zonasida linza ko’rinishida yoki o’zidan suv o’tkazmaydigan yupqa qatlamlar
ustida to’planishidan ustki suvlar paydo bo’ladi. Ular yer yuziga yaqin joylashgan
bo’lib, ularning tarqalish soxasi suv bilan ta'minlanish soxasiga mos keladi. Bu
suvlarning qalinligi suv o’tkazmaydigan qatlam o’lchamiga bog’liq. Ularning
o’lchami qancha katta bo’lsa, suv qalinligi xam shuncha katta bo’ladi. Ustki suvlar
satxi suvning linza atrofidan oqishi bilan belgilanadi. Agar yuqoridan singayotgan
suv xarakati uzoq davom etib suv satxini ko’tarsa, u xolda ustki suvlar pastda
joylashgan grunt suvlarini tuyintiradi Bu suvlarning o’ziga xos xarakterli
xususiyati shundaki, uning miqdori yil fasllari davomida keskin o’zgarib turadi.
Baxor oylarida yomg’irning ko’p yog’ishi, qorlarning tez erishi natijasida suvli
gorizontning qalinligi oshsa, yoz oylarida quyoshning qizdirishi, o’simliklarning
o’zidan suvni bug’lantirishi ta'siri natijasida uning miqdori kamayib ketadi.
Shuning uchun ular mavsumiy suv xisoblanadi. Ximiyaviy tarkibiga ko’ra ular
chuchuk yoki sho’rroq, organik birikmalar bilan ifloslangan bo’ladi. Bu suvlar
zaxirasining qamligi, organik birikmalarga boyligi, tarqalish maydonining
chegaralanganligi sababli ulardan shaxar va qishloqlarni suv bilan ta'minlash
maqsadida foydalanib bo’lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: