Turopereyting


Turoperatorlar o‘rtasidagi shartnomalar


Download 406.27 Kb.
bet195/204
Sana05.01.2022
Hajmi406.27 Kb.
#214186
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   204
Bog'liq
TUROPERATING maruza

Turoperatorlar o‘rtasidagi shartnomalar. Mehmonxonalar, avialiniyalar va boshqa xizmatlar etkazib beruvchilar bilan muzokaralar jarayonida boriladigan joy, guruhlardagi turistlar soni va ularning kelish sanalari belgilanganidan keyin shartnoma va bitimlarni imzolash bosqichi keladi.Shartnoma tomonlarining majburiyati va mas’uliyatlarini tartibga solish uchun zarur. Xususan mehmonxonalarda sotilmagan joylar, samolyotda bo‘sh joylar qolganda yoki charter aviareyslar bekor qilinganda har bir holat uchun jarima, sanksiyalarni ko‘zda tutish uchun zarur bo‘ladi.

Turoperatorning to‘g‘ri tashkil qilingan shartnoma ishi uning turli xizmatlar etkazib beruvchilar faoliyatiga bog‘liq bo‘lmaslikka yordam beradi. Yirik turoperatorlar, odatda, mehmonxonalar bilan, arzonlashtirilgan narxlarda ma’lum joylar soniga yoki mehmonxonaning to‘liq bandligini ta’minlash uchun uzoq muddatli shartnoma tuzadilar. Bunda turoperator uchun xavf ham mavjud - barcha turlari sotilmagan hollarda bo‘sh joylar uchun o‘z hisobidan pul to‘lashga majbur.

Uncha katta bo‘lmagan yoki maxsuslashgan turoperatorlar ahamiyatli, mustaqil, inklyuziv turlarni sota turib, mehmonxonalar bilan erkin sotish haqida bitimga ega bo‘lishi mumkin va bunda mehmonxonalar turistlarning maksimal soni uchun joylashtirishni kafolatlashga rozi bo‘ladilar. Bunday bitimlar uncha katta bo‘lmagan turistik dasturlar uchun foydali bo‘lishi mumkin, ammo ular sezilarli kamchilikka ega, chunki mehmonxonalar egalari ba’zida ma’lum sanada mehmonxonani yopish huquqini o‘zlarida saqlab qoladilar.Turizmda shartnomaviy o‘zaro munosabatlar xalqaro va milliy foqarolik huquq me’yorlari bilan tartibga solinadi.

Xalqaro darajada bunday munosabatlar quyidagi asosiy hujjatlar bilan tartibga solinadi:

turistik agentliklar uyushmalarining Butunjahon Federatsiyasi Bosh assambleyasi tomonidan 1970 yil 22 oktabrda sayohatlar uchun shartnoma bo‘yicha Xalqaro konvensiyasi;

Yevropa xavfsizlik va hamkorlik davlatlarining 1994 yil Venadagi uchrashuvida qabul qilingan Turistlar shartnomalari va ularni almashtirish bo‘yicha Nizomi;

1929 yil 12 oktabrda qabul qilingan, 1955 yil va 1975 yillarda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan xalqaro havo tashuvlarining asosiy qoidalarini unifikatsiya qilish to‘g‘risidagi bitim (Varshava konvensiyasi);

1967yil Bryusselda qabul qilingan yo‘lovchilar va yuklarning xalqaro avtomobil tashuvlari bo‘yicha Jeneva konvensiyasi;

1996 yil 29 oktabrda MDH davlatlari - qatnashchilari Parlamentlararo assambleyasi tomonidan qabul qilingan "MDH davlatlari - qatnashchilarining turizm sohasidagi hamkorliklarining asosiy prinsiplari haqida" va boshqalar.

Turizm sohasidagi shartnoma munosabatlari milliy darajada quyidagi me’yoriy-huquqiy aktlar orqali tartibga solinadi:

O‘zbekiston Respublikasining «Turizm to‘g‘risida»gi Qonuni. T.: 1999 yil 20 avgust.

«Buyuk Ipak Yo‘lini qayta tiklashda O‘zbekiston Respublikasining ishtirokini avj oldirish va respublikada xalqaro turizmni rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 1995 yil 2 iyundagi PF-1162-sonli Prezident Farmoni.

“O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016 yil 2 dekabrdagi PF-4861-sonli Prizedint farmonini// “Lex.uz”.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli Farmoni. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y., 6-son, 70-modda

“O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2016 yil 2 dekabrdagi PQ-2666-sonli Prizedint qarori//“Lex.uz”.

Turizm faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizom// “Lex.uz”, Toshkent sh., 2017 yil 6 aprel, 189-sonli qarori

«O‘zbekiston Respublikasida xalqaro turizmning zamonaviy infrastrukturasini barpo etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 3 iyundagi 210-sonli Qarori.

«Sayyohlik tashkilotlari faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 8 avgust 346-sonli Qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida mehmonxona biznesi va xalqaro turizmni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori. // «Xalq so‘zi» gazetasi, 2002 y. 3 sentyabr.


Download 406.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   204




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling