Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi
Iqtisodiyotning rivojlanishida xorijiy investitsiyalarning ahamiyatini
Download 3.69 Mb. Pdf ko'rish
|
Давлат молияси Дарслик-
14.3. Iqtisodiyotning rivojlanishida xorijiy investitsiyalarning ahamiyatini
oshirish XXasrning ikkinchi yarmidan boshlab rivojlangan mamlakatlar milliy iqtisodiyotining o‘sishi ahamiyatli darajada innovatsiyalar natijasida ta’minlanmoqda. Amerika Qo‘shma Shtatlari, Yaponiya va Germaniyada innovatsiyalarga har yili mamlakat YAIMining 2,5-2,8 foizi, Fransiya va Buyuk Britaniyada – 2,3-2,4 foizi yo‘naltiriladi. Jahon mamlakatlari tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, barqaror iqtisodiy o‘sishga erishish uchun iqtisodiyotda yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi korxona va ishlab chiqarish tarmoqlarini shakllantirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va texnik yangilash kerak boladi. Bunga ayniqsa to‘g‘ridan- to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va ulardan oqilona foydalanish muhim ahamiyatga ega. Transmilliy kompaniyalarning global ishlab chiqarish, daromad me’yori va hajmini ko‘paytirishga intilishi investor mamlakatlar uchun kapitalni chiqarishda asosiy harakatlantiruvchi kuch hisoblanadi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni qabul qiluvchi retsipiyent mamlakat uchun esa investitsiyalarni jalb etishdagi asosiy motiv – bu iqtisodiy rivojlanish uchun ichki resurslar yoki mablag‘larning cheklanganligidir. Retsipiyent mamlakat uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri 313 xorijiy investitsiyalarning asosiy ahamiyati quyidagi yo‘nalishlarda o‘z ifodasini topadi: − to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar kapital to‘planishining qo‘shimcha manbasi sifatida iqtisodiy o‘sish sur’atlarini tezlashtiradi va iqtisodiyotni tarkibiy qayta qurishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi; − to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar oqimi boshqa shakldagi kapital importi, ya’ni portfel investitsiyalar va bank ssudalarining kirishini rag‘batlantiradi; − to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar oqimi ular ishtirokida tashkil etilgan korxonalarning eksport va import operatsiyalari hisobiga mamlakat tashqi iqtisodiy faoliyatini rag‘batlantiradi; − to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar oqimi mamlakatga yangi texnika va texnologiyalar kirishini rag‘batlantiradi va yangi ish o‘rinlarini yaratish orqali yuqori malakali ishchilarga bo‘lgan talabni oshiradi. Jahon tajribasining ko‘rsatishicha, innovatsion iqtisodiyotni shakllantirishga investitsiyalarni jalb qilish va shu asosda mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ko‘p mamlakatlarda turlicha yondashuvlar mavjud, biroq ular bir-biridan jiddiy farq qilmaydi. Bu davlatlarda innovatsion iqtisodiy siyosatni amalga oshirish maqsadlari quyidagi vazifalarni hal qilishga qaratilgan: − rivojlanish jihatidan orqada qolayotgan mintaqalarda iqtisodiy o‘sishni ta’minlash; − markaziy hokimiyat organlari vakolatlarining katta qismini mahalliy boshqaruv tizimi zimmasiga yuklash; − yirik shaharlarda sanoat ishlab chiqarishning to‘planishini cheklash; − yangi o‘zlashtirilgan hududlarda ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish va ishlab chiqarishni rivojlantirishni rag‘batlantirish. Xitoy Xalq Respublikasining iqtisodiy rivojlanish modeli va xorijiy investitsiyalarni jalb etish tajribasi O‘zbekiston uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Bu Xitoyning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotidagi xususiyatlar undagi demografik vaziyatning o‘ziga xosligi, qishloq xo‘jaligining iqtisodiyotdagi yuqori ahamiyati, 314 qayta ishlash sanoatining kam taraqqiy etganligi, uning agrar-industrial mamlakat ekanligi, o‘ziga xos ijtimoiy shart-sharoitlar bilan tafsiflanadi. Bu mamlakatning innovatsion iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda erishgan yutuqlari esa ko‘p jihatdan uning mintaqalarida qulay nvestitsiya muhitining yaratilganligiga bog‘liq. Xitoyda ishchi kuchi qiymatining arzonligi, yerdan foydalanish, ishlab chiqarishga kiritilgan kapital uchun keng ko‘lamli imtiyozlar, ijtimoiy-maishiy infratuzilmaning rivojlanganligi va boshqa xolatlar bu mamlakatning so‘nggi yillar ichida xorijiy investorlar uchun kapital kiritish obyektiga aylanishiga olib keldi. Xitoyda shakllangan boj belgilash tartibi, rivojlangan tashqi iqtisodiy aloqalar va valyuta qonunchiligi xorijiy investitsiyalar kirib kelishiga qulay imkoniyatlar yaratdi. Rivojlangan mamlakatlar orasida Yaponiyaning bu sohadagi tajribasi alohida ahamiyatga ega. Aniq maqsadga yo‘naltirilgan uzoq muddatli mintaqalarni ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirish dasturlarining izchil amalga oshirilishi natijasida Yaponiya tarixan qisqa davr ichida dunyodagi eng taraqqiy etgan mamlakatlar qatoriga qo‘shildi. Yaponiyaning investitsiya siyosati yer va tabiiy resurslarning cheklanganligini, kishilar faoliyatini tabiiy sharoitlarga moslashtirish zaruriyatini, mamlakat turli hududlari aholisining turmush darajasidagi farqlarni kamaytirish talablarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning maqsadga muvofiq mexanizmini izlab topishda nisbatan qisqa davr mobaynida iqtisodiy rivojlanishda ulkan natijalarga erishgan rivojlanayotgan va o‘tish iqtisodiyotiga ega bo‘lgan mamlakatlar tajribasi alohida diqqatga sazovordir. Jahonning rivojlangan davlatlaridan farqli ravishda, bu mamlakatlar tajribasi shunisi bilan qiziqish uyg‘otadiki, ular avvalda rivojlanish darajasi bo‘yicha O‘zbekistonga yaqin bo‘lgan holda, faol investitsiya siyosatini amalga oshirishda katta ijobiy natijalarga erishdilar. Xitoyda investitsiya siyosati islohotlari va bozor mexanizmlari iqtisodiy rivojlanishning turli bosqichlarida turlicha amalga oshirildi, iqtisodiyotning “qizib” 315 ketishi bosqichida tartibga solishning ma’muriy metodlaridan ko‘proq foydalanildi. Xitoy “iqtisodiy g‘aroyiboti” bir qancha tayanch momentlarga asoslanadi: qishloq xo‘jaligini isloh qilish, soliqlarni kamaytirish, davlat xarajatlarini qisqartirish, erkin iqtisodiy hududlarni tashkil etish (eksportni erkinlashtirish). Xitoy ma’muriyati hali jahon iqtisodiy amaliyotida kuzatilmagan soliq yukini - 1979 yildagi YaIMga nisbatan 30,4 foizdan 1996 yilda 10,3 foizgacha kamaytirishni amalga oshirdilar. Bu salbiy makroiqtisodiy oqibatlarga olib kelmadi, chunki shu vaqtning o‘zida barcha davlat xarajatlari 36,4 foizdan 13,1 foizgacha qisqarib bordi 142 . Xitoy investitsiya siyosatining vositalaridan biri bu investitsiyalarga soliqlardir. Bu vosita orqali hukumat kapital qurilishning me’yordan ortiq o‘sib borishiga qarshi kurashdi. Biroq, agar korxonalar texnologik modernizatsiyalash uchun ichki bozordan jihozlarni sotib oladigan bo‘lsa, ular yalpi foydaning 40 foiziga to‘lanadigan soliqdan ozod bo‘lish imtiyozidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 90-yillar oxirlarida, YAIMning o‘sish sur’atlari tushib ketganida hukumat davlat g‘azna majburiyatlarini emissiya qilish orqali investitsiya faolligini rag‘batlantirishga kirishdi. 1998-2002-yillar mobaynida mazkur vosita yordamida 80,5 mlrd. AQSH doll. jalb qilindi, ya’ni, irrigatsiya inshootlarini, avtomobil yo‘llarini, aeroportlar, don saqlash omborlarini qurishga, o‘rmonlarni yaratish va qisman davlat korxonalarini modernizatsiyalashga sarflandi. Hindiston investitsiya siyosati samaradorligi to‘g‘risida 4,1 ga teng bo‘lgan global raqobatbardoshlikning yuqori indeksining (Yegipet, Xorvatiya va Chexiya darajasi), va shuningdek so‘nggi yillarda tayyor maxsulotlarning ¾ qismini tashkil etuvchi eksport tarkibining yaxshilanishi dalolat beradi. Iqtisodiy va investitsiyaviy faollikning qator ko‘rsatkichlari bo‘yicha Hindiston dunyoning rivojlanayotgan davlatlari orasida etakchi o‘rinlardan birini egallaydi. YAIMning o‘rtacha o‘sish sur’atlari 2000-2004-yillarda (jahondagi rivojlanayotgan davlatlar bo‘yicha 4,5 foiz darajasidagi o‘rtacha ko‘rsatkichga nisbatan) 5,7 foizni, yalpi investitsiyalar esa (5,2 foizga nisbatan) 7,7 foizni tashkil etadi. Download 3.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling