Toshkent axborot tеxnologiyalari univеrsitеti


Download 376.81 Kb.
bet91/95
Sana04.04.2023
Hajmi376.81 Kb.
#1327117
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   95
Bog'liq
маъруза матни L

Sug‘urta mas’uliyati – sug‘urtalovchining sug‘urta holatlari ro‘y berganda sug‘urta qoplamalari yoki sug‘urta summalarini to‘lash bo‘yicha majburiyati.
Sug‘urta guvohnomasi (polisi) – sug‘urta amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjat.
Sug‘urta fondi – sug‘urta badallari hisobidan shakllantiriladigan hamda sug‘urta holati natijasida sug‘urtalanuvchining ko‘radigan zararini oldini olish, lokalizatsiya qilish va qoplashga mo‘ljallangan sug‘urta rezervlari yig‘indisi.
Sug‘urta tarifi – sug‘urta summasiga nisbatan foiz stavkasi.
Sug‘urta badali (mukofoti) – sug‘urta summasiga nisbatan belgilangan sug‘urta tarifi bo‘yicha pul to‘lovi.
Sug‘urta muddati – sug‘urta obyektining sug‘urtalangan davri.
Sug‘urta holati – sug‘urta qoplamasi yoki sug‘urta summasi to‘lanishi kerak bo‘lgan turli salbiy va boshqa kelishilgan oqibatlarga olib keluvchi haqiqatda sodir bo‘lgan holatlar.
Sug‘urta dalolatnomasi – o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtiriladigan va sodir bo‘lgan sug‘urta holatini hamda sabablarini tasdiqlovchi hujjat.
Sug‘urta portfeli – sug‘urta kompaniyasi tomonidan olingan badallar yig‘indisi yoki tuzilgan va to‘langan shartnomalar soni.
Sug‘urta qoidalari – ixtiyoriy sug‘urta shartlarini belgilovchi me’yoriy hujjatlardan biri.
Abandon (fr.Abandon) – sug‘urtalanuvchining to‘la sug‘urta summasini olgandan so‘ng sug‘urtalovchi foydasiga sug‘urtalangan obyektga nisbatan huquqlardan voz kechish.
Avuar (fr.Avoir) – «aktivlar»ning sinonimi (pul mablag‘lari, veksellar, akkreditivlar, qimmatli qog‘ozlar, bankdagi hisoblar va b.) – sug‘urta balansining bir qismi.
Addendum (lat.Addere) – rasmiylashtirilgan shartnomaga qo‘shimchalar kiritish.
Akvizitor (lat.Acquisitor) – yangi sug‘urtalanuvchilarni jalb qilish bilan shug‘ullanuvchi sug‘urta agenti yoki brokeri.

Download 376.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling