Parlament rivojlanishining bosqichlariga to'xtaladigan bo'lsak, dast- labki bosqich sifatida birinchi ming yillik chegarasidayoq, xalq yig'inlari shakllangan va ishlab turgan davlatlami misol qilishimiz mumkin: masalan, grek shaharlari va Rimda, keyinchalik Angliya va Ispaniyada - yig'inlar, qadimiy Novgorodda - veche. Fuqarolar yoki «tanlanganlar» (oqsoqollar, vakillar, knazlar, aslzodalar)ning bu majlislarida, u yoki bu hududdagi dolzarb muammolar muhokama qilingan. Hududlaming cheklanganligi esa, bunday majlislami deyarli muntazam o'tkazishga yetarli imkon bergan. Asta-sekin muhokama qilinayotgan muammolar yanada aniqlashtirilib shaxsiy, bahsli va sudga oid ishlar bilan bir qatorda, umumahamiyatli ishlar mavzui, ya’ni urush va tinchlik muammolari, qo'shnilar bilan o'zaro munosabat masalalari muhokama qilingan. Bunday
Do'stlaringiz bilan baham: |