uskunalar
va
jihozlar:
KS-F-2,1B
o‗to‗rgich,
o‗rgichlarning ishchi organlari, plakatlar, chizmalar, o‗quv adabiyotlari,
o‗lchash asboblari to‗plami.
Ish hajmi: Laboratoriya mashg‗uloti 2 soat auditoriya vaqti va
1soat mustaqil ishlashga mo‗ljallangan.
Umumiy ma’lumotlar
O‘to‗rgich – ekilgan va tabiiy holda o‗sgan o‗tlarni o‗ruvchi q. h.
mashinasi. Bajaradigan ishiga qarab quyidagi gruppalarga bo‗linadi:
o‗tni o‗rib, ang‗izga yotqizib ketadi; o‗tni o‗rib, qator uyumga yotqizadi;
o‗rib maydalab transport vositasiga yuklaydi; o‗rib yuklaydi; o‗rib ezadi
va ezilgan o‗tlarni qatorga uyumlaydi yoki ang‗izga yotqizib ketadi.
Agregatlash bo‗yicha tirkalma, o‗rnatma va yarimo‗rnatma o‗to‗rgichlar
bor. Qirquvchi apparatlari soniga qarab bir, ikki uch va besh brusli
o‗to‗rgichlar bo‗ladi. Qirquvchi apparatlar traktorning oldida, yonida va
orqasida joylashishi mumkin; traktorning QOVdan yoki yurish
g‗ildiraklaridan harakat oladi. O‘t o‗rish mashinalarining asosiy ish
bajaruvchi qismi qirqish (o‗rish) apparatidan iborat. Qirqish apparatlari
o‗simlik poyalarini qirqish usuliga qarib ikki hil: tayanchga tirab va
Do'stlaringiz bilan baham: |