Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 10-11-sinflarida tahsil olayotgan “Vatan tayanchi” otryadlari o‘quvchilari o‘rtasida “Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqalarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom


-bob. G‘olib va sovrindorlarni aniqlash


Download 95.5 Kb.
bet8/9
Sana22.04.2023
Hajmi95.5 Kb.
#1377250
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Янги Ватанпарварлар Ватан таянчи б н 10 03 2023

8-bob. G‘olib va sovrindorlarni aniqlash

35. Musobaqada jamoaviy o‘rinlar mazkur Nizomda ko‘rsatilgan har bir bosqich bo‘yicha alohida g‘olib jamoa aniqlanadi hamda g‘olib va sovrindor jamoalarga tegishli ravishda 1-, 2- va 3-o‘rinlar beriladi.


Agar jamoa biror bir shartda ishtirok etmasa, ushbu jamoaga musobaqa yakuniga ko‘ra ko‘rsatgan natijalaridan qat’iy nazar eng so‘nggi o‘rin beriladi.
Umumjamoa hisobida 1-, 2- va 3-o‘rinlar jamoalarning har bir shart bo‘yicha egallagan o‘rinlarining eng kam soni yig‘indisi bo‘yicha aniqlanadi. Agar yakunda jamoalarning natijalari bir xil ko‘rinishni aks etsa, unda umumjamoaviy o‘rinlar jamoalar tomonidan eng ko‘p egallagan 1-, 2-, 3-o‘rinlarga qarab belgilanadi. Ushbu holatlarda ham bir xillik aks etsa, unda harbiylashtirilgan estafetada yuqori o‘rinni egallagan jamoaga ustunlik beriladi.
36. Musobaqa g‘oliblari quyidagi tartibda taqdirlanadi:
Birinchi tuman (shahar) bosqichi g‘oliblari hududiy Yoshlar ishlari agenligi
va Yoshlar ittifoqi, Xalq ta‘limi, MK “Vatanparvar” tashkiloti, Mudofaa ishlari bo‘limlari boshliqlari tomonidan I, II va III darajali diplomlar hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
Ikkinchi hududiy (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) bosqichi g‘oliblari Yoshlar ishlari agenligi va Yoshlar ittifoqi, Xalq ta‘limi, MK “Vatanparvar” tashkiloti hamda harbiy okrug qo‘mondonlarining I, II va III darajali diplomlari hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
Uchinchi yakuniy (respublika) bosqich g‘oliblariga Mudofaa vazirligi, Yoshlar ishlari agenligi va Yoshlar ittifoqi, Xalq ta‘limi vazirligi, MK “Vatanparvar” tashkilotlarining tegishli manbalar hisobidan ajratiladi:
Birinchi o‘rin g‘olibligini qo‘lga kiritgan jamoa - Mudofaa vazirining
I darajali diplomi, mudofaa vazirining tahtaga o‘rnatilgan esdalik nishoni, har bir jamoa a’zosi medal, vazir kubogi, Yoshlar ishlari agenligi va Yoshlar ittifoqi, Xalq ta‘limi vazirligi, MK “Vatanparvar” tashkilotlarining qimmatbaho sovg‘alari, homiylarning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi;
Ikkinchi o‘rin g‘olibligini qo‘lga kiritgan jamoa - Mudofaa vazirining
II darajali diplomi, har bir jamoa a’zosi medal, Yoshlar ishlari agenligi va Yoshlar ittifoqi, Xalq ta‘limi vazirligi, MK “Vatanparvar” tashkilotlarining qimmatbaho sovg‘alari, homiylarning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi;
Uchinchi o‘rin g‘olibligini qo‘lga kiritgan jamoa - Mudofaa vazirining
III darajali diplomi, har bir jamoa a’zosi medal, Yoshlar ishlari agenligi va Yoshlar ittifoqi, Xalq ta‘limi vazirligi, MK “Vatanparvar” tashkilotlarining qimmatbaho sovg‘alari, homiylarning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.



Download 95.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling