Umumiy tilshunoslik kursi predmeti, maqsadi va vazifalari Tayyorladi: Abdisattorov Davron


Download 301.15 Kb.
bet2/3
Sana22.12.2022
Hajmi301.15 Kb.
#1042925
1   2   3
Bog'liq
umumiy tilshunoslik

Makrolingvistika (katta tilshunoslik)

  • Mikrolingvistika (kichik tilshunoslik)

    Makrolingvistika til hodisalarini keng miqyosda boshqa fanlar bilan birgalikda o‘rganadi. Makrolingvistika tilning paydo bo‘lishi va rivojlanish bosqichlari, tilning taraqqiy etish qonuniyatlari, tilning ijtimoiy mohiyati, til va tafakkur munosabatlari, til va boshqa signal sistemalari o‘rtasidagi mushtaraklik va farqli jihatlar, tilning tarqalishi kabi masalalarni o‘z ichiga oladi. Mikrolingvistika esa tilning ichki tuzilishini, fonetik, leksik va grammatik hodisalarni o‘rganish bilan shug‘ullanadi.
    Ushbu yo‘nalishlar asosida tilshunoslikning quyidagi tarmoqlari yuzaga kelgan:
    1. Ekstralingvistika sotsiolingvistika va mentalingvistikani o‘zida birlashtiradigan, tilni ijtimoiy hodisa sifatida o‘rganuvchi fandir. Bunda sotsiolingvistika tilning tabiati va ijtimoiy vazifasini, mentalingvistika esa til va tafakkur, tilning mazmun tomonini o‘rganadi.
    2. Intralingvistika tilning ichki tizimini, uning birliklari va kategoriyalari, tilning yaruslari hamda ularning tuzilishini o‘rganadi. Fonologiya, leksikologiya va grammatika intralingvistikaning asosiy bo‘limlari hisoblanadi.
    3. Komparativistika qiyosiy-tarixiy tilshunoslik sifatida hind -yevropa tillarining fonetikasi va morfologiyasini qiyosiy o‘rganish asosida paydo bo‘ldi. Qiyosiy tilshunoslikda areal lingvistika, tillarni geneologik va tipologik tasniflash masalalari ham o‘rganiladi.
    4. Kommunikativ lingvistika tilni aloqa-aralashuv vositasi sifatida o‘rganadigan, til va nutq, ularning munosabati, uning jamiyatdagi asosiy vazifasi va o‘rni masalalari bilan shug‘ullanadigan sohadir. Til kishilik jamiyatidagi asosiy ijtimoiy hodisa sifatida kommunikativ, ekspressiv va akkumulyativ vazifalarni bajaradi. Tillarning o’zaro munosabatlari: Kishilar ibtidoiy jamiyatning dastlabki davrlarida to‘da-to‘da, ya’ni urug‘ bo‘lib yashaganlar. Urug‘ kishilar jamiyatining eng kichik, oddiy hamda qadimiy uyushmasi bo‘lib, bir nechta qardosh urug‘lar qabilani tashkil qilgan. Shevalarning soni ko‘payishi va ular asosida yangidan yangi tillarning vujudga kelishi tilshunoslikda farqlanish (differensiatsiya) deb ataladi. Farqlanish deganda tillarni shevalarga parchalanishi, bir tilga mansub shevalarning miqdorini ortib borishi tushuniladi. Til taraqqiyotida qo‘shni xalqlar o‘rtasidagi turli munosabatlar, savdo-sotiq va madaniy aloqalar, Masalan, hozirgi zamon ingliz tili lug‘at boyligining faqat 30 foizga yaqini sof ingliz tiliga oid, qolganlari roman va sharq tillaridan kirgan so‘zlardir. Tillarning bunday munosabatlari tillar hamkorligi deyiladi. Tillar hamkorligida tillarning chatishuviga odatda katta ahamiyat beriladi. Ba’zi olimlarning fikricha, har qanday hamkorlik ham tillar chatishuviga kiravermaydi. Masalan, bir tildan ikkinchi tilga so‘z o‘zlashtirilishi tillar chatishuviga kirmaydi, chunki o‘zlashtirilgan so‘zlar tilning grammatik ko‘rinishiga o‘z ta’sirini o‘tkazmaydi. Masalan, arab tilidan o‘zbek tiliga o‘zlashtirilgan so‘zlar bunga yaxshi misol bo‘la oladi. Fransiyaning XI asrda Britaniya orolini bosib olishi va fransuz tili bilan anglosakson tillari orasidagi aloqa tillar chatishuviga eng yaxshi misoldir. Ma’lumki, bu yerda g‘oliblar tili bo‘lmish fransuz tili bilan mag‘lublar tili – anglosakson tillari orasida uzoq vaqt davom etgan urushdan keyin, g‘oliblar o‘z tilini yo‘qotib, anglosakson tilini qabul qilishlariga to‘g‘ri keldi. Shuni ham aytish kerakki, anglosakson tili ham fransuz tilidan ba’zi elementlarni qabul qildi. Chatishuv sodir bo‘lganda substrat va superstrat (bu so‘zlar latincha bo‘lib, birinchisi tag qatlam, ikkinchisi esa, ustki qatlam degan ma’nolarni anglatadi) hodisalari to‘g‘risida fikr yuritish mumkin.
    Har ikkala tushuncha mag‘lub tilning g‘olib tilda qoldirgan elementlari, izlarini bildiradi. Agar mag‘lub tilning elementlari g‘olib tilning fonetik, grammatik tuzilishini buzib, unga faol ta’sir qilgan bo‘lsa, unda substrat yoki superstrat hodisalari ro‘y beradi. Bir tildan ikkinchi tilga so‘z o‘zlashtirish substratga kirmaydi. Kelgindilar tilining mahalliy tilni siqib chiqarishi va ayni paytda ishlatilishdan chiqib ketayotgan tilning kelgindilar tiliga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi substrat hodisasi

    Download 301.15 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling