Toshkent moliya instituti “byudjet xisobi va davlat jamg’armalari” fakulteti


  Qishloq  xo’jalik  tarmoqlarini  investitsiyalarni  jalb  etish


Download 0.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/19
Sana05.01.2022
Hajmi0.67 Mb.
#205686
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
qishloq xojaligi tarmoqlarini rivojlanishida investitsiyalarni jalb etishning zamonaviy yonalishlari

3.2.  Qishloq  xo’jalik  tarmoqlarini  investitsiyalarni  jalb  etish 

istiqbollari 

 

Iqtisodiy  taraqqiyotning  jahon  tajribasi  shuni  ko’rsatadiki,  agrar 



tarmoqning  jadal  o’sishi  mamlakatda  umumiy  iqtisodiyotning  o’sishi  uchun 

asosiy  omillardan  biri  bo’lib  xizmat  qiladi.  Shuning  uchun  olis  istiqbolda 

mamlakatimizning  butun  iqtisodiyoti  barqaror  va  uzluksiz  rivojlanishi  uchun 

makroiqtisodiy  ko’rsatkichlar  muvozanatida  qishloq  xo’jaligining  o’rni  alohida 

ahamiyatga ega. 

Tadqiqotning  oldingi  boblarida  amalga  oshirilgan  tahlillarning  natijalariga 

asoslangan  holda,  mamlakatimizda  qishloq  xo’jaligini  investitsiyalash 

amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan quyidagi fikrlarni taklif etdik: 

1.  Azotli  o’g’it  ishlab  chiqaruvchi  korxonalarning  texnik  va  texnologik 

jihatdan  qayta  qurollantirish  maqsadida  ularga  imtiyozli  kreditlar  va  soliq 

imtiyozlari  berishni  joriy  etish  lozim;  ikkinchidan  azotli  o’g’itlarni  tovar 

fyucherslari  orqali  sotish  yo’li  bilan  ular  bahosining  barqarorlik  darajasini 

saqlab qolish lozim. 

O’zbekiston  Respublikasida  katta  miqdorda  azotli  o’g’itlar  ishlab 

chiqariladi  va  uni  Eron,  Pokiston,  Tojikiston,  Afg’onistonga  eksport  qilamiz. 

Global  iqtisodiy  inqiroz  natijasida  azotli  o’g’itlarga  bo’lgan  talab  kamaydi.  Bu 

esa, ularning jahon bahosining pasayishiga olib keldi.  



 

46 


2.  Tijorat  banklari  tomonidan  qishloq  xo’jaligi  korxonalariga  berilgan 

investitsion  kreditlarning  ta’minoti  sifatida  ijara  huquqidan  foydalanish 

mexanizmini yaratish lozim.  

Hozirga  qadar  respublikamizda  ijara  huquqidan  investitsion  kreditlarning 

ta’minoti sifatida foydalanish mexanizmi ishlab chiqilmagan. Buning natijasida 

qishloq  xo’jaliklari  erga  ijara  huquqidan  foydalanib  investitsion  kreditlar  olish 

imkoniyatiga  ega  bo’lmayapdilar.  Ayniqsa,  paxta  tolasining  jahon  bahosi 

pasayib  ketgan  hozirgi  sharoitda  ijara  huquqidan  ta’minot  ob’ekti  sifatida 

foydalanish  qishloq  xo’jaligiga  berilgan  investitsion  kreditlar  hajmini  sezilarli 

darajada oshirish imkonini bergan bo’lar edi. 

3.  Qishloq  xo’jaliklari  va  qishloq  xo’jalik  mahsulotlarini  qayta  ishlovchi 

korxonalarning  xorijiy  investitsiyalar  va  kreditlar  bo’yicha  to’lov  yukining 

og’irlashib ketishiga yo’l qo’ymaslik maqsadida: birinchidan, milliy valyutaning 

devalvatsiya  jarayonini  to’xtatish  lozim;  ikkinchidan,  jalb  etilayotgan  xalqaro 

kreditlarning  imkon  qadar  katta  qismini  belgilangan  foiz  stavkalarida  olinishi 

ta’minlash lozim. 

4.  Fermer  xo’jaliklarining  pul  oqimiga  salbiy  ta’sir  qiluvchi  omillarni 

bartaraf  etish  maqsadida  tabiiy  monopoliyalar  mahsulotlari  va  xizmatlari 

baholarining oqilona darajasini ta’minlash choralarini ko’rish lozim.  

5.  Ma’lumki,  fermer  xo’jaligini    moliyalashtirishda  byudjet  mablag’lari 

asosiy  moliyaviy  resurs  hisoblanadi.    Byudjet  mablag’larini  O’zbekiston 

sharoitida to’g’ri taqsimlashda 2 xil ilmiy yondashuv tavsiya qilinadi: 

1  –  usul.  Barcha  sub’ektlar    uchun  ishlab  chiqarish  sharoitlariga  bog’liq 

bo’lmagan holda qishloq xo’jalik ekin maydonining har gektariga bir xil yagona 

so’mmada  moliyalashtirish.  Ushbu  yondoshuv  usuli  barcha  ishlab 

chiqaruvchilarni  psixoligik  va  ijtimoiy  jihatdan  bir  xil  mavqeda  ushlab  turadi. 

Iqtisodiy  jihatdan  yaxshi  va  tabiiy  –  iqtisodiy  sharoitlari  qoniqarli  aspektlar 

uchun  bu  ijobiy  holat  hisoblansa,  yomon  ishlab  chiqarish  sharoitlariga  ega 

bo’lganlar  uchun  salbiy  holatdir.  Mazkur  etishmovchilikni  to’g’rilash  uchun 



 

47 


ishlab  chiqarishning  eng  yomon  shart  sharoitlarini  investitsiyalashda  asos  qilib 

olish kerak. 

2 – usulning asosida ishlab chiqarish sharoitlarining oqsoqlanib qolayotgan 

jihatlarini  hisobga  olib  yondoshishi  turadi.  Bu  usul  qishloq  xo’jalik  sub’ektlari 

uchun  afzal  hisoblanadi.  Chunki  qo’shimcha  xarajatlar  bilan  bog’lik 

muammolarni bartaraf etish imkoniyati tug’iladi. 

Qishloq 

xo’jaligi  ishlab  chiqarishini  boshqarishda  istiqbollarni 

belgilashning 3 ta yo’nalishi mavjud: 

Inertsion stsenariy – bu oxirgi yillarda qishloq xo’jaligida kuzatilgan o’sish 

sur’atlariga  xosdir.  Masalan,  qishloq  xo’jaligida  asosiy  kapitalga  sarflangan 

investitsiyalar  qiymati  oshib  borgani  xolda,  jami  investitsiyalarga  nisbatan 

tarmoqqa  sarflanayotgan  ulush  pasayish  tendentsiyasiga  ega.  Bunday  stsenariy 

iqtisodiyotni  modernizatsiyalash  bosqichida  salbiy  holat  deb  baholanadi. 

Mazkur  rivojlanish  usuli  ishlab  chiqarishni  va  innovatsion  jarayonlarni  sust 

darajada  investitsiyalash  bilan  izohlanadi.  Fermer  xo’jaligi  ishlab  chiqarishida 

bu  usul  orqali  davlatning  fermer  siyosati  yordamida  qishloq  xo’jaligini  inqiroz 

holatiga  tushib  qolishdan  saqlash  mumkin,  biroq  jadal  taraqqiy  ettirib 

bo’lmaydi.  

Nisbatan  qoniqarli  ikkinchi  dastur  bu  innovatsion  rivojlanish  stsenariysi 

bo’lib,  u  ishlab  chiqarishni  sifatli  iqtisodiy  o’sishini  ta’minlashga 

mo’ljallangandir.  Ushbu  yo’lda  maqsadga  faqatgina  davlatning  respublika  va 

mahalliy  miqyosda  kuchli  va  faol  fermer  siyosat  olib  borishi  orqali  etib  borish 

mumkin. 


Innovatsion rivojlanish yo’li ASMning texnologik, boshqaruv, iqtisodiy va 

ijtimoiy  jabhalarida  innovatsion  omillarni  tezlik  bilan  o’zlashtirib  olishni  talab 

etadi.  U  hududlarda  qishloq  xo’jalik  mahsuloti  ishlab  chiqarishning  intensiv 

o’sishini  iste’molning  ratsional  normasi  darajasigacha  ta’minlashi  lozim. 

Rivojlanishning  mazkur  usuli  tarmoq  ishlab  chiqarishini  ham  ishlab  chiqarish 

jihatdan,  ham  tashkiliy  nuqtai  nazardan  yuqori  sur’atlar  bilan  yangilanib 

borishiga  asoslanadi.  Asoslanishning  natijasi  ishlab  chiqarish  mehnat 



 

48 


unumdorligining o’sishi, barqarorlashishi va fond qaytimining ko’payishiga olib 

keladi.  

Tezkor  iqtisodiy  o’sishning  bu  usuliga  o’tish  oson  kechmaydi.  Lekin  shu 

yul  orqali  hukumat  dasturida  ko’zda  tutilgan  qishloq  xo’jaligining  rivojlanish 

ko’rsatkichlarini ta’minlash imkoniyati mavjud.  

Yuqoridagi  usulga  bog’lik  holda,    uchinchi  bir  yo’l  faol  iqtisodiy  o’sish 

stsenariysini  amalda  qo’llash  tavsiya  qilinadi,  ya’ni  qishloq  xo’jalik  ishlab 

chiqarishini  bosqichma-bosqich  rivojlantirish  usuli.  Bunda  chorvachilik 

tarmog’ini tezkor rivojlantirishga e’tibor qaratish kerak. Rivojlanishning mazkur 

usuli  mahsulot  ishlab  chiqarish  samaradorligini  ishlab  chiqarish  quvvatlarini 

yangilab borish asosida  to’xtovsiz oshirib borishni hamda mahalliy bozorlardan 

oziq  –  ovqat  va  qishloq  xo’jalik  mahsulotlari  xom  –  ashyolarining 

infrastrukturasini  yaratishni  ko’zda  tutadi.  Hozirgi  vaqtda  faol  iqtisodiy  o’sish 

stsenariysi  ichki  zahiralardan  kelib  chiqqan  holda  qishloq  xo’jaligida  bozor 

mexanizmi  bilan  davlat  boshqaruvi  mexanizmi  o’rtasidagi  munosabatni 

muvofiqlashtirib turishi kerak.  

Rivojlangan  industrial  mamlakatlarning  kichik  biznes  sub’ektlarini 

mikrokreditlash amaliyotining tajribalarini o’rganish natijalari shuni ko’rsatdiki, 

tijorat banklarining iqtisodiyotining ustuvor tarmoqlarida faoliyat ko’rsatayotgan 

kichik  biznes  sub’ektlarini  kreditlashdan  manfaatdorligini  oshirishning  muhim 

zaruriy  shart  –sharoitlaridan  biri  davlat  tomonidan  ularga  berilgan  kreditlar 

bo’yicha  kredit  riskini  kamaytirishni  moliyaviy  qo’llab  –  quvvatlanishi 

hisoblanadi. Germaniya, Avstriya, Frantsiya kabi rivojlangan davlatlarda tijorat 

banklari  tomonidan  qishloq  xo’jalik  korxonalariga  berilgan  kreditlarning  foiz 

stavkalarining  ma’lum  qismi,  ko’pchilik  hollarda  50  foizi  Davlat  byudjetining 

mablag’lari  hisobidan  subsidiyalashtiriladi.  Buning  natijasida,  birinchidan, 

tijorat  bankining  berilgan  kreditlar  bo’yicha  foiz  to’lovlarini  o’z  vaqtida  va 

to’liq  undirish  imkoniyati  oshadi;  ikkinchidan,  kreditning  asosiy  qarz 

so’mmasini  undirish  ehtimoli  ham  oshadi,  chunki  foiz  stavkasi  berilgan 

kreditning  bahosi  hisoblanadi.  Shu  sababli,  uning  darajasi  qanchalik  yuqori 




 

49 


bo’lsa,  kreditning  qaytmaslik  ehtimoli  ham  shuncha  yuqori  bo’ladi.  Demak, 

davlat  byudjetining  mablag’lari  hisobidan  tijorat  banklari  tomonidan 

iqtisodiyotining  ustuvor  tarmoqlarida  faoliyat  ko’rsatayotgan  kichik  biznes 

sub’ektlariga  berilgan  mikrokreditlarning  foiz  stavkasini  subsidiyalashtirilishi 

mazkur korxonalarning kreditni qaytarish imkoniyatini oshiradi.  

 



 

50 


XULOSA 

 

Malakaviy  bitiruv  ishini  bajarish  jarayonida  quyidagi  ilmiy  xulosalar 



shakllantirildi: 

1.  Investitsiya  –  qishloq  xo’jaligida  faoliyat  yuritadigan  barcha  toifadagi 

xo’jaliklarga  pul,  shuningdek,  mulkiy  yoki  nomulkiy  huquqlar  ko’rinishida 

foyda  va  ijtimoiy  samara  olishni  ko’zlab  investor  tomonidan  sarmoyalashdir. 

Investitsiya  mohiyatini  aks  ettiruvchi  ushbu  ta’rifga  binoan,  investitsiyalar 

qishloq  xo’jaligining  barcha  tarmoqlariga,  xususan,  qishloq  xo’jaligiga  ishlab 

chiqarish  vositalari  va  mineral  o’g’itlar,  kimyoviy  vositalar  etkazib  beradigan 

sanoat korxonalari; qishloq xo’jaligining o’zidagi qishloq va dehqon xo’jaliklari, 

agrofirmalar  hamda  qishloq  xo’jaligining  boshqa  tarmoq  bo’g’inlari;  qishloq 

xo’jaligidagi  mahsulotlarni  qayta  ishlashdan  sotishgacha  vazifalarni  bajaruvchi 

korxonalar;  qishloq  infratuzilmasiga  xizmat  qiluvchi  tarmoq  korxonalariga 

kiritilib,  ularning  iqtisodiy  barqaror  faoliyat  yuritishini  ta’minlab,  mamlakat 

YaIMni o’sishiga xizmat qiladi. 

2.  Taraqqiy  etgan  mamlakatlarda  daromadlarni  qayta  taqsimlash  orqali 

qishloq xo’jaligining investitsiya jamg’armasini tashkil etuvchi daromadlarning 

minimal  darajasini  ta’minlash  maqsadida  davlat  baho  siyosati  orqali  qishloqlar 

daromadining barqarorligini qo’llab – quvvatlaydi. 

3.  Taraqqiy  etgan  mamlakatlarda  qishloq  xo’jaligini  davlat  tomonidan 

boshqarish  siyosati  o’z  ichiga  qishloq  xo’jaligidagi  ipoteka  kreditlarining 

qaytarilmaslik 

xatarini 

ta’minoti  bo’lgan  qimmatbaho  qog’ozlarning 

jozibadorligini  oshirish,  qishloq  xo’jaligiga  institutsional  investorlarning  uzoq 

muddatli  qo’yilmalarini  kiritish,  ipoteka  kreditlari  bilan  ta’minlangan 

qimmatbaho qog’ozlar muomalasining mexanizmi, qishloq xo’jaligidagi ipoteka 

qog’ozlarini  emissiya  qilish  va  sotish  vositasida  ish  olib  boruvchi  birlamchi 

kreditorlarni qayta moliyalash kabi muhim tadbirlarni o’z ichiga oladi. 

4. Qishloq xo’jaligini investitsiyalash xususidagi nazariy qarashlarda asosiy 

e’tibor  tijorat  banklarining  qishloq  xo’jaligi  ishlab  chiqaruvchilarini 



 

51 


kreditlashdan  manfaatdorligini  oshirishga  xizmat  qiluvchi  zaruriy  shart-

sharoitlarni  yaratish,  davlat  ehtiyojlari  uchun  xarid  qilinadigan  qishloq  xo’jalik 

mahsulotlarini  etishtiruvchilarga  Fond  mablag’lari  hisobidan  beriladigan 

kreditlarning  kreditlarga  bo’lgan  real  talabga  mos  kelishini  ta’minlash,  qishloq 

xo’jaligini  investitsiyalash  jarayonini  davlat  tomonidan  moliyaviy  qo’llab-

quvvatlash masalalariga qaratilgan. 

5.  2012  yilda  qishloq  xo’jaligi  xo’jaligisiga  jalb  etilgan  xorijiy 

investitsiyalarning  jami  xorijiy  investitsiyalardagi  salmog’ining  o’sish 

tendentsiyasi  kuzatildi  va  ushbu  holat  qishloq  xo’jaligi  texnikalarini  lizing 

asosida xarid qilish hajmining katta ekanligi bilan izohlanadi. 

6. O’zbekiston Respublikasida YaIM ning asosiy qismi qishloq xo’jaligida 

yaratilsada,  ushbu  xo’jaligiga  investitsiyalarning  jami  investitsiyalardagi 

salmog’i  juda  past.  Bu  esa,  qishloq  xo’jaligi  ishlab  chiqarishining  investitsion 

talablarini  qondirilmayotganligidan  dalolat  beradi.  Ayni  vaqtda,  Agrobank 

tomonidan  berilgan  lizing  kreditlarining  qishloq  xo’jaliklariga  berilgan  brutto 

kreditlarning hajmidagi salmog’i past darajada qoldi va ushbu holat banklarning 

ularning investitsion faoliyatini lizing asosida moliyalashtirish jarayonida yuqori 

mavqeiga  ega  emasligidan  dalolat  beradi,  banklar  tomonidan  qishloq 

xo’jaliklariga  berilgan  lizing  kreditlarining  o’sish  sur’atini  brutto  kreditlarning 

o’sish  sur’atlaridan  orqada  qolganligi  bilan  izohlanadi.  Shuningdek,  mazkur 

davrda  lizing  kreditlarining  qishloq  xo’jaliklariga  berilgan  brutto  kreditlarning 

hajmidagi  salmog’i  past  darajada  qolgan  bo’lib,  banklarning  ularning 

investitsion  faoliyatini  lizing  asosida  moliyalashtirish  jarayonida  yuqori 

mavqeiga ega emasligidan dalolat beradi. 

7.  Agrobank  tomonidan  qishloq  xo’jalik  korxonalariga  berilgan 

kreditlarning ta’minoti tarkibida asosiy o’rinni mashina va uskunalarning garov 

ta’minoti  egallaydi.  Buning  sababi  ushbu  garov  ob’ektlari  nisbatan  yuqori 

darajadagi  likvidlilik  xususiyatiga  ega  ekanligi  hisoblanadi.  Ammo  bo’lg’usi 

hosil,  sug’urta  polisi  kabi  muhim  kredit  ta’minoti  ob’ektlarining  mavjud 



 

52 


emasligi  qishloq  xo’jalik  korxonalarini  kreditlash  hajmini  oshirishga  to’sqinlik 

qiladi. 


Tijorat  banklari  tomonidan  qishloq  xo’jaligi  korxonalariga  berilgan 

investitsion  kreditlarning  ta’minoti  sifatida  ijara  huquqidan  foydalanish 

mexanizmini yaratish lozim.  

Qishloq  xo’jaliklari  va  qishloq  xo’jalik  mahsulotlarini  qayta  ishlovchi 

korxonalarning  xorijiy  investitsiyalar  va  kreditlar  bo’yicha  to’lov  yukining 

og’irlashib ketishiga yo’l qo’ymaslik maqsadida: 

- birinchidan, milliy valyutaning jarayonini kamaytirish lozim;  

-ikkinchidan,  jalb  etilayotgan  xalqaro  kreditlarning  imkon  qadar  katta 

qismini belgilangan foiz stavkalarida olinishi ta’minlash lozim. 

Qishloq 


xo’jaligini    moliyalashtirish  maqsadiga  yo’naltiradigan 

mablag’larni to’g’ri taqsimlash bo’yicha 2 xil ilmiy yondashuv tavsiya qilindi: 

1  –  yondashuv.  Barcha  sub’ektlar    uchun  ishlab  chiqarish  sharoitlariga 

bog’liq bo’lmagan holda qishloq xo’jalik ekin maydonining har gektariga bir xil 

yagona so’mmada moliyalashtirish.  

2  –  yondashuvda  ishlab  chiqarish  sharoitlarining  yomonlashib  borayotgan 

jihatlari  hisobga  olinadi.  Mazkur  yondashuv  qishloq  xo’jalik  sub’ektlari  uchun 

afzal  hisoblanadi.  Chunki  bunda  qo’shimcha  xarajatlar  bilan  bog’liq  bo’lgan  

muammolarni bartaraf etish imkoniyati tug’iladi. 

Respublikamizda 

qishloq 

xo’jaligini 

investitsiyalash 

amaliyotini 

takomillashtirishga  qaratilgan  quyidagi  ilmiy  takliflar  va  amaliy  tavsiyalarni 

ishlab chiqdik: 

  Investitsiya  siyosatida  malakali  kadrlar  bilan  ta’minlash  borasida 



quyidagi tadbirlarni amalga oshirish lozim: 

  iqtisodiy,  texnik  va  qurilish  xo’jaligilari  bo’yicha  oliy  ta’lim 



muassasalarida  investitsiya  –  innovatsiya  faoliyatlari  bo’yicha 

mutaxassislar tayyorlashni kengaytirish; 

  investitsiya  loyixalari  va  dasturlari  bo’yicha  buyurtmachilar, 



rahbarlar va menedjerlarni maqsadli tayyorlash; 


 

53 


  qishloq xo’jaligidagi investitsiya loyixalari bo’yicha sheriklar topish 

va  biznes  rejalarni  to’ldirish  maqsadida  etakchi  mahalliy  va  xorijiy 

korxonalarda xo’jalik rahbarlarining malakalarini oshirish; 

  investitsiya  biznesi  uslubiyoti  va  amaliyoti  masalalari  bo’yicha 



Internetdan 

foydalangan 

holda 

masofaviy 



o’qishlarni 

tashkillashtirish. 

Respublika mintaqalarida qishloq xo’jaligiga kirib keladigan investitsiyalar 

ko’lamini kengaytirish uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim: 

  Amaldagi  soliq  tizimini  takomillashtirish  orqali  ishlab    chiqarishni 



rag’batlantirish  va  soliq  qonunchiligini  soddalashtirish,  er  solig’ini 

qishloq  xo’jaligida  erning  sifati  yomonlashganda,  ya’ni  bonitet  balli 

pasayganda  soliq  stavkasini  ham  mos  ravishda  kamaytirish  kerak. 

Jismoniy  shaxslar  daromadidan  to’lanadigan  soliqni  ikki  bosqichli 

tarzda amalga oshirish tavsiya qilinadi 

  Qonunda  belgilangan  bankrotlik  mexanizmining  amaliyotda  ishlashiga 



erishish,  ya’ni  past  rentabelli,  nochor,  zarar  ko’rib  ishlayotgan  qishloq 

xo’jalik  korxonalarini  batamom  tugatish  va  ular  negizida  dehkon  va 

qishloq xo’jaliklarini tuzish, qishloq xo’jaligidagi shunday korxonalarni 

investorlarga nol qiymat bilan taqdim etish; 

  Depozit  va  omonatlar  foiz  stavkalarini  oshirish  orqali  aholi  va 



korxonalarning  bo’sh  mablag’larini  investitsiyalash,  qishloq  xo’jaligi 

ishlab  chiqaruvchilariga  xizmat  ko’rsatuvchi  banklarda  maxsus omonat 

turlarini  joriy  kilish  orqali  ularning  mablag’larini  keng  miqyosda 

omonatga jalb etish; 

  MDH  mamlakatlarida  tovar,  kapital  va  ishchi  kuchi  erkin  harakat  qila 



oladigan bozorni shakllantirish; 

  Xorijiy  investorlar  bilan  tuzilgan  shartnomalarning  ishonchliligini 



ta’minlovchi huquqiy bazani rivojlantirish; 

  Mintaqalarda  investitsiya  siyosati  bilan  shug’ullanuvchi  (biznes,  savdo 



tashkilotlari, universitetlar, texnologik transfertlar markazlari, ijtimoiy – 


 

54 


innovatsion  fondlar,  banklar)  barcha  sub’ektlarni  birlashtiruvchi 

innovatsion markazni yaratish lozim. 




Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling