Topshiriq: Havo elektr uzatish yo’llari to’g’risida nima bilasiz?
Download 17.68 Kb.
|
QF
- Bu sahifa navigatsiya:
- Havo elektr uzatish yo’llari o’tkazgichlarining turlarini ayting
QF: Elektr energiyasidan xalq xo'jaligida foydalanish Urakboyev Yigitali 409 guruh Topshiriq: Havo elektr uzatish yo’llari to’g’risida nima bilasiz? Havodagi elektr uzatish yo’llari (XY) elektr energiyasini utkazgichlar yordamida masofaga uzatish uchun hizmat qiladi. XY-ning asosiy konstruktiv elementlari bo’lib o’tkazgichlar, troslar, tayanchlar, izolyatorlar va uzatish yo’li armaturalari hisoblanadi. Utkazgichlar elektr energiyani uzatish uchun xizmat qiladi. Tayanchlarning yuqori qismida XY-ni atmosfera uta kuchlanishlaridan himoyalash uchun troslar o’rnatiladi. Tayanchlar o’tkazgichlar va trosslarni yer va suv sathidan mahlum balandlikda tutib turadi. Havo elektr uzatish yo’llari o’tkazgichlarining turlarini ayting? XY-da izolyatsiyalanmagan, ya’ni izolyatsion qobiksiz o’tkazgichlar foydalaniladi. XY-larda alyuminiy va pulatalyuminiy o’tkazgichlardan foydalanish keng tarqalgan. Mis o’tkazgichlar hozirgi davrda maxsus texnik-iqtisodiy hisoblashlar bilan asoslanmasdan XY-da foydalanilmaydi. XY-da po’lat simlardan foydalanish odatda tavsiya etilmaydi. Atmosfera o’ta kuchlanishlaridan himoyalovchi troslar, qoidaga muvofiq, po’latdan tayyorlanadi. So’ngi yillarda trosslar yuqori davrtezlikli kanallarni tashkil etish uchun ham foydalaniladi. Bunday xollarda ular po’lat alyuminiydan tayyorlanadi. Havo elektr uzatish yo’llarining troslari qanday vazifani bajaradi? Atmosfera o’ta kuchlanishlaridan himoyalovchi troslar, qoidaga muvofiq, po’latdan tayyorlanadi. So’ngi yillarda trosslar yuqori davrtezlikli kanallarni tashkil etish uchun ham foydalaniladi. Bunday xollarda ular po’lat alyuminiydan tayyorlanadi. Havo elektr uzatish yo’llarining tayanchlari turini ayting? XY-da quyidagi tipdagi maxsus tayanchlardan ham foydalaniladi: tayanchlarda o’tkazgichlarni joylashuv tartibini o’zgartirish uchun xizmat qiluvchi-transpozitsiyalovchi tayanchlar; XY-ni tarmoqlash uchun xizmat qiluvchi-tarmoqlovchi tayanchlar; XY-ni daryolar, daralar kabilar ustidan kesib o’tish uchun xizmat qiluvchi-utkazuvchi tayanchlar. Transpozitsiya 110 kV dan yuqori kuchlanishdagi va 100 km dan uzun XY-da barcha uchala fazalarning sig’im va induktivliklarini bir xil qilish maqsadida qo’llaniladi. Bunda tayanchlarda o’tkazgichlarning o’zaro joylashuvi ketma-ket ravishda almashtiriladi. Havo elektr uzatish yo’llarining izalyatorlari qanday turlarga bo’linadi? Izolyatorlar XY hamda elektr stantsiyalari va podstantsiyalari taqsimlovchi qurilmalarini izolyatsiyalash va mahkamlash uchun xizmat qiladi. ular sopol yoki toblangan shishadan yasaladi. Tuzilishi bo’yicha izolyatorlar shtirli va osma izolyatorlarga bulinadi. Download 17.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling