Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet241/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

Tavsiya etiladigan adabiyotlar
1. Штаерман Е. М. Проблема падения Римской республики в 
советской историографии. Вопросы истории, 1966, № 3.
2. Плутарх. Сравнительные жизнеописания, т. 2, 3. Биографии 
Катона, Цицерона, Антония, Брута, Гая Мария, Суллы, Красса, 
Помпея, Цезаря.
Гай Саллюстий Крисп. Сочинения. – М.: 1981.
3. Цицерон. Речи. В 2-х т. – М.: 1962.


537
4. Коржева К. П. Восстание Спартака в советской истори огра-
фии. Вопросы. истории, 1974, № 10.
5 Утченко С. Л. Цицерон и его время. – М.: 1972.
6. Утченко С. Л. Юлий Цезарь. – М.: 1976.
Asosiy sanalar
Mil.avv. 79-yil
Sulla diktatorlik vazifasini o‘zidan soqit
qildi.
Mil.avv. 74 –71-yillar Spartak boshchiligidagi qullar qo‘zg‘oloni
bo‘ldi.
Mil.avv. 59-yil
I triumvirat (Pompey, Sezar va Krass).
Mil.avv. 59-yil 
Sezar konsul etib saylandi.
Mil.avv. 55-yil 
Krass va Pompey konsul etib saylandilar.
Mil.avv. 43-yil
II triumvirat (Oktavian, Mark Antoniy va
Lepid).
Mil.avv. 31-yil 
Oktavian va Antoniy qo‘shinlari o‘rtasida
Aksiy yonida hal qiluvchi jang bo‘lib o‘tdi.


538
RIM JAMIYATI VA DAVLATI ILK IMPERIYA DAVRIDA
1. Avgust prinsipati. 2. Rim siyosiy hayoti. 3. Rim im-
periyasi milodiy I asrda.
1. Avgust prinsipati. Ko‘p yillik fuqarolik urushlaridan 
so‘ng, nihoyat Rimda tinchlik o‘rnatildi. Oktavianning eng faol 
raqiblari fuqarolar urushlarida halok bo‘ldi. Sezarga qarshi gu-
ruhlarning tirik qolgan vakillari siyosiy jihatdan zaif va bo‘linib 
ketgan edi. Ular o‘z mavqelarini saqlab qolish uchun Oktavian-
ga har qanday yo‘l bilan yordam berish yoki kelishishga tayyor 
edilar. Aksiy yonidagi g‘alaba natijasida 33 yoshli Oktavian (mil. 
avv 30-yildan – milodiy14-yiligacha) ulkan davlatning yagona 
hukmdoriga aylandi. U diktatura va umrbod senzorlikdan voz 
kechdi. Hech kim uni podsholikka intilmoqda deb ayblamasligi 
uchun Romul nomi va dominus (janob) unvonini inkor qildi. 
Oktavian mil.avv. 30-yildan plebey tribuni hokimiyatiga ega 
edi. U mil.avv. 29-yilda senatdan qo‘shin qo‘mondoni, ichki va 
tashqi siyosat sohalarida oliy hokimiyatda egalikni bildiradi-
gan umrbod imperator unvonini oldi. Mil.avv. 28-yil senatda 
navbatdagi tozalash o‘tkazilib, senat a’zolari soni ming kishiga-
cha yetkazildi. Senat a’zolarining yangi ro‘yxatida Oktavianning 
nomi birinchi turar edi. Ana shundan uning prinseps senatus 
(«birinchi» – lotin tilidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjimasi) unvoni ke-
lib chiqdi. Respublika Rimida prinseps unvoni senatorlar ro‘y-
xatidagi birinchi o‘rinda turgan eng hurmatli va eng keksa, 
odatda, sobiq senzorlardan senatdagi o‘rnini bildirar edi. Bu 
unvon faxriy bo‘lib, konsullarning so‘roviga ko‘ra prinsepsga 
o‘z fikrini birinchi bo‘lib bildirish huquqidan boshqa hech qan-
day alohida vakolatlar bermas edi. Rimning O‘rtayer dengizi 
havzasida yetakchilik uchun kurashi davrida ichki va tashqi 
siyosatga shubhasiz ta’sir o‘tkazgan obro‘li kishilar prinseps-
lar bo‘lgan edi (Kvint Fabiy Maksim, Sisipion Katta va boshqa-
lar). Sulla diktaturasidan so‘ng prinsepslar oldingi ahamiyatini 
yo‘qotdi. Oktavian senatorlar ro‘yxatida o‘zini birinchi qo‘yib, 
go‘yoki senat prinsepsining ilgarigi mavqeyini qayta tikladi. 
Bu unvon Oktavianga o‘z fikrini birinchi bo‘lib bildirish va se-
natning qaroriga ta’sir qilishga imkon yaratdi. Senat unga Av-
gust («Xudolar ulug‘lagan») unvonini berib, uning hokimiyati 


539
muqaddas ekanligini ta’kidladi. Bundan tashqari, Oktavian 
Avgust oliy harbiy hokimiyatga egaligi, umrbod konsul, xalq 
tribuni bo‘lganligi uchun «veto» (taqiq) huquqidan foydalanish 
imkoniyatiga ega bo‘ldi. 
Oktavian hokimiyatining moddiy asosini unga shaxsan qa-
ram bo‘lgan provinsiyalardan keladigan daromadlar va senat 
xazinasi bilan yonma-yon ta’sis etilgan prinseps xazinasi (fisk) 
tashkil qildi. Uning davrida respublika muassasalari – senat, 
konsullar, kvestorlar lavozimi saqlab qolinib, barcha mansab-
dor shaxslar ma’lum bir muddatga saylanar edi. Avgust senat-
dan barcha ozod qo‘yilgan qullarni chiqarib, unga Italiya mu-
nisipiylari va koloniyalarining zodagonlarini kiritdi. O‘zining 
hokimiyati uchun xavfli bo‘lgan yirik yer egalari va boylarning 
ijtimoiy ahvolini turli tadbirlar bilan mustahkamladi va ularni 
o‘ziga moyil qildi. Oktavian Avgustni yana bir tabaqa suvoriy-
lar qo‘llab-quvvatladi. Bu tabaqaga prinseps muhim imti-
yozlarni berdi. Suvoriylar uchun 400000 sestersiy mulk senzi 
belgilanib, eski respublika an’analari bilan bog‘lanmagan bu 
qatlam tarkibiga boylik orttirgan mulkdorlar kiritildi. Ba’zi bir 
yuqori mansablar suvoriylarga berildi. Oktavian shaharning 
quyi qatlamlarini ham o‘z tomoniga og‘dirib olish uchun ularga 
muntazam tekin non tarqatib, tomoshalar uyushtirishni tash-
kil qildi. O‘sha davrda Rimda yashagan mln aholidan kamida 
200000 kishi davlatdan bepul non olar edi. 
Avgust hokimiyatining asosiy tayanchi qo‘shin edi. Okta-
vian davrida muntazam yollanma qo‘shinga o‘tish tugallandi, 
uning hukmronligi yillarida qo‘shin 25 legiondan tashkil topib, 
umumiy soni 250 ming kishini tashkil etdi. Qo‘shinning barcha 
sarkardalari shaxsan imperatorga bo‘ysungan, legionni propre-
tor unvoniga ega bo‘lgan legat boshqargan. Oliy qo‘mondonlik 
tarkibiga harbiy tribunlar kirgan. Tribun va legatlar senatorlar 
toifasidan, yordamchi qo‘shin sarkardasi bo‘lgan qo‘shin ta’mi-
noti bilan shug‘ullanadigan prefektlar suvoriylardan bo‘lgan. 
O‘rta sarkardalar tarkibiga senturionlar kirgan. Ular yaxshi 
xizmat qilgan legionerlar orasidan olingan. Legionerlarga oy-
lik muntazam to‘lab turildi. Qo‘shin professional bo‘lib, Rim 
fuqarosi harbiy xizmatga kirgan vaqtda shaxsan prinsepsga 
sodiqlik to‘g‘risida qasamyod qilar edi. Harbiy xizmat 25 yil 
qilib belgilandi. Provinsiyalardagi fuqarolar yordamchi qo‘shin 
tarkibida xizmat qilar edi. Lashkarboshilik qobiliyati bo‘lmagan 
va urushlar olib borishni yoqtirmagan imperator imperiyaning 


540
hududlarini kengaytirishni emas, balki mavjud bo‘lgan hudud-
lar chegaralarini mustahkamlashni afzal ko‘rdi. 
Faqat milodiy I asr oxirida Oktavianning vorislari davri-
da Alp tog‘lari hududi va Dunay havzasidagi keng hududlar 
bosib olindi. Bosib olingan bu hududlarda Pannoniya va Mezi-
ya provinsiyalari tashkil etildi. Imperiyaning shimoldagi che-
garalari Reyn va Dunay daryolari o‘rqali o‘tdi. Rimliklarning 
Reyn va Elba daryolari havzasida o‘rnashib, german provin-
siyasini tashkil qilishga urinishlari to‘la mag‘lubiyat bilan tu-
gadi. Milodiy 9-yilida Xerusk qabilalari yo‘lboshchisi Arminiy 
boshchiligida Tevtonburg o‘rmonida Rimning uch legioni tor-
mor qilindi.
Oktavian sharqda urush harakatlarini olib bormadi. Parfiya 
bilan diplomatik aloqalar o‘rnatildi. Mil.avv. 20-yilda parfiya-
liklar bilan tinchlik shartnomasi tuzildi. Shartnomaga ko‘ra, 
Rim qo‘shinlarini mil.avv. 53, 40 va 36-yillardagi mag‘lubiyat-
lari natijasida bosib olingan asirlar, bayroqlar hamda garovga 
olingan zodagon rimliklar Rimga qaytarib berildi. Ikki davlat 
o‘rtasidagi chegara Frot daryosi bo‘yicha belgilandi. Oktavian 
Kichik Osiyo va Suriyaning sharqida Rimga qaram bo‘lgan vas-
sal davlatlarni saqlab qoldi. 
Qo‘zg‘olonchi Galliya mil.avv. 27-yilda to‘la bo‘ysundirilib, 
4 provinsiyaga rasman bo‘lindi: Narbon Galliyasi, Lugdun 
Galliyasi, Belgika va Akvitaniya. Pireney yarim orolining shi-
moliy-g‘arbida jangovar astur va kantabr qabilalari bilan mil.
avv. 28-19-yillarda og‘ir urush olib borilib, bu urush mil.avv. 
19-yilda Rimning to‘la g‘alabasi bilan tugallandi. Shundan so‘ng 
Pireney yarim orolida uch provinsiya tashkil qilindi: Tarrakon 
Ispaniyasi, Luzitaniya va Betika. Rimliklar mil.avv. 25-15-yil-
larda salass, ret va vindelik qabilalarini bo‘ysundirib, Retsi-
ya provinsiyasini tashkil qildilar. Rimda urush vaqtida ochib 
qo‘yiladigan Yanus ibodatxonasi eshiklari bosh kohin sifatida 
Oktavianning o‘zi tomonidan tantanali yopildi. Bu Rimda tinch-
lik davri boshlanganligini bildirar edi. Quruqlik yo‘llaridagi va 
dengizdagi qaroqchilik tugatildi. 
Avgust o‘ziga shaxsan bo‘ysunadigan, uning hayoti uchun 
mas’ul bo‘lgan shaxsiy qo‘riqchi – pretorian qismi (gvardiya)ni 
tuzdi. Avgust pretorian gvardiyasi sarkardasi lavozimini joriy 
qildi. Bu lavozimga suvoriylardan ikki kishi bir vaqtning o‘zi-
da tayinlangan. Ularga urush harakatlariga boshchilik qilish, 
elchiliklarga rahbarlik qilish topshirilgan. Avgust davrida Rim-


541
da tez-tez chiqadigan yong‘inlarni o‘chirish uchun ilk bor o‘t 
o‘chirish qismlari tashkil etildi. 
Oktavian muzokaralar olib borishga juda usta bo‘lib, senat 
bilan hokimiyatni bo‘lishdi. Provinsiyalar imperator va senat 
o‘rtasida taqsimlandi. Misr imperatorning shaxsiy mulki hi-
soblanar edi. Boy va strategik jihatdan muhim bo‘lgan provin-
siyalar imperatorning bevosita nazorati ostida bo‘lib, legatlar 
tomonidan boshqarilar edi. Senat ixtiyoridagi provinsiyalar 
ham amalda imperator hokimiyati nazorati ostida edi. Davlat 
boshqaruv apparatini tartibga solish bilan birga, Oktavian Rim 
jamiyati va oilasini mustahkamlaydigan bir qancha qonunlarni 
qabul qildi. Qonunlarga ko‘ra, fohishabozlik, erga xiyonat va is-
rofgarchilik qattiq jazolandi. Qadimgi Rim urf-odat va an’anala-
rini qayta tiklashga tomon yo‘l tutildi. Oila mustahkamlanib, 
ko‘p bolali oilalar rag‘batlantirildi. Senator va suvoriylarga ozod 
qullar bilan nikoh tuzish taqiqlandi. Qonunga ko‘ra, senator va 
suvoriylar toifasi oila qurishga majbur edilar. Qullarni ozod-
likka chiqarish cheklandi. Vasiyat bo‘yicha ozod qilinadigan 
qullar soni kamaytirildi. Boshqa bir qonunga ko‘ra, xo‘jayin qul 
tomonidan o‘ldirilgan taqdirda shu vaqtda uyda bo‘lgan barcha 
qullar o‘lim jazosiga hukm qilinar edi.
Ilk respublika davrida podsho yoki konsullar Rimda o‘zlari 
yo‘q bo‘lgan paytlarida boshqaruvni olib borish uchun o‘z o‘rin-
lariga shahar prefektini tayinlar edilar. Oktavian bu lavozimni 
yana qayta tikladi. Bu lavozimga senatorlar toifasidan tayinlan-
gan Avgust davridan Misr va boshqa provinsiyalarni boshqa-
rish uchun prefektlar tayinlandi. 
Avgust qadimgi Rim diniy an’analarini qayta tiklashga 
harakat qildi. Buzilgan ibodatxonalar qayta tiklandi. Shu bilan 
birga, sharqdan kirib kelgan yangi xudo va ma’budalar ta’qib 
ostiga olindi. Rimda magiya va astrologiya taqiqlandi.
Oktavian harbiy qobilyati yo‘q kasalmand kishi bo‘lsa-da, 44 
yil hukmronlik qildi. Uning hokimiyatining uzoq davom etishi-
ning sababi Avgust eng avvalo diplomat edi. U hokimiyat uchun 
kurashayotgan turli guruhlar o‘rtasida turib, o‘z murosachilik 
siyosatini olib bordi. Hokimiyatini mustahkamlash uchun har 
qanday vositani ishga soldi. O‘ziga foydali bo‘lgan kishilarni o‘z 
atrofiga to‘pladi. U milodiy 14-yilida Nola shahrida 76 yosh-
da vafot etdi. Svetoniyning yozishicha, o‘limidan oldin Okta-
vian o‘z do‘stlaridan u hayot komediyasida o‘z rolini yaxshi 
o‘ynagan yoki o‘ynamaganini so‘ragan. U hashamat va dabda-


542
ba bilan dafn etildi. Senat qarori bilan ilohiy deb tan olindi. 
Uning hokimiyatini birinchi xotini Liviyaning birinchi nikohi-
dan bo‘lgan o‘g‘li Tiberiy Klavdiy Neron (14–37-yillar) egalladi. 
Yangi prinsepsning hokimiyatga kelishi hech kimning e’tiroziga 
sabab bo‘lmadi. Chunki boshqaruvning yangi shakli amalda 
o‘z samarasini ko‘rsatdi. Imperiya davrida Rimda taxt vorisli-
gi to‘g‘risida biror-bir rasmiy hujjat yo‘q edi, lekin imperator 
hokimiyati tan olingani uchun imperatorning hokimiyatni o‘z 
merosxo‘riga tayinlashiga hech kim qarshilik qilmadi. 
Tiberiy shijoatli lashkarboshi va qobiliyatli boshqaruvchi 
edi. Boshda Tiberiy Oktavianning siyosiy yo‘li va qoidalarini 
davom ettirib, senat bilan to‘la kelishuv asosida davlatni bosh-
qardi. Tiberiy komisiyalardan saylov va sud funksiyalarini olib 
senatga berdi. U iqtisodiy jihatdan tejamkorlik siyosatini olib 
bordi (o‘zidan keyin xazinada 2 mlrd 700 mln sestersiy qoldir-
di). Provinsiyalar boshqaruvini yaxshilashga urindi va jamiyat 
ma’naviy hayotini sog‘lomlashtirishga harakat qildi. Eskicha 
turmush tarzidan voz kechishni istamagan hukmron tabaqa 
barcha islohotlarga norozilik bildirib, passiv qarshilik ko‘rsat-
di. Tiberiyga qarshi fitna uyushtirildi, lekin u fosh bo‘lib qoldi. 
Imperator 26-yilda Rimdan Kapri oroliga ko‘chib o‘tdi va 10 yil 
shu yerda yashadi. 77 yoshli kasal imperatorni 37-yil mart oyi-
da pretor prefekti Makron bo‘g‘ib o‘ldirdi.

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling