Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

Tavsiya etiladigan adabiyotlar
1. История Востока. Т.1: Восток в древности / Отв. ред. 
В.А.Якоб сон. – М.: 1997.
2. История Древнего Востока: учеб.пособие /А.А. Вигасин. 2-е 
изд. Испр. – М.: Дрофа. 2007.
3. Хрестоматия по истории Древнего Востока / Под ред. 
А.А.Вигасина. – М.: 1997.
Asosiy sanalar
Mil.avv. XI–X asr o‘rtalari
O‘tish davri.
Mil.avv. X asr o‘rtalarida
So‘nggi podsholik.
VI asrgacha
Mil.avv. 945–730-yillar
XXII–XXIII Liviya sulolalari bosh- 
qaruvi.
Mil.avv. 721–715-yillar
Bokxoris islohotlari.
Mil.avv. 715–664-yillar
Misr-Efiopiya (XXV sulola) davri.
Mil.avv. 671–655-yillar
Misr Osuriya hukmronligi ostida. 
Mil.avv. 664–525-yillar
Misrning yangi uyg‘onish davri
(XXVI-Sais sulolasi). 
Mil.avv. 600-yillar
Finikiyaliklarning Afrika atrofida- 
gi sayohati.


68
QADIMGI MISR MADANIYATI
1. Misr madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlari. 2. Misr-
da din. 3. Til, yozuv, ta’lim tizimi. 4. Adabiyot. 5. Tasviriy 
san’at va me’morchilik. 6. Ilmiy bilimlar.
1. Misr madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlari. Qadimgi 
misrliklar tuzilishi bo‘yicha murakkab, mazmunan boy madani-
yat yaratdilar. Bu madaniyat ko‘pgina Yaqin Sharq xalqlarining 
madaniy taraqqiyotiga hayotbaxsh ta’sir ko‘rsatdi.
Misr madaniyati to‘rt ming yil davomida shakllandi. Qadim-
gi Misr madaniyatining taraqqiyotini nima belgiladi? Birinchi 
navbatda, Qadimgi Misr ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining o‘ziga 
xos xususiyatlari, Nil vodiysining o‘zlashtirilishi, dehqonchilik-
ning oqilona tashkil qilinishi, umummisr iqtisodining yuksak 
taraqqiyoti madaniy o‘sishning moddiy asosini yaratdi. Shu bi-
lan birga, madaniyat sohasidagi yutuqlar ta’lim, fan, qadimgi 
misrliklarning umumiy ma’naviy taraqqiyotining yuksalishi bu 
ijtiomiy-iqtisodiy taraqqiyot va davlatni takomillashtirishning 
asosiy sabablaridan biri bo‘ldi.
Qadimgi Misr madaniyatida qator o‘ziga xos xususiyatlar 
borki, bu madaniyatni chuqur takrorlanmas tizimini hosil 
qiladi. Uning o‘ziga xosligi va takrorlanmasligi sinfiy jami-
yat va davlatning kelib chiqishi hamda Nil vodiysining yopiq 
geografik joylashuvi natijasida boshqa xalqlarning madaniy 
yutuqlarini o‘zlashtirishning qiyinligi bo‘ldi. Nil vodiysining 
tabiiy sharoiti butun Misr madaniyatida chuqur iz qoldirdi. 
Xo‘jalik hayotida Nil daryosining yetakchi o‘rni, dengizdan 
uzoqlik, Nilni o‘rab turgan jonsiz sahro, qumli bo‘ronlari, ja-
zirama issig‘i, yirtqich hayvonlari bilan qadimgi Misr dunyo-
qarashi va diniy e’tiqodi, qadriyatlarining butun tizimi xusu-
siyatini belgiladi.
Fir’avnning kuchli hokimiyati orqali tashkil qilingan umum-
jamoa mehnati bilan misrliklar qulay hayot uchun shart-sha-
roit yaratdilar. Shu bois, tabiatning dahshatli kuchlari oldidagi 
qo‘rqinch, fir’avnning qudratli hokimiyati, dahshatli xudolar, 
ularning ulug‘vorligi va qudrati qadimgi misrliklarning dunyo-
qarashiga singib ketgan edi. Oddiy odamlar qudratli xudolar va 


69
yanada mahobatli fir’avnlar, ularning amaldorlari oldida o‘zla-
rining juda zaifligi va kuchsizligini his qilganlar.
Misr madaniyatiga chuqur konservatizm va an’anaviylik xos. 
Misrliklar o‘zlarining madaniy qadriyatlar tizimiga biror-bir 
yangilik kiritishdan qochdilar. Aksincha, ularda o‘zlariga 
ma’lum g‘oya, qonun, badiiy uslublarni asrash va amaliyotga 
tadbiq qilish uzoq asrlar asosiy tamoyil bo‘lib qoldi. Albatta, bu 
hol yangi unsur, g‘oya va uslublarni inkor qilmadi, ammo ular 
asta-sekin paydo bo‘ldi. Shu sababli, Misr ustalari doimo ri-
oya qilgan an’anaviylik va konserva tizm Misr san’ati uchun xos 
bo‘lgan konseptuallik va yuqori malakalilik, mohirlik, uyg‘un-
likni o‘zida aks ettirib, nihoyasiga yetkazib ishlangan. Bu faqat 
misr madaniyatiga tegishli qonun va obrazlarning yaratilishiga 
olib keldi. 

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling