Toshkent moliya instituti iqtisodiy tahlil
Pul mablag‘lari chiqimi tahlili
Download 1.54 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy tahlil
- Bu sahifa navigatsiya:
- Faoliyat turlari bo‘yicha pul mablag‘lari Harakati Ko‘rsatkichlar Hisobot davrida
- 11.5. Pul mablag‘lari harakati tahlili (bilvosita usul)
- Axborot manbalari
- 11.6. Valyuta mablag‘laridan foydalanish tahlili
- Pul mablag‘lari yetishmovchiligining
Pul mablag‘lari chiqimi tahlili Jumladan Nisbiy miq d orlar Ko‘rsa tkich lar Satr raqami Summa, ming so‘m oper. faol. inv. faol. mol. faol. soliqqa tortish jami oper. faol. inv. faol. mol. faol. soliqqa tortish Pul m
ablag‘lari yo‘naltir ild i – jam
i 220 7448845 7146138
39899 262808 100
100 100
100 100
Jum ladan,
Ish va xizm atlar to‘loviga 010 1184 1184
0,02 0,02
Sotib olingan tovarlar to‘lov
iga 020 425355 425355
5,71
5.95
Xodi
m larga pul to‘lovlari 030 357058
357058
4,8
5.00
Boshqa pul to‘lovlari 040 6362541
6362541
85,41
89,03
Asosiy vositalar xaridi 060
Nom oddiy aktivlar xaridi 070
qisqa m
uddatli v a uzoq
muddatli inv estitsiy
alar xaridi
080
To‘langan f oizlar 110
37438
37438
0,50
93,83 To‘langan dividendlar 120 2461
2461 0,03
6,17 xususiy aksiyalarni qayta sotib olish 140
Kreditlar bo ‘yicha to‘lov
lar 150
Darom ad solig‘i
190
Boshqa soliqlar 200 262808
262808 3,53
100 Yil oxirida qolgan pul m ablag‘lari 240 14640
279 nomidan operatsiyalarga to‘g‘ri keluvchi hamda pul mablag‘larini sarflash bilan bog‘liq kassa va bankdagi hisobdan amalga oshirilgan pul mablag‘larining boshqa sarflari aks ettiriladi. Korxona «Operatsion faoliyat bo‘yicha boshqa pul tushumlari va to‘lovlar» moddasi bo‘yicha (040-modda) «Xarajatlar» grafasida to‘langan miqdorni, «Kirimlar» grafasida esa – olingan pul mablag‘lari va royaltidan ularning muqobillari, turli xarakterdagi mukofotlar, komissiya yig‘imlari va boshqa daromadlar, savdo va dilerlik maqsadlarida tuzilgan shartnomalar bo‘yicha komissiyalar, konvertatsiya o‘tkazish uchun bankka komissiyalar va boshqalarni ko‘rsatadi. Korxonaning faoliyat turlari bo‘yicha sarf-xarajatlarni pul tushumlari bilan taqqoslash muhim ahamiyatga ega. 11.4-jadvalga ko‘ra, hisobot davri uchun pul mablag‘lari qoldig‘i 14640 ming so‘mni tashkil qilgan va davr boshi uchun holat – 110970 ming so‘mga nisbatan kamaygan. Ushbu o‘zgarishga operatsion faoliyatdan pul mablag‘lari oqimi (183771 ming so‘m) va investitsion faoliyat (4150 ming so‘m) ta’sir qilgan. Biroq moliyaviy faoliyat va soliqqa tortish bo‘yicha 36083 ming va 262808 ming so‘m miqdorda pul mablag‘lari chiqimi sodir bo‘lgan.
Davr boshi uchun pul mablag‘lari qoldig‘i - -
+125610 Operatsion faoliyat bo‘yicha mablag‘lar harakati 7329909 7146138 +183771 Investitsion faoliyat bo‘yicha mablag‘lar harakati 4150 - +4150
Moliyaviy faoliyat bo‘yicha pul mablag‘lari harakati 3816 39899 -36083
Soliqqa tortish - 262808 -262808 Pul mablag‘larining jami sof o‘zgarishi - - -110970
Hisobot davri oxiri uchun pul mablag‘lari qoldig‘i - - +14640
280 Tashkilotning pul mablag‘lari harakatidagi salbiy holat mablag‘lar chiqimining kirimdan 10970 ming so‘mga ortib ketishi hisoblanadi. Moliyaviy barqarorlik uchun aksincha bo‘lishi lozim. Moliyaviy barqarorlikning zaruriy sharti sifatida operatsion faoliyat doirasida mablag‘lar kirimi va chiqimidagi shunday nisbat gavdalanadiki, bunda investitsiyalarni amalga oshirish uchun yetarli darajada moliyaviy resurslar ko‘payishi ta’minlanishi lozim. Analitik tadqiqotlar natijasida pul mablag‘lari defitsiti sabablari borasida oldindan xulosalar chiqarish mumkin. Quyidagilar bunday sabablar sirasiga kiritilishi mumkin: • sotish, aktivlar va o‘z kapitalning past rentabelligi; • pul mablag‘larini ishlab chiqarish zaxiralari va tugallanmagan ishlab chiqarishga keragidan ortiqcha jalb qilish; zaxiralarga inflyatsiya ta’siri; • mutanosib moliyalashtirish manbalari bilan ta’minlanmagan ulkan kapital sarf-xarajatlar; inflyatsiyaning kapital qo‘yilmalarga ta’siri; • soliq va yig‘imlar uchun katta to‘lovlar, aksiyadorlarga yuqori dividend miqdori; • balans passivida qarz kapital ulushining yuqoriligi, shunga bog‘liq ravishda kredit va qarzlardan foydalanish uchun foizlar bo‘yicha katta to‘lovlar; • joriy aktivlar aylanuvchanligi koeffitsiyentining pasayishi, ya’ni korxona aylanmasiga qo‘shimcha pul mablag‘lari jalb qilinishi. Umumiy pul oqimi nolga intilishi lozim, chunki faoliyatning bir turi bo‘yicha manfiy saldo boshqa turi bo‘yicha musbat saldo hisobiga kompensatsiyalanadi.
Pul mablag‘lari oqimini bilvosita usul bilan o‘rganish uchun alohida analitik hisobot tayyorlash zarur. Uni ishlab chiqishda quyidagilar boshlang‘ich ma’lumotlar hisoblanadi: Buxgalteriya balansi (1-shakl); Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-shakl); balansga ilovalar; Bosh daftar; jurnal-orderlar va boshqalar. Pul mablag‘lari harakatini bevosita usulda tahlil qilishning asosiy kamchiligi (ikkinchi savolni ko‘rib chiqishda qayd qilingani kabi) 281 shundaki, u olingan moliyaviy natijalar va tashkilot hisobidagi pul mablag‘lari o‘zgarishining o‘zaro aloqasini oydinlashtirmaydi. Pul mablag‘lari kirimi miqdori olingan foyda miqdoridan jiddiy suratda farqlanadi. «Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot» nomli 2-shaklga ko‘ra, tahlil qilinayotgan korxona 112,6 mln so‘mlik sof foyda olgan. Ayni vaqtda pul mablag‘lari tahlil qilinayotgan davrda 110970 ming so‘m qisqargan (11.4-jadvalga qarang) va buning bir nechta sababi bor: 1. 2-shaklda aks ettiriladigan foyda (zarar) buxgalteriya hisobi ta- moyillariga mutanosiblikda shakllanadi, unga muvofiq xarajat va daromadlar ular hisoblangan hisobot davrida qayd qilinadi (pul mablag‘larining real harakatidan qat’iy nazar: • kelgusi davr xarajatlari mavjudligi; • kechiktirilgan, ya’ni hisoblangan to‘lovlar mavjudligi, ular mahsulot tannarxini oshiradi, pul mablag‘lari real chiqimi esa kuzatilmaydi; • joriy va kapital xarajatlar. Joriy xarajatlar bevosita tannarxga aloqador, kapital xarajatlar esa uzoq vaqt davomida qaytariladi, lekin pul mablag‘larining sezilarli chiqimi aynan ular bilan birgalikda sodir bo‘ladi. 2. Nafaqat foyda, balki qarz mablag‘lar ham pul mablag‘larini oshirish manbayi bo‘lishi mumkin. 3. Uzoq muddatli xarakterdagi aktivlarni sotib olish foydada aks ettirilmaydi, ularni sotish esa moliyaviy natijani o‘zgartiradi. 4. Moliyaviy natija miqdoriga pul mablag‘lari harakati bilan bog‘liq xarajatlar (amortizatsiya) ham ta’sir ko‘rsatadi. 5. O‘z aylanma kapital tarkibidagi o‘zgarishlar. Joriy aktivlar qoldiqlarining ortishi pul mablag‘larining qo‘shimcha chiqimiga, qisqarishi esa kirimga olib keladi. TMQ zaxiralarini to‘plovchi tashkilotlar faoliyatida pul mablag‘lari chiqib ketishi muqarrar ravishda kuzatiladi. Bu zaxiralar ishlab chiqarishga qo‘yilmagunga qadar (sotilmaguncha) davom etadi, bunda moliyaviy natija miqdori o‘zgarmaydi. 6. Kreditorlik qarzi mavjudligi tashkilotga hali puli to‘lanmagan zaxiralardan foydalanishga imkon beradi. Tashkilot rahbariyatini pul mablag‘lari mavjudligi va harakati haqida axborotlar bilan ta’minlash buxgalterning vazifalaridan biri hisoblanadi. Shuningdek, undan foyda miqdori hamda pul mablag‘lari o‘zgarishlaridagi tafovut sabablarini izohlash ham talab qilinadi. Pul
282 mablag‘lari harakatini bilvosita usulda tahlil qilish shu maqsadda olib boriladi.
moliyaviy natija davr uchun pul mablag‘lari o‘zgarishlari miqdorida qator tuzatishlar kiritish yordamida hosil qilinadi. Birinchi bosqichda moliyaviy natija va o‘z aylanma kapital o‘rtasidagi mutanosiblik aniqlanadi. Buning uchun eskirishni hisoblash operatsiyalari va uzoq muddatli aktivlar obyektlarini hisobdan chiqarish bilan bog‘liq operatsiyalarning moliyaviy natijaga ta’siri bartaraf etiladi. Amortizatsiya ajratmalari uchun eskirishni hisoblash mahsulot tannarxiga kiritiladi. Buning natijasida foyda kamayishi pul mablag‘lari qisqarishiga olib kelmaganligi uchun pul mablag‘lari real miqdorini aniqlash uchun hisoblangan eskirish miqdori taqsimlanmagan foydaga qo‘shilishi lozim. Asosiy vositalar va boshqa aylanmadan tashqari aktivlarni hisobdan chiqarish ularning qoldiq qiymati miqdorida zararni yuzaga keltiradi. Bu hisobda qayd qilinadi, keyin esa moliyaviy natija kamayishi evaziga hisobdan chiqariladi. Ushbu operatsiya pul mablag‘lari miqdoriga ta’sir ko‘rsatmaydi, chunki mablag‘lar chiqimi sezilarli darajada avval – mazkur aktivlarni xarid qilish vaqtida sodir bo‘lgan. O‘z navbatida, amortizatsiya qilinmagan qiymat hajmidagi zarar miqdori foyda miqdoriga qo‘shilishi lozim. Tuzatishning ikkinchi bosqichida o‘z aylanma kapitali va pul mablag‘lari o‘zgarishlaridagi mutanosiblik aniqlanadi. Bunday tuzatish operatsiyalari jami joriy, investitsion va moliyaviy faoliyat bo‘yicha olib boriladi. Ushbu jarayon ancha mehnat talab qiladi, lekin tuzatish jadvallari ma’lumotlarida tashkilot rahbarlari va investorlar uchun qimmatli boshqaruv axborotlari mavjud bo‘ladi. Uning yordamida tashkilot rahbariyati joriy to‘lov qobiliyatini nazorat qilishi, qo‘shimcha investitsiyalar imkoniyatini baholashi mumkin. Bilvosita usulda pul mablag‘lari oqimini hisoblash tartibi 11.5- jadvalda keltirilgan. . Bilvosita usulda pul mablag‘lari oqimini tahlil qilish natijalariga ko‘ra quyidagi savollarga javob olish mumkin: 1. Pul mablag‘lari qanday hajmda va qaysi manbalardan olingan hamda ularni sarflashning asosiy yo‘nalishlari qanday. 2. Joriy faoliyat natijasida korxona tushumlarning to‘lovlardan ortishini ta’minlashga qobilmi (naqd pul zaxirasi).
283 3. Debitorlardan tushumlar hisobiga korxona qisqa muddatli majburiyatlarini qaytara oladimi. 4. Korxona tomonidan olingan sof foyda uning pul mablag‘lariga joriy ehtiyojlarini qondirish uchun yetarlimi. 5. Investitsion faoliyatni amalga oshirish uchun o‘z mablag‘lari (sof foyda va amortizatsion ajratmalar) yetarlimi. 6. Olingan sof foyda va pul mablag‘lari hajmi miqdorlari o‘rtasi- dagi farq nima bilan izohlanadi.
1 2
3 1. Operatsion faoliyatdan pul mablag‘lari
+ 2-shakl
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar bo‘yicha hisoblangan eskirish + 1-shakl, Bosh daftar Zaxiralar qoldig‘i ortishi - 1-shakl, Xarid qilingan qimmatliklar bo‘yicha QQS ortishi
- --/--/--/--/--/-- Debitorlardan tushumlar kamayishi - --/--/--/--/--/-- «Boshqa joriy aktivlar» moddasi bo‘yicha qoldiqlar o‘sishi - --/--/--/--/--/-- Kreditorlik qarzi ortishi + 1 -shakl Daromadlarni to‘lash bo‘yicha ishtirokchilarga qarzdorlik ortishi + --/--/--/--/--/-- Kelgusi davr daromadlari ortishi + --/--/--/--/--/-- Pirovard xarajatlar zaxirasi o‘sishi + --/--/--/--/--/-- Boshqa qisqa muddatli majburiyatlar o‘sishi + --/--/--/--/--/-- Operatsion faoliyat bo‘yicha jami pul oqimlari Hisob-kitob 2. Investitsion faoliyat
- 1 -shakl Asosiy vositalar xarid qilish - 3 -shakl Tugallanmagan ishlab chiqarish hajmi o‘sishi
- --/--/--/--/--/-- Moddiy qimmatliklarga daromadli qo‘yilmalar o‘sishi - --/--/--/--/--/-- 284 Boshqa aylanmadan tashqari aktivlar o‘sishi - --/--/--/--/--/-- Investitsion faoliyat bo‘yicha jami pul oqimlari Hisob-kitob 3. Moliyaviy faoliyat
- 1 -shakl Uzoq muddatli majburiyatlar (kreditlar va qarzlar) o‘sishi + 1 -shakl
Qisqa muddatli kreditlar va qarzlar ortishi + --/--/--/--/--/-- Banklarga qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha qarzdorlik ortishi + --/--/--/--/--/-- Moliyaviy faoliyat bo‘yicha jami pul oqimlari
Hisob-kitob 4. Faoliyatning barcha turlaridan pul mablag‘laridagi jami o‘zgarishlar (p 1.12+p 2.6+p 3.5)
--/--/--/--/--/-- 5. Hisobot davri boshi uchun pul mablag‘lari qoldig‘i 1 -shakl
6. Hisobot davri oxiri uchun pul mablag‘lari qoldig‘i (p 4 +p 5) Hisob-kitob
11.6. Valyuta mablag‘laridan foydalanish tahlili Mamlakat hududidagi va chet eldagi banklarning chet el valyuta hisoblarida pul mablag‘lari mavjudligi va harakati haqida axborotlarni umumlashtirish quyidagi hisoblarda amalga oshiriladi: 5210 «Mamlakat ichidagi valyuta hisoblari»; 5220 «Chet eldagi valyuta hisoblari». Valyuta hisoblari bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirish va rasmiylashtirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining me’yoriy hujjatlari asosida tartibga solinadi. Valyuta hisoblari bo‘yicha operatsiyalar bank ko‘chirmalari va ularga ilova qilingan pul-hisob- kitob hujjatlari asosida buxgalteriya hisobida aks ettiriladi. Valyuta mablag‘larini tahli qilishda manba sifatida “Chet el valyutasidagi pul mablag‘lari harakati haqida ma’lumotnoma” xizmat qilib, unda quyidagi ko‘rsatkichlar mavjud bo‘ladi: 1. Yil boshi uchun qoldiq
- 52700 2. Valyuta mablag‘lari tushumi – jami
- 2041500 jumladan: 2.1.
Sotishdan tushumlar - 500800
285 2.2.
Konvertatsiyalangan -
1200450 2.3.
Moliyaviy faoliyat bo‘yicha -
2.4. Boshqa
manbalari -
340250 3.
Sarflandi -jami
- 1974710
3.1. Yetkazib beruvchilar va pudratchilarga
to‘lovlar -
975300 3.2. Moliyaviy faoliyat bo‘yicha to‘lovlar
- 354260 3.3 Boshqa
maqsadlarga - 645150
4. Yil
oxiri uchun
qoldiq - 119490.
Pul mablag‘lari manbalari tarkibida konvertatsiya eng katta so- lishtirma og‘irlikka ega – 58%, xarajatlar qismida esa yetkazib beruv- chilar va pudratchilarga to‘lovlar – 49%. Pul mablag‘larining sof kirimi – 66790 AQSh dollari (2041500 – 1974710). Valyuta operatsiyalari samaradorligi tahlili “valyutaviy o‘zini moliyalashtirish” va “valyutaviy o‘zini qoplash” tushunchalari bilan bog‘langan. Valyutaviy o‘zini moliyalashtirish mohiyati shunda ifodalanadiki, korxona valyutaga tovar (ish, xizmat) larni sotishdan valyutadagi foyda va boshqa operatsiyalardan valyuta daromadlari hisobiga, shuningdek, valyutaga sotib olingan asosiy vositalarga amortizatsiya ajratmalari hisobiga joriy va investitsion sarf-xarajatlarini qoplaydi. Valyutaviy o‘zini moliyalashtirish valyuta mablag‘larining o‘z manbalari miqdorining ularni sarflashdan yuqori bo‘lishi tamoyilidan kelib chiqadi. Shuning uchun valyutaviy o‘zini moliyalashtirish tamoyili valyutaviy o‘zini qoplash tushunchasi bilan to‘ldiriladi. Valyutaviy o‘zini qoplash shuni anglatadiki, korxona valyuta mablag‘lari hisobiga valyutada ifodalanuvchi barcha ishlab chiqarish xarajatlarini qoplaydi. Amaliyotda ushbu tamoyilga rioya qilish korxona bir vaqtning o‘zida barcha valyuta mablag‘larini sarflamay, balki ularni pirovard to‘lovlar uchun to‘plashini anglatadi. Valyuta mablag‘lari harakati balansi quyidagi ko‘rinishga ega: Q db + VT – VS – Q do.
Bu yerda, Q db
VT – hisob-kitob davrida valyuta mablag‘lari tushumi; VS – hisob-kitob davrida valyuta mablag‘lari sarfi; Q do
286 Valyutaviy o‘zini moliyalashtirishni baholash quyidagi formula bo‘yicha aniqlanuvchi maxsus moliyaviy koeffitsiyent yordamida amalga oshiriladi: ‘ .
F A K K V + = +
Bu yerda, K vo‘m - valyutaviy o‘zini moliyalashtirish koeffitsiyenti; F – valyutadagi ishlab chiqarishni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan foyda;
A – valyutaga xarid qilingan asosiy vositalar qiymatiga amortizat- siya ajratmalari; K – valyuta krediti; V – banklardan yoki valyuta birjasidan sotib olingan valyuta. Ushbu koeffitsiyentning miqdori qancha yuqori bo‘lsa, valyutaviy o‘zini moliyalashtirish darajasi ham shuncha yuqori bo‘ladi. Valyuta- viy o‘zini qoplash koeffitsiyenti quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: ‘ . vo m db T K Q VS = + Bu yerda, K vo‘q
– valyutaviy o‘zini qoplash koeffitsiyenti; Q db – hisob-kitob davrining boshi uchun valyuta mablag‘lari qoldig‘i; T - hisob-kitob davrida valyuta mablag‘lari tushumi; VS – hisob-kitob davrida valyuta mablag‘lari sarfi (kvartal, yil). Valyutaviy o‘zini qoplash koeffitsiyenti korxona tasarrufida mav- jud valyuta miqdori valyutani sarflash hajmidan necha marta ziyod- ligini ko‘rsatadi. Kvo‘q>1 valyutaviy o‘zini qoplash shartiga rioya qilinayotganidan darak beradi. Kvo‘q<1 korxona tomonidan ushbu shartga amal qilinmayotganligini aks ettiradi. 11.7. Pul mablag‘lari taqchilligi (ortiqchaligi)ni tartibga solish Pul mablag‘lari taqchilligi ko‘plab korxonalarning to‘lov qobili- yatiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, to‘lovsizlik inqirozini vujudga keltiradi. Pul mablag‘lari taqchilligining asosiy oqibatlari quyidagilardan iborat: • xodimlar mehnatiga haq to‘lashda kechikishlar;
287 • yetkazib beruvchilar va davlat byudjet tizimi oldida kreditorlik qarzi o‘sishi; • ssuda qarzdorligining umumiy hajmida bank kreditlari bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlik ulushining ortishi; • aktivlar likvidligi pasayishi; • material va energetik resurslar bilan ta’minlashdagi uzilishlar tufayli ishlab chiqarish tsiklining davomiyligi ortishi. Ixtiyoriy korxonaning byudjet taqchilligini tugatish haqidagi masalani hal qilishda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan birinchi jihat – bu debitorlik va kreditorlik qarzini boshqarishni yaxshilashdir. Naqd pul inkassatsiyasi – sotilgan mahsulotlar uchun pul mablag‘lari olish jarayoni hisoblanadi. Inkassatsiya koeffitsiyenti (K ink ) muayyan davr uchun sotishdan qachon va qancha miqdorda pul mablag‘lari tushumi kutilayotganligini aniqlashga imkon beradi. ink oraliqda o‘zgarishi K . oydagi sotishlar n Dq t =
Bu yerda, Dq – debitorlik qarzi; n – mahsulot jo‘natishning birinchi oyi; t – 1, 2, 3 va keyingi oylar. Kreditorlik qarzini boshqarish uning aylanuvchanligini oshirishga yo‘naltirilgan (qaytarish muddatini qisqartirish). Aksariyat korxonalar hozirda kuchli naqd pul (likvid mablag‘lar) etishmovchiligini boshidan kechirmoqda. Ushbu etishmovchilikning ilk alomatlari quyidagilar hisoblanadi: 1. Sof aylanma kapitalning manfiy qiymati (joriy aktivlar < qisqa muddatli majburiyatlar). 2. Manfiy pul oqimi (davr uchun pul mablag‘lari kirimi chiqimi- ga nisbatan kam). Korxonaning pul oqimlari (pul mablag‘lari kirimi yoki chiqimi) ga bevosita ta’sir qiluvchi mulkni sotish yoki uni ijaraga berishdan iborat boshqaruv qarorlari variantlarini ko‘rib chiqamiz. Ushbu qarorlar mazmuni 11.5-chizmada keltirilgan.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling