Urganch davlat universiteti kimyo texnika fakulteti
Download 0.89 Mb. Pdf ko'rish
|
2 II. Tanlangan mavzuni texnik – iqtisodiy asoslash………………. 5 III. Texnologik qism………………………………………………… 10 3.1. Texnologik sxema tanlash, asoslash va uning tavsifi……………. 10 3.2. Xom ashyo haqida to`la ma`lumot……………………………… 14 3.3. Bazalt, uning kimyoviy – minerologik tarkibi ……………….... 19 3.4 Bazalt mineralining fizik-kimyoviy xossalari.………………….. 21 3.5 Texnologik xisob kitoblar. Material balansi. Asosiy uskuna va uning xisobi, tavsifi…………………………………………………… 24
3.6. Tayyor maxsulotning analitik nazorati……………………………. 41
IV. Ekologik masalalar echimi. ……………………………………... 50
4.1. CHanglarning asosiy xossalari va ularni tozalash effekti.………………………………………………………………….. 50 4.2 CHanglarni quruq mexanik gaz ushlagichlarda tozalash. Uyurmali va inertsion chang tutgichlar…………………………………………...
52 V. Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va nazorat qilish 57
VI. Inson faoliyati xavfsizligi……………………………………….. 60
6.1 Mehnatni muhofaza qilish qonun asoslari. Mehnat qilish qonunlari.…………………………………………………………….. 60 6.2. Mehnatni muhofaza qilishning davlat nazorat tashkilotlari va jamoat nazorati………………………………………... 64
VII. Iqtisod qismi…………………………………………………….. 71
VIII. Xulosa…………………………………………………………… 84
IX. Foydalanilgan adabiyotlar:……………………………………… 86
16
I. KIRISH Respublikamizda sanoat korxonalarini rivojlantirish ishlab chiqarish jarayonlarini rivojlantirish borasida ilg’or ishlar amalga oshirilmoqda. Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va texnologik qayta jihozlash xalqaro sifat andozalariga o’tish bo’yicha qabul qilingan tarmoq dasturlarini amalga oshirish, tezlashtirish vazifasi qo’yilmoqda. Belgilangan vazifalar orasida respublikamizda hayot sifatini tubdan yuksaltirish bo’yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish prinsiplar muhim va hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Buning uchun ishlab chiqarish faoliyatini korxonalarni modernizatsiya qilish texnik va texnologik qayta
jihozlashni yanada
jadallashtirish, zamonaviy, moslashuvchan texnologiyalarni keng joriy etish. Bu vazifa avvalambor iqtisodiyotning asosiy tarmoqlari, eksportga yo’naltirilgan va mahalliylashtirilgan ishlab chiqarish quvvatlariga tegishli [1]. Bizning keyingi yillarda eksport sohasida qo’lga kiritilgan yutuqlarimiz, avvalo, mamlakatimiz iqtisodini tubdan tarkibiy o’zgartirish va diversifikatsiya qilish, qisqa muddatda biz uchun mutlaqo yangi, lokomotiv ro’lini bajaradigan tarmoqlarni barpo etish, ishlab chiqishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash dasturlarini amalga
oshirish, zamonaviy bozor infratuzulmasini shakllantirish borasida o’z vaqtida boshlangan, chuqur o’ylangan va uzoq istiqbolga mo’ljallangan ishlarimizning natijasidir. Ma’lumki, hozirgi kunda Respublikamizda Prezidentimiz tashabbusi bilan katta hajmlardagi keng ko’lamda xalq ho’jaligining barcha tarmoqlarini islohat qilgan holda katta bunyodkorlik ishlari amalgam oshirilmoqda. Buni misol qilib, Ustyurtdagi 3 mlrd 900000 mln. mablag’ga teng bo’lgan gaz kompleksini qurilish misol qilib aytsak bo’ladi. O`zbekistonda keyingi yillarda ro`y berayotgan chuqur iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy o`zgarishlarning nazariy asoslari hamda amaliy dasturi muallifning "O`zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura", "Bizdan ozod va obod Vatan qolsin" to`plamlarida, "O`zbekistonning o`z istiqlol va taraqqiyot yo`li", "O`zbekiston — bozor 17
munosabatlariga o`tishning o`ziga xos yo`li","O`zbekistonning siyosiy-ijtimoiy va iqtisodiy Mustaqillik yillarida mamlakatimizda bir qator kimyoviy korxonalar qurib ishga tushirildi. Bular qatoriga Qo`ng’irot soda zavodi, Sho`rtang gaz kimyo majmuasi, Muborak va Qaraulbozor neftni qayta ishlash zavodlari kabi yirik majmualarni keltirish mumkin. Shu bilan birga mamlakatimizda oltin ishlab chiqarish, uran ishlab chiqarish, paxta xosilini qayta ishlovchi, avtomobilsozlik, lak bo’yoqlari, qurilish materiallari, qishloq xo’jaligi xom ashyolarini qayta ishlash soxalari keskin rivojlanib bormoqda. Kimyo va mashinasozlik, oziq-ovqat va to’qimachilik xamda engil sanoat soxalarida asosiy maxsulot ishlab chiqarilishi bilan birga bir qator ishlab chiqarish chiqindilari ajralib chiqadi. Mamlakatimizda 1992 yili qabul qilingan “Chiqindilar to’g’risida” qonun doirasida bir qator chora va tadbirlar ishlab chiqilganki, ular asosan ishlab chiqarishni chiqindisiz texnologiyalar asosida tashkil qilish, ishlab chiqarish chiqindilarini kompleks qayta ishlash xisobiga xalq iste’moli mollarini ishlab chiqarish, chiqindilarni zararsizlantirishning energiya va resurs tejamkor texnologiyalarini ishlab chiqish, chiqindilarni zararsizlantirishda maxalliy xom ashyo resurslaridan foydalanish kabi konstepstiyalarni o’z ichiga oladi. O’zbekiston Respublikasi xalq xo’jaligini maxalliy xom ashyodan tayyorlangan materiallarga talabi shishasimon, uglerodli va keramik moddalar, shuningdek olovbardosh materiallarni keng qo’llash bilan belgilanadi. Shunga bog`liq ravishda XX asr olimlari tomonidan ekologik sof va inson organizmi uchun zararli bo’lmagan material, tog` jinslaridan olinadigan – bazalt taklif qilingan. Bazaltlardan foydalanish bo’yicha mutaxassislar va olimlar tomonidan olingan natijalar xozirda amaliyotda foydalanilmoqda. Xozirgi kunda insoniyat uchun katta axamiyatga ega bo’lgan ko’pgina ko’pikli materiallar olingan[3]. Ushbu bitiruv loyiha ishimni bajarishda bazalt minerali asosida olinadigan mahsulotlarning tayyorlash jarayonini asosini tashkil qiluvchi fizik va fizik- kimyoviy o‘zgarishlarni tushuntirib o‘tish, bunday mahsulot ishlab chiqarishda ishlatiladigan izolyatsion materiallar haqida qisqacha ma’lumot keltirishdan iborat,
18
chunki men izolyatsiyalovchi materiallar tayyorlash jarayoniga bag‘ishlangan maxsus bitiruv malakaviy loyiha ishini bajarayapman. Bunda bazalt minerali asosida izolyatsion materiallar hosil bo‘lishidagi o‘zgarishlar va hom ashyo mahsulotlarining fizik-kimyoviy hamda reologik xossalari haqida ham ma’lumot berdim. Mavzuning dolzarbligi shundan iboratki, rivojlanib kelayotgan mustaqil O`zbekistonda bunyodkorlik ishlari rivojlanib, xom ashyo materiallaridan foydalangan xolda issiqlik izolyatsiyalovchi qoplama ishlab chiqarishdir. Bitiruv malakaviy ishimdan maqsad Xiva tumanida bazalt minerali asosida izolyatsion materiallar ishlab chiqarish. Bu maqsadni amalaga oshirish uchun quyidagilarni vazifa qilib oldim: Tanlangan mavzuni iqtisodiy asoslash, bazalt minerali asosida izolyatsion materiallar ishlab chiqarishning texnologik sxemasini tanlash, asoslash va uning tavsifi, Xom ashyo xaqida ma’lumotlar to`plash, uning kimyoviy tarkiblari, Texnologik xisob kitoblar. Material balans, Tayyor maxsulotni analitik nazorati, Ekologik masalalar echimi, ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va nazorat qilish va texnik iqtisodiy xisoblashni vazifa qilib oldim. Xulosa qilib aytganimizda hozirgi bunyonkorlik zamonida yangi turdagi qurilish materiallariga extiyojni va ishsizlikni oldini olish uchun yangi korxonalar qurishda asosiy mezon hisoblanadi.
19
II. TANLANGAN MAVZUNI TEXNIK – IQTISODIY ASOSLASH
Men bitiruv malakaviy ishimni loyihalashda Xiva tumani Irdimzon qishlog`ida loyihalashga harakat qildim va dastlabki ishlarni hududning iqlim va tuproq sharoitlarini o’rganishdan boshladim. Bunda tuproqning konstruksiyasi va tashqi muhit temperaturasi bilan loyihalanayotgan korxonaning devor qalinligi va isitish sistemalarini tanlashda muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Qishda o’rtacha sovuq harorat -16 0 C -18 0 C
bo’ladi. Yoz kunlari o’rtacha harorat 30-36 0 C bo’lishini o’rgandim. Men bitiruv malakaviy ishimni loyihalashda korxonaning bosh rejasini tuzishda shamol yo’nalishini ham inobatga oldim. Chunki korxonadan chiqayotgan turli xil gazlar, har xil hidlar aholi yashash punktiga teskari holatda yo’naltirlishiga harakat qildim. Ushbu ko’rsatkichlarini kamida 5-10 yillik natijalarga asosan o’rtacha oldim. Korxonani loyihalashda transport xarajatlarini kamaytirish va xom-ashyoni yo’qotishlarsiz korxonaga olib keltirish maqsadida bazalt mineralini Sulton Uvays tog`idan MAN avtomobilida olib kelishni rejalashtirdim. Menga bitiruv malakaviy ishimga bazalt minerali asosida issiqlik izolyatsiyalovchi materiallar olish topshiriq qilib berilgan. Berilgan topshiriqni ko`plab adabiyotlardan foydlangan xolda uni xom-ashyolarni fizik-kimyoviy tarkiblarni unga bo`lgan talablarni o`rganib chiqishga xarakat qildim. Ma`lumotlarni o`rganish jarayonida shunga amin bo`ldimki O`zbekiston xududida birorta issiqlik izolyasiyalovchi maxsulotlar ishlab chiqaradigan korxonaning o`zi yo`q. Biroq xozirgi kunda qurilish soxasida yangi turdagi qurilish materiallariga bo`lgan talabdan kelib chiqqan xolda O`zbekistonning shu maxsulotlarga bo`lgan talab qoniqtirmayotganligi bilan ajralib turibdi. Shu sababdan menga bergan topshiriqni amalga oshirish uchun yaqin atrofdagi xom-ashyo zahiralarini o`rganib chiqib korxonani taxminan 50-60 yil ta`minlashni hisobga olib men o`z loyihamda 20
ko`rsatilgan ya`ni kuniga 4800 tonna bazalt asosida ishlab chiqarilgan issiqlik izolyasiyalovchi qoplamalarni ishlab chiqarishni rejalashtirishga harakat qildim. Korxonaning elekitr ta’minoti. Korxonani elektr energiyani yuqori kuchlanish tarmogi 6 kvt va undanam yuqori. Yuqoriroq kuchlanish bilan uzaytirilishi nazarda tutildi. Korxonada elektr energiyasini taminlash uchun dastlab Xorazm elektr uzatish korxonasi bilan shartnoma tuzib Xiva-Irdimzon fideridan elektr tarmog`iga ulashga ruxsat berishni so`rayman. Shundan keyin korxona xududida qulay joyni tanlab yuqori kuchlanishli elektr energiyadan pasaytiruvchi transfarmator yordamida past kuchlanuvchi elektr tizimiga o`tishni va korxonani elektr energiyasi bilan taminlashga xarakat qilaman. Suv ta’minoti. Korxona, zavodlarda suvni ma’lum bir qismi ishlab chiqarishga ishlatiladi. Mening korxonamda maxsulot ishlab chiqarish jarayonida suv ko`p miqdorda sarflanmaydi ammo korxona ichimlik suvi Xorazm Tuyamuyun korxonasi bilan shartnoma tuzib suv bilan taminlashni rejalashtirmoqchiman. Bundan tashqari suv bilan ta`minlashni to`xtatmaslik uchun korxona xududiga 10 m 3 suv sig`adigan suv minorasini joylashtirishni rejalashtirmoqchiman. Shundan keyin korxonaning suvga bo`lgan extiyojini to`laligicha ta`minlashga erishaman. Gaz ta’minoti. Men o`z loyixamda maxsulotni tabiiy gaz yordamida pishirishga xarakat qilaman. Tabiiy gazni Xorazm gaz taminoti Unitar korxonasi bilan shartnoma tuzib gazdan foydalanishni rejalashtirmoqchiman. Korxona yong’in xavfsizligi. Sanoat korxonalari va omborlari yonish va portlash xavfi bo’yicha 5-ta toifalarga bo’linadi, jumladan A, B, V, G va D. Bularning A va B toifalari yonish va portlashga moyil. V va G toifalari bo’lsa faqat yonishga xavfli deb hisoblanadi. D toifasida esa na yonish va na portlash xavfi mavjud emas.
21
Bino va inshootlarni bunday guruhlanishi, ularda ishlatiladigan yoki saqlanadigan engil yonuvchi gazsimon va suyuq moddalarning bug’lari havo bilan aralashganda, portlovchi gazli muxitni hosil qiluvchi agregat holati va ularning alangalanish harorati (Ta)- ga binoan amalga oshirilgan. A–toifaga yonish va portlash xavfi mavjud bo’lgan, chaqnab yonish harorati 28oS dan past bo’lgan, yonuvchi gaz va engil alangalanuvchi suyuqlik bug’lari havodagi kislorod bilan yoki suv bilan birikishi natijasida, portlashga moyil xavfli bosimi 5 kPa dan oshiq bo’lgan, gazsimon aralashmalar hosil bo’ladigan, korxonalar kiradi. Bu guruhga kiruvchi kimyo sanoatining atseton, oltingugurt, karbon, efir, superfosfat va boshqa moddalarni ishlab chiqaruvchi korxonalarni misol qilib ko’rsatish mumkin. B-toifaga ham yonish va portlash xavfi bo’lgan, chaqnab yonish harorati 28oS dan yuqori bo’lgan , engil alangalanuvchi suyuqlik bug’lari, yonuvchi chang va gazlar havodagi kislorod bilan suv bilan qo’shilganda xavfli, portlovchi aralashma hosil qiluvchi miqdorda bo’lib, ular yonganda xonadagi xavfli bosim 5 kPa dan yuqori bo’ladi. Bunga ammiak ishlab chiqorish sanoatini misol qilib ko’rsatish mumkin. V-toifaga faqat yonuvchi, ya’ni A va B toifalarga kirmaydigan sanoat korxonalari, jumladan chaqnab yonish harorati 120oS dan yuqori bo’lgan, yonuvchi qattiq jismlarni ishlab chiqarish va qayta ishlov berish hamda harxil yoqilg’i moddalarni ishlatiladigan sanoat korxonalari kiradi. Bunga misol qilib, yog’ochni qayta ishlovchi mebelsozlik sanoati, qozg’oz, karton, to’l qog’oz ishlab chiqaruvchi korxonalarni ko’rsatish mumkin. G-toifaga, yonmaydigan modda va ashyolarning qaynoq, cho’g’langan yoki eritilgan holatida ishlatiladigan korxonalar kiradi. Bunga metallurgiya sanoati korxonalari, issqlik ishlab chiqaruvchi markazlar va bug’xonalar misol bo’laoladilar.
22
D–toifaga, yonmaydigan modda va ashyolarni sovuq holatda ishlatiladigan va saqlanadigan sanoat va qishloq xo’jaligi korxonalari kiradi. Masalan, toshni maydalash, keramika va stement zavodlari shular jumlasidandir. Bino va inshootlarni yong’in va portlash xavfi bo’yicha guruhlanishi, ulardagi barcha xonalarning yonish va portlashga moyillik toifasi aniqlangandan so’ng belgilanadi. Agar binoda A toifaga taalluqli xona bo’lsayu, uning maydoni binodagi barcha xonalarning umumiy maydonidan 5% dan kam bo’lmasa yoki sathi 200 m2 dan ko’p bo’lsa, bu holda bino A toifaga kiradi. Binoda harxil toifaga taalluqli xonalar mavjud bo’lsayu, A va B toifadgi xonalarning yig’indi maydoni, qolgan barcha xonalar umumiy maydonining 5% dan kam bo’lmasa yoki sathi 200 m2 dan ziyod bo’lsa, bu bino B toifaga mansub bo’ladi. Yuvinish xonasi. Ishchilar ishlashi grafik bo`yicha olib boriladi. SHuning uchun dushevoy kun smenada ishlovchi ishchilarni 60%dan xisoblanadi: ishlab chiqarish sexlarida ishlayotgan ishchilar uchun.1ta dush kabinasi razmeri 0,9x0,9 m; kabinani oralig`i 2m, kabinadan devorgacha-1,2m, kabinani balandligi 1,6m bo`lgan petregorodka bilan bo`linib, polga etmasdan 0,2 metr yuqorida bo`ladi. Omborxonalar. Bu omborxona maydoni 75% maxsulot saqlashga mo`ljallangan bo`ladi. Tayyor maxsulotlar saqlash omborxonasini ishlab chiqarish korpusi bilan bir blokda quriladi. Bu omborxonani 1 etajli podvalsiz quriladi. Bir tomondan transport xarakatiga o`tish joyi 0,8m uchrashish xarakatida 1,5m ko`zda tutiladi. (kaytishda 2-transport bilan) eshiklarni eni 2 metr balandligi 2,4 m bo`ladi.
Ishchi kuchi bilan ta’minlash. Korxonani ishchi kuchi bilan ta’minlashni rejalashtirar ekanman Prezidentimizni yoshlarni o’qitib, tarbiyalash jarayonidan kelib chiqqan xolda kollej va akademik litsey bitiruvchilarni ishga jalb qilishni rejalashtirmoqdaman. Malakali mutaxassislar, injener texnik xodimlar bilan esa Toshkent Kimyo texnologiya, Urganch Davlat Universiteti kimyoviy texnologiyalari bitiruvchilari 23
bilan korxonani ishchi kuchiga bo’lgan talabini qondirishni maqsad qilib qo’ydim. Kuniga 4800 tonna izolyatsion materiallar ishlab chiqarishni loyixalashtirish jarayonida transport vositalarni, suv ta’minoti, ishlab chiqarishda qatnashadigan ishchilar elektr ta’minoti, gaz va yo’lni korxonaga yaqin masofada joylashtirdim. Misol tariqasida Xiva-Irdimzon fideridan o’tgan yuqori kuchlanishli elektr liniyasidan patstansiyalar qurib korxona hududida tranfarmator qurdim. Xorazm elektr tarmoqlari bilan shartnoma tuzishni rejalashtirdim. Vodoprovod o’tkazish uchun Tuyamo’yin Urganch suv ta’minoti bilan shartnoma tuzdim. Ishchi kuchi bilan esa Xiva tumanida istiqomat qilayotgan odamlari bilan kollejni bitkazgan yosh kadrlar bilan ishlashni niyat qilib qo’ydim. Malakali injiner texnik xodimlar bilan esa Toshkent Kimyo-texnologiya va Urganch Davlat universiteti Kimyo – texnologiya fakulteti bitkazuvchilari bilan kelajakda ishlashni rejalashtirib qo’ydim.
24
III. TEXNOLOGIK QISM: 3.1. Texnologik sxema tanlash, asoslash va uning tasnifi. Mineral tolalar ishlab chiqarish jarayonida ikki turdagi texnologik sxema mavjud:
1. Vagranka yordamida 2. Vannali pech yordamida maxsulotlarni eritib mineral tola olish mumkin. Vagranka yordamida eritma olish jarayonida suv bug`i qizdirilishi va ayrim xolatlarda sovutish jarayonida bug`latish ham birgalikda olib boriladi. Suv bilan sovutish pechning eritish zonalarning olovbardosh material bilan qoplanmaydi. Suvli ko`ylakka 8-20 m 3 suv 1 soat davomida uzatiladi. Vagranka o`zi shaxtali pech ko`rinishiga ega bo`lib shamotli olovbardosh g`isht bilan futerovkalangan bo`ladi. Bundan tashqari olovbardosh cho`yan plitalar bilan ham va olovbardosh boshqa buyumlar ham ishlatiladi[3]. Mineral xom ashyoning vagrankada mineral tolaga aylanishi quyidagicha bo`ladi: Ochiq furmada 70 m 3 o`tinni yoqish kerak. O`tin alangalangandan keyin taxminan 10-20 minut davomida furemning tirqishini berkitib havo tortish moslamasini ishlatib dastlabki koksdan 500 kg gacha o`lchab vagrankaga solinadi.
Koks bir tekis yongandan keyin ichidagi o`tin 30-40 minut davomida yonib kul bo`ladi. Shundan keyin 250 kg koks solish kerak. Chunki furemdagi koks kalishining balandligi 500-700 mm ni tashkil qilish kerak. Bu xolat yuk orqali shtanga tashash bilan o`lchanadi.
20-30 minut koks yuklangandan keyin dastlabki xom ashyo ishchi kalishga yuklanadi va tola ishlab chiqarish boshlanadi. Vagranka ishga tushgach bosh qismi, kislorodli qismi, yonish fakelli qismi va qizdirish qismi ishlaydi.
25
1-rasm. Vagranka pechi. 1-furma, 2-qopqoq, 3-furmasimon halqa, 4-gazning dastlabki yonish kamerasi, 5-o`rta bosimli ijektorli gorelka, 6-suv keltirish kollektori, 7-havo kirish kollektori, 8-suv chiqarish kollektori, 9-manometr, 10-gaz kiruvchi kollektor, 11- sovutuvchi polukonus, 12-polukonus, 13- tushirish tirqish, 14-quvur, 15-yuqorgi qo`ng`roq, 16-sirg`a, 17-ostki qo`ng`roq, 18-montaj qismi, 19-qopqoq, 20-letka, 21-lotok, 22-osti.
26
Ikkinchi usuliga misol qilib vannali pech yordamida bazalt mineraliga ishlov berish qismini olamiz. U qismda vannali pech xuddi shisha ishlab chiqarish jarayonidek ishlaydi, yani uzluksiz to`xtovsiz ravishda bazalt mineral tolasining ishlab chiqarish yimi, so`lga qo`yiladi. Men o`z loyixamda bazalt minerali asosida tola ishlab chiqarish uchun vannali pechli texnologik liniyadan foydalanishni maqsad qilib qo`ydim. Chunki men tanlagan usulda yoqilg` sifatida tabiiy gazdan foydalanib mineral tola ishlab chiqarishni rejalashtirdim. Chunki tabiiy gazdan foydalanish natijasida men o`tinga bo`lgan ehtiyojni yo`qotaman va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va modernizatsiya qilish menga oson bo`ladi[3].
27
2-rasm. Vannali pech yordamida bazalt minerali tolasini ishlab chiqaruvchi liniyasi.
1-rekuperator, 2-vannali pech, 3-bog`lovchini jo`natuvchi forsunka, 4-fider, 5- purkovchi kallak, 6-tola cho`ktirish kamerasi, 7-zichlashtiruvchi baraban, 8-qabul qilib qoliplash konveyeri, 9-bazalt tolasi qatlami, 10-ventilyator, 11-konveyerli Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling