Toshkent davlat texnika universiteti


Kichik hajmli xotirali kompyuter nima uchun sekinroq ishlaydi?


Download 1.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/105
Sana10.11.2021
Hajmi1.75 Mb.
#173374
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   105
Bog'liq
loyihalash jarayonlarini avtomatlashtirish asoslari

Kichik hajmli xotirali kompyuter nima uchun sekinroq ishlaydi? 

Bo„lajak  kompyuter  konfiguratsiyasini  tanlashda  odam  doim  operativ  xotirada  tejab  qolgisi 

keladi.  Haqiqatda,  agar  16  Mbaytli  kompyuter  ham  ishlasa,  nima  uchun  64  Mbaytlisini  sotib  olish 

kerak? 

Lekin,  ko„pchilik,  bunda  kompyuter  o„n  marotaba  sekinroq  ishlashini  bilishmaydi.  Bunda, 

operativ xotira yetishmasligi tufayli hamma tizimlar sekin ishlaydi va sarflangan pul atigi 10 foizga 

ishlaydi. 

Nima uchun operativ xotirasi kichik hajmli bo„lgan kompyuter sekin ishlaydi? Gap shundaki, 

zamonaviy  dasturlar  uchun  ham  16  Mbayt  va  ham  64  Mbayt  kamlik  qiladi.  Amalda  intensiv 

ishlaganda  kompyuterga  yuzlab  megabayt  xotira  zarur.  Agar  kompyuter  uni  topa  olmasa,  u 

joylashtira  olmagan  hamma  ortiqcha  narsani  u  bikr  diskdagi  vaqtincha  saqlanadigan  joy  –  bir  oz 



saqlanadigan faylga jo„natadi. Yozish va o„qish portsiyalab bo„ladi. Operativ xotira platasi fizikaviy 

operativ xotira deyiladi. Operativ xotirani hamma boshqacha tashkil qilinishi virtual operativ xotira 

bo„ladi. Fizikaviy va virtual xotiralar summasi – to‘liq operativ xotiradir. 

Bikr disk – mexanik qurilmadir. U operativ xotiraga nisbatan o„nlab marta sekinroq ishlaydi. 

Operativ  xotira  qanchalik  kam  bo„lsa,  disk  bilan  shunchalik  tez  almashinuv  bo„ladi  va  bu 

almashinuvning  har  bir  portsiyasi  shunchalik  kam  bo„ladi.  Operativ  xotira  minimal  (16  Mbayt) 

bo„lganda  almashinuv  amalda  uzluksiz  bo„lib  turadi.  Kompyuter  bikr  diskni  «cho„qilash»  bilan 

shug„ullanadi.  Sekundlarda  bajariladigan  operatsiyalar  minutlarga  cho„ziladi.  Bunda  operativ 

xotiraning biroz kattalashtirilishini ham juda katta samara berdi. 

Agar  kompyuter  Windows  98  operatsion  tizimida  ishlasa,  uning  operativ  xotirasining  16 

Mbaytdan  24  Mbaytgacha  biroz  kattalashtirilishi  uning  unumdorligini  bir  necha  marta  oshiradi. 

Windows  98  dan  operativ  xotirasi  16  Mbayt  bo„lgan  kompyuterlarda  foydalanmang.  Yoki  xotirani 

biroz  oshiring,  yoki  Windows  95  operatsion  tizimiga  qayting;  bu  tizim  biroz  noqulay  bo„lsa  ham, 

lekin 8 Mbayt va undan katta xotira hajmli kompyuterlarda ishlaydi. 

Operativ  xotiraning  tavsiya  qilinadigan  hajmini  aniqlashning  oddiy  qoidasi  bor.  Dastlab, 

o„zingiz uchun qanday operatsion tizim va qanday dasturlar (qaysi yili chiqarilgani ma‟nosida) bilan 

ishlashingizni  hal  qiling.  Tanlab  olgan  tizimingiz  uchun  minimal  talablarni  biling  va  ularni  ikkiga 

ko„paytiring. 

 

Savollar 

 

1.  Xotirada saqlovchi qurilmalarning asosiy turlarini bayon qiling. 



2.  Kesh-xotiraning tizim ishiga ta‟sirini aytib bering. 

3.  Avtomatlashtirilgan  loyihalashning  texnikaviy  vositalari  sifatida  operativ  xotira  turlari 

haqida aytib bering. 

4.  Protsessor,  kesh-xotira  va  operativ  xotiralarning  ishlash  printsipini  va  o„zaro  aloqasini 

bayon qiling. 

5.  Operativ xotira turlarini tavsiflang. 

6.  Operativ xotira tezkorligining butun tizim ishiga ta‟sirini izohlang. 



 

51 



Download 1.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling