Toshkent davlat texnika universiteti


Protsessor bo‘linma (разъём)lari


Download 1.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/105
Sana10.11.2021
Hajmi1.75 Mb.
#173374
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   105
Bog'liq
loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish asoslari

Protsessor bo‘linma (разъём)lari 

Protsessor  onalik  platasining  bo„linmasiga  o„rnatiladi  (onalik  platasi  haqida  ma‟lumot  keyin 

beriladi). Biz tayyor yig„ilgan kompyuterni sotib olayotganimizda, bizni protsessor qanday bo„linma 

bilan onalik platasiga biriktirilgani qiziqtirmaydi. Lekin keyinchalik biz protsessorni almashtiradigan 

bo„lsak, bo„linmalar haqidagi tushunchalarga ega bo„lishimiz kerak.  

Hozirgi  kunda  Intel  korporatsiyasi  protsessorlari  uchun  ekspluatatsiyada  bo„linmalarning  olti 

asosiy turlari mavjud. 

 

Socket 7 



Oltinchi avlod protsessorlari va Intel Pentium MMX 

protsessorlarining yettinchi avlodi uchun foydalaniladi 

Slot 1 

Intel Pentium II, Intel Pentium III protsessorlari hamda Intel 

Celeron protsessorlarining ba‟zi turlari uchun foydalaniladi 

Slot 2, Socket 603, Socket 604  Xeon protsessorlari uchun 

Socket 370 (FC-PGA) 

Ba‟zi Celeron protsessorlari uchun 

Socket 478 

Pentium IV va ba‟zi Celeron protsessorlari uchun 

Socket A 

AMD protsessorlari uchun 

 

 



 

45 


5.3-rasm. Slot 1 va Socket 370 uchun Celeron protsessorlari 

 

Intel  korporatsiyasi  o„zlarining  protsessorlari  uchun  bo„linmalarni  tez  almashtirmoqda.  Bu 



ayniqsa Intel Celeron protsessorlari uchun noxushdir. Bu protsessorlar, bir tomondan, boshlang„ich 

darajaga kiradi va o„rganuvchilar uchun mo„ljallangan. Ikkinchi tomondan, ishlab chiqaruvchi ularga 

atigi  bir  yarim  yil  mobaynida  bo„linmaning  uch  har  xil  turini  tayyorladi.  Bunday  sharoitda  endi 

boshlovchi istiqbolini hisobga olgan holda to„g„ri tanlov qilishi qiyin va protsessorni almashtirganda 

unga yangi onalik platasini ham sotib olishga to„g„ri keladi. 


Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling