Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Buyuk Osuriya harbiy davlati (mil.avv. I ming yillik)
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
4. Buyuk Osuriya harbiy davlati (mil.avv. I ming yillik).
Mil.avv. I ming yillikda Old Osiyoda temirdan keng miqyosda foydalanishning boshlanishi qadimgi Sharqda iqtisodiy o‘sish- ga olib keldi. Quruqlik va dengiz savdosi keng hajmda rivojla- nadi. Xett va Mitanni kabi qudratli davlatlar tarix sahnasidan tushib ketdi. Bobil va Misr ichki va tashqi siyosatda tushkun- likka yuz tutdi. Mil.avv. XI asrning I choragida Arabiston yarim orolidan yarim ko‘chmanchi oromiylar Mesopotamiya va qo‘shni mam- lakatlarga bostirib keldilar. Mil.avv. 1000-yillar atrofida ular Frot daryosidan o‘tib, Osuriyani bir necha janglarda mag‘lubi- yatga uchratdilar. Osu riya davlati zaiflashib qoldi. Mil.avv. X asr oxirlarida osuriyaliklar Shimoliy Mesopota- miyada o‘z hukmronliklarini qayta tikladilar va faol istilochilik yurishlarini boshladilar. Bu vatqda Osuriya armiyasi o‘zining soni yuqori darajada tashkillashtirilganligi, qurollanish da- rajasi va jangovar qobiliyati bilan Old Osiyodagi eng birinchi qo‘shinga aylandi. Osuriya podshosi Ashshurnasirpal Bobil va Suriya hududlarini istilo qilib, hatto bu yerdagi aholini ozgi- na qarshilik ko‘rsatgani uchun ham qirib tashladi. Istilochilar bo‘ysunmaganlarning terisini shildilar va ularni qoziqqa o‘tqaz- dilar yoki bir-biriga bog‘lab o‘ldirdilar. Aholining qolgan qis- mini asir qilib, Osuriyaga jo‘natdilar. Mil.avv. 876-yilda Osu- riya qo‘shinlari Finikiya qirg‘og‘iga chiqdilar. Salmanasar III (mil.avv. 859–824-yillar) Suriyaga yangi yurish uyushtirdi. Bu hududda Osuriyaning ekspansiyasiga qarshi bir necha sha- har-davlatlarning Damashq podsholigi boshchiligida ittifoqi tashkil topdi. Suriya, Falastin, Finikiya, Kilikiya va Damashq- ning birlashgan qo‘shinlari osur qo‘shinlarini jangda mag‘lu- biyatga uchratdilar (mil.avv. 853-yil Oront daryosi yonida- gi jang). Mil.avv. 845-yilda Salmanasar III 120 ming kishilik qo‘shin bilan Suriyada yana jang harakatlarini boshladi. Lekin bu harbiy harakatlar ham yaxshi chiqmadi. Osuriyaliklar vaq- tinchalik Suriyadan chekinishga majbur bo‘ldilar. Ammo tez orada ittifoqchi shahar-davlatlar o‘rtasida kelishmovchiliklar boshlanib, osurlar bundan juda yaxshi foydalandilar hamda mil.avv. 841-yilda harbiy harakatlarni boshlab, Suriyada o‘z 149 hukmronliklarini o‘rnatishga erishdilar. Mil.avv. 840-yildagi- na Frot daryosi ortida 16 yurishdan so‘ng Damashq podsholigi bo‘ysundiriladi. G‘olibona yurishlar boy o‘ljalarni qo‘lga kiritish imkoniyatini tug‘dirdi. Osuriya hukmdorlari Ashshur va Kalxu shaharlarida ulug‘vor saroy va ibodatxonalar bunyod qildilar. Bu vaqtinchalik hukmronlik uzoq davom etmadi. O‘n yoshida taxtga chiqqan Adat-Nerari III davrida uning onasi Sammura- mat amalda hokimiyatni ko‘p yillar davomida boshqardi. Suri- yaga yurishlar yana qayta boshlanib, Bobilda ham Osuriyaning hukmronligi o‘rnatildi. Osuriya o‘zining iqtisodiy, harbiy qudratini qayta tiklab, siyosiy markazlashuv va barqarorlikka erishdi. Istilochilik urushlari natijasida Osuriya iqtisodiyoti uchun zarur bo‘lgan xomashyo (metall, yog‘och)ga boy bo‘lgan hududlar egallandi. Rivojlanayotgan shaharlar hunarmandchigi va dehqonchiligi hamda quldorlik xo‘jaligi uchun ishchi kuchi – qullarga ehti- yoj tez o‘sdi. Osuriyaning istilochilik urushlari olib borishining yana bir sababi, mamlakat quruqlik va dengiz savdo yo‘llari kesishgan hududda joylashgani uchun yetakchi o‘rinni egal- lashga harakat qildi. Osuriya Kichik Osiyo va asosan, O‘rtayer dengizining sharqi- ga o‘z ta’sirini kuchaytirishga urindi. Bu hududlarda savdo-hu- narmandchilik, dengiz savdosi keng yo‘lga qo‘yilgan, tabiiy boy- liklarga boy edi. Sharqiy O‘rtayer dengizi qirg‘oqlaridan muhim xalqaro savdo yo‘llari o‘tgan bo‘lib, bu yerda boy savdo – hu- narmandchilik markazlari Tir, Sidon, Arvad, Bibl, Damashq va Karxemish kabi shaharlar mavjud edi. Osuriya uzoq vaqt olib borilgan urushlar natijasida zaiflashib qoldi. Mil.avv. VIII asr- da Osuriya iqtisodiy tushkunlikka yuz tutadi. Ichki ziddiyatlar, qo‘zg‘olon va isyonlar boshlanadi. Osuriyaning yangidan yuksalishi podsho hokimiyatini bosib olgan harbiy boshliq, podsho Tiglatpalasar III (mil.avv. 745–727-yillar) davrida boshlandi. G‘ayratli sarkarda, mohir tashkilotchi Tiglatpalasar III podsho hokimiyatini mustahkam- lash uchun qator islohotlar o‘tkazdi. U mamlakat hududi- ni kichik-kichik noibliklarga bo‘lib yubordi. Noiblar ustidan markaziy hokimiyatning nazorati o‘rnatilib, noiblarning vako- latlari belgilanib, vazifalari cheklandi. Viloyat noiblariga viloyat- da soliqlarni to‘plash, fuqarolarning majburiyatlarni bajarishini tashkil qilish va o‘z viloyatlari harbiy qismlariga rahbarlik qilish vazifalari yuklandi. 150 Bo‘ysundirilgan aholiga nisbatan ham munosabat o‘zgardi. Tiglatpalasar III gacha harbiy yurishlarning asosiy maqsadi ta- lonchilik, o‘lpon olish va bosib olingan hududlar aholisining bir qismini olib ketib qul qilish edi. Endilikda esa, bunday odamlar- ni ommaviy ravishda boshqa viloyatlarga ko‘chirib o‘tkazish, ularning o‘rniga boshqa bo‘ysundirilgan viloyatlardan asirlar- ni olib kelib joylashtirish boshlandi. Ba’zida bo‘ysundirilgan aholi o‘z yerida qoldirilib, ularga og‘ir majburiyatlar yuklangan. Bosib olingan hudud esa Osu riya tarkibiga kiritilgan. Ular deh- qonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanib, xiroj to‘laganlar. Shuningdek, ular qurilish, yo‘l qurish ishlari, sug‘orish in- shootlarini ta’mirlash ishlariga tortilganlar. Bundan tashqa- ri, yana ular qo‘shinda yordamchi qismlarga xizmat qilishlari shart bo‘lgan. Tiglatpalasar III xazinadan maosh oladigan ko‘p sonli munta- zam qo‘shin tuzdi va ko‘ngillilarni harbiy xizmatga chaqirish- dan voz kech di. Harbiy xizmatga aholining o‘rta va past tabaqa- lari jalb qilindi. Osuriya qo‘shini davlat bosqinchilik siyosati- ning asosiy quroli bo‘lgan. Qo‘shin qurollariga qarab, bir necha qismlarga bo‘lingan. Piyoda qo‘shinlar son jihatidan eng ko‘p sonli bo‘lib, u yengil va og‘ir qurolli qismlarga bo‘lingan. Mil. avv. IX asrdan boshlab otliq qismlar paydo bo‘ladi. Ular og‘ir va yengil qurollantirilgan qismlardan tuzilgan. Qo‘shinning zarb- dor qismi jang aravalari bo‘lgan. Jang aravalari qo‘shinning im- tiyozli qismi edi. Vaqt o‘tishi bilan ularning o‘rnini otliq qismlar egalladi. Shahar va qal’alarni qamal qilishda osuriyaliklar turli qamal qurollaridan foydalanganlar. Osuriya qo‘shinlari mus- tahkamlangan harbiy manzilgohlar, harbiy qarorgohlar, yo‘llar qurish malakasiga ega edilar. Ular devor buzuvchi, metalldan yasalgan qurilmalar va yondiruvchi qurollarni qo‘llay olganlar. Osuriya davlatining uchinchi gullab-yashnashi mil. avv. VIII asrning 40-yillaridan VII-asrning 40-yillari oxirigacha bo‘lgan davrga to‘g‘ri keldi. Bu davr Osuriya va Old Osiyo tarixida alo- hida o‘rin tutdi. Qaysiki, Osuriyaning faol ekspansiyasi unga qo‘shni bo‘lgan hududlar, davlatlar ijtimoiy-siyosiy taraqqiyo- tiga hal qiluvchi ta’sir o‘tkazdi. Osuriyaning harbiy kuchga asoslangan davlat hokimiyatining tashqi siyosati faqat qo‘shni mamlakatlarga nisbatan harbiy tazyiq o‘tkazish orqali o‘z ta’siri ostida ushlab turishga yo‘naltirilgan edi. Bunday siyosat Old Osiyoning o‘sha davrdagi va keyingi asrlardagi siyosiy taraqqi- yotiga kuchli ta’sir etdi. 151 Yaxshi qurollangan ko‘p sonli qo‘shin bilan Osuriya pod- sholari Tiglatpalasar III (mil.avv. 745–727-yil ), Sargon II (mil. avv. 722–705-yil) va Sinnaxxerib (mil.avv. 705–680-yil) g‘oli- bona yurishlar olib bordilar. Tiglatpalasar III harbiy zodagon- lar yordamida podsho Ashshurnirari VI ni taxtdan tushirib, hokimiyatga keldi va istilochilik urushlarini olib bordi. Mil.avv. 743–740-yillarda Shimoliy Suriya va Kichik Osiyo hokimla- rining birlashgan ittifoqining kuchlari tor-mor qilindi. Urartu davlatiga qarshi g‘olibona yurishlar olib borildi va mamlakat talon-taroj qilindi. Sharqda Osuriya Midiyaning bir qismiga ega bo‘lib, bu yerda bir necha provinsiyalar tashkil qilindi. Mil.avv. 729-yilda Bobilni bosib olib, Tiglatpalasar Pulu nomi bilan Bo- bil podshosi tojini kiydi. Sargon II (mil.avv. 722–705-yil) davri- da mil.avv. 722-yilda Isroil podsholigi bosib olindi. Hokimiyat- ni noqonuniy ravishda bosib olgan Sargon II podshoning yangi qarorgohi – Dur-Sharrukin («Sargon qal’asi»)ni qurdi. Uning av- lodlari – Sargoniylar Osuriyani uning halokatigacha boshqar- ganlar. Badjahl podsho – jangchi Sinaxxerib (mil.avv. 705–680-yil- lar) poytaxtni Nineviyaga ko‘chirdi. Uning podsholigi davrida Osu riya Kichik Osiyoning janubiy-sharqini qo‘ldan chiqardi. Yahudiyaning qarshiligini bostira olmadi va uni qo‘llab-quv- vatlagan Misrni bo‘ysundira olmadi. Sinaxerribning vorisi Asarxaddon (mil.avv. 680–669-yillar) vayron qilingan Bobilni qayta tikladi. Zaif, qaram Bobilni Osuriya bilan ittifoqda bo‘lgan alohida podsholik deb e’tirof etdi. Asarxaddon mamlakat shi- moliy-g‘arbida mil.avv. 679-yilda paydo bo‘lgan kimmeriylar hujumini bartaraf qilib, Eronning shimoliy-g‘arbida yashagan skiflar bilan mil.avv. 672-yilda ittifoq tuzdi. U mil.avv. 671-yil- da Misrni bosib olib, shimoliy arab qabilalarini bo‘ysundirdi. Bu davrda Osuriya davlati chegaralari Nil daryosining birin- chi ostonalaridan Kavkaz ortigacha, Eron pasttog‘idan Kichik Osiyogacha, O‘rtayer dengizidan Fors qo‘ltig‘igacha cho‘zildi. Bu bepoyon davlatni boshqarish Osuriyaga juda katta qiyin- chiliklarni tug‘dirdi. Tiglatpalasarning vorislari Sargon II (mil. avv. 722–705), Sinaxxerib (mil.avv. 705–680), Asarxaddon (mil. avv. 681–669) va Ashshurbanipal (mil.avv. 669–629) yuz yil davomida ko‘plab istilochilik urushlari natijasida tashkil etilgan ulkan imperiyani mustahkamlashga harakat qildilar. Ammo Ashshurbanipal hukmronligining so‘nggi yillarida imperiyaning yemirilishi boshlandi. Uning alohida markazlari o‘zaro raqobat 152 qila boshladilar. Ashshurbanipal mil.avv. 629-yilda vafot etdi. Uning ukasi Sinshariskun taxtga chiqdi. Uch yildan so‘ng joy- larda Osuriyaning hukmronligiga qarshi kuchli noroziliklar boshlanib, oxir-oqibatda uning halokatiga olib keldi. Impe- riyaning jadal yemirilishi boshlandi. Bobil, Elam, xaldey, oromiy hokimliklari, Suriya va Fini- kiya shaharlari Osuriya hukmromligiga qarshi bosh ko‘tardi. Bobil va Midiya birgalikda Osuriyaga qarshi ittifoq tuzib, mil. avv. 614-yilda Ashshurni, mil.avv. 612-yilda Nineviyani vayron qildilar. Natijada Osuriya halokat yoqasiga kelib qoldi. Mil.avv. 590-yilda Xarran yonidagi jangda Osuriyaning harbiy qudra- ti to‘liq sindirildi. Tarixda ilk bor butun Old Osiyoni yagona davlat tarkibida birlashtirgan va bir necha yuz yil hukmronlik qilgan qadimiy Sharqning eng katta davlati tarix sahnasidan tushib ketdi. Osuriyaning yemirilishi natijasida midiyaliklar Osuriyaning o‘zini va Xarranni bosib oldilar. Bobil Mesopo- tamiyada o‘rnashib, Suriya va Falastin ustidan o‘z nazoratini o‘rnatishga tayyorlandi. Misr ham bu mamlakatlarga o‘zining o‘tmishdagi ta’sirini qayta tiklashga harakat qildi. Mil.avv. VII asr oxirida Old Osiyoda faqat uch qudratli davlat: Midiya, Bobil va Misr, Kichik Osiyoda ikki kichkina mustaqil davlat – Lidiya va Kilikiya qoldi. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling