Ubaydullaev Axmadullo


Download 17.24 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi17.24 Kb.
#1614913
Bog'liq
Arab bahori

Ubaydullaev Axmadullo.

Arab bahori
Arab bahori, Arab mamlakatlari, Muhammad Buaziz, Tunis to’ntarilishi, “G’azab kunlari”, Husni Muborak, Abdulloh ll, Ali Abdulloh Solih, Arab bahori maqsadi, “Arab bahori”dan 10 yil o’tgach Misr.
“Arab bahori” bu 2010-yil oxirida Arab dunyosida boshlangan qator norozilik namoyishlariga berilgan nomdir. Bu norozilik namoyishlari Tunis, Misr, Yaman, Jazoir, Iordaniya, Mavrataniya, Saudiya Arabistoni, Ummon, Sudan, Suriya, Liviya va Marokash kabi mamlakatlarni qamrab olgan.
Eʼtirozlar 2010-yil 18-dekabrida Tunisda, Muhammad Buazizining politsiya poraxoʻrligi va qattiqqoʻlligiga achchiq qilib o'zini yoqib yuborganidan keyin  boshlandi. Tunis toʻntarilishi muvaffaqiyati va mintaqadagi oʻxshash vaziyatlar tufayli, namoyishlar toʻlqini qoʻshni mamlakatlarga ham oʻtdi, jumladan eʼtirozlar Jazoir, Iordaniya, Misr va Yamanda davom etdi, nisbatan kichik miqyosda boshqa arab mamlakatlari ham voqeyalar silsilasiga tushdi. Bu e’tirozlar “G’azab kunlari” deb ataldi.
E’tirozlar natijasida birinchi bo’lib o’zgargan hukumat Tunisniki bo’ldi. Sobiq president Zayn al-Abiden Ali Saudiya Arabistoniga qochdi. Keyinchalik katta e’tirozlar 2011-yil 25-yanvarida Misrda boshlandi.
To’rt kunlik namoyishlardan so’ng prezident Husni Muborak islohotlar o’tkazishga va’da berdi. Biroq lavozimidan ketish niyatini bildirmadi. Bundan keying davom etgan namoyishlardan so’ng Muborak 30 yillik mansabiga boshqa o’tirmasligini va sentyabrda bo’lib o’tadigan saylovlardan so’ng istefoga chiqishini e’lon qildi.
Bu paytda Iordaniya qiroli Abdulla ll bosh vazirni almashtirdi. Yaman prezidenti Ali Abdulloh solih esa saylovlarda nomzodini qo’ymaslikni va’da berdi. E’tirozlar butun dunyo e’tiborini o’ziga qaratdi.
“Arab bahori” maqsadi nima edi?
2011-yilgi norozilik harakatlari asosan qarib qolgan Arab diktatorliklarida, xavfsizlik apparatining shavqatsizligi, ko’tarilgan narxlar, va xususiylashtirishdan so’ng korrupsiyani boshdan kechirganlikda namoyon bo’ldi.
Iordaniya va Marokash kabi monarxiyalardagi norozilik namoyishchilari hozirgi hukumatlar tizimini isloh qilishni istashdi. Ba’zilari zudlik bilan konstitutsiyaviy monarxiyaga o’tishni, ba’zilari esa bosqichma bosqich islohotlar o’tkazishni talab qildi.

“Arab bahori”dan 10 yil o’tgach Misr.


Inqilob muvaffaqiyat qozonganiga qaramay, shuni ta’kidlash joizki, “Arab bahori”dan 10 yil o’tgach, Misr davlati Husni Muborak davridagidan ham avtoritar xolga tushgan. 30-iyundagi inqilobdan keyin rasmiylar “Musulmon birodarlar” tarafdorlariga qarshi repressia qurolini ishga tushirdi. Misr qamoqhonalariga 10 minglab siyosiy maxbuslar tushdi. Bundan tashqari, mustaqil OAV ga bosim kuchaydi. 2010-yilda Misr Matbuot erkinligi indeksida127-o’rinni egallagan bo’lsa, 2020-yilga kelib 166-o’ringa tushib ketdi.
So’ngi 10 yil ichida Misr tashqi siyosati ikki marta yo’nalishini ozgartirdi. “Arab bahori” ortidan “Musulmon birodarlar” hokimiyat tepasiga kelgach, Misrning yangi rahbariyati Turkiya va Qatar tomonidan qo’llab-quvvatlandi.
Download 17.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling