Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
2. Qadimgi yapon davlatlari. Qadimgi yapon madaniyati
o‘ziga xosligi, an’analarga sodiqligi va sirli ekanligi bilan juda qiziqarlidir. Qadimgi yaponlar o‘ziga xos san’at, adabiyot va dun- yoqarashni har xil va turli xil bosqichlardagi unsurlar asosida yaratdilar. Bu madaniyat barcha zamon va makonda o‘z qudra- ti va jozibasini yo‘qotmay keldi. Orollarda shakllangan yapon sivilizatsiyasi turli davrlarda bu yerga ko‘chib kelgan, qit’adan ajralgan holda mahalliy iqlimga moslashgan turli etnos larning qo‘shilib ketishi oqibatida vujudga keldi. Yaponiyaning eng qa- dimgi aholisi ehtimol protoyapon qabilalari hamda kelib chiq- ishi malay-polinez qabilalari bo‘lgan. Yaponiya orollarida mil. avv. III ming yillikda qadimgi neolit madaniyati tarqalgan. Ya- poniya orollarda joylashgan bo‘lsa-da, qadimgi Sharqiy Osiyo bilan yaqin aloqada bo‘lgan. Mil.avv. I ming yillikning ikkinchi yarmida yapon orollariga Koreya yarim oroli orqali qabilalar migratsiyasi boshlangan. Bu qabilalar Kyusyu orolining shimoli, Xonsyu orolining janubida ko‘pgina qabrlar qoldirganlar. Migrantlar o‘zlari bilan jez qu- rollari, ot va sigirlarni olib keldilar. Eng muhimi, sug‘orma sho- likorlik texnikasi bilan kirib keldilar. Yaponiyada dehqonchilik so‘nggi neolit davridan ma’lum bo‘lib, u asosan tariq, grechixa va bir qism quruq sholikorlik bo‘lib, uncha katta bo‘lmagan xo‘jalik faoliyatidan iborat bo‘lgan. Aholi qirg‘oqbo‘yi baliqchili- gi, terimchilik va ov bilan shug‘ullangan. Sug‘orma sholikorlik- ning tarqalishi yangi xo‘jalik madaniyatining shakllanishiga olib keldi. Misrda metall asri mil.avv. IV ming yillikda boshlandi. Qo‘shni Xitoydan Yaponiyaga jez qurollar mil.avv. XIII asrda tarqaldi. Mil.avv. III asrda Chjou va Xan davlatlarida temir qurollardan foydalanildi. O‘rta Osiyoda temir davri mil.avv. IX–VIII asrlarda boshlandi. Ular bilan taqqoslaganda, Yaponiya neolit davriga 303 kech o‘tdi. Yaponiyada jez va temir qurollar bir vaqtning o‘zida mavjud edi. Xitoydagi Xan sulolasi davrida temir qurollar Xitoy orqali Yapon orollariga ham yetib keldi. Yaponiya Xan madani- yati orqali tosh asridan birdaniga temir asriga o‘tdi. Yapon tarixshunosligida olti asr (mil.avv. III asrdan milodiy III asr gacha) «Yayoy» davri (ilk bor Tokiodagi bu madaniyat- ning qoldiqlari topilgan joy nomi bo‘yicha) deb ataladi. Yayoy madaniyati hayotining asosi sug‘orma dehqonchilik bo‘lgan barqaror jamoaning shakllanishi bilan ajralib turadi. Jezdan diniy marosim buyumlari bo‘lgan oynalar, qilichlar, qo‘ng‘iroq lar va temirdan mehnat qurollari tayyorlangan. Yayoy keramikasi paydo bo‘lib, u boshqa keramika madaniyatlaridan farq qilgan. Mil.avv. I ming yillik o‘rtalarida Yaponiyadagi barcha qabilalar urug‘-jamoa tuzumida yashaganlar. Bu davrda sug‘orma sho- likorlik va metallga ishlov berish boshlandi. Mil.avv. III asr oxirida tuzilgan «Vey Chji» asarida sholi ekishga o‘tish jarayoni turli hududlarda uzluksiz yuz bergani to‘g‘risida ma’lumot beriladi. Sug‘orma dehqonchilikning paydo bo‘lishi urug‘-jamoachilikni yemirilishi, mulkiy ta- baqalanishga olib keldi. «Vey Chji» asarining muallifi Yaponi- yada «ekinlardan sholi, kanop, tut daraxtlari o‘stiriladi», «Iki, Susima orollarining aholisi janubga boradilar» deb ma’lu- mot beradi. Bu manba Yaponiyada odamlarning o‘z badani- ni bo‘yash (tatuirovka qilish) an’anasi keng tarqalganini baliqchilik kasbi bilan bog‘laydi: «Ular suvda baliq tutadilar, chig‘anoqlarni teradilar va katta baliq, qushlarni qo‘rqitish uchun tatuirovka qiladilar». Mil.avv. I asrlarda jez qurollar tarqalgan bo‘lsa-da, qishloq xo‘jaligida asosan mehnat qurol- lari yog‘och va toshdan qilingan. Yer motiga bilan ishlanib, hosil yarim oy shaklidagi tosh o‘roqlar bilan o‘rilgan. Pro- toyapon qabilalarining xo‘jaligi va moddiy madaniyatiga oid arxeologik ma’lumotlar bilan birga, qadimgi Xitoy yilnoma- lari ham qiziqarli ma’lumotlar beradi. Yaponiyada jez davri ko‘p sonli protodavlat birlashmalari tashkil topgan vaqt bo‘lib, ulardan eng kichiklari faqat bir necha ming «hovli»dan iborat bo‘lgan. Shu bilan bir vaqtda, ularning birlashuv jarayoni boradi. Agar mil.avv. I asrda davlatchalar soni yuzdan ortiq bo‘lsa, milodiy III asrda «Vey Chji» manba- si faqat ulardan 30 tasini eslatadi. Bu «davlatlar» hokimiyat uchun kurashda Xan imperiyasini qo‘llab-quvvatlashiga umid qilib, u bilan aloqa o‘rnatganlar. Qadimgi Xitoy xronikalari mil. 304 avv. I asrda «Va odamlari» Koreya yarim orolidagi Xan okrugi amaldorlariga sovg‘alar bilan kelganligi to‘g‘risida ma’lumot be- radi. Keyinchalik Yaponiyadan Xan saroyiga elchilar kela bosh- laydi. Mil.avv. 56-yilda Loyandagi imrerator Guan U-di saro- yida shunday elchilardan biri qabul qilinib, unga muhr taqdim qiladilar. Muhrda «Xanga bo‘ysunuvchi Va davlati hokimi» yozuvi bitilgan. Bu qadimgi Xitoyning Xan tipidagi muhridir. Yaponiyada davlatchilikning shakllanishi milodiy III–IV asr- lar bilan belgilanadi. Bu davrda Yapon orollarida bir necha kat- ta-kichik davlatlar tashkil topdi. Bu vaqtda Janubiy Kyusyu orolidagi qabilalar ittifoqi Markaziy Yaponiyaga istilochilik yurish larini boshladilar. Bu yurishlar natijasida Yamato dav- lati shakllandi va u yetakchilik rolini o‘ynashga harakat qildi. Xonsyu oroli va uning atrofida Yamato davlatining to‘la hukm- ronligi o‘rnatildi. Yamato malikasi 238-yilda Shimoliy Xitoyda- gi Vey imperiyasi bilan aloqa o‘rnatdi va yuborilgan sovg‘alar uchun «Veyga do‘st Va malikasi» deb yozilgan oltin muhrini oldi. Yamato davlatida ma’muriy tizim shakllangan bo‘lib, aso- siy hududiy birlik provinsiya bo‘lgan. Manbada «Har bir provin- siyada bozor bo‘lib, u yerda hukumat amaldori nazorati ostida savdo qilinadi» deyiladi. Yamato hududida yagona soliq tizimi joriy qilinganligi to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud. Yamatoning boshqa yapon davlatlari o‘rtasida alohida o‘rin tutgani to‘g‘risi- da ma’lumotlar bor. Yamato hukmdorining kelib chiqishi ilohiy- lashtirilgan. U Quyosh ma’budasi Amaterasu avlodi hisoblan- gan. Uning hokimiyatini muqaddas ramzi qilich, yashma bezagi va jez oyna bo‘lgan. Qadimgi Xitoy manbalarida ko‘rsatilgan mahalliy aholi ki- yimlarini o‘ziga xos xususiyatlari, uy-joylar qurilishidagi jihoz- lar, qoziqlar ustidagi uylarning tasvirlari bu davr protoyapon qabilalari madaniyatining janubdan kelib chiqqani belgilarini ko‘rinadi. Mil.avv. I ming yillikning so‘nggi asrlarida Yaponiya hududida turli xil madaniy ekinlardan, dehqonchilik unsurlari- dan asta-sekin so‘nggi davr yaponlariga tegishli o‘ziga xos xo‘ja- lik ko‘rinishi shakllanadi. Xitoy tilidagi yodgorliklar protoyaponlarni «Va odamlari» deb ataydi. Manbada ularning ijtimoiy tuzumida tabaqalanishning chuqurlashgani ko‘rinadi: «Xalq ichida tengsizlik mavjud. Bir kishi ikkinchisiga bo‘ysunadi». Manbalarga ko‘ra, jamiyatda zo- dagonlar, oddiy aholi va qullar mavjud bo‘lgan. Qulchilik man- balaridan biri jamoada qarindoshlarni qul qilish bo‘lgan. 305 Yaponiyaning qadimgi tarixini arxeologik davrlashtirishda IV–VII asrlar «qo‘rg‘onlar davri» («Kofun driday») deb ataladi. Bu ilgari Yaponiya uchun noma’lum bo‘lib, III asr oxiridan hudud- da paydo bo‘lgan dafn qilishning o‘ziga xos qabr-qo‘rg‘onlari bi- lan bog‘liq. Yaponiyadan o‘n mingga yaqin shunday qo‘rg‘onlar topilgan. «Qo‘rg‘onlar davri»da Yaponiya hududida jez mehnat qurol- lari bilan bir vaqtda, temir qilich va temirdan yasalgan mehnat qurollari keng tarqaladi. Shu bilan birga, IV–VIII asrlar madani- yatini o‘tgan davrlar madaniyatidan ajratib turadigan yana bir xususiyat mavjud. Bu davrda chavandozlik, otda yurish san’ati bilan bog‘liq o‘ziga xos an’analar yapon orollariga kirib keladi. Bu davrga oid Yapon orollaridagi arxeologik topilmalar – uzangi, egar va boshqa ot anjomlari Koreya va Shimoliy Xitoydan topil- gan buyumlarga o‘xshaydi. Jilovlangan ot zodagonning faxr-if- tixori bo‘lgan. Jilovlangan ot kichik hajmda, juda tabiiy ko‘ri- nishda mayda loy haykalchalarda ifodalangan. Odatda, qabrga qo‘yilgan bu haykalchalar «xaniva» deb atalgan. Qabr-qo‘rg‘on- lardan topilgan dafn marosimi buyumlari namunalari orasida uylar, ibodatxona, ko‘zalar, qurollar, qushlar, kohinlar, askar- lar tasvirlari bor. Bu tasvirlar bo‘yicha qadimgi yaponlarning moddiy-ma’naviy hayotining o‘ziga xos xususiyatlari qayta tiklandi. Yapon tarixchilarining fikriga ko‘ra, «qo‘rg‘onlar davri- da» Yaponiyaga Markaziy Osiyodan ko‘chmanchi qabilalar kirib keladilar va ular davlatlarni barpo etadilar. Yaponiyada qo‘rg‘onlarning qurilishi ajdodlar ruhiga, qu- yoshga sig‘inish bilan bog‘langan. Ajdodlar ruhiga sig‘inish davlat hokimiyati darajasida, hukmron urug‘ning asoschi- si Quyosh ma’budasi Amaterasuga sig‘inishda o‘z ifodasi- ni topdi. Ilk sintoizm xudolar panteoniga – urug‘ ajdodlari ruhlari, ilohlari kirgan. Bundan tashqari, joylarda ko‘p sonli landshaft ilohlariga ham si’g‘inilgan. Qadimgi yapon rivoya- tiga ko‘ra, dunyo qorong‘ilik qa’riga cho‘kkanda, Amaterasu samoviy g‘orga yashirinadi va xudolar uni sehr usullari yor- damida boshpanasidan chiqarib olmaguncha, g‘orda o‘tiradi. Tarixiy va yarim afsonaviy voqealar qayta ishlanib, «Kodziki» va «Nixon syoki» nomli to‘plamlarga kiritildi. Bu to‘plamlar sinto mifologiyasi asosida umumdavlat mafkurasini yara- tishda muhim bosqich bo‘ldi va Yaponiyaning keyingi rivoj- lanishiga qulay shart-sharoit yaratdi. Birinchi bor jamiyat- ning turli sohalarini qamrab oladigan qonunchilik «Tayxoryo» 306 shakllandi. Jamiyatning iqtisodiy asosi bo‘lgan yerning yago- na egasi davlat edi. Yapon diniy e’tiqodi uzoq vaqt mobaynida shakllandi. Ibti- doiy jamoa davrida ilk diniy tasavvurlar animizm, fetishizm va magiya mavjud edi. Yaponiyada magiya ilk ibtidoiy e’tiqod shakli bo‘lgan. Odamlar jamoa bo‘lib, turli xil magiya-sehrgar- lik marosimlarini bajarganlar. Bir manbada shunday ma’lu- mot keltiriladi: Yamato Ximeko davlati malikasiga «yovuz ruh joylashdi va u xalqni zaharladi». Bu dalil ilk davlatlar paydo bo‘lganda, ularning hokimlari magiya marosimlarida shomon vazifasini bajarganlarini ko‘rsatadi. Davlat boshlig‘i ham bosh- da turli magiya sehrgarlik marosimlaridagi ijro asosida urug‘ jamoa yengilishida saylangan. Kyusyu orolining shimolida ulkan jez qilich, nayza, jez qo‘ng‘iroqlar topilgan. Ulardan amalda na qurol, na musiqa as- bobi sifatida foydalanib bo‘ladi. Eh’timol ulardan urug‘ jamoa- lari magiya marosimlarini o‘tkazishda foydalanganlar. Dehqon- chilik jamoalarida turli xil sehrgarlik marosimlari yerga ishlov berish oldidan va hosilni yig‘ish paytida o‘tkazilgan. Hozirgi yapon milliy dini sinto (yapon tilida «xudolar yo‘li») asl diniy tasavvurlar va Xitoydagi konfutsiylik va mistik ta’limot daosizm ta’siri ostida shakllandi. V asr o‘rtalarida yunon hukm dorlari davlat barqarorligini ta’minlash va mafkuraviy tarqoqlik ni rag‘batlantiradigan sintoning urug‘ va hududlar e’tiqodlari kuchini sindirish uchun rivojlangan jamiyat e’tiqodi bo‘lgan buddaviylikni qabul qildilar. Buddaviylik dini ehtiyoj- lariga xizmat qiladigan ibodatxonalar qurildi. Budda va bodxu- satvalarning haykal tasvirlari va boshqa diniy buyumlar yasala boshlandi. Sintoizm bu vaqtda diniy marosimlar o‘tkaziladigan inshootlar qurilishi an’analariga ega emas edi. Ilk yapon bud- da ibodatxonalari janubdan shimolga yo‘naltirilib, Xitoy va Ko- reya an’analari bo‘yicha qurilgan. Lekin inshootlarning seys- mologik chidamiga etibor berilgan. Bu hol qurilishda mahalliy an’analar mavjud bo‘lganini ko‘rsatadi. Yapon budda ibodat- xonasida toat-ibodat qiladigan xona bo‘lmagan. Ibodatxona xo- nalari muqaddas buyumlar saqlanadigan joy vazifasini o‘tagan. Nara shahri yaqinidagi ilk budda ibodatxonalaridan biri bo‘lgan Xaryudzi ibodatxonasi hozirgacha asl holida saqlanib qolgan. Yamato hukmdori Syotoku-taysi VII asr boshlarida davlat ap- parati va boshqaruv tizimining asosiy shakllarini vujudga kel- tiradi. U 603-yilda zodagonlik darajasining (rang) yangi tizimini 307 kiritadi. 604-yilda esa davlatning mafkuraviy asosi qilib, kon- futsiylik belgilanadi. Hukmron Syotoku-taysi Konfutsiy ta’limo- tiga ko‘ra, barcha fuqarolar hukmdorga bo‘ysunishlari lozimligi to‘g‘risidagi qonunni e’lon qiladi. 607-yilda Syotoku-taysi Xitoy- ga elchi bilan maktub jo‘natadi. Maktubda shunday yozilgan: «Quyosh chiqadigan osmon mamlakati o‘g‘li quyosh botadigan mamlakat o‘g‘liga murojaat qiladi». VII asr oxiridan boshlab, Yapon davlati eski Yamato nomi o‘rniga Nippon deb atala bosh- lanadi. Hozirgi «Yaponiya» so‘zi shundan kelib chiqqan. Shaharsozlikning rivojlanganligini 710-yilda qurilishi tugal- langan doimiy poytaxt Nara shahrida ko‘rish mumkin. Shahar reja asosida janubdan shimolga 9 ko‘chaga, g‘arbdan sharqqa 8 ko‘chaga bo‘lingan. 72 hududga bo‘lingan shaharda 200 ming kishi yashashi mumkin edi. Savdo-hunarmandchilikning rivoj- lanishi bilan Yaponiya VIII asrdan o‘z tanga pulini zarb qila boshladi. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling