Toshkent farmatsevtika instituti farmakologiya va klinik farmatsiya
Download 19.07 Kb. Pdf ko'rish
|
1 O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O„RTA MAXSUS TA‟LIM VAZIRLIGI O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG„LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI FARMAKOLOGIYA VA KLINIK FARMATSIYA KAFEDRASI HAYOT FAOLIYATI HAVFSIZLIGI FANIDAN O`QUV- USLUBIY MAJMUA TOSHKENT - 2016 2 Tuzuvchilar: Saidov S.A. – Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasining mudiri, tibbiyot fanlari doktori. Bagdasarova E.S. - Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasining dotsenti,b.f.n Usmonova Z.U. - Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasining assistenti Rajapov A.J. - Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasining katta o„qituvchisi Taqrizchilar: Utyamishev R.G – Gematologiya va qon quyish ilmiy tekshirish institutining yetakchi ilmiy xodimi, t.f.d. Fayzieva Z.T. – Ilmiy tadqiqot va ilmiy pedogogik kadrlar tayyorlash bo„limi boshlig„i, t.f.d. O‟quv – uslubiy majmua Toshkent farmatsevtika institutining soha uslubiy kengashining 2016 yil __ ___ dagi ___-sonli qarori bilan nasrga tavsiya qilingan. Soha uslubiy kengashi raisi ____________S.A.Saidov. O‟quv-uslubiy majmua MUK da ko‟rib chiqildi va tasdiqlandi “___” “_________” 2016 yil “____” sonli bayonnomasi Kelishildi: Markaziy uslubiy kengashi raisi ___________ S.U.Aliev 3 M U N D A R I J A Kirish ……………………………………………………………………………. 3 I. Sillabus………………………………………………………………………….. 5 II. Ishchi dastur……………………………………………………………………. 8 III. Fanni o„qitishda foydalaniladigan interfaol ta‟lim metodlari……………….. 20 IV. Nazariy materiallar…………………………………………………………….. 24 Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning huquqiy asosi. O„zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi. Aholi va hududlarni tabiiy xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishni tashkil etish. Hududlar va aholini epizootik va epifitotik vaziyatlardan muhofaza qilishni tashkil etish…………………………. 24 Aholi va hududlarni texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishni tashkil etish. Aholi va hududlarni terrorchilik harakatlaridan muhofaza qilishni tashkil etish……………………………………………………………… 48 Aholi va hududlarni zamonaviy qirg„in vositalaridan muhofaza qilishni tashkil etish. Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishda boshqaruvni tashkil etish…………………………………………………………. 64 Tarmoqlar va iqtisodiyot ob‟etlari barqarorligini oshirish. Xavfsizlik deklaratsiyasi. Aholi va xududlarni favqlodda vaziyatlardan mxofaza qilishning muxandislik texnik tadbirlarini tashkil etish……………………………………. 83 Aholini FVDT kuchlarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlashni tashkil etish. Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tadbirlarini rejalashtirish. Favqulodda vaziyatlar xavfi tug„ilganida va sodir bo„lganida aholini evakuatsiya qilish……………………………………………. 99 Aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga ma‟naviy- ruhiy tayyorlashni tashkil etish. Aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning tibbiy ta‟minotini tashkil etish. Favqulodda vaziyatlarda jarohatlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko„rsatish…………………………………………………………. 108 V. Laboratoriya mashg„ulotlari materiallari…………………….………………. 116 VI. Keyslar banki…………………………………………………………………… 136 VII. Mustaqil ta‟lim mavzulari……………………………………………………... 141 VIII. Testlar…………………………………………………….……………………... 142 IX. Glossariy………………………………………………..……………………….. 153 X. Foydalanilgan adabiyotlar ro„yxati…………………………………………... 157 4 KIRISH Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillaridanoq fuqarolarni jumladan ishchi va xizmatchilarni ijtimoiy holatini yaxshilash, ularning turmush darajasini yuksaltirishga, ishlash sharoitlarini texnika xavfsizligi va sanitariya talablari darajasidagi asosini yaratishga katta e'tibor qaratib kelinmoqda. Ta'lim jarayonida ham keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda. Qabul qilingan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Ta'lim to'g'risidagi Qonunlar asosida ta'lim sohasida katta yutuqlarga erishildi. Ta'lim mazmuni tubdan ijobiy o'zgarishga yuz tutmoqda. Ta'lim tizimining barcha tizimida eng zamonaviy o'qitish vositalaridan foydalanilmoqda. Ishlab chiqarish ham eng qudratli, zamonaviy ishlab chiqarish vositalari bilan qurollantirilmoqda. Ijtimoiy hayot tarzi faollashmoqda. Mamlakatda qabul qilingan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», «Ta'lim to'g'risida»gi Qonun ta'lim tizimi mazmunini tubdan o'zgartirib yubordi. Jumladan oliy ta'lim o'quv rejalariga zamon va hayot talablaridan kelib chiqib katta o'zgartirishlar kiritildi. Yosh mutaxassislarga har bir sohada chuqur va keng qamrovli ma'lumot berish, ularga berilgan bilim ishlab chiqarishda va jamiyatda o'z aksini va dolzarbligini yo'qotmaydigan bo'lishiga va ularning bilim darajalari dunyo ta'lim standartlari qo'ygan talabga javob berishiga asosiy ahamiyat qaratilmoqda. Zamonaviy hayotdagi ishlab chiqarish samaradorligini etuk kadrlarsiz tasavvur etish mumkin emas. Har sohada inson omili, uning qadr-qimmati birinchi o'ringa qo'yilib ish tashkil etilgan joyda yutuqlar barqaror bo'lishi shubhasiz. Inson tug'ilishi bilan yashash, erkinlik va baxtga intilish huquqiga ega bo'ladi. Inson o'zining yashash, dam olish, sog'ligi haqida qayg'urish, qulay atrof-muhit, xavfsizlik va gigiena talablariga javob beradigan mehnat sharoitida ishlashga bo'lgan xuquqlarini hayot faoliyati jarayonida amalga oshiradi. Uning bu huquqlari O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida kafolatlangan. Birlashgan Millatlar Tashkilotining 42-sеssiyasida 1991 yildan boshlab tabiiy ofat va falokatlarni kamaytirish bеxatarlik yillari, dеb bеlgilangan edi. Hayotiy faoliyat xafvsizligi tushunchasida ko`p uchraydigan ta'riflar bilan bеlgilanadi. Faoliyat-insonning jamiyatda mavjud bo`lishi uchun kеrakli sharoit. Mеhnat-faoliyatning yuqori shakli. Faylasuflarning fikricha, inosnning ta'rifi-harakatdagi, mеhnatdagi faoliyatidadir. Mеhnat va faoliyat shakllari turlicha bo`lib, ular hayotda uchraydigan aqliy, ma'naviy, madaniy, ilmiy va boshqa jarayonlarni o`z ichiga oladi. Xavflar-yashirin (potеntsial) va haqiqiy bo`ladi. Yashirin xavflar amalga oshishi uchun aniq shartlar bo`lishi lozim. Bu shartlar sabab dеb ataladi. Xavf va sabalarni misollar (raqamlarda) ko`rish mumkin: So`nggi 30 yil ichida (69-1990 y.) tabiiy ofat ikki marta ko`paygan; 1909 yildan 1974 yilgacha asabiy kasalliklar 24 marta ko`paygan; Dunyoda 500 mln. ga yaqin nogironlar bo`lib, ularning 1/5 qismi baxtsiz hodisa natijasida bo`lgan. Har qanday faoliyat yashirin (potеntsial) xavflidir. Shu bilan birga xavf darajasini boshqarish ham mumkin. Buf ikr mutlaqo xavfsiz faoliyat bo`lmasligiga asoslangan. Xavfsizlik – bu ayrim extimollarga asoslanib paydo bo`ladigan xavf-xatarlarni istisno etilgan faoliyat holatidir. Xavfsizlik – bu maqsad, HFX bo`lsa shu maqsadga erishish uchun qo`llanadigan vositalar, yo`l-yo`riq, qo`llanmalar usullardir. HFX – bu xavf-xatarlarni o`rganish va insonni himoya qilishni o`rganadigan fandir. Ushbu majmua chet el adabiyotlaridan foydalanilgan holda tuzib chiqildi. 5 I. SILLABUS «HAYOT FAOLIYATI HAVFSIZLIGI» fanining 2016/2017 o„quv yili uchun mo„ljallangan SILLABUSI Fanning qisqacha tavsifi OTMning nomi va joylashgan manzili: Toshkent Farmatsevtika Instituti Oybek ko„chasi, 45 Kafedra: Farmakologiya va klinik farmatsiya kafedrasi Farmatsiya fakulteti tarkibida Ta‟lim sohasi va yo„nalishi: 5510500– “Farmatsiya” 5140900- Kasb ta‟limi Bakalavriat bosqichining farmatsiya va kasbiy ta‟lim yo`nalishlari talabalari uchun mo`ljallangan Fanni (kursni) olib boradigan o„qituvchi to„g„risida ma‟lumot: e-mail: Dars vaqti va joyi: O`quv bo`limi tomonidan ishlab chiqilgan jadval asosida institut o`quv binolarida 10-xona,11-xona Kursning boshlanishi va davom etish muddati: Bakalavriat ta‟lim yo`nalishi o`quv rejasiga muvofiq birinchi semestrda Individual grafik asosida ishlash vaqti: Haftaning seshanba, payshanba va shanba kunlari soat 14.00 dan 18.00 gacha Fanga ajratilgan soatlar Auditoriya soatlari Mustaqil ta‟lim: 74 (61) Ma‟ruza 36 Amaliyot 72 Fanning boshqa fanlar bilan bog„liqligi: “Odam anatomiyasi”, “ patologik fiziologiya”, “ anorganik kimyo”, “Organik kimyo”, “analitik kimyo ”, “fizkolloid kimyo”, “farmakologiya” “Birinchi tibbiy yordam” Fanning mazmuni Fanning dolzarbligi va qisqacha mazmuni: Fanni o„qitishdan maqsad – Talabalarda ishlab chiqarishda avariyasiz holatga erishish, jarohatlanishni oldini olish, insonlar sog'ligini saqlash, mehnat qobiliyatini oshirish, mehnat sifatini oshirish ko„nikmalarini shakllantirishga qaratilgan. Fanning vazifasi - Hayot faoliyat xavfsizligi insonni har qanday muhitdagi faoliyatida uning xavfsizligi va sog'ligini ta'minlovchi, xavfli va zararli omillardan himoya qiluvchi amaliyot va nazariyani qamrab olgan ilmiy bilimlar majmuidir. Bu fan vazifalari: - atrof muhitning noqulay ta'sirlarini turkumlaydi (aniqlaydi va sonli baholaydi); 6 - insonni xavflardan himoyalaydi yoki unga noqulay omillar ta'sirini oldini oladi; - xavfli va zararli omillarni ta'siri salbiy oqibatlarini tugatish; - muhitda insonga normal, shinam sharoit yaratish. Hayot faoliyat xavfsizligining integral ko'rsatkichi hayotning davomiyligi hisoblanadi. Hayotiy faoliyatda yuzaga keladigan xavflarni identifikatsiyalash va ularni o'rganish, ishlab chiqarish jarayonlarida xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish, texnosferada kasb kasalliklarini kamaytiradigan va baxtsiz hodisalarni oldini oladigan chora-tadbirlarni o'rganish. Shuningdek, aholini tabiiy ofat, avariya va halokatlardan himoyalanish usullariga o'rgatish, zararlangan shikastlanish o'choqlaridagi fuqarolarni qutqarish va tiklov ishlarini o'tkazish, yong'inga qarshi xavfsizlik choralarini ko'rish, jarohat olganlarga birlamchi tibbiy yordam ko'rsatish va boshqa muhim vazifalarni bajara oladigan bilim, ko'nikma va kasbiy malakaga ega insonni tarbiyalashga qaratilgan. Talabalar uchun talablar - o„qituvchiga va guruhdoshlarga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo„lish; - institut ichki tartib - intizom qoidalariga rioya qilish; - uyali telefonni dars davomida o„chirish; - berilgan uy vazifasi va mustaqil ish topshiriqlarini o„z vaqtida va sifatli bajarish; - ko„chirmachilik (plagiat) qat‟iyan man etiladi; - darslarga qatnashish majburiy hisoblanadi, dars qoldirilgan holatda qoldirilgan darslar qayta o„zlashtirilishi shart; - darslarga oldindan tayyorlanib kelish va faol ishtirok etish; - talaba o„qituvchidan so„ng, dars xonasiga - mashg„ulotga kiritilmaydi; - talaba reyting ballidan norozi bo„lsa e‟lon qilingan vaqtdan boshlab 1 kun mobaynida apellyasiya komissiyasiga murojat qilishi mumkin Elektron pochta orqali munosabatlar tartibi Professor-o„qituvchi va talaba o„rtasidagi aloqa elektron pochta orqali ham amalga oshirilishi mumkin, telefon orqali baho masalasi muhokama qilinmaydi, baholash faqatgina universitet hududida, ajratilgan xonalarda va dars davomida amalga oshiriladi. Elektron pochtani ochish vaqti soat 15.00 dan 20.00 gacha Talabalar bilimini baholash tizimi: t/ r Nazorat turidagi topshiriqlarning nomlanishi Maksimal yig„ish mumkin bo„lgan ball JN va Mustaqil ta‟lim ballar taqsimoti 1. Joriy nazoratdagi ballar taqsimoti 50 ball 45 5 Ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarda Maksimal ball Har biri 1. Talabaning ma‟ruza va amaliy mashg„ulotlardagi faolligi va o„zlashtirish darajasi, daftarlarning yuritilishi va holati 45 0-5 2. Mustaqil ta‟lim topshiriqlarining o„z vaqtida va sifatli bajarilishi (keys-stadilar, esse, referat, taqdimot va boshqa turdagi mustaqil ta‟lim 5 0-1 7 topshiriqlari) 2. Oraliq nazorat 20 ball 1. Birinchi oraliq nazorat (amaliy mashg„ulot o„qituvchisi tomonidan qabul qilinadi) 10 Semestrning 9-haftasi 2. Ikkinchi oraliq nazorat (ma‟ruzachi va amaliy mashg„ulot o„qituvchisi tomonidan qabul qilinadi). 10 Semestrning 9-16-haftalar oralig„ida 3. Yakuniy nazorat 30 ball Semestrning oxirgi bir haftasida Jami: 100 ball Asosiy adabiyotlar: 1. Karimov I. “O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari, taraqqiyot kafolatlari”. T. “O'zbekiston”, 1997. 2. Karimov I. “Alloh qalbimizda, yuragimizda”. T. “O'zbekiston”, 1999. 3. Karimov I. “Hushyorlikka da'vat”. T. “O'zbekiston”, 1999. 4. “O'zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti”. O'quv qo'llanma. Toshket Moliya Instituti. T. 2004. 5. Prezident Islom Karimovning “O'zbekiston XXI asr bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari ” asarini o'rganish bo'yicha Metodik Qo'llanma. T. “Universitet”. 1997. Qo„shimcha adabiyotlar: 1. O'zbekiston Respublikasining 1999 yil 20 avgustdagi «Axolini va xududlarni tabiiy xamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muxofaza kilish to'grisida»gi Konuni. 2. O'zbekiston Respublikasining «Terrorizmga karshi kurash to'grisida»gi Konuni, 15 dekabr 2000 yil 3. O'zbekiston Respublikasining 2000 yil 26 may kunidagi «Fukaro muxofazasi to'grisida»gi Konuni. 4. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1998 yil 27 oktyabrdagi «Texnogen, tabiiy va ekologik xususiyatli favkulodda vaziyatlarning tasnifi to'grisida»gi 455-sonli karori. 5. Fukaro muxofazasi institutining Uslubiy qo'llanma “Evakuatsiya kilish (ko'chirish) to'g'risida”gi. 8 II. ISHCHI DASTUR Fanning maqsad va vazifalari O„zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan dastlabki kunlardanoq inson manfaati uning qadr qimmati salomatligi eng oldingi o„ringa qo„yildi .Prezidentimiz I A. Karimov ta‟birlari bilan aytganda biz o„z haq huquqlarini taniydigan, o„z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan, atrofida sodir bo„layotgan voqea hodisalarga mustaqil munosabat bilan yondashadigan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg„un holda ko„radigan erkin, har jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalashimiz kerak.Hayot faoliyati xavfsizligi fani O„zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi, aholini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning huquqiy asoslari, aholini tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan, yuzaga kelishi mumkin bo„lgan terrorchilik harakatlaridan muhofaza qilish, iqtisodiyot ob‟ektlari va tarmoqlar ishi barqarorligini oshirish, favqulodda vaziyatlarda aholini evakuatsiya qilish kabi masalalarni o„rganadigan fandir. Hayot faoliyati xavfsizligi fanining maqsadi talabalarni mamlakatimizda sodir bo„lishi ehtimol bo„lgan favqulodda vaziyatlar, bunday favqulodda vaziyatlarning oldini olish ularni bartaraf etish ulardan aholini hamda hududlarimizni muhofaza qilish yo„llari bilan tanishtirishdan iborat. Har bir talaba, har bir favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasining xodimi bunday vaziyatlar yuzaga kelgan vaqtda vaziyatga baho berishni, tezlikda qaror qabul qila olishni, qidiruv, qutqaruv va boshqa shoshilinch ishlarni o„tkazishda boshqaruvni amalga oshirish yo„llarini bilishi va malakaga ega bo„lishi lozim . Hayot faoliyati xavfsizligi fanining asosiy vazifalaridan biri favqulodda vaziyatlarda aholi hayoti va sog„lig„ini, moddiy va madaniy boyliklarini muhofaza qilishdan iborat. Fan bo‟yicha talabaning malakasiga qo‟yiladigan talablar Hayot faoliyati xavfsizligi fanidan talabalar quyidagi ko„nikmalarga ega bo„lishi kerak: 1.Puls yordamida yurak faoliyatiga baho berish. 2.Aholini evakuatsiya qilish. 3.Klinik o„lim holatida birinchi yordam berish. 4.Kimyoviy avariya sodir bo„lganda birinchi yordam berish. 5.Bemorlarga in‟eksiya qila bilish. 6. Zilzila paytida harakatlanish qoidalarini bilishi. 7.Suv toshqinida harakat qilish qoidalarini bilishi. 8. Qor ko„chkisida harakatlanish qoidalarini bilishi. O‟quv rejadagi boshqa fanlar bilan bog‟liqligi Fizika kimyo va mikrobiologiya umumiy biologiya huquqshunoslik va tibbiy fanlar bilan bog„lash. Lotin tili, rus tili vachet tillar bilan bog„lash. Ma‟naviyat va ma‟rifat sohasida, hamda patriotizm, vatanni sevish, xalq mulkiga ehtiyot bo„lish tarix, huquqshunoslik va shu yo„nalishdagi fanlar bilan bog„lanish. Fanni o„qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar. HFX fanini o„qitishda hozirgi zamonda keng qo„llanilayotgan komp‟yuterdan foydalaniladi. Fanning barcha bo„limlari bo„yicha test savollari tuzilib komp‟yuterga kiritilgan va komp‟yuter orqali talabalarning olgan nazariy bilim darajalari muntazam tekshirib boriladi. Bundan tashqari Hayot faoliyati xavfsizligi fani bo„yicha etuk dotsent va professor o„qituvchilar tomonidan o„qitiladigan ma‟ruzalar va amaliy mashg„ulotlarning barcha mavzulari bo„yicha audio va videofilmlar yaratilgan. 9 XFX fanidan mashg„ulotlarning mavzular va soatlar bo„yicha taqsimlanishi: t/r Mavzular nomi Jami soat Ma‟ruza Amaliy mashg„ul ot Mustaqil ta‟lim F a rm a ts iy a . kt F a rm a ts iy a .kt F a rm a ts iy a . kt F a rm a ts iy a . kt 1 Kirish.Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning huquqiy asosi.O„zbekiston Respublikasi Favqulod-da vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi. 6 2 2 2 2 Aholi va hududlarni tabiiy xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish- ni tashkil etish. Hududlar va aholini epizootik va epifitotik vaziyatlardan muhofaza qilishni tashkil etish. Download 19.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling