Unutamadım gitti♡


Download 0.63 Mb.
bet6/39
Sana24.04.2023
Hajmi0.63 Mb.
#1394405
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
Unutamadım gitti

#frozen
6-qism.

- kechirim so‘rama .. hech bo‘lmasa do‘st bo‘laylik .. ishon so‘z beraman sevgi haqida so‘z ham ochmayman.


- ho‘p mayli roziman.
- rahmat rahmat senga uyga ketayotgan bo‘lsang tashlab qo‘yaman .
- ha uyga ketayapman .. taksi chaqirib qo‘ygandim .
- hech qisi yo‘q bekor qilamiz.. deb taxsini ketgazib o'zlari mashinaga o‘tirishdi. Qizni uyi oldiga yetgach ..
- mayli unda Lyusi yana ko‘rishguncha.. deb yigit mashinani o‘t oldirib ketdi .
Lyusi esa rahmat degancha uyiga kirib ketdi . Yana kitobga sho‘ng‘ib kunni kech qildi. Otasi kelishiga yaqin oshxonada ovqat tayyorladi.

Vaqt allamahal bo‘lay deyapti lekin dadasidan darak yo'q.


Tel qildi .. 2 marta qilgach ko‘tardi ..
- qizim bugun katta halokat yuz beribdi. Yosh yigitlar ustiga eski binoni bir qismi qulab tushibdi.. hozir yana aperatsiyam bor .. ertaga kunduzi boraman..yaxshi dam ol deb go‘shakni qo‘ydi..
Lyusiga bu oddiy holga aylangani uchun bir o‘zi ovqatlanib o‘tirdi. Bir payt eshik taqillab qoldi . Eshik oldiga borib ..
- kim u ..deyishi bilan ..
- Lyusi .. men Elisman degan yig‘i aralash ovoz eshitildi . Tezda eshikni ochib endi gapirmoqchi bo‘lganida.. qiz uni quchoqlab yig‘lay boshladi .
- tinchlan nima bo‘ldi o‘zi Elis . Allamahalda nima qilib yuribsan.. nega yig‘layapsan..
- L..Lyu Lyusi ( qiz yig‘lab gapirolmasdi. )
- yur men bilan deb uni oshxonaga olib kirdi va suv berdi . Elis suvdan ichib gapira boshladi ..
- tahmin qilganimdek seni hech nimadan habaring yo‘qqa o‘xshaydi..
- nima .. nimadan habarim yo‘q ..
- Jeyson va anavi Maykl bugun yana uchrashib urushni davom ettirishayotgan ekan .. kutilmaganda ( qiz yana yig‘lab yubordi ) u.. ularning ustiga bino qulabdi .. hozir ahvollari og‘ir emish .
Bu gapdan Lyusi karaxt ahvolga tushib qoldi.
Chunki Jeyson uni eng yaqin va ishongan do‘sti edi. Uni akasidek har narsadan himoya qilar muammosini birgalashib hal qilardi .. U bilan o‘tgan kunlari tortishishlari ko‘z oldidan o‘tib yig‘lay boshladi ..
- sen buni qayerdan bilding ..
- Tomas aytdi .. hozir shifohonada emish.. Lyusi Jeysonga achinib ketayapman ..
- unga hech narsa qilmaydi .. u kuchli va irodali yigit .. tur biz ham shifoxonaga boramiz .. deb o‘rnidan turib taksi chaqira boshladi .. Taksi kelgach ikki qiz shifohonaga bordi .
Tomas karidorda yerda boshini devorga suyagancha o‘tirar edi ..
- Tomas Jeyson tuzikmi aperatsiya tugadimi ..
- Lyusi sen .. Elisga qarab ..
- Senga nima degandim ..
- uni ham bilishga haqqi bor ..
- lekin uni deb hozir Jeyson o‘lim yoqasida .. bu gapni alam va nafrat bilan baqirib gapirdi .. Lyusi bu gapni eshitib ..
- nima .. meni deb ..
- ha aynan seni deb .. Jeyson seni sevardi..
- Tomas ..
- yo‘q endi u bilishi kerak Elis. Jeyson seni jonidan ortiq sevardi .. lekin sen faqat o‘zingni sevasan . Boshqalarning hissiyotlari sen uchun bir tiyn ekanini bilgani uchun senga buni aytmagan .. hozir ham seni yig‘latgani uchun .. Maykl bilan urushib , bahtsiz hodisaga uchrab , shu yerda o‘lim yoqasida yotibdi ..

Lyusi hech nima deyolmay qoldi .. uni gapi to‘g‘ri har biri ..


- men buni istamagandim ..
- ket .. bu yerdan hoziroq ket ..
- Tomas nima deyapsan .. unda nima ayb ..
Tomas Elisni gaplariga e'tibor bermay Lyusiga yaqin borib .. qulog'iga
- agar Jeysonga biror korhol bo‘ladigan bo‘lsa .. avvalgi do‘stligimizga qarab o‘tirmayman .. uzoqlashib Lyusiga qarab
- tushunding deb o'ylayman.. endi yo‘qol ..
Lyusi yoshlarini artib
- Elis biror nima bo‘lsa menga habar ber deb endi ketayotsa Eshik ochilib Lyusining dadasi chiqib qoldi .. qiz tezda berkinib eshita boshladi ..
Tomas tezda oldiga borib..
- nima bo‘ldi amaki .. u yaxshimi..
- bir nima deyish qiyin .. bino uni ustiga tushgan.. sog‘ joyi qolmagan yuragi urayapti ..miyya ham ishlayapti lekin yashab ketish ehtimoli juda past .. har narsaga tayyor turing .. deb qayta kirib ketdi .
Tamom .. Lyusi bu gapdan tamom bo‘ldi .. havo yetishmay tashqariga otildi.. yomg‘ir yog‘ayotgan ekan .. zinaning chekkasiga arang o‘tirib ..
- men aybdorman .. la'nat bo‘lsin menga .. hammasiga men aybdorman ..

Unutamadım gitti♡



Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling