan  mashina  tovushi  eshitildi.  Bir 
ozdan  keyin  eshigim iz  taqilladi.  Oyim  borib  eshikni  ochgan 
edi,  bitta  o ‘ris  xotin  ichkariga  kirdi.
-   Zunnunova  Saida  shu  yerda  yashaydim i?-  deb  so ‘ra- 
di  u.
-   Izdes,  izdes, -  deb javob  berdi  oyim.
Men  hovliga  tushdim.
-   Zunnunova  men  bo‘laman, -  dedim.
-   M oskvaga  ariza  yuborgan  edingizmi?
-   Ha,  -   deb javob  berdim.
-   U  yoqdan  sizning  ishingizni  tekshirgani  odam  keldi. 
Soat  to ‘rtda  M arkaziy  Kom itetga  boring.  Siz  bilan  gapla- 
shishadi.
U  ketgandan  keyin  shoshilib  kiyindim-u,  nashriyotga 
chopdim.  Nashriyot  direktori  Vasiliy  Fyodorovich  Arxan- 
gelskiy  bir  ajoyib  inson  edi.  Unga  meni  yuqoriga  chaqi- 
rishayotganini  aytdim.
-  X abarim  bor, -  dedi  u. -   Kecha  kechqurun  men  bilan 
gaplashishdi,  sen  to ‘g ‘ringda  bilganlarimni  aytib  berdim. 
Bejiz  kelmagan.  Yaxshilik  b o ‘lishini  sezib  turibman.  K o‘pam 
hayajonlanm asdan,  o ‘zingni  bosib  gapirgin.  Ortiqcha  gap 
aralashtirm a...»
Qirq  to ‘rt  yil  muqaddam  yozilgan  ushbu  xatning  oxirgi 
sahifasi  y o ‘q  edi.  Partkom issiya  vakili  nima  dedi,  bilmadim. 
Shuni yaxshi  bilam anki,  1954-yilning o ‘rtalarida Saidaxondan 
ham ma  «ayblar»  olib  tashlandi.  Yozuvchilar  uyushmasining 
a ’zoligiga  tiklandi.  Gazeta-j umal larda  asarlari  birin-ketin 
chop  etila  boshlandi.  0 ‘sha  yili  «Gullar  vodiysi»  nomli 
she’riy  to ‘plami  ham  bosilib  chiqdi.
223

Oyim  qazo  qilganda  Saidaxon  ham ma  m arosim larini  bir 
farzanddek  ado  etdi.  0 ‘zi  ham  to  um rining  oxirlarigacha, 
oyim  undoq  edilar,  oyim  bundoq  edilar,  deb  eslab  yurdi.
Qirq  to ‘rt  yil  ko‘zdan  yashirilgan  xat  bugun  qoMimda. 
Kichkinagina  jussasida  shuncha  g ‘am lam i  fildek  ko‘tara 
olgan  Saidaxonning  munis  chehrasi  ko‘z  oldimga  keldi. 
Ichimdan  alamli  bir  x o ‘rsiniq  otilib  chiqdi-yu,  b o ‘g ‘zimni 
kuydirdi.
D unyoning  ishlari  shunaqa  ekan-da,  chidam ay  ilojing 
qancha,  deb  o ‘zim ni  o ‘zim   ovutaman.
224

OYIM,  DADAM  VA  MEN
(So ‘ngso
  z 
о ‘rnida)
D a d a m   «Ufq»  ning  ikkinchi  kitobini  yozayotgan  paytlar 
edi.  Oyim  dadam ning  kayfiyatini  buzm aslik  uchun  ko‘chada 
boMayotgan  har  xil  gaplam i,  m ish-m ishlam i  yetkazmaslikka 
harakat  qilardi.
D adamning  bir  odati  bor,  biron  narsadan  diqqat  b o iib  
qolsa,  diqqatvozligi  bosilm aguncha  biron  satr  yozolmasdi. 
Shuning  uchun  ham  oyim   uni  suyuntiradigan  gaplami  topib 
kelardi.  U  mutlaqo  yozm ay  qo‘ygan,  o g ‘aynilari  bilan 
vaqtini  bekor  oik azay o tg an   paytlarda,  Xudo  kechirsin,  deb 
dadam ga  y olg‘on  gapirardi:
-   G ‘afur  akani  ko‘rgan  edim,  bum nboy  nega  hech  narsa 
yozm ayapti,  bunaqa  qilsa  soyuzdan  o ‘chirtirvoram an, -  de- 
yaptilar.
-   A bdulla  aka  telefon  qildilar,  kechagina  chiqqan 
bolalar  undan  o ‘tib  ketyapti,  aytib  q o ‘ying,  adabiyot  danga- 
salikni  yoqtirm aydi.  Yozmasa,  boshqa  tirikchilik  qilsin, -  
dedilar.
Dadamga  bu  gaplar  xush  yoqardi.  Chippa-chin  ishonardi. 
K o‘chaga  ham  chiqmay,  berilib  yozishga  tushib  ketardi.
Dadam  kechasi  bilan  ishlab,  tong  paytida  uxlardi.  Kechasi 
oyim  bilan  ikkovimiz  dadam ning  ish  kabinetidan  eshitilib 
turgan  m ashinka  tovushiga  quloq  solib  yotardik.  Oyimning 
mana  bu  satrlari  o ‘sha  paytda  yozilgandi.
Eshik  tirqishidan  bir  chiziq yonib,
Oftob  bo ‘lib  kirib,  yoritar xonam.
Mashinkang  chiqillar,  to ‘xtaydi  ba ’zan,
Bilaman,  chekyapsan,  chekyapsan  ulab.
Koshki  ochib  qo ‘ysa,  deb  derazani,
Kamroq  cheksa-chi,  deb  bo 'laman  xunob,
225

Xonangni  tutundan poklash  dardida 
Bedor  о 'tiraman  sendan  narida.
Dadam  tongotar  paytida  uxlashga  yotardi.  Va  albatta 
oyimga  xat  yozib,  stolga  qo‘yardi:
«Saidaxon,  iltim os,  q o ‘lyozm ani  o ‘qim ang.  U stidan  bir 
k o ‘z  yugurtirib,  albatta  o ‘zim   o ‘qib  beram an.  H ar  ehtim olga 
qarshi 
q o ‘lyozmani 
siz 
topolm aydigan  jo y g a 
bekitib 
q o ‘ydim.  Qidirm ang,  baribir  topolmaysiz».
Dadam  q o ‘lyozmasini  pechka  dudburonining  ichigami, 
mening 
o ‘yinchoqlarim 
solingan 
qutichaning 
ichigami 
yashirib  qo‘yardi.  U  crtasiga  q o iy o zm an i  tahrir qilib  oyimga 
o ‘qib  berardi.  Oyim,  falon  jum laning  o ‘zi  yaxshi  edi,  bekor 
tuzatibsiz,  deganda,  dadam,  iya,  o ‘qiganmidingiz,  deb 
so ‘rardi.  Shunda  oyim,  xotin  kishining  uyiga  narsa  yashirib 
boMadimi,  deb  kulardi.
Oltmishinchi  yillam ing  oxirlari  b o ‘lsa  kerak,  dadam 
jud a  berilib  «Ufq»ning  oxirgi  kitobini  yozayotgan  edi. 
Dadam  saharda  yotgancha,  kunduz  soat  o ‘n  ikkilargacha 
uxlab  olardi.  Shunday  kunlam ing  birida  pochtachi  bir  dasta 
gazeta-jurnallam i  tashlab  ketdi.  Oyim  «Sharq  yulduzi»ni 
varaqlay  boshladi.  Ichayotgan  choyi  ham  sovib  qoldi. 
Berilib  nim anidir  o ‘qirdi.  Keyin  uydan  qaychi  olib  chiqib, 
jum aldagi  boya  o ‘qiyotgan  maqolani  jud a  ehtiyotlab  qiyib 
oldi.  Sinchiklab  qaragan  odam jum alning  shu joyidan  maqola 
olib  tashlanganini  bilolmasdi  ham.  Keyin  jum al  oxiridagi 
mundarija  bosilgan  sahifani  ham  yirtib  olib  tashladi.  Menga 
qarab  dadangga  aytma,  deb  tayinladi.
Oyim  yirtib  olgan  m aqola  «Ufq»ni  atay  badnom  qilish 
uchun  qandaydir  g ‘araz  bilan  yozilgan  m aqola  edi.
D adamning  odatini  men  ham  bilardim.  Biron  nimadan 
diqqat  bo‘lib  qolsa,  qo‘li  ishdan  sovib,  mutlaqo  yozmay 
q o ‘yardi.
Roman  «Sharq  yulduzi»da  bosilgan  edi.  Oyim  telefon 
qilib,  Hamid  G ‘ulomga  shunday  degani  esimda:
226

-   Jurnalning  o ‘zi  romanni  bosib,  endi  o ‘z  derazasiga  o ‘zi 
loy  chaplayapti.
Dadam 
bu 
maqolani 
ko‘rmadiyam, 
bilmadiyam, 
o ‘qimadiyam.  Faqat  yaqinda  uyimiz  ta ’mirlanayotganda 
o ‘sha  m aqola  topildi.  Dadam  o ‘qib,  kulib  q o ‘ya  qoldi.
Andijondagi  bog‘imiz  etagidan  Qoradaryo  qirg‘oqqa 
sapchib  oqardi.  Bu  tom onda  hovlimizning  ichidan  katta 
Farg‘ona  kanali  o ‘tardi.  Dadam  kanal  bo‘yidagi  barglari 
quyuq  bir  tup  daraxt  tagiga  kanalning  qirg‘o g ‘idan  to  qoq 
yarm igacha  yetgan  so ‘ri  qurgandi.  Men  ko‘pincha  so‘rida 
oyog‘imni  suvga  botirib,  maza  qilib  o ‘tirardim.  Oyim 
urishib-urishib,  suv  bo‘yidan  meni  haydardi.  Bunga  sabab 
kanaldan  ba’zan  ilon  suzib  o ‘tardi.
Dadam  bog‘imizda  kechasi  yozmasdi.  Daryo  bo‘ylaridagi 
sholipoyalarda  chivin  ko‘p  bo‘lardi.  To  kechasi  soat  o ‘n 
birlargacha  chivin  chaqib  bezor  qilardi.  Kechasi  daryo 
tomondan  shamol  esganda,  chivinlar  allaqayoqqa  g‘oyib 
boMardi.  Dadam ertalab tong otishi  bilan mashinkasini ko‘tarib, 
kanal  bo‘yidagi  so‘riga  chiqardi.  So‘ridan  yetti-sakkiz  metr 
narida  dadam  kanalga  qurgan  charxpalak  g ‘iyqillab  aylanib 
turardi.  Uning  novidan  oqayotgan  suvdan  ichish  uchun  har  xil 
qushlar  uchib  kelishardi.  Qizil,  ko‘k,  sariq,  zangori  ninachilar 
tinimsiz  uchib  turardi.  B a’zan  ular  suvda  oqib  kelayotgan 
barglarga  qo‘nib,  xuddi  qayiqda  suzayotgandek  sayr  qilardilar. 
Ba’zilari  suvga  qo‘nib  oqib  o‘tardilar.
BogNmizga  m ehm on  ko‘p  kelardi. 
Saraton 
avjiga 
chiqqanda,  hatto  hashamatli  bog‘lar  qurgan  raislar  ham 
salqinlagani  biznikiga  kelardilar.  Butun  Izboskan  va  Andijon 
tum anida  shu jo y dan  ortiq  salqin jo y   y o ‘q  edi.
To  tushlikkacha  to ‘rt-besh  qog‘oz  yozib  olmasa,  keyin 
ishlab  b o ‘lmasdi.  Shuning  uchun  oyim  so ‘ri  bilan  uyimiz 
oraligNdagi  shaftoli  tagiga  kichkinagina  kursi  qo‘ygan, 
men  dadamga  qorovul  bo‘lib  o ‘tirardim.  Dadam  charchab 
yonboshlasa,  darrov,  oyi,  dadam  yotdi,  deb  xabar  qilardim. 
Dadam  shoshib  yana  m ashinka  bosishga  tushib  ketardi.
227

Oyim  suvga,  charxpalakka  qarab  o ‘tirib,  mana  bu  she’mi 
yozgandi:

Download 5.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling