1-topshiriq. Jismoniy tarbiyaning maqsad va vazifalariga doir blits-so‘rov savollari
Jismoniy tarbiya deganda nima tushuniladi?
“Jismoniy kafolat” tushunchasi o‘zida nimani ifoda etadi?
Jismoniy tarbiyaning maqsadi nima?
V.A.Slastenin, I.F.Isaev, Ye.N.Shiyanovlar jismoniy tarbiyaning qanday vazifalarini ajratib ko‘rsatishadi?
B.T.Lixachev tasnifi bo‘yicha jismoniy tarbiyaning ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi, sog‘lomlashtiruvchi va umummadaniy vazifalariga izoh bering.
Jismoniy tarbiyaning estetik va axloqiy vazifalariga nimalar kiradi?
2-topshiriq. Jismoniy va estetik tarbiya:tushunchalar mazmunini ifodalang va qiyosiy taqqoslang.
Estetik tarbiya
Jismoniy tarbiya
3-topshiriq. Muzeyga ekskursiya uyushtirishga doir ishlanma tayyorlash.
Ekskursiya ishlanmasini tayyorlashga doir ko‘rsatmalar:
ekskursiya ishlanmasi o‘zaro bir-biri bilan bog‘langan quyidagi aniq tarkibiy tuzilishga ega bo‘lishi lozim: tayyorlov bosqichi, ekskursiyaning borishi va ekskursiyadan keyin amalga oshiriladigan ish;
tayyorlov bosqichida ekskursiya mavzusi, uning mazmun-mohiyati, o‘tkazilish muddati belgilab beriladi. SHuningdek, ekskursiya uyushtiriladigan obhektning joylashgan o‘rni va marshruti aniqlanadi. Ekskursiya davomida beriladigan namunaviy savollar tuziladi;
ekskursiyani amalga oshirish jarayoni rejalashtirilishi lozim. turli xil savollardan foydalaniladi: 1) dalillar keltirishni talab etuvchi savollar (qanday nomlanadi, qanday qismlardan iborat, qanday xususiyatlar va o‘ziga xosliklarga ega); 2) fikrlashni faollashtiruvchi, qiyoslash, taqqoslash, farqini ajratish, umumlashtirishni talab etuvchi savollar (munosabat, aloqadorliklarni hosil qilish uchun); 3) anglash faolligini rag‘batlovchi, ijodiy fikrlash, xulosalar chiqarishga undovchi savollar;
ekskursiyadan so‘ng amalga oshiriladigan ish (alg‘bom tayyorlash).
Do'stlaringiz bilan baham: |