Toshkent axborot tеxnologiyalari univеrsitеti


Download 376.81 Kb.
bet68/95
Sana04.04.2023
Hajmi376.81 Kb.
#1327117
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   95
Bog'liq
маъруза матни L

Uy mulki sug’urtasi

O’zbekiston Respublikasida uy mulki ixtiyoriy sug’urtasi bo’yicha shartnomalar O’zbekiston Respublikasi fuqarolari, O’zbekiston Respublikasida yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar bilan tuzilishi mumkin.


Sug’urta qildiruvchiga va u bilan birga yashab, umumiy xo’jalik yuritadigan oila a’zolariga qarashli bo’lgan, ushbu oilaning maishiy hamda madaniy ehtiyojlarini qondirish maqsadida shaxsiy xo’jalikda foydalanishga mo’ljallangan uy, kundalik hayot va iste’mol jihozlari (uy mulki) sug’urta qilinadi.
Hujjatlar, qimmatli qog’ozlar, qog’oz pullar, qo’lyozmalar, slaydlar, fotosuratlar, diniy ibodat ashyolari (kollektsiyalardan tashqari), qushlar, parrandalar, mo’ynali hayvonlar va boshqa hayvonlar, mevali va boshqa dov-daraxtlar (daraxt ko’chatlari va urug’lar ham) uchun uy mulki sug’urtasi tadbiq etilmaydi.
Uy mulki umumiy va maxsus shartnoma bo’yicha sug’urtalanishi mumkin.
Maxsus shartnoma bo’yicha sug’urta qilinadigan narsalardan tashqari umumiy narhi belgilangan eng kam oylik ish haqining 100 barobaridan oshmaydigan jami mulk, shuningdek kvartiraning (turar-joy va xususiy yordamchi xonalarning) pardoz qismlari jihozlari, xususiy, davlat, jamoat fondi, TXK uylari va xususiy mulkka o’tkazilgan kvartiralarda shikastlanish hodisasidan umumiy shartnoma asosida sug’urtaga olinadi.
Uy mulki guruhi yoki ana shu guruhlarning quyidagi ayrim narsalari maxsus shartnoma bo’yicha sug’urta qilinadi:
Mebelь.
Xonabop qattiq mebelь, xonabop yumshok va yarim yumshok mebelь, daxlizbop, hollibop, yo’lakbop mebelь, oshxonabop mebelь, buklama va dala hovlibop mebelь.
Radio va teleapparatlar.
Televizorlar, videomagnitafonlar, videokameralar, shaxsiy kompьyuterlar, displeylar (monitorlar), elektron o’yin pristavkalari, teleradiolalar, magnitafonlar va hokazo.
Elektr asboblari.
Sovutkichlar, kir yuvish mashinalari, chang yutkichlar. Elektr kaminlari, elektr pechlar, konditsionerlar, uy-ro’zg’or elektr mashinalari.
Tikuv, to’quv, yozuv va hisoblash mashinalari.
Tikuv va to’quv mashinalari, yozuv mashinalari, elektron hisoblash mashinalari.
Musiqa asboblari va tefon apparatlari.
Pianino, royallar, arfalar, g’ijjaklar, violecheli, milliy asboblar, gitaralar, elektron musiqa asboblari va hokazo.
Foto va kinoapparatlar.
Fotoapparatlar, fotoob’ektivlvr, foto va kino anjomlari, kinofilьmlar, binokllar.
Gilamlar va gilam buyumlari.
Devoriy gilamlar, yerga yoziladigan gilamlar, poloslar, poyandozlar, choyshablar va hokazo.
Idishlar va dasturxon tuzash uchun buyumlar.
Serviz va to’plamlar, alohida buyumlar, stol tuzash uchun buyumlar va hokazo.
Tasviriy va dekorativ-amaliy san’at asarlari.
Rasmlar va reproduktsiyalar, haykallar, haykalchalar va boshqalar.
Zargarlik buyumlari.
Qimmatbaho metallardan, qimmatbaho, yarim qimmatbaho (rangli) toshlardan yasalgan buyumlar, badiiy buyumlar.



Download 376.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling