TEST
Pedagogikani asosiy prinsipi?
*A. O‘quv-tarbiyaviy jarayonni, bolalarning jismoniy, badiiy, ijodiy, mehnat va boshqa har qanday faoliyatiga pedagogik rahbarlikni tashkil etishga bog‘liq bo‘lgan qonuniy aloqalardir.
B. O‘qituvchi tomonidan amaliy qonunlarni ijodiy va faol ravishda o‘zlashtirish.
C. Jamiyatning alohida bir olingan shaxsga bo‘lgan ehtiyojlarini aks ettirishdir.
D. Hammasi to‘g‘ri.
|
MUAMMOLI VAZIYAT
Bir gazeta redaktsiyasiga VII sinf o‘quvcnisining onasidan xat keldi:
“Hurmatli redaktsiya! Mening o‘g‘lim to‘g‘ri yo‘l tutgan-tutmaganligini tushunib olishimda menga yordam bersangizlar. U VII sinfda o‘qiydi. Yaqinda u maktabdan kelib geografiya darsida sodir bo‘lgan bir hodisa haqida gapirib berdi. O ’qituvchi bir qizchani doskaga chiqaribdi va Yevropa daryolarining nomini doskaga yozishni undan so‘rabdi. Qizcha alang-jalang qilib har tomonga va nomlarni kartadan ko‘chirib yozibdi. O‘qituvchi buni sezmabdi va :
-Juda yaxshi! Senga besh qo‘yaman!- debdi.
Shunda mening o‘g‘lim qo‘lini ko‘tarib joyidan turibdi va qizcha nomlarning hammasini kartadan ko‘chirib yozganligini aytibdi.
O‘qituvchi qizchadan:
-Shu to‘g‘rimi?- deb so‘rabdi.
U hech narsa demasdan boshini ham qilganicha jim turaveribdi. O‘qituvchui uni aldashganlarini tushunibdi va beshning o‘rniga ikki qo‘yibdi.
O‘g‘limning bu gaplarini tinglab turdim, lekin uning bu ishda haq yoki nohaq ekanligi haqida nimagadir hech narsa demadim. Lekin har vaqt o‘ylayman: u boshqacha yo‘l tita olarmidi va boshqacha yo‘l tutishi kerakmidi? Buni anglab olishda menga yordam bersangizlar”.
|